Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Dialektologiyaning asosiy vazifasi


Download 0.78 Mb.
bet3/50
Sana08.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1176813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Majmua. O\'zbek dialektologiyasi

Dialektologiyaning asosiy vazifasi. Dialektologiya fanining obyekti mahalliy dialekt, lahja va shevalar bo‘lib, maqsadi va vazifasi quyidagilardan iborat:

  1. ayrim sheva va dialektlarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarini har tomonlama tavsif qilish;

  2. milliy tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyotida shevalarning tutgan o‘rnini va shu milliy tilga asos bo‘lgan shevalarni aniqlash;

  3. shevalarning o‘zaro munosabati, shuningdek, ularning adabiy til va qardosh tillarga bo‘lgan munosabatlarini belgilash;

  4. o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra shevalarning tarqalish chegarasini aniqlash;

  5. umumiy o‘xshash lingvistik xususiyatlarini belgilash asosida shevalarning ma’lum hududda tarqalish kartalarini tuzish va shevalarni tasnif qilish.



Dialektologiya fanining o‘zbek tilini o‘qitishdagi ahamiyati.
O‘zbek shevalarning asosiy xususiyatlarini yaxshi bilish o‘qituvchilar, ayniqsa, ona tili o‘qituvchisi uchun juda zarur. Hozirgi kunda sheva xususiyatlari adabiy til ta’sirida juda tez birlashib, tekislanib borayotganiga qaramay, bu xususiyatlar faqat qishloqlarda emas, hatto shaharlarda ham ma’lum darajada saqlanib turibdi. Shu sababli o‘qituvchilar nutqida, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari yozuvida uchraydigan xatolar sheva ta’sirida sodir bo‘lmoqda. Shuning uchun o‘qituvchilar, ayniqsa, ona tili o‘qituvchisi, o‘zbek adabiy tili me’yorlarini yaxshi bilishi, bu me’yorlarni o‘quvchilarga o‘rgatishi, ularning yozma va og‘zaki nutq madaniyatini o‘stirish ustida tinimsiz mashg‘ulot olib borishi zarur hamda o‘quvchilar nutqida uchraydigan kamchiliklarni (sheva ta’siri) tuzatmoq uchun barcha o‘zbek shevalariga xos xususiyatlarni yaxshi bilmog‘i kerak. Masalan, o‘quvchilarning nutqida fonetik (aynalmoq//adabiy tilda aylanmoq; esna//adabiy tilda ensa), morfologik (qaratqich kelishigining o‘rnida tushum kelishigi affiksini ishlatish: (nonni ushog‘i//adabiy tilda nonning ushog‘i). Jo‘nalish va o‘rin-payt kelishiklarini farqlamaslik: Buxoroga turadi//adabiy tilda Buxoroda turadi; leksik (adabiy tilda chaqaloq o‘rnida buvak, bobak, adabiy tilda chumoli o‘rnida: mo‘rcha, qarinja ) kabi sheva xususiyatlari uchrab turadi. O‘quvchilar nutqida uchraydigan bunday xatolarni tuzatish uchun o‘qituvchi shu xatolarning kelib chiqish sababini bilmog‘i kerak.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling