tahlil natijalari korxonalami tezkor boshqarish uchun asosiy manbaligi va shu kabilar.
Boshqa tahlil turlari kabi tezkor tahlilda ham ba'zi kamchilik- larmajud. Ularga quyidagilami kiritishimiz mumkin:
ayrim hollarda tezkor tahlil ma'lumotlari juda ham aniq ma'lumotlar bo‘lmasligi mumkin;
tezkor tahlil natijasi oxirgi iqtisodiy natijalar ma'lumotlariga mos kelmasligi va shu kabilar.
Tezkor tahlil vositasida korxonaning kunlik mahsulot ishlab chiqarishi, sexlar o‘rtasidagi kunlik yoki soatlik ish unumi, qishloq xo‘jaligi korxonalarida kunlik paxta topshirish holati, yerlami shudgorlash va shu kabilar o‘rganilishi mumkin.
Joriy tahlil
Joriy (retrospektiv) tahlil doimo qo‘llaniladigan tahlil turi bo‘lib va korxonalarni o‘tgan hisobot davri faoliyatini batafsil o'rganishga qaratilgandir. Demak, u hisobot yili yakunlangandan so‘ng amalga oshiriladi. Rejaning bajarilish holatini batafsil tadqiq etish tahlildagi asosiy va markaziy jihat sanaladi. Bunda korxonaning faoliyatini tashkil etgan barcha bosqichlar hamda obyektlar keng ko'lamda o‘rganiladi. Ularga quyidgilar kiradi:
marketing, ta'minot, ishlab chiqarish, realizatsiya bosqichlari va ulaming o‘zaro uzviy hamda uyg‘unligi holatiga baho beriladi;
bozorda korxona mahsulotiga bo‘lgan talab va talkif holati, korxona mahsulotlarining raqobatdosKligi qanday o‘rganilganligiga baho beriladi;
uzoq muddatli (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar) va joriy aktivlardan (tovar-moddiy zaxiralar) foydalanish darajiasiga baho beriladi;
mehnat resurslaridan foydalnish daraaasiga baho berish;
ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxi holatiga baho beriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |