Tezkor (Operativ) tahlil
Korxona faoliyati doimo tezkor boshqarishni talab etadi. Bu bilan uzluksiz davom etayotgan jarayon davming har bir soatida, kunida yoki dekadasida kuzatiladi, o‘rganiladi, nazorat qilinadi hamda obyektlarga zarur ta'sirlar ko‘rsatiladi. Demak, tezkor tahlil xo‘jalik faoliyati va uning qismlarini qisqa muddatda o‘rganib, ishlab chiqarishni operativ boshqarishga tayinlanganligi bilan ahamiyat kasb etadi.
Tezkor tahlilni boshqa tahlil turlaridan (ayniqsa joriy tahlildan) farqli tomoni shundaki, korxona faoliyati hamda undagi o‘rganilayotgan jarayonlar bilan tezkor tahlil ketma-ket, ya'ni o‘ta yaqin oraliqda amalga oshiriladi. Natijada sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari o‘z vaqtida o‘rganiladi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklami tuzatish qisqa va tez muddatlarda amalga oshiriladi. Ushbu jihat esa mazkur tahlil turining ijobiy tomonini ko‘rsatib beradi.
Hisob tizimining boshlang‘ich hujjatlari, tezkor hisob ma'lumotlari, kunlik ish faoliyati haqidagi statistik ma'lumotlar, sodir bo‘layotgan jarayonlami bevosita borib ko‘rish, o‘lchash va ayrim hollarda suhbatlashish natijalaridan o‘rganilgan ma'lumotlar tahlil uchun manbalar hisoblanadi.
Mazkur tahlil turini faqat maxsus bilimga ega bo‘lgan iqtisodchilar, buxgalterlar yoki boshqa mutaxassislar emas, balki o‘rganilayotgan xo‘jalik jarayonlariga dahldor va qiziquvchilaming barchasi amalga oshirishi yoki tahlil jarayonlarida qatnashishi mumkin. Masalan, ishchilar, texnik xodimlar, radio va televidenie xodimlari va hokazolar.
Tezkor tahlilni boshqa tahlil turlaridan afzalliklari quyidagilar:
tahlil sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni bilan ketma-ketlik- da va bir-biriga yaqin oralig‘da amalga oshiriladi;
yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklami o‘z vaqtida tuzatish imko- niyati mavjudligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |