O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Mazkur tahlil turi kompleks tarzda yillik hisobotlar, xususan moliyaviy hisobotlar tuzilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Demak, ushbu tahlil davriy tavsifga ega


Download 1.1 Mb.
bet83/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Mazkur tahlil turi kompleks tarzda yillik hisobotlar, xususan moliyaviy hisobotlar tuzilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Demak, ushbu tahlil davriy tavsifga ega.
Moliyaviy tahlil korxona faoliyatida faqat moliyaviy holat, barqarorlik va shu kabi tomonlami o‘rganishi bilan cheklanganlik tafsifiga ega. Chunki, u korxona faoliyatini barcha tomonlarini qamrab ola olmaydi.

  1. Boshqaruv tahlili

Korxonani to‘g‘ri boshqarish belgilangan maqsadga erishish- ning ilmiy asoslangan yo‘lidir. Obyektlarda boshqaruv ta'sirini oshirish, uning samaradorligini ta'minlashda ko‘p turdagi vositalar bilan birgalikda iqtisodiy tahlil ham o‘zining o‘mi va ahamiyatiga ega. Xususan, hisob tizimida tahlil vositasida ma'lumotlar yig‘ilib, qayta ishlanib hamda ulaming foydaliligi oshirilib, qaror qabul qilish uchun ichki boshqaruvchilarga, menejerlarga, xodimlarga va boshqa shu kabilarga yetkazib beriladi. Boshqaruv subyektlari foydali ma'lumotlar asosida tegishli qarorlar qabul qilib faoliyatni davom ettiradilar. Shu tarzda boshqaruv funksiyasi o‘z ilmiy asosiga ega bo‘ladi. Chunki, tahlil ma'lumotlari asosida jarayonlar rejalashtiriladi, nazorat qilinadi, o‘zgartirishlar kiritiladi yoki muvofiqlashtiriladi, natijalar aniqlanadi va istiqbollar belgilab boriladi.
Boshqaruv tahlili - korxonada mablag‘lar va boshqa resurslar- dan samarali foydalanish ,yo‘llarini, omillarini, imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi hamda qarorlarini qabul qilishda ilmiy asos bo‘la- digan faktlami beruvchi tahlil turidir.
Korxonada boshqaruv tahlili quyidagi obyektlami qamrab oladi (5.5-chizma). .
Rasmdan ko‘rinib turibdiki boshqaruv tahlilida o‘rganilishi zamr bo‘lgan obyektlami ko‘pligi o‘z navbatida uning kompleks, tizimli va tezkor tavsifda amalga oshirishni hamda turli mutaxasisslar ishtirok etishini talab qiladi.

5.5-chizma. Xojalik subyektlarida boshqaruv tahlilni tashkil etishning tizimli shakli.

Xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ma'lumotlaming yuqoridagi tartibda shakllanishi va tahlil qilinishi korxonadagi barcha boshqaruv obyektlarini kuzatish, o‘rganish hamda tezlik bilan ularga ta'sir etish imkoniyatini beradi.
Lekin, boshqaruv tahlili kompleks, tizimli hamda tezkor tahlillardan amalga oshishi bilan jiddiy farq qiladi. Mazkur tahlil korxonadagi barcha obyektlami faoliyat boshlanishidan oldin va u davom etishi bilan birgalikda uzluksiz olib boriladi. Ya'ni, hisobot yilida boshlanib, xuddi shu yil tugashida nihoyasiga etadi va shunday ko‘rinishda takrorlanaveradi.
Boshqaruv tahlilining kompleks tavsifi u korxonaning barcha obyektlarini qamrab olinishida namoyon bo‘ladi. Biroq, kompleks tahlil yuzaga chiqishiga ko‘ra statik, boshqaruv tahlili esa dinamik tavsif kasb etadi. Shu bilan birga maqsad, vazifalariga ko‘ra ham ular bir-birlaridan jiddiy farq qiladi.
Tezkor tahlil esa masad, vazifalar, tahlil o‘tkazuvchi xodimlar, ma'lumot manbalari, tahlil obyektlari va ulaming keng ko‘lamda o‘rganilmasligi, vaqtni qisqaligi va shu kabilari bilan boshqaruv tahlilidan farqli tomonlariga ega.
Boshqaruv tahlilida tizimli tahhl kabi jarayonlar boshlani- shidan tugashigacha, barcha omillar boshidan oxirigacha, muayyan ketma-ketlikda, sabab-natija ko‘rinishida, tizimli yondashuv asosida, keng ko‘lamda statik holatda o‘rganilmaydi. Balki, jarayonlar davomi bilan boshqaruv obyektlari va ulaming o‘zgarishiga ta'sir etuvchi asosiy hamda eng muhim omillar tizimli o‘rganilib, ular o‘zaro muvofiqlashtirib boriladi.
Korxona iqtisodchilari, buxgalterlari hamda boshqa mutaxassis hamda xodimlari boshqaruv tahlilini amalga oshiradilar. Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tmoqchimizki, xo‘jalik subyektlarida rahbarlar va iqtisodchilaming ham o‘z ishlariga ijodiy yondoshuvi iqtisodiy tahlilning samarali tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
Tahlil uchun ma'lumotlar juda ham ko‘p manbalardan olinadi. Misol uchun, buxgalteuiya hisobi va hisoboti ma'lumotlari, ichki hisobot ma'lumotlari, statistik hisobot ma'lumotlari, tezkor hisob ma'lumotalari, bozor ma'lumotlari, rasmiy ma'lumotlar, ilmiy- texnikaviy ma'lumotlar, istiqbolldagi natijalami ifodalovchi ma'lumotlar va shu kabilar. .
Raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida korxonalar uchun raqobatdagi korxonalaming ma'lumotlari va ularga tegishli bo'lgan axborotlar boshqaruv tahlilida o‘ta muhim ahamiyatga ega.


  1. Download 1.1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling