O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Mazkur tahlil turining maqsadi korxonaning moliyaviy holatining turli tomonlariga, barqarorligiga, moliyaviy salohiyat va raqobatdoshligiga baho berishdir


Download 1.1 Mb.
bet82/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Mazkur tahlil turining maqsadi korxonaning moliyaviy holatining turli tomonlariga, barqarorligiga, moliyaviy salohiyat va raqobatdoshligiga baho berishdir.
Moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari korxonaning mulki va uning shakllanish manbalari, moliyaviy natijalar, asosiy vositalar, pul oqimlari, xususiy kapital va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsat- kichlami o‘rganishdir. Bunda korxonaning moliyaviy barqarorligi, holati, mol-mulk tarkibi, manbalami joylashuvi, mablag‘lar harakatcbanligi, to‘lov qobilyati, foyda va zararlami faoliyat turi hamda shakllanishi bo‘yicha, pul oqimlarini to‘g‘ri tashkil etilgani va uning korxona amaliy faoliyatiga mos kelishi, xususiy kapitalni ko‘payishiga ta'sir etayotgan omillar shu kabilarga e'tibor qaratiladi.
Moliyaviy tahlilning axborot manbalarini moliyaviy hisobot shakllari va unga ilova qilingan rasmiy hujjatlar tashkil etadi. Mazkur turdagi hisobot shakllari ommaviy-axborot vositalarida ochiq e'lon qilinadi.
0‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘ri- sida»gi qonunning 16-moddasi va 1-BHMS ga hamda moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish buyicha qoidalarga asosan moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlaming umumiy shakllaridan iborat bo‘ladi:

  1. Buxgalteriya balansi - 1-shakl;

  2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot - 2-shakl;

  3. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot - 3-shakl;

  4. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4-shakl;

  5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot - 5-shakl;

  6. Debitorlik va kreditorlik qarzi haqida ma'lumotnoma - 2a- shakl;

  7. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati;

  8. Auditorlik xulosasi.

Moliyaviy tahlil hisob tizimi bo‘yicha yetarli bilim va malaka- ga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi. Chunki, tahlilchi hisob tizimining o‘ziga xos bo‘lgan barcha jihatlarini bilishi va amalda qo‘llay olishi shart.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling