O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.1 Mb.
bet147/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Birinchi guruh: umumtarmoq boshqaruvning uslubiy materiallari, namunaviy loyiha yechimlari bo‘yicha uslubiy material, informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida mazkur kichik tizimning takomillashtirish va joriy etish to‘g‘risida uslubiy materiallar;
Ikkinchi guruh: korxona va uning bo‘linmalari to‘g‘risida nizom, lavozimlarga tegishli ko‘rsatmalar, analitik masalalami yechimini tashkil etish uchun ko‘rsatma va shu kabilar.
Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida “Kompleks iqtisodiy tahlil” ning o‘zi hamda uning elementlari (uslubiy, matematik, informatsion, texnik) rivojlanib boradi. Mazkur sifat jihatdan o‘zgarish informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining boshqa kichik tizimlari bilan chambarchas bog‘liqlikda amalga oshiriladi.

  1. Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimi analitik masalalar tasnifi

Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimi- dagi “Kompleks iqtisodiy tahlil” tizimida ko‘plab miqdordagi ana- litik masalalar hal qilinadi.Ulaming aniq tasnif qilinishi masa- lalaming navbatma-navbat ishlanib joriy etilishiga, natija esa tizJmning funksiyasini samaradorligini oshirishga ta'sir etadi. Obyektga tizimli va kompleks yondashish rejalashtirish, hisob va tahlil masalalarini boshqaruv maqsadi va funksiyasi uchun yagona tavsifini talab etadi.
Analitik masalalaming ijtimoiy tamoyillar talablariga javob bera oladigan tasnifming amaldagi turi mazmun tavfisi bo‘yicha ajratishdir.
Boshqaruv jarayoniga bog‘liqligiga ko‘ra mazkur belgi bo'yicha masalalar quyidagi ko‘rinishni oladi:

  • tabiiy-buyumlashgan - aniq iste'mol qiymatini yaratishga ko‘ra;

  • iqtisodiy - qiymatni shakllanishiga ko‘ra;

  • ijtimoiy - ijtimoiy sohadagi faoliyat bo‘yicha;

  • ekologik - tabiiy muhitni saqlash bo'yicha.

Analitik masalalar boshqaruv darajasi va turiga ko‘ra ham tasnif etiladi.
Birinchi belgi bo‘yicha: brigada, sex, bo‘lim, korxonaning xo'jalik faoliyati tegishli masalalarga bo'linadi.
Ikkinchi belgi bo'yicha: boshqaruv turi bo‘yicha esa - tezkor, joriy va istiqbolli masalalarga ajratiladi.
O'z navbatida muayyan belgilar bo‘yicha guruhlangan masalalaming ichida boshqariladigan obyekt mazmuniga ko'ra ham guruhlarga ajratiladi. Masalan, birinchi guruh muayyan mahsulot yaratish bo'yicha quyidagicha bo'linishi mumkin; ishlab chiqarishni tayyorlash, mehnat vositalari va predmetlari bilan ta'minlanish, ishlab chiqarish yordamchi ishlab chiqarish, sotish jarayoni va shu kabilar.
Informatsion texnologiyalarga asosiangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlil natijalari obyekt ma'lumotlaridan foydalanish maqsadiga ko'ra ichki va tashqi foydalanuvchilar yo'nalishi bo'yicha ham alohida tayyorlanadi.
Ichki foydalanuvchilarga mo'ljallangan tahlili ma'lumotlari boshqaruv ehtiyojiga ko'ra barcha soha, jarayonlarni aks ettirish mumkin.
Tashqi foydalanuvchilar uchun esa ma'lumotlar olish obyekt- lari cheklangan bo'ladi. °
Iqtisodiy tahlilga oid ko'plab adabiyotlarda ma'lumotlarni informatsion texnologiyalarga asosiangan tarzda qayta ishlashda analitik masalalami boshqa belgilariga ko'ra ham tasnif etishlar tavsiya etiladi.
Lekin ulaming barchasini asosida bir mazmun u ham bo'lsa iqtisodiy tahlil funksiyasini informatsion texnologiyalarga asosiangan boshqaruv tizimida doimiy va samarali amalga oshirishni ta'minlash etadi.

  1. Informatsion texnologiyalarga asosiangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilning rivojlantirish istiqbollari

Hozirgi davrda “Kompleks iqtisodiy tahlil” kichik tizimi informatsion texnologiyalarga asosiangan boshqaruv tizimida to‘la ma'noda rivojlanayotgani yo‘q.
Ma'ruzada bayon etilgan informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida mazkur tizimning o‘mi, roli va mazmuni asosan nazariy bilimlar hamda shu bilan birgalikda amaliy tajribalarga asoslanib yoziladi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida informatsion texnologiyalarga asosiangan boshqaruv tizimining iqtisodiy tahlil funksiyalari hamda uning keng yoyish - uning yaqin kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishi hisoblanadi.
Informatsion texnologiyalarga asosiangan boshqaruv tizimida xo'jalik foliyatini tahlil qilish tizimining sifat jihatdan tinimsiz takomillashtirib borish ham ustivor ahamiyatga ega yo‘nalish bo‘lib, bu bilan uning tobora samarali ishlash ta'minlanadi.
Agar informatsion texnologiyalarga asosiangan boshqaruv tizimining rivojlanishi ikkinchi yo‘nalishdan borsa, u holda boshqamvchi tizim (KIT) o‘z mohiyatini saqlab qolgan holda o‘zgaradi.
Ayni davrda informatsion texnologiyalarga asosiangan boshqaruv tizimining tarkibida texnologik jarayonlarni informatsion texnologiyalarga asosiangan boshqaruv tizimini (TJITABT) shaklini qo‘llanilishi ko‘proq samara bermoqda. Biroq bu xo‘jalik faoliyatini boshqarishning informatsion texnologi- yalarga asoslanishini bir tomoni bo‘lib, unda yangitdan yaratilayotgan iste'mol qiymatini tabiiy buyumlashgan jihatini ifodalaydi. Lekin, mazkur jarayon aniq mahsulot qiymatini shakllanishi bilan chambarchas bog'lanlangan va barcha sarflar xarajat ko‘rinishida hisobga olinadi. Shuning uchun informatsion texnologiyalarga asosiangan boshqaruv tizimining takomillash- lirishning navbatdagi bosqichi TJITABT ni xo‘jalik jarayonini iqtisodiy tarkibiy qismi deb qaralib butun boshqaruv obyektini muhim elementi tarzida faoliyati ta'minlanadi.
Boshqaruvning samaradorligiga ko‘p jihatdan ijtimoiy masalalar ham jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababli mazkur obyektning ham informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqa- ruv tizimiga kiritish muhim ahamiyatga egadir. Bu bilan korxonani ijtimoiy-iqtisodiy masalalari o‘rganib boriladi.
TJITABT bilan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqarish kichik tizim- larini birlashtirilishi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish, hisob, tahlil, tartibga solish va ulaming boshqaruv funksiyalari bilan birgalikda rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimidagi “Kompleks iqtisodiy tahlil” tizimida “Moliyaviy tahlil” qismining ham alohida obyekt sifatida tashkil etish shart. Chunki moliyaviy tahlil ma'lumotlari istalgan paytda foydalanuvchiga etkazilishi yoki o‘rganilishi zarur bo‘lib qoladi. Bu bir tomondan tezkorlikni ta'minlasa, ikkinchi tomondan tahlil ishlarini osonlashtiradi.
Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimini yanada rivojlantirish ishlarida mutaxassislar roli ham juda kattadir. Shuning uchun korxonalarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tashkil qila oladigan, uni samarali ishlashina ta'minlaydigan, ilg‘or yangiliklami jbriy etadigan mutaxassislami tayyorlash vazifalarini ham har doim bajarilishi lozim.
Hozirgi paytda, ayniqsa kelajakda, tahlilni kompyuterlarsiz tassavur qilish mumkin emas. Shu tufayli iqtisodiy tahlil mazkur belgi bo‘yicha ham tasniflanadi va ular uch guruhga bo‘linadi: odatdagidek, kompyuterlashtirilmagan tahlil, qisman kompyuter- lashtirilgan tahlil va to‘liq kompyuterlashtirilgan tahlil.
Odatdagidek, kompyuterlashtirilmagan tahlilga hozirgi an'anaviy tahlilni misol qilish mumkin. Bu tahlil buxgalteriya, statistik, tezkor hisob va hisobotlar ma'lumotlariga asosan, an'anaviy hisoblash mashinalari orqali amalga oshiriladi.
Qisman kompyuterlashtirilgan tahlilga yarim kompyuterlash- tirilgan yoki ayrim qismlari kompyuterlarda, qolgan qismlari odatdagidek hisob-kitoblarda amalga oshiriladigan tahlil kiradi. Masalan, xo‘jalik faoliyatining ayrim qismlari hisobi kompyuter- larda amalga oshiriladigan bo‘lsa, shu soha tahlili ham kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi paytlarda ko‘pgina firmalaming ish haqini hisoblash kompyuterlashtirilgan. Qolgan qismi esa odatdagidek an'anaviy tarzda amalga oshiriladi.
Va nihoyat oxirgi bosqichdagidek, kompyuterlashtirilmagan tahlilga hozirgi an'anaviy tahlilni misol qilish mumkin. Bu tahlil buxgalteriya, statistik, tezkor hisob va hisobotlar ma'lumotlariga asosan, an'anaviy hisoblash mashinalari orqali amalga oshiriladi.
Ushbu guruh tahlili quyidagi chizmada o‘z aksini topgan.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling