O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Xo‘jalik jarayonlarini o‘rganish, tahlil etishda yangi usul va vositalardan foydalanish iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning


Download 1.1 Mb.
bet53/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Xo‘jalik jarayonlarini o‘rganish, tahlil etishda yangi usul va vositalardan foydalanish iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning
muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu ma'noda tahlilda qo‘llaniladigan iqtisodiy-matematik usullami ham ushbu qatorga kiritish mumkin (4.1-jadval).

  1. jadval Tahlilda qo‘l!aniladigan iqtisodiy-matematik usullar va ularni qo‘llash o‘rni

T/R

Usullarning nomi

Izoh

1

2

3

1

Korrelyatsion- regratsion tahlil usuli

0‘zgaruvchi birlikka ta'sir etuvchi, o‘zaro aloqadorlik va bog'lanishdagi alohida belgining boshqa belgilar ta'sirida o‘zgarish- larini aniqlash

2

Logorifmlar usuli

Natijaviy ko‘rsatkichga ta'sir etuvchi ko‘plab omillaming ta'sirini aniqlashning matematik ifodaga solinishi

3

Determinantlar usuli

Yakuniy ifodaga ta'sir etuvchi bir omilning ikkinchi omilni tug‘diruvchi va ulaming alohida tarkiblanishi

4

Matritsalar usuli

Yakuniy l'foda va natijaviy ko'rsatkichlarga ta'sir etuvchi omillami juftlik, bielik va ko‘plik koeffisientlarda aniqlash

5

Chiziqli programma- lashtirish usuli

Xo‘jalik jarayonlarini funksiya va cheklanish- larda qatorli tarzda programmalashtirish va ulami boshqarish bo‘yicha muqobil qatorlardan eng optimal variantini aniqlash

6

Nazariy o‘yin usuli

Ijtimoiy, ekologik, texnologik shartlami hisobga olgan holda boshqarishni bir xil daraj ada saqlashning shartlarini belgilash

7

Va hokazo usullar...





Iqtisodiy-matematik usullami qo‘llash asosida:

  • tahlilni bajarish muddati tezlashadi;

  • o‘zgarishlar va ulaming ta'sirini aniq hisoblash mumkin bo‘ladi;

  • oddiy-an’anaviy usullar bilan hisoblab bo‘lmaydigan murakkab omillar va ko‘p omilli ko'rsatkichlarni to‘liq o‘rganish imkoni tug‘iladi;

  • har bir ta'sir etuvchi omilning miqdor va sifat jihatlarini aniq ko‘rsatib berish imkoniyati tug‘iladi;

  • hisoblash texnikalaridan foydalanish osonlashadi va hokazolar.

  1. DeterminaUashgan modellar va xo‘jalik
    faoliyatidagi omillar tizimining tahlili


Determinizm lotincha “determino” so‘zidan olingan bo‘lib, voqealami obyektiv qonuniyat asosida o‘zaro bog‘langanligi hamda shartlanganligi to‘g‘risidagi ta'limotdir. Determinallash asosida sababga ko‘ra amalga oshadigan, ya’ni aniq sharoitda bir voqea (sabab) boshqa voqeani (oqibat) keltirib chiqaradigan holatlardagi bog‘liqliklar yotadi.
Determinallashgan tahlil - tadqiq etilayotgan voqeani (0‘rga- nilayotgan ko‘rsatkichni) bevosita omillarga bo‘lib o‘rganishdir. Bevosita omillar - bog‘lanishlari uzluksiz zanjirlar asosida model- lashtirib quriladigan hamda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichni shakllan- tirayotgan hamda ta'sir miqdorini o‘lchash mumkin bo‘lgan alohida voqealardir. Bu yerda tadqiq etilayotgan ko‘rsatkich (voqea) omillar hosilasi bo‘lib qaraladi. Misol uchun, tovar mahsuloti hajmini shakllanishi (TH) sanoat-ishlab chiqarish xodimlari soni (XS) hamda ishlovchilarga to‘g‘ri keladigan yillik o‘rtacha mahsulot hajmiga (O‘M) bog‘liq. TH= XS* O‘M.
Ushbu omillami yanada detallashtirish mumkin. Sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonidan (XS) kelib chiqqan holda, uning tarkibida faqat ishchilaming solishtirma salmog‘i (Iss) topiladi, ya’ni Iss= (Is : XS)*100%. Bu yerda, Is - ishchilar soni. Modellashtirish jarayonida bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rtacha yillik mahsulot (O‘M;) ham topiladi, ya’ni O‘M, = TH : Is. Omillami mazkur tartibi asosida tovar mahsuloti hajmini (TH) quyidagicha hisoblash mumkin: TH = O‘Mj* Iss* XS yoki TH = (TH : Is) * Iss* XS.
Tovar mahsuloti hajmini model asosida tahlil qilishda uni shakllanishiga ta'sir etuvchi yana ko‘plab omillami topish mumkin. Misol uchun, bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘rtacha yillik mahsulotga (O‘Mj) ta'sir etgan omillami alohida ko‘rib chiqish mumkin. Bu yerda, O‘Mj=(O‘Ms*Ik*D), O‘MS - ishchi tomonidan bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot, Ik- ishchi tomonidan ishlangan kunlar miqdori, D - kun davomiyligi. Ishchi tomonidan bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot (O‘MS) hajmi quyidagicha topiladi: O‘MS= TH : (Ik*D). Bu holatda model beshta omildan shakHanganini ko‘rish mumkin. Ya'ni:

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling