O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/36
Sana07.07.2020
Hajmi1.29 Mb.
#123262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya

q
n
a
d
i
r
a
lt
a
b
a
s
o
n
u
m
o
r
a
z
‘
o
)
b
’
i
r
a
z
a
n
.
Parazit  populatsiyasi  aylanib  yurgan  chegaralarda  odamlar-
ning  hududiy, ijtimoiy yoshi va turmush sharoiti, guruhlarining
(tuzilishi bo‘yicha moyillik darajasi) vaqtinchalik o‘zgarishi, ka-
sallik qo‘zg‘atuvchilari hayot faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda
ro‘y beradi. Bunday guruhga kiruvchi kishilarning kasallikni yuq-
tirish  xususiyatlari  ularning  turli  xil  hududlarda  yashashi,  yoshi
jihatdan  farqlanishi va tashqi muhit omillarining o‘zgarib turishiga
bog‘liq. Ularning immunitet bo‘yicha geterogenliklari kasallik qo‘z-
g‘atuvchilarining aylanib yurishi natijasida o‘zgarib turadi.

22
Òug‘ilish va ijtimoiy jarayonlar odamlar, aholi guruhlarining
doimiy ravishda gorizontal va vertikal ravishda aralashib turi-
shiga olib keladi. Bu esa, ularning  geterogenliklari, shu jumladan,
immunitetlari bo‘yicha o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayonlar
kasallik qo‘zg‘atuvchilarining yuqish mexanizmi  faoliyatiga  ta’sir
qiluvchi jarayonlar bilan birga parazit — kasallik qo‘zg‘atuvchi-
larining  yashash muhitlari  xilma-xil  bo‘lishini belgilaydi. Bunday
o‘zgarishlarga kasallik chaqiruvchilari o‘zining adaptatsion xusu-
siyatlari bilan javob qaytaradi.
Parazit  —  kasallik  qo‘zg‘atuvchisining  o‘zgaruvchanligi,  av-
valo,  xo‘jayin  populatsiyasidagi  yashash  muhiti  o‘zgarishi  sa-
babli yuz beradi. Parazitlarning shakllangan biologik tur sifatida
yashash  muhitiga  moslashishida  tur  shakllanishining  evolutsion
jarayonida  ishtirok  etuvchi  barcha tanlanish xillari ishtirok etadi.
Òanlashning uch turidan eng ahamiyatlisi — yo‘naltirilgan va
mustahkamlovchi tanlash turlaridir. Yo‘naltirilgan tanlanish pa-
razitning yashash muhiti o‘zgargandagina ta’sir qiladi va bunda
muhitning  yangi  komponentlari  geterogen  kasallik  chaqiruvchi-
lari  ma’lum  qismining  yashashi  uchun  ijobiy  ta’sir  o‘tkazadi.
Tanlanish turining ta’siriga yashash muhiti o‘zgarishi boshlanish
davridan  shu  paytgacha  nisbatdan  gomogen  bo‘lgan  popula-
tsiyasining geterogenlik generatsiyasi  qarshilik  ko‘rsatadi. Bunday
sharoitlar qo‘zg‘atuvchilarning mikropopulatsiyalari va infeksiya-
dan  keyin hosil bo‘ladigan immunitet bilan tugaydigan infeksiya
jarayonida paydo  bo‘ladi.
Infeksion jarayon avj olgan paytda immunitet shakllanishining
boshlang‘ich davridan shu paytgacha, asosan, virulent shtamm-
laridan iborat bo‘lgan kasallik qo‘zg‘atuvchilarining mikropopu-
latsiyasi geterogenligi oshib boradi. Rekonvalessent organizmida
kasallik chaqiruvchilarining virulent turlari nobud bo‘ladi va or-
ganizm virulent qo‘zg‘atuvchilardan ozod bo‘ladi.
Geterogen  qo‘zg‘atuvchilarning  mikropopulatsiyasidan  ham
virulentli turlarning yo‘naltirilgan tanlanishi yuz beradi. Kam vi-
rulentli  mikropopulatsiya  mustahkamlovchi  tanlanish  turi  yor-
damida  shu yashash muhitida mustahkamlanib oladi. Shunga mos
ravishda  bunday  immun  bo‘lgan  organizmda  mikropopulatsiya-
ning nisbiy gomogenligi vujudga keladi. Butun populatsiyalar uchun
shunday o‘zgarishlar epidemik jarayonning borishida vujudga keladi.
Epidemiyaning boshlanish davrida  qo‘zg‘atuvchilarning yuqori
virulentli epidemik varianti aylanib yuradi. Qo‘zg‘atuvchilar zanji-

23
riga yangi immuniteti bo‘lgan organizmlarning qo‘shilishi qo‘z-
g‘atuvchilar  uchun  yangi  yashash  muhitini  yaratadi  va  ularning
geterogenliklari oshib boradi. Shu tariqa yo‘naltiruvchi tanla-
nish  yordamida immuniteti  bo‘lgan odamlar organizmida ham
virulentli  variantlar  hosil  bo‘ladi  va  shundan  so‘ng  bu  variant
immuniteti bo‘lgan jamoalarda mustahkamlovchi tanlanish yor-
damida mustahkamlanib oladi.
Hayot faoliyati jarayonida immuniteti bo‘lgan jamoalar orasidagi
ba’zi rekonvalessentlar organizmida immunitet asta-sekin  yo‘qola
boradi. Yangi tug‘ilgan avlod organizmida ham immunitet yo‘qligi
sababli,  kasallik  chaqiruvchilari  uchun  yashash  muhiti  o‘zgarib
boradi.  Kasallik  qo‘zg‘atuvchilari  uchun  yashash  muhitining  shu
kabi  o‘zgarishi  gorizontal  aralashishi,  ya’ni  yangi  jamoalarning
vujudga kelishi migratsiya kabi jarayonlar natijasida ham yuz beradi.
Kasallik  chaqiruvchilarining  yuqish  mexanizmi  doimiy  ra-
vishda  faollashib boradi. Oqibatda, virulentli kasallik chaqiruvchi-
lar  zanjirida  asta-sekin immuniteti  bo‘lmagan  kishilar  qatlami
ham ko‘payib boradi. Bunga javoban nisbat gomogen bo‘lgan kam
virulentli  qo‘zg‘atuvchilar  populatsiyasi  geterogenligida  genera-
tsiya yuz beradi. Shundan so‘ng, yuqori virulentli shtammlarning
yo‘naltirilgan tanlanishi kuzatiladi.
Bu  jarayon  sirtdan  biron-bir  ta’sir  bo‘lmagan  holda  kasallik
qo‘zg‘atuvchilar  zanjirida  yetarli  miqdorda  immuniteti  bo‘lgan
qatlam to‘planguncha davom etadi va jarayonda yangi o‘zgaruv-
chanlik davri boshlanadi.
1.2.2. EPIDEMIK JARAYONNING DAVRIYLIGI
Epidemik jarayon rivojlanishining davriyligi. Epidemiya orasi-
dagi davrning epidemiya davri bilan almashinishi to‘g‘risida epi-
demiologiyada empirik tasavvur shakllangan.
Ilgari  kasallik  uchramagan  joylarda  kasallik  paydo  bo‘lishi,
uning  tarqalish  tezligiga  ijtimoiy  va  tabiiy  sharoitlarning  tez-
lashtiruvchi  yoki  sekinlashtiruvchi  ta’sir  ko‘rsatishi  va  natijada,
epidemik jarayon rivojlanishida miqdoriy o‘zgarishlarning yuz be-
rishi an’anaviy ravishda xastalikning tashqaridan olib kirilishi bi-
lan tushuntirib kelingan. Kasallikning ortib ketishi uni tashqari-
dan olib kelganlarni ajratib qo‘yishda kechikish va yashirin ka-
sallik tashuvchilarni aniqlanmaganlik bilan izohlanadi. Umuman
olganda, bunday hollar ham bo‘lishi mumkin.

24
Parazitar  sistemada  davriy  o‘zgarishlar  kasallik  tarqalishidan
ancha  oldin  boshlanadi,  shuning  uchun  kasallik  profilaktikasi
bo‘yicha  o‘tkaziladigan  tadbirlar  kasallik  qo‘zg‘atuvchilari
populatsiyasidagi  davriy o‘zgarishlarga mos  ravishda  o‘tkazilishi
kerak.  Kasallik  chaqiruvchilari  populatsiyasining  sikli  quyidagi
davrlardan iborat: kasallik qo‘zg‘atuvchilari rezervatsiya davri va
epidemik shtammning tarqalish davri. Bular orasida epidemik va
rezervatsiya  davri  hamda  shtammlarning  paydo  bo‘lishi  mavjud
epidemik jarayon vaqt bo‘yicha davriyligining yorqin misoli —
uning  mavsumiyligi.
Epidemiya  to‘lqinli  pasayishi  bilan  boshlanib,  yana  qayta
epidemiya boshlanishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan  rezer-
vatsiya davrida kasallik chaqiruvchilari xo‘jayin populatsiyasi-
ning  ba’zi o‘ziga xos immunologik  gemeostazga ega bo‘lgan indi-
vidlari  organizmida  saqlanib  qoladi.  Odamlarning  geterogen
populatsiyalari orasida yana shunday individumlar bo‘lgan tur —
antroponoz kasallik qo‘zg‘atuvchilari tabiatda tur sifatida saqlanib
qoladi. Kasallik chaqiruvchi ba’zi turlari tashqi muhitda saqlanib
qolishi ham mumkin (vabo vibrionlari).
Rezervatsiya davri kasallik chaqiruvchilarining populatsiyasi
son jihatidan eng kam bo‘lgan davr hisoblanadi. Virulentlik bel-
gisi  bo‘yicha  bu  populatsiya  nisbatan  gamogendir.  Immuniteti
bo‘lgan organizmda kasallik chaqiruvchilarining kam virulentli
varianti saqlanib qoladi. Rezervatsiya davri kasallik chaqiruvchi-
larni biologik tur sifatida saqlab qola olmaydi. Shuning uchun
evolutsiya jarayoni kasallik chaqiruvchilari immunologik tuzili-
shida o‘zgarish ro‘y berishi bilan bog‘liq, rezervatsiya varianti-
dan epidemik shtammlarga o‘zgara olish xususiyatiga ega bo‘lgan
bu  o‘zgarish  dastlab  epidemik  jarayonning  kechishida  belgisiz
o‘tadi. Bunday o‘zgarish dastlab rezervatsion varianti geterogen-
likdan generatsiya yuz berishi va yashash muhitiga moslashgan
virulent variantning tanlanishi bilan boshlanadi. Bu davrni epi-
demiya oldidan odamlar orasidagi immunologik siljish va infek-
siyaning manifest ko‘rinishlari paydo bo‘la boshlagani bilan pay-
qash  mumkin.
Kasallik paydo bo‘lishi va uning ko‘paya borishi kasallik qo‘z-
g‘atuvchilarining  shakllangan  shtammlari  aylanib  yurganidan
darak beradi. Epidemik tarqalish davri ham rezervatsiya davri
singari kasallik qo‘zg‘atuvchilarining biologik tur sifatida saqlanib

25
qolishini ta’minlay olmaydi. Shuning  uchun  ham epidemiya
davom  etayotgan  paytdayoq  geterogenlik  generatsiyasi  bosqi-
chidan o‘tuvchi va populatsiyaning gamogenligiga hamda son
jihatidan  kamayishga  olib  keluvchi  rezervatsiya  varianti  hosil
bo‘la boshlaydi.
Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishida bu hol kasallik-
ning  asta-sekin  kamayishi  va  butunlay  yo‘qolishi  bilan  ifodala-
nadi. Epidemik jarayonning makon bo‘yicha davriyligi hududlar
bo‘yicha turli va ijtimoiy guruhlar orasida kasallanishning turlicha
tarqalishi bilan ifodalanadi.
Bu  xo‘jayin  va  parazit  populatsiyalari  geterogenligining  po-
pulatsiyalar qayta taqsimlanishi natijasidir. Vujudga kelgan sha-
roitga qarab, ayni bir paytda guruhdagi odamlar orasida epidemik
holat rezervatsiya davriga mos kelsa, boshqa guruhdagi odamlar
orasida  epidemik  jarayonning  boshqa  davrlariga  to‘g‘ri  kelishi
mumkin.
Epidemik  jarayon  makon  bo‘yicha  davriyligi  namoyon  bo‘-
lishida jamoaning moyillik darajasi bo‘yicha geterogenligi o‘zgarishi
va bir jamoadan ikkinchisiga kasallik chaqiruvchilarini o‘tkazishi
bilan ifodalanuvchi populatsiyalararo aloqalar ahamiyati kattadir.
Epidemik  jarayon  rivojlanishining  davriyligi  parazit  va  xo‘jayin
populatsiyasi o‘zaro munosabatlari o‘zgaruvchan bo‘lgan sharoitda
ichidan o‘z-o‘zini boshqarish natijasidir.
Òurli xil kasallik qo‘zg‘atuvchilarining ekologik aloqalari turli-
cha  bo‘lishi  parazitar  sistemasining  davriy  o‘zgarishini  boshqa-
ruvchi shart-sharoitlar turli xil bo‘lishini belgilaydi. Lekin rezer-
vatsiya davridan epidemik variantning paydo bo‘lishi davriga o‘ti-
shini belgilovchi umumiy omil, bu qo‘zg‘atuvchilar aylanib yurgan
zanjirda  populatsion  immunitetning  kuchsizlanishidir.  Epide-
miya  davridan  rezervatsion  shtammining  paydo  bo‘lish  davriga
o‘tishida esa, populatsion immunitetning o‘sishi kuzatiladi. Ka-
sallik qo‘zg‘atuvchisining epidemik variantini vujudga keltiruvchi
sharoitlarni uch  guruhga ajratish mumkin:
a) odamlarning turli xil tabiiy va sun’iy ko‘chib yurishlari —
migratsiya;
b)  kasallik  qo‘zg‘atuvchilarining  yuqish  mexanizmini  faol-
lashtiruvchi  sharoitlar;
d)  odamlarning  kasallikka  moyilligini  oshiruvchi  sharoitlar
(immunitet pasayishi, rezistentlik).

26
Oqibatda,  har  uch  guruhdagi  sabablar  kasallik  qo‘zg‘atuv-
chilari aylanib yurgan zanjirda moyilligi yuqori bo‘lgan qatlam-
ning vujudga kelishiga olib keladi. Bu esa, ular populatsiyasi ichida
qayta tuzilish uchun signal hisoblanadi.
Yuqorida  keltirilgan  sharoitlarning  birinchi  guruhi  aerozol
antroponoz  kasalliklar  guruhidan  epidemik  jarayon  davriyligini
tahlil  qilganda  namoyon  bo‘ladi.  Ikkinchi  guruh  esa,  ichak  va
transmissiv kasalliklarda epidemik jarayonning davriyligini tahlil
qilganda osonroq aniqlanadi. Uchinchi guruhdagi sabablar to‘liq
ajratib qo‘yilgan jamoadagi epidemik rezervatsiya, so‘ngra qo‘z-
g‘atuvchi verulentligining tarqalishiga yordam beruvchi sharoitlar
mavjud bo‘lsa, o‘sha yerda rivojlanadi.
Parazitar sistemaning davriyligi ifodasi epidemik jarayonning
turli jamiyatlarda odamlar guruhlarining yashash sharoitlari, fao-
liyati, aholi zichligi, turli yashash guruhlari, migratsiya jarayoni,
mavsumlarga bog‘liq holda turlicha namoyon bo‘lishidir. Epidemik
jarayon rivojlanishining ichki mexanizmining mohiyatini bilish
u yoki bu ijtimoiy va tabiiy o‘zgarishlarning epidemik oqibatla-
rining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Parazitar  sistemaning  o‘z-o‘zidan  boshqarilishi  to‘g‘risidagi
nazariya L.V. Gromashevskiyning epidemik jarayonni harakatga
keltiruvchi kuchlar to‘g‘risidagi nazariyasini sifat jihatidan yangi,
yuqoriroq darajaga ko‘tardi.
1.2.3. EPIDEMIK JARAYONNING KO‘RINISHLARI
Epidemiya  o‘chog‘i  —  bu  ma’lum  vaqt  oralig‘ida  odamlarga
yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari yuqish ehtimoli bo‘lgan hudud
chegarasi.  Epidemiya  o‘chog‘ining  chegarasi  va  vaqt  bo‘yicha
davomiyligi uning uch elementi tabiatiga bog‘liq bo‘ladi:
1. Kasallik chaqiruvchilarining tarqalish nuqtayi nazaridan qa-
ralganda xasta kishilar.
2.  Kasallik yuqtirish xavfi nuqtayi nazaridan qaralganda sog‘-
lom kishilar.
3. Odamlarning kasallanish xavfi nuqtayi nazaridan qaralganda
tashqi muhit.
Yaqin vaqtlarga qadar epidemiya o‘chog‘i kasallik manbayini
alohidalab qo‘yish yakunlovchi dezinfeksiya o‘tkazilgandan so‘ng
kasallikning  eng  ko‘p  inkubatsion  davri  o‘tgunga  qadar  xavfli

27
sanalar  edi.  Bu  davrda  kasallik  yuqqan  kishilar  kasal  bo‘lishlari
kerak,  deb  hisoblanadi.  Yuqumli  kasalliklar  patologiyasi  to‘g‘-
risidagi hozirgi tushunchalar epidemiya o‘chog‘ining faollik davrini
aniqlash uchun faqat shu ma’lumotlar kamlik qilishini ko‘rsatdi.
Kam belgilar bilan kechadigan antroponoz kasalliklarda epide-
miya o‘chog‘ida kasallik 2—3 kunlik inkubatsiya davri o‘tgandan
keyin  ham  paydo  bo‘lishi  mumkin.  Chunki  kasallikni  belgisiz
o‘tkazgan bemorlar ham kasallik tarqatishlari mumkin. Shuning
uchun epidemiya o‘chog‘i chegaralarini aniqlashda kasallik cha-
qiruvchilarini, tashuvchilarni ham hisobga olish kerak.
Kasallik yaqin muloqot vaqtida yuqadigan bo‘lsa, epidemiya
o‘chog‘ining  chegarasi  bemor  bo‘lgan  joy  bilan  chegaralanadi.
Agar  kasallik  tomchi  yo‘li  bilan  yuqadigan  bo‘lsa,  epidemiya
o‘chog‘ining chegarasi bemor yashagan xona va u bilan shu xo-
nada  muloqotda  bo‘lganlar  bilan  chegaralanadi.  Òransmissiv
yuqish mexanizmida kasallik chaqiruvchilarini tashuvchi hasha-
rotlarning uchish masofasi hisobga olinadi. Fekal-oral mexaniz-
mida esa, bemor bilan bir oshxonada ovqatlangan yoki bir joydan
suv ichgan kishilar ham hisobga olinadi.
Odamlarning zoonoz kasalliklar bilan kasallanish xavfi epi-
zootik kasallik o‘chog‘i faolligi va u bilan aloqador bo‘lgan kishi-
larga bog‘liq bo‘ladi. Epizootik kasallik o‘chog‘ining chegarasi
zoonoz kasallik qo‘zg‘atuvchilari aylanib yurishi mumkin bo‘lgan
hudud bilan aniqlanadi.
Agar  epidemiya o‘chog‘ida bitta kasallanish holatidan boshqa
kasallik o‘chog‘ida yana qayta kasallanish takrorlansa, ko‘p sonli
kasallik o‘chog‘i deb ataladi.
Epidemik jarayonlarning intensivligi. Hozirgi kunda epidemik
jarayon intensivligining uch turi ma’lum:
1. Sporadik, ya’ni yakka holda uchraydigan yuqumli kasalliklar.
2. Epidemik — yuqumli kasallikning bir mintaqa ichida, bir
vaqtning o‘zida tarqalishi.
3. Pandemiyalar — bir vaqtning o‘zida bir necha davlatlarda
yuqumli kasalliklar avj olishi.
Ushbu  uch  epidemik  jarayonning  intensivlik  darajasi  tarixiy
isbotlangan va miqdor jihatdan bir xil emas. Ularning miqdoriy
ko‘rsatkichlari ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlari hozirgi zamon bi-
lim  darajasiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Misol  uchun,  griðp  kasalligini
oladigan bo‘lsak, bir yilda 10000 aholiga 10 bemor to‘g‘ri keladi.

28
Bunday kasallanish holati sporadik ko‘rinishli hisoblanadi. Agar
griðp bilan kasallanish 5—7 marta oshib ketsa, unda griðp epi-
demiyasi, deyiladi.
Mudom  sporadik  kasallanish  shunday  kasallanish  darajasini
ko‘rsatadiki, shu mintaqada, shu davrda, tarixiy sharoitda to‘g‘ri
kelgan kasallanish holati bilan baholanadi. Epidemiya holati shun-
day holatki, u sporadik kasallanishdan shu mintaqada juda ham
ko‘p (3—10 marta) ko‘tarilishi mumkin. Pandemiya esa, ma’lum
tarixiy sharoitda mintaqada epidemiyaning eng avj olishi va bir
necha marta ko‘payib ketishidir. Pandemiya so‘zining aniq ma’nosi
«umumxalq»  demakdir,  ya’ni  umumxalq  kasalligi.
Epidemiyada epizootik, endemik, enzootik kasalliklar ajrati-
ladi. Epizootik kasalliklar deb, ushbu davlat va mintaqada uch-
ramaydigan,  faqat  boshqa  mamlakatlardan  kirib  keladigan  ka-
salliklarga aytiladi.
Epidemiya so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, «ep — orasida,
demos  —  xalq»  ma’nosini  anglatadi.  Epidemik  kasalliklar  xalq
orasida doimiy uchrab turadigan kasalliklar, deb tushuniladi. Mi-
sol uchun, dizenteriya yoki ich terlama kasalligi u yoki bu dara-
jada ma’lum joylarda uchrab turadi. Demak, ushbu mintaqalarda
kasalliklarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar mavjuddir. Bun-
day holda ushbu mintaqada dizenteriya va ich terlama kasalligi-
ning epidemik kasallik ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lum joylarda
epidemik  kasalliklar  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy,  yashash  shart-
sharoitlari va yuqumli kasalliklarni tabiat haqidagi bilimlar bilan
ham quvvatlab turiladi. Ayrim epidemik kasalliklar tabiiy shart-
sharoitga bog‘liq holda ushlanib turiladi.
Òabiiy shart-sharoitlarning ahamiyati. Inson ma’lum bir tabiiy
iqlimiy sharoitda yashaydi va uning organizmi o‘zini o‘rab turgan
tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Òabiiy iqlimiy shart-
sharoitlar epidemik jarayonning rivojlanishiga ta’sirini o‘tkazadi.
Bezgak plazmodiyemining pashsha organizmida rivojlanishi
uchun  ma’lum  harorat,  ya’ni  20—25°C  bo‘lishi  kerak,  agar
harorat  16°C  bo‘lsa,  rivojlanish  jarayoni  to‘xtaydi.  Pappatachi
isitmasi  tashuvchisining  urg‘ochi  chivini  25—26°C  da  tuxum
qo‘yadi.  O‘lat  kasalligining  chaqiruvchisi  burga  organizmida
rivojlanishi uchun harorat 20—25°C, namlik 70 % bo‘lishi lozim.
Agar tabiatda mos harorat va namlik shart-sharoitlari bo‘lmasa,
tashuvchi rivojlana olmaydi. Shuning uchun chivin isitmasi faqat
janubiy mintaqalarda rivojlanadi.

29
Havoli muhitda yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi ham epide-
miologik  ahamiyatga  ega.  Kuchli  yog‘inlar  yer  yuzi  qatlamini
ko‘chirib,  suv  havzalarini  ifloslaydi.  Suvning  zararlanishi  esa,
epidemiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida  bayon  etilganlardan  epidemiologiyaning  asosiy
qonuni kelib chiqadi. Yuqumli kasallikning kelib chiqishi, rivoj-
lanishi,  ya’ni  epidemik  jarayonning  avj  olishida  tabiiy-iqlimiy
sharoit o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
1.2.4. YUQUMLI KASALLIKLARNING TABIIY O‘CHOG‘I
TO‘G‘RISIDAGI NAZARIYA
Zoonoz kasalliklarida epidemik jarayon rivojlanishini anglash
uchun  kasallikning  tabiatdagi  o‘choqlari  to‘g‘risidagi  nazariyani
bilish  kerak  bo‘ladi.  Y.N.  Pavlovskiy  tomonidan  yaratilgan  bu
nazariya  qo‘zg‘atuvchilari  yovvoyi  hayvonlar  orasida  aylanib
yuradigan kasalliklarning odamlar o‘rtasida epidemiya chaqirish
sabablarini tushuntirib beradi.
Odamlarga hayvonlardan kasallik yuqishi to‘g‘risidagi ma’lu-
motlar uzoq vaqtlar mobaynida asta-sekin to‘plana bordi. O‘lat
kasalligining  qo‘zg‘atuvchilari  ikki  epidemiya  oralig‘ida  kemi-
ruvchilar organizmida  saqlanib qolishini birinchi bo‘lib D.K. Za-
bolotniy  aniqladi va keyinchalik uni isbotlab berdi.
Y.N. Pavlovskiy o‘tgan asrning 30-yillari oxiriga kelib, o‘sha
paytda ma’lum bo‘lgan dalillarni umumlashtirdi va odam trans-
missiv kasalliklarining tabiiy o‘choqliligi to‘g‘risida ixcham ta’li-
mot yaratdi. Keyinchalik kasalliklarning tabiiy o‘choqliligi fa-
qatgina transmissiv kasalliklarga emas, yana ko‘pgina notransmis-
siv kasalliklar uchun ham xos ekanligi aniqlandi.
Yuqumli kasalliklarning tabiiy o‘choqliligi to‘g‘risidagi naza-
riyaning  mazmuni  shundan  iboratki,  odamlar  orasida  ba’zi  ka-
salliklar epidemiyasining rivojlanishiga yovvoyi hayvonlar o‘rtasida
aylanib yuruvchi kasallik qo‘zg‘atuvchilarining inson organizmiga
o‘tishini  tushuntirib  beradi.  Ba’zi  kasalliklar  qo‘zg‘atuvchilari-
ning  poliðatogenligi  ular  odamlar  organizmiga  tushib  qolganda
kasallik rivojlanishiga olib keladi.
Kasallikning tabiiy o‘chog‘i, areal qo‘zg‘atuvchilarning tabiiy
xo‘jayinlari  bo‘lgan  hayvonlar  arealiga,  transmissiv  kasalliklarda
esa, tashuvchilar arealiga teng bo‘ladi. Ko‘pgina yovvoyi hayvon-

30
lar  va  qon  so‘ruvchi  bo‘g‘imoyoqlilarning  hayot  kechirishlari
ma’lum  landshaft  bilan  bog‘liq.  Shuning  uchun  kasalliklarning
tabiiy o‘choqlari ham shu landshaftlar bilan bog‘liq.
2-jadval
Kasallik manbayining odam organizmidan tashqarida bo‘lgan
qo‘zg‘atuvchilari chaqiradigan kasalliklar guruhi
i
y
a
b
n
a
m
k
il
l
a
s
a
K
r
a
l
k
il
l
a
s
a
K
y
u
a
v
i
g
il
a

o
x
q
o
l
h
s
i
Q
i
r
a
l
n
o
v
y
a
h
z
o
n
o
o
z
,
m
i
s
q
o
,
z
o
ll
e
s
t
u
r
b
,
r
a
l
z
o
r
i
p
s
o
t
p
e
L
,i
ti
l
a
f
e
s
n
e
n
o
p
a
y
,t
il
a
f
e
s
n
e
il
a
n
a
k
,
z
o
l
u
k
r
e
b
u
t
a
m
ti
s
i
-
u
K
r
a
l
h
s
u
Q
z
o
ti
n
r
O
r
a
li
h
c
v
u
r
i
m
e
k
p
o
r
t
n
a
n
i
S
t
a

o
,
r
a
l
z
o
r
i
p
s
o
t
p
e
l
,
a
y
i
m
e
r
a
y
l
u
T
r
a
l
n
o
v
y
a
h
i
y
o
v
v
o
Y
,
a
y
i
m
e
r
a
y
l
u
t
,t
a

o
,
z
o
i
s
t
e
k
k
i
r
il
a
n
a
k

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling