O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Download 120.11 Kb.
bet24/36
Sana14.03.2023
Hajmi120.11 Kb.
#1266779
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb

Aktseptsiz to‘lov talabnomalari bilan hisob- kitoblar. Aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob- kitoblarda bank to‘lovchining roziligisiz uning hisobvarag‘idagi mablag‘ni oluvchining hisobiga o‘tkazib beradi. Tijorat banklari aktseptsiz to‘lov talabnomalar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishni ayrim subyektlarga ruxsat beradi. Xususan, ular jumlasiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblarda. Bu holda talabnoma va ajratilgan elektr va issiqliq energiyasi uchun hisobvaraq – faktura mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining maqsadida issiqlik energiyasining o‘lchov asboblari yoki ta’rif asosida foydalanilgan miqdori yozuvda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim


      1. Inkasso topshiriqnomalar bilan hisob-kitoblar

Bizga ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bankdagi hisobvaraqlaridan mablag‘larni faqatgina ularning topshirig‘i (to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv, hisob-kitob va pul cheki) va roziligi (to‘lov talabnomasi, kredit bo‘yicha muddatli majburiyatlar, shartnomalarda kelishilgan bo‘lsa, memorial order) bilangina o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.


Bozor munosabatlarida xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning ko‘pqirraligi va kutilmaganda vujudga kelgan ziddiyatlarni hal qilishda qo‘llaniladigan shunday to‘lov hujjatlari ham mavjudki, ushbu to‘lov hujjati tegishli muassasalar tomonidan bankka taqdim etilganda mijozning hech qanday roziligini olmasdan turib, bank bo‘limi uning hisobvarag‘idan mablag‘ni hujjatda ko‘rsatilgan manzilga o‘tkazib berishi lozim. Ushbu to‘lov hujjati inkasso topshiriqnomasidir.


      1. Cheklar bilan hisob-kitoblar

Hisob-kitob cheklari asosan aholi o‘rtasida bo‘ladigan savdo munosabatlarida keng qo‘llanilib, Davlat tijorat Xalq banki bo‘limlari amaliyotida uchraydi. Shuni ta’kidlash lozimki, hisob-kitob cheklari bilan to‘lovlar naqd pulsiz shaklda amalga oshirilib, ularni naqd pulga aylantirish ta’qiqlanadi.


Tijorat banklari o‘rtasida cheklar bilan hisob- kitoblarning asosan qo‘lda amalga oshirilishi, mijozning hisobvarag‘ini debetlash orqali mablag‘ni o‘tkazib berish lozimligi, bank bo‘limida vakillik hisobvarag‘ida mablag‘lar taqchilligi paytida qabul qilingan cheklar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi, cheklarning yo‘lda yo‘qolishi va ayrim hollarda rekvizitlarining aniq bilinmasligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilmaganligi kabi muammolar mavjud.



      1. Download 120.11 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling