O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi va shart-sharoitlari


Download 120.11 Kb.
bet36/36
Sana14.03.2023
Hajmi120.11 Kb.
#1266779
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb

Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi va shart-sharoitlari




Pul islohotlari milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomoni (Emission bank)dan mamlakat pul tizimini to‘liq yoki qisman qayta tashkil etishdir. Pul islohotlari qog‘oz pul belgilarining barchasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi ko‘payib, yangisi (qog‘oz yoki metall) bilan almashtirish lozim bo‘lganda yoki valyuta kursi o‘zgarganda, pul tizimiga o‘zgartish kiritish zarur bo‘lganda o‘tkaziladi.
Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadrsizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bog‘liq holda turli usullarda: ortiqcha qog‘oz pullarni yo‘q qilish bilan pul hajmini kamaytirish (deflyatsiya); eski pul belgilarini yo‘q qilib, yangi qog‘oz pul belgilarini zarur miqdorda chiqarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qog‘oz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qog‘oz pul kursini tashqi davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

    1. Pul islohotlarini amalga oshirish usullari


Inflyatsiya sur’atlari yuqori bo‘lgan sharoitda denominatsiya o‘tkazish ko‘zda tutilgan samarani bermasligi mumkin. Faqat pul islohotini o‘tkazish yo‘li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo‘ladi.



  • Pul islohotini o‘tkazish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin: muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo‘yicha pullarni yangi pullarga almashtirish;

  • aholi va korxonalarning banklardagi jamg‘armalarini vaqtincha (to‘liq yoki qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo‘yish);

  • ikkala usulni birgalikda qo‘llash yo‘li orqali pul islohotini o‘tkazish: bu usul xalqaro amaliyotda “shok yo‘li” bilan davolash nomi bilan mashxurdir.

Bu usul 1948 yilda G‘arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o‘tishda qo‘llanilgan. “Shok yo‘li” bilan davolashda ish haqini to‘lashni to‘xtatib qo‘yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o‘tkazish, ish o‘rinlarini qisqartirish kabi qattiq choralar qo‘llanilishi mumkin.
Download 120.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling