Pul muomalasini tartibga solishning usullari. Mamlakatda pul muomalasini tartibga solishning asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, ushbu vazifani Markaziy bank amalga oshiradi. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishning asosiy instrumentlari sifatida majburiy zaxiralar siyosati, qayta moliyalash siyosati, ochiq bozordagi operatsiyalari, depozit siyosati va valyuta siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank ushbu instrumentlar orqali tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni tartibga soladi. Bundan asosiy maqsad mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul oboroti o‘z tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob-kitoblarni oladi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushiga to‘g‘ri keladi. Pul oborotining tarkibi, tartibi va nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish usullari va tartibi davlatning tegishli qonunlari asosida o‘rnatiladi.
Pul tizimining mustahkamligi va uning barqarorligiga turli omillar ta’sir qiladi. Xususan:
mamlakat Markaziy bankining pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqilligi. Ko‘pchilik hollarda Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishga hukumatning aralashuvi va tazyiqi natijasida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati zaiflashadi, mamlakat bank tizimiga aholining ishonchi pasayib ketadi.
O‘zbekistonda pul tizimining tashkil topishi milliy valyuta so‘mning muomalaga joriy etilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Milliy valyuta so‘m muomalaga joriy etilgan davrlarni asos qilgan holda mamlakatimiz pul tizimini vujudga kelishini shartli ravishda uchta bosqichga guruhlash orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |