O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Pul tizimining elementlari


Download 120.11 Kb.
bet28/36
Sana14.03.2023
Hajmi120.11 Kb.
#1266779
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb

Pul tizimining elementlari


Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:




Pul tizimini tashkil etish tamoyillari pul tizimini tashkil etishning asosiy elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul tizimini tashkil etishning tartib va qoidalari nazarda tutiladi. Ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir-biriga o‘xshasada har bir mamlakatda pul-kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan.
Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va direktiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi.

Pul birligi. Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar asosida belgilab qo‘yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Mamlakat iqtisodiyotida muomalada bo‘lgan pul birligi o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Milliy valyutaning nomi barcha mamlakatlarda turlicha nomda yuritiladi. Masalan, AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt sterling, Xitoyda yuan va boshqalar (quyidagi jadvalda jahon mamlakatlarining pul birliklarining nomlari keltirilgan).

Download 120.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling