O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi
Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar
Download 120.11 Kb.
|
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul muomalasi tushunchasi va tarkibi
- Pul massasi va tarkibi
Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarMamlakatimizda bozor munosabatlarining tobora takomillashib borishi tijorat banklari tomonidan ko‘rsatila- yotgan bank xizmatlarining turlarini ko‘paytirmoqda. Xuddi shunday bank xizmatlaridan biri bu plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarining plastik kartochkalari bo‘lib, ular orqali naqd pullarni bankomatlardan olish va savdo shaxobchalarida foydalanish mumkin. Plastik kartochkalar asosan aholi o‘rtasida qo‘llanilib, naqd pulga bo‘lgan talabni kamaytirish, olib yurishdagi qulayligi, vaqtincha foydalanmasdan turgan mablag‘larni daromad keltirish kabi ijobiy jihatlari mavjud. Pul muomalasi tushunchasi va tarkibiPul muomalasi tovar ishlab chiqarishga asoslangan har qanday iqtisodiyotning, jumladan bozor iqtisodiyotining ham asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot, uni ayriboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlar pul ishtirokida yuz berib, tovar ishlab chiqarish siklining ibtidosi pul bilan boshlanib, uning intiqosi ham pul bilan yakunlanadi. Yoki, iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida yuz berayotgan obyektiv iqtisodiy munosabatlar albatta pul ishtirokida amalga oshiriladi. Iqtisodiy subyektlar o‘rtasida pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar pul muomalasi deyiladi. Pul yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etar ekan, u doimiy harakatda bo‘ladi, yangilanib turadi va muntazam takror aylanadi. Iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda pulning ma’lum davrdagi harakatlar yig‘indisi pul aylanmasini tashkil etadi. Pul massasi va tarkibiPul massasi – muomaladagi naqd pullar va naqd pulsiz oborotdagi pullarning yig‘indisidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning pul oborotida faqat banknota va tanga ko‘rinishda emas, balki kredit, chek va elektron yozuvlar ko‘rinishida ishtirok etayapti. Shuning uchun iqtisodchilar ushbu pullarni pul massasi deb yuritishadi. Pul massasi mamlakatda muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, uning hajmi jami ijtimoiy mahsulotning hajmi bilan muvozanatda (pulning aylanish tezligini inobatga olgan holda) bo‘lishi zarur. Pul massasining miqdori va uning tarkibi Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi. Markaziy bank pul-kredit instrumentlari orqali mamlakatda pul massasini oqilona me’yorini ta’minlaydi. Pul massasi tarkibi asosan ikkita komponentdan tashkil topadi. Download 120.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling