O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Pulning miqdoriy nazariyasi


Download 120.11 Kb.
bet22/36
Sana14.03.2023
Hajmi120.11 Kb.
#1266779
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb

Pulning miqdoriy nazariyasi


Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi fransuz iqtisodchisi J.Boden (1530–1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711–1776) va Dj.Mil (1773–1836), shuningdek fransuz Sh.Monteske (1689 – 1755) rivojlantirdi.


D.Yum Angliyaga XVI–XVII asrlarda Amerikadan katta hajmda nodir metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: “pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan ta’limotini ilgari suradi.

    1. Pul aylanmasining mohiyati


Naqd pulsiz va naqd pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan to‘lovlarning yig‘indisi pul aylanmasini tashkil qiladi. Pul aylanmasi tarkibi naqd pul va naqd pulsiz shaklida amalga oshiriladigan aylanmalarni o‘z ichiga oladi.


Naqd pul aylanmasi – bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida pullarni hisobdan hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda “harakatda” bo‘ladi, bu harakat davomida juda ko‘plab tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi.


Pul aylanmasi tarkibi


Chizmadan ko‘rinib turganidek, pul aylanmasini to‘rtta yo‘nlishga ajratish mumkin.
Birinchi yo‘nalish, pul mablag‘lari shakliga ko‘ra, naqd pulli aylanmasi va naqdsiz pul aylanmasidan tashkil topgan.
Ikkinchi yo‘nalish, pul aylanmasida ishtirok etayotgan subyektlar joylashuviga ko‘ra, bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanmasidan iborat.
Uchinchi yo‘nalish, pul funksiyalarining namoyon bo‘lishiga qarab muomala vositasi va to‘lov vositalarini o‘z ichiga oladi.
To‘rtinchi yo‘nalish, tovar-pul munosabatlarining aks etishiga ko‘ra, tovarli pul oboroti va tovarsiz pul oborotlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulli yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmining past yoki yuqori ekanligi qator omillar bilan izohlanadi. Xususan, ular quyidagilardan iborat:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling