O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Download 120.11 Kb.
bet18/36
Sana14.03.2023
Hajmi120.11 Kb.
#1266779
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb

O‘zbekistonda qog‘oz pullar 1918 yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida muomalaga chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300,
500, 1000, 2000, 3000, 5000, va 10000 qog‘oz pullar tanga deb atalgan.
1920 yilda Buxoro Sho‘ro qo‘shinlari tomonidan bosib olinib, Buxoro amirligi o‘rniga Buxoro Sovet Xalq Respublikasi (BSXR) tashkil etiladi. Yangi BSXR da 1920 yilgacha Buxoro amirligi tomonidan chiqarilgan metall va qog‘oz tangalar muomalada bo‘lib keladi, hamda ularni bir oz o‘zgartirilgan holda chiqarish, ya’ni sovet simvolikasi qo‘yilgan holda tanga nomi bilan qog‘oz pullar muomalaga chiqarish davom etgan. 1921 yilda BSXR muomalaga yangi, nominali rublda ko‘rsatilgan qog‘oz pullarni chiqara boshlaydi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominalda muomalaga chiqarilgan.

    1. Pulning funksiyalari


Pulning mohiyati uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani bajarishi iqtisodchi olimlar, nazariyachilar va iqtisodchilar o‘rtasida juda uzoq davrdan buyon tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.


Iqtisodiyotni markazdan boshqarish sharoitida nashr etilgan adabiyotlarda, pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli funksiyalarini bajarishi ta’kidlanadi.Iqtisodiyotni boshqarishning bozor munosabatlari joriy etilgan mamlakatlar iqtisodiy adabiyotlarida, pul uchta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarni bajarishi bayon etiladi.

    1. Pulning turlari


Kishilik jamiyatida ayirboshlash munosabatlarning chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining rivojlanishi pulning oddiy tovar shaklidan, hozirgi kunda hisob-kitoblarda qo‘llanilayotgan elektron pullar ko‘rinishi darajasigacha yetib kelishiga sabab bo‘ldi. Albatta, bu juda uzoq davrni o‘z ichiga oladi. Kishilar stixiyali tarzda hayot kechirgan va natural xo‘jalik tuzumi sharoitida turli buyumlar, hayvonlar, mahsulotlar pulning vazifasini bajargan bo‘lsa, miloddan oldingi VII – VI asrlarda metallar pul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda qog‘oz pullar, XX asrdan esa elektron pullar iqtisodiyotga to‘lov vositasi sifatida kirib keldi.Demak, pul bugungi kundagi ko‘rinishiga yetib kelguncha juda uzoq davr va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni bosib o‘tgan





Download 120.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling