O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Download 120.11 Kb.
bet19/36
Sana14.03.2023
Hajmi120.11 Kb.
#1266779
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb

Natural pullar. Jamiyatning dastlabki davrlarida to‘lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki natural ko‘rinishida bo‘lgan. Natural pullar – bu real ko‘rinishga ega bo‘lgan tovarlardir, ushbu pullarning qiymati tovarning o‘zida aks ettirilgan bo‘lib, ularning sotib olish qobiliyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan. Ma’lum bir tovarning pul o‘rnida foydalanishda uning iste’mol qiymati muhim ahamiyat kasb etgan


Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo‘ladi:


  • nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi;

  • qiymatning qardsizlanmasligi, ya’ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda ham o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotmaydi;

  • ularni boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkin.

Biroq, natural pullarning hammasi ham yuqoridagi xossalarni uzoq muddatga saqlab turish imkoniyatiga ega
bo‘lmagan. Masalan, bug‘doy, tamaki, choy, baliq, jun kabilar vaqt o‘tishi bilan o‘zining dastlabki xususiyatlarini yo‘qotgan. Pul paydo bo‘lgandan to hozirgi kunga qadar turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Xususan, ular natural, metall, qog‘oz, kredit, elektron va kripto pullardan iboratdir.


Metall pullar. Kishilar o‘rtasida ayirboshlash jarayonlarining tezlashuvi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ayirboshlash hajmining ortishiga olib keldi. Iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi natijasida kishilar metalni kashf etdilar, undan turli xil mehnat qurollarini yasab kundalik hayotda foydalandilar. Shu bilan birga, ushbu mehnat qurollari to‘lov vositasi vazifasini ham bajardi. Keyinchalik esa metalldan tanga pullarni zarb qilish yo‘lga qo‘yildi. Bularning barchasi ayirboshlash munosabatlari jarayonida foydalanib kelinayotgan natural pul shakllarini metall pul shakliga o‘tishiga zamin tayyorladi

Qog‘oz pullar. Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy voqelik bo‘lib, ushbu jarayon o‘zi bilan birgalikda qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolarning asosiysi inflyatsiya hisoblanadi. Qog‘oz pullarning muomalaga chiqarilishi natijasida inflyatsiya muammosining paydo bo‘lishini asosiy sabablaridan biri, ushbu pullar haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan, ya’ni haqiqiy pullarning o‘rinbosarlari hisoblanadi. Qog‘oz pullarda aks ettirilgan nominal qiymati ularning haqiqatdagi qiymatidan juda yuqoridir. Chunki qog‘oz pullarning haqiqiy qiymati juda past.



Download 120.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling