Xalqaro valyuta tizimining elementlari:• jahon pulining funksional shakli;• valyutalarni o‘zaro konvertirlash shartlari;• valyuta pariteti rejimining reglamenti;• davlatlararo valyutaviy chegaralarni tartibga solish;• xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish
usuli;• xalqaro kredit mablag‘lari muomalasiniunifikatsiyalash qoidalari;
• xalqaro hisob-kitoblar shakllarini qo‘llashningqoidalari;
• xalqaro valyuta va oltin bozorlarining faoliyat yuritishrejimi;
• davlatlararo valyutani tartibga soluvchi xalqarotashkilotlar
Valyuta tizimining vujudga kelishi va rivojlanish
Klassik oltin standarti (1815–1914 y.)
Jahon sivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi,dunyodagi turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzigaturlicha ta’sir ko‘rsatdi. Shu nuqtai nazardan XIX asrnitom ma’noda g‘arb sivilizatsiyasining oltin asri yoki klassikoltin standarti hukmronligi asri deyishimiz mumkin. Bu
davrda muomalada oltin bilan birga kumush ham to‘lovvositasini bajargan, lekin mamlakatlar o‘rtasidagi hisobkitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon mamlakatlariiqtisodiyoti oltin standarti ostida birlashgan edi.Mamlakatda amal qilgan milliy valyutalar (dollar, funt,frank va h.k.) esa, faqatgina belgilangan oltin qiymatinio‘lchov birligi bo‘lib xizmat qilgan. Masalan, dollarningnomlanishi – 1/20 unsiya og‘irlikka teng bo‘lgan oltinnianglatgan, funt sterling nomi esa – oltinning ј unsiyaog‘irligini anglatgan. Shundan kelib chiqib, ayirboshlashkurslari davlat ishtirokisiz qat’iy belgilangan baholardaamalga oshirilgan. Mamlakat milliy valyutalari o‘lchovbirligiga bog‘liq ravishda bir-biriga doimo mos kelgan.Ya’ni, 1 funt (o‘lchov birligi) doimo 16 unsiyaga, xuddishunday 1 funt sterling (oltin o‘lchov birligi) 4,86 dollargateng bo‘lgan.
Valyuta kursi va uning turlari
Iqtisodiy adabiyotlarda valyuta kursi va uni aniqlashxususida juda ko‘p fikrlar va yondoshuvlar mavjud. Ulako‘p holatda bir-biriga mos kelmaydi. Buning asosiy sababivalyuta kursi haqida bildirilgan fikrlar turli georgrafik vaijtimoiy-iqtisodiy muhitda yaratilganligi bo‘lsa kerak.
Valyuta kursi bo‘yicha iqtisodchi olimlar tomonidanbildirilgan fikr va yondoshuvlarning umumiy mazmuni“Valyuta kursi – bu bir mamlakat milliy valyutasining“bahosini” boshqa mamlakat pul birligida ifodalanishini”anglatadi.Valyuta kursi valyuta tizimining muhim elementlaridanbiri hisoblanadi, chunki xalqaro iqtisodiy munosabatlar
turli mamlakatlarning milliy valyutalarini bir–birigao‘lchashni taqozo etadi. Bu esa valyuta kursi orqalianiqlanadi. Turli mamlakatlar valyutalari bir-birigataqqoslab bahosini aniqlash ishlab chiqarish vaayriboshlash jarayoniga asoslanib ularni obyektiv qiymatmunosabatlari orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |