O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Ko’p qatlamli neft konlarini ishlatish tizimlari


Download 346.85 Kb.
bet5/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

Ko’p qatlamli neft konlarini ishlatish tizimlari. Neft va gaz konlari ko’p qatlamli va bir qatlamli turlarga bo’linadi. Ko’p qatlamli deb, kesimda alohida uyumlari mustaqil o’ringa ega bo’lgan qatlamlar bilan boĝliq, o’zining geologik – fizik xususiyatlari, neftning fizik – kimyoviy xossalari va uyumning o’lchamlari bilan tavsiflanuvchi hamda o’zaro o’tkazmas jinslar qatlamlari bilan ajralgan konlarga aytiladi.
Bir qatlamli konlarni ishlatishni loyihalashda bitta uyumni ishga tushirish haqidagi masala yichiladi. Ko’p qatlamli konlarni ishga tushirishda maxsuldor qatlamlarning qidirilgan uyumlarini qanday tartibda ishga tushirish masalasini yichish lozim.
Ko’p qatlamli konlarni ishlatishni loyihalashda maxsuldor kesim va uning alohida qatlamlarini oldindan o’rganish muhim masala hisoblandi. Buning uchun gidrodinamika, kon geofizikasi, kon geologiyasi tadqiqotlari yordamida maxsuldor kesim oraliqlarini mufassal o’rganib, izlanishlar o’tkazib, olingan natijalarni kompleks qayta ishlab chiqish lozim. Bu ma’lumotlar ishlatish qavatlari, ekspluatatsion ob’ektlar va butun konni ishlatish tizimini tanlashga imkon yaratadi. Ko’p qatlamli konlarni ishlatish tizimlarining uchta varianti mavjud: 1) yuqoridan pastga; 2) pastdan yuqoriga; 3) murakkablashtirilgan.
Yuqoridan pastga ishlatish tizimi. Yuqoridan-pastga ishlatish tizimi deb shunday tizimga aytiladiki. Bunda pastda yotgan maxsuldor qatlamlar, yuqorida yotgan qatlamlar ekspluatatsion quduqlar bilan to’lik burĝulab bo’lingandan so’ng ishga tushiriladi.
Ko’p qatlamli konlar uchun yuqoridan pastga ishlatish tizimini qo’llash bir qator mavjud qiyinchilik va kamchiliklar hisobiga chegaralanadi:

  1. Konning istiqbollarini aniqlash chuziladi va quyi gorizontlarni burĝulash to’xtab qoladi.

  2. Ekspluatatsion quduqlar burĝulash hajmi, ximoya quvurlariga metall sarfi oshadi, bu quduqlarni burĝulashga materiallar va jixozlarning katta xarajatiga olib keladi.

  3. Quyi yotgan qatlamlarni burĝulayotganda ishlatilayotgan yuqoridagi qatlamlarning gillanish xavfi tuĝiladi.

  4. Quduq kesimida yangi qatlamlar ochilganda geologik orienterlash mushkullashadi.


Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling