O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Maxsuldor qatlamlarning energetik resurslari


Download 346.85 Kb.
bet2/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

Maxsuldor qatlamlarning energetik resurslari

Maxsuldor qatlamlarning energetik resurslari chekka suvlar, ostki suvlar, gaz shapkasidagi gazning bosimi, neftda erigan gazlarning eritmadan ajralish vaqtidagi bosimi, qatlamning qayishqoqlik kuchlaridan yuzaga keladi. Bu kuchlar juda kam hollarda mustaqil ta’sir ko’rsatadi, odatda bir-biri bilan turli kombinatsiyalarda yuzaga keladi. Maxsuldor qatlamlarning energetik resurslari haqida unda qatlam bosimini o’zgarishi bo’yicha xulosa qilinadi. Bosim qancha yo’qori bo’lsa qatlamning energetik resurslari shuncha katta bo’ladi va neft va gaz uyumlarini ishlatish shuncha samarali bo’lishi mumkin. Qatlamdagi bosimlar farqi neft va gazni qatlam bo’ylab quduqlarga harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.
Respublikamizdagi va chet ellardagi konlarning boshlanĝich qatlam bosimi kattaliklari shuni ko’rsatadiki, u chuqurlik oshishi bilan har 10 metrga 0,08-0,12 MПa ga oshadi, o’rtacha 10 metrga 0,1 MПa ni tashqil etadi. Bu gidrostatik bosimga ya’ni urganilayotgan qatlamdan quduq ustigacha (oĝzigacha) balandlikdagi zichligi 1 g/sm3 chuchuk suv ustuni bosimiga muvofiq keladi.
Lekin Ozorbayjon, O’rta Osiyo va hamdo’stlik mumlakatlarining boshqa xududlaridagi bir qator konlardagi bosim gidrostatik bosimdan ahamiyatli darajada yuqori. Bu yuqorilik toĝ bosimini yuzaga kelishi, tektonik harakatlar natijasida birlamchi qatlam bosimini saqlab qolgan neft va gaz uyumlarining chuqurligini kamayishi, hamda qatlamni quyida yotgan katta bosimli qatlamlar bilan tektonik yoriqlar orqali aloqada bo’lishi bilan boĝliq bo’lishi mumkin. Bundan tashqari gidrostatik bosimdan yuqori qatlam bosimi katta balandlikka ega bo’lgan gaz uyumlarida suv va gazning zichligi orasidagi katta farqning hisobiga kuzatiladi. Toĝ bosimi katta chuqurliklarda (3,5-4 km. dan ortiq) juda katta ta’sir qiladi.
Qatlam bosimi kattaligi u gidrostatik bosimdan yuqori bo’lgan hollarda quduqlarni meyorida o’tishni amalga oshirish uchun juda muxim ahamiyatga ega. Burgilashning texnologik rejimi ko’p tomonlama qatlam bosimining kattaligiga boĝlik.
Hozirgi vaqtda quduqlarni burĝulash jarayonida bosim ko’rsatkichlarini bashoratlashning turli usullari ishlab chiqilgan. Bu usullarning ayrimlari kon geofizikasi tadqiqotlariga asoslanib maxsuldor qatlam burĝulash asbobi bilan ochilgunga qadar qatlam bosimi aniqlanadi. Neft va gaz quduqlarini burĝilash bo’yicha mutaxassislar shuni bilishi kerakki, toĝ bosimi vyertikal quduq tanasini kesib o’tadigan yo’nalishda ham yuzaga keladi. Bunday hollarda gorizantalga yaqin bo’lgan yo’nalishda toĝ jinslarini siljishiga olib keladigan yonlama toĝ bosimini o’rganish lozim. Bunday siqilish murakkab burĝulash sharoitlariga olib kelishi mumkin.
Kon amaliyotida qatlam bosimining kattaligini aniqlash uchun bosim quduq tubida turli sharoitlarda o’lchanadi. Quyidagilar farqlanadi:
boshlangich qatlam bosimi – maxsuldor qatlamni ahamiyatli miqdorda flyuidlar olingunga qadar birinchi ochgan ishlamayotgan quduq tubida o’lchangan bosim ;
joriy dinamik qatlam bosimi – qatlamdan flyuidlar oqimi to’xtatilgandan so’ng ishlamayotgan quduq tubidagi statik bosim;
quduq tubi bosimi – ishlayotgan quduq tubida o’lchangan bosim.
Uyum maydonining turli qismlarida maxsuldor oraliqni ochgan quduqlarda chuqurliklar farqi sababli qatlam bosimi xatto ishga tushirishga qadar turlicha bo’ladi. Shuning uchun zaxiralarni hisoblash, ishlatishni loyihalash va tahlil qilishda, hamda turli gidrodinamik hisoblarda shartli yuzaga nisbatan olingan keltirilgan qatlam bosimidan foydalaniladi. Ko’pincha bunday yuza sifatida SNCh ning boshlanĝich holati qabul qilinadi. Neft quduqlari uchun keltirilgan bosim quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling