O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Quduqlar kesimini debitomyerlar va rasxodomyerlar yordamida ōrganish usullari


Download 346.85 Kb.
bet14/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

Quduqlar kesimini debitomyerlar va rasxodomyerlar yordamida ōrganish usullari.

Ishlatish ob’ektining xaqiqiy ishchi qalinligini aniqlash neft qazib chiqarishni belgilash, qatlam bosimini ushlab turish tizimini loyihalash uchun, ya’ni har bir ishlatish ob’ekti chegarasida ishlatish jarayonini boshqarish usullarini bashoratlash uchun katta ahamiyatga ega. Debitogrammalar va rasxodogrammalarni kompleks qayta ishlash bosimni ushlab turish maqsadida qatlamga suv haydaganda qamrab olish koeffitsienti kattaligini aniqlashga imkon yaratadi.


Bu masalani yechish uchun ikki turdagi debitomyerlardan foydalaniladi: termoelektrik STD-2; gidrodinamik RGD-1, RGD-2. STD-2 tadqiqotlarining natijalari interpritatsiya qilinganda qatlamning qalinligi 0.4 metrgacha bōlgan ishchi oraliqlari aniq ajratiladi, lekin qatlamchalar bōyicha debitning tarqalish xarakterini aniqlab bōlmaydi.
RGD-1 turidagi priborlar qatlamlardan oqim profilining miqdoriy tavsifini olish imkonini beradi. Bundan tashqari ular qatlamning yōqori neft debitli kichiq qalinlikdagi uchastkalarini aniqlashga yordam beradi.
Shunday qilib neft konlarida oqim va bera olish profillarini ōrganish neft uyumlarining xilma-xilligini ōrganish, qatlamlarning ishchi qalinligini baholash hamda ishlatishni nazorat qilish va boshqarish bōyicha alohida masalalarni echish imkoniyatlari haqida xulosa qilishga imkoniyat yaratadi.


Quduqlar kesimini geoximik usullarda ōrganish

Uchta asosiy usuli ajratiladi: 1) gaz karotaj; 2) namunalarni lyuminestsent-bituminologik tahlili 3) yyer osti suvlarini gidroximik tahlili. Ikkita usul neft va gaz konlarini izlash va qidirish jarayonida yyer qobiĝining neftgazliligini baholash masalalarini yechishga xizmat qiladi.


Yyer osti suvlarining gidroximik tahlili quyidagidan iborat. Har bir suvli qatlam va maxsuldor qatlamning suvli qismida olingan suv namunalari kimyoviy tajribaxonaga junatiladi va quyidagi tavsiflari aniqlanadi:

    1. har bir namunaning tuz-ion tarkibi;

    2. suv namunalaridagi mikrokomponentlarning miqdori (iod, bor, brom, ammoniy);

    3. suvda yeruvchi organik moddalarning turi va miqdori;

    4. muxitlarning reaktsiyasi, ya’ni suvning vodorod ionlarini pN tavsiflovchi hamda oksidlanish-qaytarilish potentsialini Eh tavsiflovchi xossalari.

Tahlil natijalarini geologik interpritatsiya qilish maqsadida namunaviy gidrogeologik kesimlar tuziladi va turli gorizont suvlarini tuz-ion va gaz tarkibi tushiriladi. Bu materiallardan neft va gaz konlarining qatlamlarini solishtirishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari bu ma’lumotlar asosida uzilmali buzilishlarni, qatlamga haydalayotgan suvlarning yunalish holati va suvlanish «tillarini» aniqlash va qatlam bosimini ushlab turish maqsadida suv ta’minoti manbalarini tōgri tanlashda katta ahamiyatga ega.


Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling