O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti
Maxsuldor qatlamlarni quduqlardan olingan toĝ jinslari namunalari va neft, gaz, suv namunalari bōyicha ōrganish usullari
Download 346.85 Kb.
|
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quduqlar kesimini geofizik usullarda ōrganish
Maxsuldor qatlamlarni quduqlardan olingan toĝ jinslari namunalari va neft, gaz, suv namunalari bōyicha ōrganish usullari.
Bu usullarni neft va gaz qazib chiqarish amaliyotida bevosita (tōgridan-tōgri) deb atash qabul qilingan. Ular yordamida qatlamlarning litologik tarkibi, kollektorlik xossalari, neftga tuyinganligi, neft, gaz va suvning fizik-kimyoviy xossalari haqida bevosita xulosa chiqarish mumkin. Maxsuldor qatlamlar burgilash jarayonida olingan toĝ jinslari namunalari-kyern va shlamlar bōyicha ōrganiladi. Bundan tashqari, quduqlardan yonlama tuproq oluvchilar bilan toĝ jinsi namunasi olinadi. Maxsuldor qatlamdan olingan toĝ jinsi namunalari tajribaxonalarga junatiladi. U yyerda jinslarning donadorlik tarkibi, ĝovakligi, ōtkazuvchanligi, darzliligi, faunalarning mavjudligi, yoshi va boshqalar aniqlanadi. Namunalar bōyicha samarali va nisbiy ōtkazuvchanlik, suv, neft, gazga tōyinganlik, qoldik neftga tōyinganlik, siqib chiqarish koeffitsienti va boshqa kōrsatkichlar aniqlanadi. Quduqlarni burĝilash va konlarni ishlatish jarayonida ham neft va qatlam suvlarining namunalari olinadi va neftning dala sharoitidagi va qatlam sharoitidagi zichligi hamda qovushqoqligi, hajmiy va qayta hisoblash koeffitsientlarini, sirt tarangligini aniqlash uchun tajribaxonaga yuboriladi. Qatlam suvlarining namunalari bōyicha ularning kimyoviy tarkibi, zichligi, solishtirma hajmi, hajmiy koeffitsienti, siqiluvchanlik koeffitsienti, qovushqoqligi, sirt tarangligi, gaz tarkibi, tōyinish bosimi va boshqalar aniqlanadi. Quduqlarni tadqiq qilishning bevosita usullari maxsuldor qatlamlar va neft uyumlariga tōlik va ob’ektiv baho beradi. Quduqlar kesimini geofizik usullarda ōrganish Hozirgi kunda tadqiqotlarning bu turisiz birorta ham quduq burĝilanmaydi. Geofizik tadqiqotlarni geologik solishtirish (interpritatsiya) jarayonida maxsuldor qatlamlarning umumiy va samarali qalinligi, kollektorlik xossalari, gilliligi, neftgazga tōyinganligi, gazsuv, suvneft, gazneft chegaralari aniqlanadi. Bundan tashqari uyumlarni ishlatish nazorat qilinadi. Geofizik usullar bilan qatlamlanish ketma-ketligi ōrganilganda quyidagi holatlar kuzatiladi: Qatlamlarni meyorida (normal) yotishi. Tushilmaning mavjudligi. Bu holatda quduq bōyicha karotaj diagram-mada bir qator qatlamlarni tushilma yuzasi bōylab siljib ketishi natijasida tushib olishi kuzatiladi. Kōtarilma mavjudligi. Quduq bōyicha karotaj diagrammada bir nechta qatlam kōtarilma yuzasi bōylab kōtarilishi sababli qaytariladi. Tōntarilma burma mavjudligi. Bunday burmalarning yadrosida nisbatan qari jinslar, atrofida yosh jinslar yotadi. Shuning uchun karotaj diagrammalarda nisbatan yosh qatlamlarni qarisidan yoshiga tomon qaytarilishi kuzatiladi. Maxsuldor qatlamlarning fatsial aralashuvi. Kompleks kon-geofizikasi materiallarini solishtirish asosida quduqlar kesimini mufassal korrelyatsiya qilish jarayonida maxsuldor qatlamlarni gilli qattik jinslar bilan aralashganlik darajasi aniqlanadi. Olingan natijlarni tahlil qilish asosida qatlamning makro xilma-xilligi tōĝrisida xulosa chiqariladi. Bunda maxsuldor qatlam bōlishi mumkin: a) ōtkazuvchan qatlamlar bilan bir qatorda gilli jinslar qatlamlashgan; b) ustki yoki ostki yuza qismida qattiq (zich) jinslar bilan qisman aralashgan; v) lokal (kichiq) uchastkalarda zichlashgan jinslar bilan tōlik aralashgan. Uyumga nisbatan holatiga kōra xilma-xillik: a) chekka; b) markaziy; v) maydon bōylab; Yuvilishlar va chōkindi tōplanishdagi tanaffuslar. Neft va gaz konlarini ishlatish amaliyotida bu jarayonni nazorat qilish va boshqarishning geofizik usullari katta ahamiyatga ega. Ular ichida quyidagilarni qayd etish mumkin: 1) quduq tanasi bōylab suyuqlikni tarkalishini ōrganish; 2) joriy neftlilik konturlarini siljishi va ishlatish ob’ektlarini suvlanishini tahlil qilish. Download 346.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling