O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Quduqlarni gidrodinamik tadqiq qilish usullari


Download 346.85 Kb.
bet13/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

Quduqlarni gidrodinamik tadqiq qilish usullari

Gidrodinamik tadqiqot usullari qatlamlarni bevosita va geofizik usullarga nisbatan juda tōlik ōrganish imkonini beradi. Quduqlarni gidrodinamik tadqiq qilish usullari orasida barqaror va beqaror olish hamda quduqlarni gidro eshitish usullari ajratiladi.


Barqaror olish usuli quyidagicha: quduqni ishlatishning har bir tarzida (rejimda) quduq tubi bosimi Rk.t va neft debitining Q doimiy kursatkichiga yetkaziladi. Har bir tarz uchun depressiya hisoblanadi ΔP = Rqat-Rq.t sōngra ΔP va Q koordinatalarda indiqator chiziĝi tuziladi. Uning tuĝri chiziqli uchastkasi bōyicha maxsuldorlik va ōtkazuvchanlik koeffitsienti hisoblanadi.
Keyin qatlamning quduqqa yaqin zonadagi filtratsion (sizilish) tavsifi aniqlanadi: bir turli suyuqlikning barqaror radial okimi uchun Dyupyui formulasi asosida – utkazuvchanlik Rōt, gidroōtkazuvchanlik Kh/μ, ōtuvchanlik Pōth, harakatchanlik Pōt/ μ aniqlanadi:
(lnR/r+C)
Rōt= Kμ ----------------
(2πh)
bu yyerda, Rut - kollektorning ōtkazuvchanligi, m2; K-maxsuldorlik koeffitsienti, t/(sut·0,1Mpa); μ - neftni qatlam sharoitidagi qovushqoqligi, MPa·s; R-quduqni ta’minot zonasi radiusi, sm: r-quduqni keltirilgan radiusi, sm; S-quduqni ochilish darajasi va xarakteri bhyicha nomukammalligini hisobga oluvchi koeffitsient; h-qatlamni qalinligi.
Quduqlarning maxsuldorlik koeffitsienti-quduqqa suyuqlikning sizilishini miqdoriy tavsiflovchi muxim kon geologik kattalikdir.
Quduqlarni tadqiq qilishning ikkichni guruh usullari uyumda suyuqlikning beqaror sizilish nazariyasiga asoslangan bōlib, qatlamning kattaliklarini quduqning radiusi, quduqni ta’minot radiusi va qōshimcha sizilish qarshiligi koeffitsientlarining birlamchi hisobisiz aniqlashga imkon beradi. Bu usullar bosimning tiklanish chiziqlarini qurishga asoslangan va turli tadqiqotchilar tomonidan taklif qilingan usullarda ishlov beriladi. Bosimning tiklanish (pasayish) chiziqlariga ishlov berish qatlamning olis zonalarida ōtkazuvchanlik, gidro ōtkazuvchanlik, pyezo ōtkazuvchanlik, harakatchanlikni aniqlashga imkon yaratadi.
Gidro eshitish usulida ikkita quduq tanlanadi - uzatuvchi va qayd qiluvchi. Qayd qiluvchi quduqqa chuqurlik diffyerensial manometri DGM-4 tushuriladi. Uning yordamida uzatuvchi quduqdan bosim impulsi tutiladi. Bosimning yōqori impulsini qayd etish natijasida ekspremental egri chiziq tuziladi va nazariy egri chiziqdan foydalanib qatlamning olis uchastkalaridagi sizilish kattaliklari aniqlanadi. Qayd qiluvchi quduqda impulsning bōlmasligi maxsuldor qatlamning zich gilli jinslar bilan aralashuvidan yoki litologik ekran mavjudligidan dalolat beradi. Bu gidro eshitish usulini gidrodinamik aloqani aniqlash uchun qullashga imkon yaratadi:
a) uyumning neftli va kontur orti qismi orasida;
b) uyumning alohida uchastkalari orasida;
v) yirik neftli qatlamlar va gorizontlarning alohida qatlamchalari orasida.


Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling