O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Qayishqoq – gazsuv siquvi tarzi


Download 346.85 Kb.
bet11/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

Qayishqoq – gazsuv siquvi tarzi. Qayishqoq – gazsuv bosimi tarzida qatlam energiyasining asosiy manbaasi chekka suvlarning kuchsiz siquvi, suv va jinslarning hamda kengayadigan gazning qayishqoqlik kuchlari hisoblanadi.
Gaz uyumida suv va jinslarning qayishqoqlik kuchlari birdaniga yuzaga kelmaydi. Gaz uyumini ishlatishning boshlangich bosqichida gazning kengayish energiyasi hisobiga gaz tarzi ōrnaladi. Uning davomiyligi turli uyumlar uchun turlicha va bosimning 3-30 % ga pasayishi bilan aniqlanadi.
Qatlam suvlari uyumga kirib qatlamning bushagan hajmini egallaydi. Bunda gazsuv chegarasi sekin kutarila boshlaydi. Gaz qazib chiqarishni davom etishi va qatlam bosimining pasayishi sababli uyumga suvning harakat tezligi oshadi. Bu ishlatishning yakuniy bosqichida gaz beruvchanlik usishga imkon yaratadi. Bu tarzda gaz olish koeffitsienti 0,8-0,9 gacha yitadi.
Suv siquvi tarzi.
Gaz uyumining suv siquvi tarzida qatlam energiyasining asosiy manbaasi chekka (ostki) suvlarning siquvi hisoblanadi. Gaz uyumlarida suv siquvi tarzini yuzaga kelish sharoiti neft uyumlarida shu tarzni yuzaga kelish sharoiti bilan bir xil. Bu sharoit chekka suvlarning kuchli siquviga imkon yaratadi. Uyum ishga tushirilgandan sōng olinayotgan gaz urnini suv tōldirib boradi . Olingan gaz va qatlamga kirgan suv miqdori bir xil bōlganda qatlam bosimi pasaymaydi, gaz olish jarayonida gazsuv chegarasining tobora kōtarilishi kuzatiladi. Bu tarzda maksimal gaz olish koeffitsientiga (1 gacha) erishiladi.
Neft va gaz uyumlarini ōrganish usullari
Uyumlarni ōrganishning maqsadi va vazifalari.
Uyumdagi neft va gaz zaxiralarini baholashning ob’ektivligi, ishlatishni loyihalash bōyicha tuzilgan hujjatlarning tōĝriligi, qazib chiqarish jadalligi, uyumlarni ishlatishni tōlikligi va oxirgi neftberuvchanlikning kattaligi, olinadigan kon geologik ma’lumotlarning sifati va tōlikligiga bōĝlik.
Maxsuldor qatlamlar va neft va gaz uyumlari xaqida kon geologik ma’lumotlar olishning hozirgi vaqtdagi mavjud usullarini tuqqizta asosiy guruhga ajratish mumkin.


Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling