O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Download 346.85 Kb.
bet10/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

Gravitatsion tarz. Neftni quduqlar tubiga harakatlantiruvchi asosiy energiya manbaasi oĝirlik kuchi hisoblanadi. Bu tarz odatda neft uyumlarini ishlatishning yakuniy bosqichida qatlam energiyasining boshqa manbalarini ta’siri tugagandan sōng yuzaga keladi.
Neft konlarini ishlatish amaliyotida ikki turdagi gravitatsion tarz ajratiladi: a) bosimli gravitatsion; b) erkin neft yuzali gravitatsion tarz.
Birinchi turdagi tarz odatda yuqori ōtkazuvchan, katta burchak ostida yotgan qatlamlar bilan boĝlik uyumlarda kuzatiladi. Neft qazib chiqarish quduqlari tubiga uzining oĝirlik kuchi ta’sirida harakatlanadi. Bunda neftning debiti neft sathi va quduq tubi orasidagi gipsometrik kōrsatkichning farqiga hamda qatlamning yotish burchagiga boĝlik bōladi. Shuning uchun qatlamning tushishi bōyicha uzoqda joylashgan quduqlar neftning yuqori debiti bilan tavsiflanadi. Bu ōz navbatida neftberuvchanlik koeffitsientining oshishiga imkon yaratadi. Bu turda neftberuvchanlik koeffitsienti 0,3-0,4 ni tashqil etadi.
Ikkinchi turdagi tarz kollektorlik xossalari past, ahamiyatli fatsial ōzgarishlar mavjud va yotish burchagi katta bōlmagan uyumlarda yuzaga keladi. Bu holatda neftning quduqlardagi sathi qatlamning ustki yuzasidan pastda bōladi, ta’minot zonasi uyumning quduq joylashgan maydoni hisoblanadi. Shu sababli neftning erkin yuzasi hosil bōladi, uning holati tabiiy qiyalik chiziĝi bilan aniqlanadi.
Ta’minot maydoni katta bōlmaganligi sababli neftberuvchanlik koeffitsienti kichik bōladi – 0,1 dan 0,2 gacha.

Gaz uyumlarining tarzlari.
Gaz uyumlarining ish tarzi uyumni geologik sharoitlari hamda ishlatish jadalligiga boĝlik. Lekin gazning qovushqoqligi neftning qovushqoqligidan 100 barobarga yaqin kichik bulganligi sababli gaz uyumida bosimning tarqalishi neft uyumlaridagiga nisbatan ancha tez bōladi.
Gaz tarzi. Gaz tarzli uyumlarda gaz olish gazning kengayishidan yuzaga keladigan bosim hisobiga amalga oshiriladi. Bu tarz litologik chegara va tektonik ekranlanish natijasida hosil bōlgan butunlay yopiq tutqichlar bilan boĝlik uyumlarda yuzaga keladi. Gaz tarzi uchun qatlam bosimini pasayishini gaz olishga tōĝri proportsianalligi xarakterlidir. Chunki bunday uyumlar qatlam bosimini ushlab turish uchun tashqi manbalarga ega bōlmaydi. Bundan odatda uyumdagi gaz zaxiralarini bosim pasayishi bōyicha hisoblash uchun foydalaniladi.
Bu tarzda gaz olish koefftsienti 0,6 dan 0,8 gacha etadi.

Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling