O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Pastdan yuqoriga ishlatish tizimi


Download 346.85 Kb.
bet6/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

Pastdan yuqoriga ishlatish tizimi. Bu tizimni qo’llashga quduq tanasini gilli eritma bilan yuvib aylanmi mukammal burĝulash usuli va bosim ostida sementlash texnikasi tadbiq etilishi natijasida imkon yaratildi. Bu yuqori gorizontlarni ishlatish tugagunga qadar ularni suvlanishiga yo’l quymay quyi gorizontlarni ishga tushirishga imkon yaratdi.
Burĝulashda texnikaviy rivojlanish quyi gorizontlardan u yoki bu sabablarga ko’ra qoldirilgan yuqoridagilariga qaytish masalasini yichishga yordam berdi. Bularning hammasi yuqoridan pastga tizimidan ko’p qatlamli konlarni ishlatishning zamonaviy tizimiga o’tishga tayyorladi.
Konda pastdan yuqoriga ishlatish tizimini qo’llash uchun oldindan konning barcha neftli svitalarini o’rganishni ta’minlaydigan qidiruv ishlarini bajarish talab qilinadi.





4 Rasm. Ko’p qatlamli neft konlarini
yuqoridan pastga ishlatish tizimi

5 Rasm. Ko’p qatlamli neft konlarini
pastdan yuqoriga ishlatish tizimi

Lekin, ko’p qatlamli konlar uchun pastdan yuqoriga ishlatish tizimi ham quyidagi mavjud kamchiliklarga ega:

  1. agar quyi gorizont katta chuqurlikda yotgan bo’lsa, ishlatishning boshlangich bosqichidayoq burĝulash hajmi oshib ketadi;

  2. yuqoridagi gorizontlarni ishlatish to’xtab qoladi;

  3. yuqoridagi gorizontlarga muddatidan oldin qaytish quyi gorizontlarga neft qolib ketishiga olib keladi;

Yuqoridagi kamchiliklarini hisobga olib, pastdan yuqoriga ishlatish tizimini uch-to’rtta maxsuldor gorizontga ega bo’lgan konlar uchun qo’llash lozim.
Pastdan yuqoriga ishlatish tizimi quyidagi sharoitlarda qo’llanilishi mumkin:

  1. quyi (bazis) gorizont shunday chuqurlikda bo’lishi kerakki, ekspluatatsion quduqlarni ko’p miqdorda burĝulash uchun texnik sharoit bo’lsin.

  2. bazis gorizontdagi neftni miqdori va sifati neft qazib chiqarish reja topshiriklariga mos kelishi shart.

  3. bazis gorizont yitarli darajada o’rganilgan va konturlangan bo’lishi lozim.

Pastdan yuqoriga ishlatish tizimi quyidagi qulayliklarga ega:

  1. quyi gorizontlardan yuqoridagi gorizontlarga qaytish hisobiga ekspluatatsion burĝulashning umumiy hajmi qisqaradi;

  2. neft konlarini o’zlashtirish va ularni sanoat bahosini aniqlash tezlashadi;

  3. quduq kesimida geologik orientirlash yingillashadi;

  4. neftli qatlamlarning gillanish xavfi kamayadi.


Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling