O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti
Murakkablashtirilgan ishlatish tizimi
Download 346.85 Kb.
|
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neft va gaz uyumlarining tabiiy tarzlari Tarzlar haqida tushuncha. Tarz
Murakkablashtirilgan ishlatish tizimi.
Konda bittadan ortiq ishlatish qavati mavjud bo’lsa, pastdan yuqoriga ishlatish tizimini qo’llash maqsadga muvofiq emas. Bunday hollarda murakkablashtirilgan ishlatish tizimini loyihalash lozim. Bu tizimining maĝzida shu narsa yotadiki, har bir ishlatish qavati alohida quduqlar seriyasi bilan burĝulanadi, har bir qavat ichidagi qatlamlar albatta pastdan yuqoriga tizimi bo’yicha ishlatiladi, qavatlarni buro’ulash tartibi sharoitga qarab pastdan yuqoriga, yuqoridan pastga yoki bir vaqtning o’zida yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga amalga oshirilishi mumkin. Ishlatish qavati deb, bitta quduqlar seriyasi bilan ishlatiladigan bir yoki bir nechta maxsuldor qatlamga aytiladi. Ishlatish ob’ekti deb, ishlatishni boshqarish imkoniyati taminlanganda bitta quduqlar seriyasi bilan bir vaqtni o’zida alohida ishlatishga muljallangan bir yoki bir nechta maxsuldor qatlamga aytiladi. Neft va gaz uyumlarining tabiiy tarzlari Tarzlar haqida tushuncha. Tarz (rejim) deb, neft va gazni qatlam bōylab quduqlar tubiga harakatlantiruvchi va tabiiy sharoitlar hamda qatlamga ta’sir kōrsatish bōyicha tadbirlar bilan boĝlik bōlgan qatlam energiyasining ustun turini yuzaga kelish xarakteriga aytiladi. U yoki bu tarzning xarakteri haqida vaqt maboynida neft va gaz debiti, qatlam bosimi, gaz omillarini ōzgarishi, chekka va ostki suvlarning siljishiga qarab xulosa chiqariladi. Uyumdan flyuidlarni quduqlar tubiga siljishi va siqib chiqarilishi qatlam energiyasining asosiy manbalari bulgan tabiiy kuchlar ta’sirida yuzaga keladi. Neft va gaz uyumlarida qatlam energiyasining asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi: 1) ostki va chekka suvlarning siquvi; 2) neft, gaz, suv va jinslarning qayishqoqlik kuchlari; 3) neftda erigan gazning kengayishi; 4) siqilgan gazning bosimi (gaz uyumlari, neftgaz va gazneft uyumlari gaz shapkasi); 5) oĝirlik kuchi; 6) neft uyumlarini ishlatish jarayonida qatlamga suv, gaz, havo haydash. Bu kuchlarning yuzaga kelishi tabiiy rezervuarning xarakteri, uyumni shakli va qavati, kollektorlik xossalari, uyumdagi flyuidlarning tarkibi va ōzaro nisbati, qatlam suvlarining ta’minot viloyatidan uzoqligi, uni ishlatish sharoitlari bilan boĝlik. Ishlatishning har bir bosqichida neft va gaz qatlam energiyasi manbalaridan bittasining, kōpincha bir nechtasining ta’siri ostida qazib chiqariladi. Har bir bosqichning davomiyligi qatlam energiyasining zaxiralari, asosiy manba hamda sarflanadigan qatlam energiyasini saqlashga yōnaltirilgan qatlamga ta’sir kōrsatish tadbirlariga boĝlik. Shuning uchun uyumni ishlatish jarayonida qatlam energiyasi manbalarining yuzaga kelish xarakteriga qarab bir nechta tarzlar navbati bilan yuzaga kelishi mumkin. Uyumning morfalogiyasi, ishlatish jarayonida litologik-fatsial va kollektorlik xossalarini ōzgarishiga qarab bir vaqtni ōzida bir nechta tarz yuzaga kelishi mumkin. Tarzlarga nom berish uyumni ishlatishni ma’lum bir davrida qatlam energiyasining asosiy manbalarini yuzaga kelish xarakteriga kōra qabul qilingan. Shunga muvofiq neft va gaz uyumlarini ishlatishning quyidagi turlari ajratilgan: Neft uyumlari uchun: suv siquvi (bosimi); qayishqoq - suv siquvi; gaz bosimi (gaz shapkasi tarzi); erigan gaz tarzi; gravitatsion; Gaz uyumlari uchun: gaz tarzi; gaz-qayishqoq-suv siquvi; gazsuv siquvi; Download 346.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling