O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti


Quduqlar kesimini tog jinslarining burĝilanuvchanligiga


Download 346.85 Kb.
bet15/17
Sana15.12.2022
Hajmi346.85 Kb.
#1007703
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kuandikov Sanjarbek (Nefe va gaz uyumlarining genetik turlari)

Quduqlar kesimini tog jinslarining burĝilanuvchanligiga
kōra ōrganish

Bu usul burĝu ishlaganligining quduq kesimini 1 metr ōtishga sarflangan vaqtga boĝlikligiga asoslangan. Bu materiallarning solishtirma tahlili kesimda turli zichlik va qattiqlikdagi qatlamlarni ajratish imkonini beradi. Bu usuldan odatda qidiruv ishlari jarayonida jinslarning litologik tarkibini aniqlashda foydalaniladi.


Shu bilan birga neft va gaz zaxiralarini hisoblash jarayonida va ayniqsa ishlatishni loyihalash va nazorat qilish jarayonida qattiq, zich qatlamlar va qatlamchalar, ularning tarqalish qonuniyatlari haqida ma’lumotga ega bōlish zarur. Bu savollarning hammasiga ushbu usul neft va gaz konlarini ōrganishning boshqa usullari bilan kompleksda javob beradi.

Termometrik usullar.

Bu usullar neft konlarida maxsuldor qalamlarning kon geologik va sizilish tavsiflari haqida ma’lumotlar olishda kōllaniladi. Termometrik usullarni tōrtta guruhga bōlish mumkin: 1) qatlam haroratini ōlchash; 2) qatlam va quduqlarni termodinamik tadqiq qilish usullari; 3) quduqlarni termografik tadqiq qilish; 4) neft uyumlarini ularga sovuq suv haydalganda, issiklik bilan ta’sir etishda termometrik nazorat qilish.



Qazib chiqarish va haydovchi quduqlarni ishlatish ma’lumotlari bōyicha axborot olish usullari

Qazib chiqarish quduqlarining neft debitlarini nisbati bōyicha ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida kollektorning xarakteri, uyumning maydoni bōylab kollektorlik xossalarining ōzgarishi, darzliklarning mavjudligi, uyum maydoni chegarasida darzliklarning yōnalishi haqida xulosa chiqarish mumkin. Qumning miqdorini ōzgarishiga qarab kollektorning tavsifi va sementlanganlik darajasi haqida ma’lumotga ega bōlinadi, har bir qazib chiqarish quduĝidan neft olish asosida suvning miqdori aniqlanadi va neftlilik konturlarini harakati xarakteri, suvlanish «til» lari mavjudligi haqida xulosa qilinadi.


Neft uyumlarining maydoni va kesimi bōylab qatlam bosimini vaqt mobaynida ōzgarishini qayd qilish va tahlil qilish kollektorning xarakteri va kollektorlik xossalarini baholashga, uyumda u yoki bu rejimning (tarzning) ustunligi tōĝrisida xulosa qilish imkoniyati bōladi. Har bir qazib chiqarish va haydov quduqlaridagi qatlam bosimining ōzgarishi bōyicha izobar xaritasi tuziladi. Izobar xaritasini tahlil qilish ishlatishni nazorat qilish va boshqarish, qatlamga haydalayotgan suv hajmini oshirish yoki kamaytirish bōyicha chora tadbirlar qabul qilish, har bir ishlatish ob’ektini ishlash holatini yaxshilash bōyicha ma’lum bir qarorlar qabul qilish imkoniyatini yaratadi.


Download 346.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling