O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan mavzu


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1619163
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati

Bola huquqlari bo‘yicha qo'mita. Bola huquqlari bo'yicha qo'mita Bola 
huquqlari bo'yicha konvensiyaning 43-moddasiga binoan 1991-yilda tashkil
etilgan. Bu Qo'mitaning birinchi sessiyasi 1991-yilda bo'lib o'tgan. Qo'mita o'n
nafar ekspertdan iborat. Uning zimmasiga bola huquqlarini rag'batlantirish uchun


30 
kurashayotgan, Konvensiya qatnashchisi bo'lgan barcha davlatlar o'rtasida 
muntazam muloqot yo'lga qo'yilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan. Ular
mustaqil faoliyat yuritadilar. Qo'mita majlislari har yili Jenevada bo'lib o'tadi.
Qo'mita faoliyati to'g'risida ma’ruza ikki yilda bir marta EKOSOS orqali Bosh 
Assambleyaga taqdim qilinadi. Qo'mita Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyani 
ratifikatsiya qilgan yoki unga qo'shilgan davlatlar o'zlarining bu boradagi 
majburiyatlarini qay tarzda bajarayotganliklarini kuzatib boradi. Konvensiyaning
44-moddasiga binoan, a’zo davlatlar Qo'mitaga Konvensiyada tan olingan
huquqlarini mustahkamlash yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida 
ma’ruzalar taqdim etishlari shart bo'ladi. Davlatlar ma’ruzasida Konvensiya 
bajarilishiga qaratilgan tadbirlar haqidagi va bola huquqlarini amalga oshirish 
sohasidagi taraqqiyot to'g'risidagi batafsil ma’lumotlar aks etgan bo'lishi kerak. 
Birinchi ma’ruza tegishli davlatga Konvensiya kuchga kirganidan so'ng ikki yil 
ichida taqdim qilinishi shart. Keyingilari esa, keyingi har besh yil ichida bir marta 
taqdim etiladi. Konvensiyaga muvofiq, a’zo davlat o'z hududida ma’ruzalari 
oshkoraligini ta’minlab berishi lozim. Qo'mita ma’ruzalarni o'rganib, umumiy
xarakterdagi taklif va tavsiyalar berishi mumkin. Agar ma’ruza yuzasidan 
mulohazalar qilinsa, bu haqda Bosh Assambleyaga xabar qilinadi. 
1.Qo'mitaning mulohazalari yuridik majburlov kuchiga ega emas. Lekin, 
Qo'mita mulohazalarini inobatga olmaslik Konvensiyaga hurmatsizlarcha 
qarashni bildiradi. Qo'mitada Konvensiyada ko'rsatilgan huquqlar bo'yicha 
ekspertlar faoliyat yuritadilar. Ekspertlar o'z davlati manfaatidan kelib chiqib emas
balki mustaqil ekspert sifatida ish olib boradilar. Bu esa, ularning adolatli mulohaza 
chiqarishini ta’minlaydi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling