Oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti


Download 269.81 Kb.
bet3/14
Sana18.06.2023
Hajmi269.81 Kb.
#1595873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi - Texnologiya va Dizayn - Jalilova Bibisora

Tadqiqot maqsadi: o’quv ustaxonalar binolarida va uning jihozzlaridan to’g’ri foydalanish, ustaxonada dars jarayonlarini to’g’ri tashkil qilish shakl va metodlarini ishlab chiqish va ilmiy-amaliy tavsiyalar berish.
Tadqiqot obyekti: O’quv ustaxaonlar binolari va ustaxona jihozlari
Tadqiqot predmeti: O’quv ustaxonalaridan foydalanish va yuritish shakl va metodlari.
Tadqiqot vazifalari:
1. O‘quv ustaxonasida o‘quvchilar ish o‘rnini rejalashtirish va joylashtirish ularning uskunalar bilan jihozlanishiga baholash
2. Dastgoh va boshqa yirik uskunalarni o‘quv ustuxonasida joylashtirishning o‘rtacha normativlaridan foydalanish me’yorlarni yoritish
3. O’quv ustaxonasidagi dastgohlarni kasbga mosligi, konstruksiyasining zamonaviyligi, universalligi, boshqarishning nisbatan osonligi, ixchamligi, foydalanish va xizmat ko‘rsatishda qulayligi, ishda xavfsizligini baholash me’zonlarini ishlab chiqish
Tadqiqot metodlari: o’quv ustaxonalarini me’yoriy talablarni tahlil qilish, ustaxona binosida xavfsizlik choralari ko’rilganlik ya’ni dars jaroylarini to’gri tashkil etilganligini tahlil qilish.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O`zbekiston Respublikasi boshqaruv organlarining me`yoriy hujjatlari, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta`lim to`grisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
Kurs ishining tuzilishi: 2bob, olti paragrapf, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

I BOB
USTAXONA BINOSI VA UNGA NISBATAN QUYILADIGAN TALABLAR.

    1. O’quv ustaxonasi haqida umumiy tushunchalar.

Ish o'rni deganda, ustaxona yoki tsexning alohida ishchi (talaba) yoki ishchilar (talabalar) guruhining ixtiyorida bo’lgan va u topshiriqni bajarishda kerak bo’ladigan jixoz, moslama, asbob va materallarning maqsadga muvofik holda joylashtirilgan ma’lum qismi nazarda tutiladi.
Ish o’rni elementlariga quyidagilar kiradi:
- ish bajariladigan jixozlar, mexanizm va moslamalar;
- material, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar, chiqindilarni joylashtirish va saqlash uchun qurilmalar (stellajlar, taralar);
- asboblar, moslama va texnikaga oid xujjatlarni joylashtirish va saqlash uchun qurilmalar (turli tokchalar, ramkalar);
- ish o’rniga biriktirilgan qurilma-transport vositalari (tal, aravachalari);
- normal va xavfsiz mehnat sharoit1arini ta’minlovchi, qurilmalar (mahalliy yoritish, ventiliyatsiya va sovutuvchi qurulmalar, xavfsizlik texnikasini nazarda tutib qilingan turli tasdiklar);
Ishchi yoki guruhlarni qiynalmay ishlashi uchun qulay joy va moslamalar (oyoq ostiga qo’yiladigan tagliklar, stullar). Ish joyini tashkil qilishda rejalashtirish muhim bo’lib, ish vaqtining xar bir daqiqasida samarali foydalanish talab etiladi. Ish vaqtining qadriga yetishga ko’nikish uchun qo’yidagi asosiy qoidalarni esda tutish zarur: xar bir talaba o'z maqsadini aniq bilishi va ishga darhol kirishishi, butun e'tiborini eng asosiy ishga qaratishi, dadil harakat qilishi, ishni keyinga qoldirmasligi, yozuv daftari tutishga odatlanishi kerak
Kasb-hunar kollejlarida o'quv ustaxonalari o'quvchilarga kasb - hunar asoslarini mehnat harakatlari, operatsiyalarni kichik mutaxassislar bajaradigan vazifalarini, tegishli kasb uchun asos bo'lgan ishlarni bajarish usullarini sifatli o'rganish maxsus sharoit yaratish maqsadida tashkil etiladi. Turli kasblar bo'yicha mehnatning mazmuniga, ishlab chiqarish ishlarining o'qitilishi xosligiga qarab, turli kasblar uchun o'quv ustaxonalarida ishlab chiqarish ta'limining muddati turlichadir. Tokar, frezerchi, remontchi-slesar, payvandchi va shunga o'xshash kasblarga, ya'ni o'quv va ishlab chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli qo'shib olib borish mumkin bo'lgan joylarda o'quvchilar o'quv ustaxonalarida ikki yil davomida ta'lim oladilar, bu esa ta'lim davrining 50-60 foizini tashkil qiladi. Mutaxassislarning mehnati murakkab, qimmatbaho, yirik o'lchamli ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko'rsatish, ularni tuzatish, sozlash bilan murakkab texnologik jarayonlarni, qurilish-montaj ishlari va shunga o'xshash ishlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan boshqa kasblar bo'yicha o'quv ustaxonalarida faqat asosiy harakatlar va operatsiyalarni: slesarlik, elektr-montaj ishlari, qurilishda pardozlash, dastlabki montaj ishlari va shu kabilarni o'rganish uchun tashkil qilinadi. Chunki to'la texnologiya jarayonini bajarishga o'rgatish uchun maxsus o'quv sharoitini vujudga keltirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Kasb bo'yicha mehnat mazmunining xususiyatiga qarab, o'quv ustaxonalarida o'quvchilarni ishlab chiqarish ta'limi ulaming unumli mehnati jarayonida o'tkaziladi. Shu sababli o'quv ustaxonalari ta'lim talablariga ham, ishlab chiqarish talablariga ham muvofiq bo'lishi zarur.
O'quvchilarning ish o'rinlarini rejalashtirish, tashkil etish va jihozlash, o'quv ustaxonalarini tashkil etish hamda o'quv ishlab chiqarish faoliyati xususiyatlari, tabiiyki turli kasblar uchun turlichadir. Ammo, umuman, o'quv ustaxonalari uchun xos bo'lgan umumiy talablarni ajratib ko'rsatish mumkin.
Kishilar qadim zamonlardayoq ruda qazish, rudadan metall olish va metallni qo’lda ishlash bilan shug’ullanganlar. Ular o’z turmush ehtiyojlari uchun bronza va temirdan qurol-aslaha, ish qurollari, ro’zg’or va bezak buyumlari yasaganlar.
Uzoq davrlar davomida metalldan turli xil buyumlar tayyorlash ishi bilan hunarmandtemirchilar shug’ullanib keldilar. Dastlab bu hunarmandlar turli xil metall buyumlarni qo’lda tayyorlaganlar. Keyinchalik xar xil ish moslamalarining paydo bo’lishi, ishlab chiqarish qurollarining takomillashishi natijasida temirchilik hunari taraqqiy etib, hunarmandtemirchilar o’rtasida mehnat taqsimoti vujudga keldi. Ba’zi temirchilar yirik va dag’al ishlarni, masalan, mehnat qurollari, ro’zg’or anjomlari va boshqalarni tayyorlasa, boshqalari mayda va nozik temirchilik ishlarini bajaradigan bo’ldilar.
Ular tayyorlagan qurol aslahalarning, mehnat qurollari va xar xil mexanizmlarning murakkabligi, zehn bilan ishlanganligi bundan bir necha yuz yillar burun ham kishilar metallarga sovuq ishlov berish, ularni qo’lda qirqish san’atini yaxshi egallaganliklaridan dalolat beradi. O’sha vaqtlardayoq metallarga qizdirib va qizdirmasdan ishlov beruvchi hunarmandlar ajralib chiqa boshladilar.
Metallarga qizdirib ishlov beruvchi hunarmandlar temirchilar deb, sovuqlayin ishlov beruvchi hunarmandlar chilangarlar (slesarlar) deb farqlanadigan bo’ldi. Shunday qilib, chilangarlik mustaqil hunar sifatida temirchilikdan ajralib chiqdi va umumiy texnika taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib kelmokda.
Ish qurollarining takomillashishi, yangidan-yangi moslama va mexanizmlarning ixtiro etilishi tufayli qo’l mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumini oshirish imkonini beradigan mashinalar yaratildi. Bu esa, o’z navbatida, texnikaning taraqqiy etishiga, sanoatning gurkirab o’sishiga yordam berdi. Chilangarlik hunarmandchiligida ana shu mashinalardan foydalaniladigan bo’ldi.


    1. Download 269.81 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling