O’zbekiston iqtisodiy o’sishida milliy boylikning ahamiyati
Download 161.59 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.2-jadval Sobiq sotsialistik mamlakatlarida xufyona iqtisodiyot miqyosi, YaIMga nisbatan foizda 21
- Mamlakatlar D.Kaufmann - A.Kaliberdilar uslubiyati bo‘yicha
- 2.3.3-jadval Xufyona iqtisodiyot miqyosi yuqori bo‘lgan mamlakatlar (2017 yil, YaIMga nisbatan %da) 23
- Mamlakatlar Xufyona iqtisodiyot ko’lami YaIMga nisbatan % Ozarbayjon
- Ukraina 46 Rossiya 39
- Pokiston 32 Bolgariya 30
- 5. O‘zbekiston Respublikasida xufyona iqtisodiyot ko‘lami.
2.3.1-jadval
Ba’zi rivojlangan mamlakatlarda 1990- yillarning boshlarida xufyona iqtisodiyotning miqyosini baholash, YaIMga nisbatan foizda20
1980-1990 yillarda yashirin sektorning miqyosi jadal o‘sishi Gretsiya, Italiya, Shvetsiya, Norvegiya va Germaniyada kuzatilgan. Masalan, Germaniyada yashirin iqtisodiyotning hajmi 1975 yildan 1997 yilgacha 5 marotaba o‘sdi – 60 mlrd. AQSh dollaridan 300 mlrd. AQSh dollarigacha. Germaniyada norasmiy sektor rasmiy YaIMdan tezroq yiliga 8 foiz sur’at bilan o‘sib bordi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda turli tadqiqotlar natijalariga ko‘ra 1990-yillarning birinchi yarmida Gruziyada (YaIMning 43-51%), Ozarbayjonda (34-41%) va Rossiyada (27-46%) yashirin sektor eng katta ulushga ega bo‘lgan. Sobiq ittifoq mamlakatlariga xos xususiyat shu bo‘ldiki, xufyona iqtisodiyotning miqyosi 1990-yildan 1995-yilgacha o‘rtacha 26 dan 35 foizgacha o‘sdi. Sobiq ittifoq makonidagi ko‘pgina kompaniyalar (hatto yirik, davlat kapitali qatnashgan kompaniyalar) rasmiy iqtisodiyotdagi qonuniy faoliyat bilan bir qatorda yashirin operatsiyalarni ham amalga oshirishadi. O‘tish davrida esa bu mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot miqyosi yanada oshib ketgan (2.3.2-jadval). 2.3.2-jadval Sobiq sotsialistik mamlakatlarida xufyona iqtisodiyot miqyosi, YaIMga nisbatan foizda21
Sharqiy Yevropada xufyona iqtisodiyot Bolqon mamlakatlarida -Makedoniya, Xorvatiya va Bolgariyada (YaIMga nisbatan taxminan 40 foiz) keng rivoj topdi. Albaniyada iqtisodiyot deyarli to‘liq yashirin sohada faoliyat yuritadi22. Sovet ittifoqida xufyona iqtisodiyotning o‘sishi XX asrning 70-yillaridan boshlab namoyon bo‘la boshladi. Agar 1970-yillarning boshida sovet yashirin sektori YaIMga nisbatan 3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1980-yillarning oxiriga kelib uning hajmi 10-15 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyotning xufyona sektori rivojlanayotgan va o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda eng katta miqyosga ega bo‘ldi. Xufyona iqtisodiyot darajasi Ozarbayjon, Nigeriya, Ukraina, Rossiya, Shri-Lanka, Braziliya kabi mamlakatlarda eng yuqoridir (2.3.3-jadval). 2.3.3-jadval Xufyona iqtisodiyot miqyosi yuqori bo‘lgan mamlakatlar (2017 yil, YaIMga nisbatan %da)23
Shunday qilib, o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida xufyona sector qiymat parametrlari bo‘yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar orasidagi o‘rtacha holatni egallab turibdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, deyarli barcha mamlakatlarda yashirin iqtisodiy faoliyatning asosiy hajmi “ikkinchi” va “kul rang” xufyona iqtisodiyotga to‘g‘ri keladi. Uyushgan jinoyatchilik guruhlarining daromadlari yashirin daromadlarning umumiy hajmida kichik ulushga ega. 5. O‘zbekiston Respublikasida xufyona iqtisodiyot ko‘lami. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 2019-yil 17-sentyabrda ”O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot: baholash, sabablari va uni qisqartirish yo‘llari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyotning YaIMga nisbatan ulushi 40-50%ni tashkil etishi bayon qilindi. BMT Taraqqiyot dasturi konsultantlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari ham ushbu davra suhbatida e’lon qilindi. O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot miqyosini monetar usullar asosida, shuningdek, respublika hududlarida 700 dan ortiq korxonalar va 30 nafar tadbirkor o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish yo‘li bilan baholangan. Xufyona iqtisodiyotning asosiy sabablari soliq turlarining, yig‘imlar, majburiy ajratmalar sonining va ular miqdorining ko‘pligi ekanligi ta’kidlandi. Ushbu sabablarga korxonalarda yetarli miqdorda mablag‘larning yo‘qligi , banklar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblarni va to‘lovlarni amalga oshirishdagi, xizmat ko‘rsatish sifati, kredit stavkalarining yuqoriligi bilan bog‘liq muammolar ham kiradi. Noiqtisodiy tavsifdagi sabablarga tadbirkorlarning bilim va tajribalarining, raqobat, ishlab chiqarish infratuzilmasining yetarli emasligi, biznesni tashkil etish va yuritishdagi ma’muriy to‘siqlarning mavjudligi, korrupsiya va mulk huquqining himoya qilinmaganligi kiradi24. BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida monetar yondashuv asosida amalga oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda “xufyona iqtisodiyot” salmog‘i 46,4 foizni tashkil etadi25. Ayrim ekspertlarning fikricha, O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning YaIMdagi hajmi 50 foiz atrofida. Agarda raqamlarga murojaat etadigan bo‘lsak, 2019-yilda respublikamizda Davlat budjeti daromadlar qismi 102,6 trln so‘mni tashkil qilmoqda. Yalpi ichki mahsulot qiymati 424 trln so‘m qilib belgilandi. Shunda ekspertlar fikriga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning 50 foiz ulushi 212 trln.so‘mni tashkil etmoqda. Ushbu summadan yashirin iqtisodiyotning optimal hajmi 15% (424*15%=64)ni chiqarib tashlanganda, 148 trln so‘m (212-64) mablag‘ iqtisodiyotdan tashqarida aylanayotgani ma’lum bo‘ladi. Agarda biz ushbu mablag‘ning belgilangan tartibda qonuniy aylanmasiga erisha olsak, Davlat budjetiga soliqlar to‘lanishi natijasida qo‘shimcha o‘rtacha 15-20 trln.so‘m (2,3 mlrd AQSh dollariga teng) mablag‘ tushirilishi mumkin. Bugungi kunda bitta umumta’lim maktabini yangitdan qurish uchun o‘rtacha 5 mlrd so‘m mablag‘ sarflanadi. Demak, bir yillik yashirin iqtisodiyot keltirayotgan zararga teng mablag‘ni 4 mingga yaqin umumta’lim maktablari qurish yoki aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash uchun yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi26. O‘zbekistonda valyuta qora bozorini yo‘q qilish uchun noqonuniy valyuta qora bozorlarini qonuniylashtirgan holda belgilangan intervallar doirasida bozor narxlarida savdo qiluvchi valyuta ayirboshlash shahobchalarini tashkil qilish darkor. Naqd xorijiy valyutani bemalol rasmiy soliq to‘lab faoliyat yuritadigan xususiy shahobchalarda almashtirish imkonini berish kerak. Shundan so‘ng yashirin savdo qilayotgan valyuta sotuvchilarni qattiq jazolash lozim. Davlat tomonidan naqd pulsiz savdo qilayotgan tadbirkorlarga imtiyoz preferensiyalar berish orqali qo‘llab-quvvatlash mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligini yanada ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, rivojlangan davlatlarda bugungi kunga kelib naqd pul muomalasi maksimal darajada qisqartirilgan, barcha pul aylanishi bank orqali amalga oshirilishi davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga olib kelishi hech kimga sir emas. «O‘zbekozikovkatxolding» xolding kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilov O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari xufiya bozori hajmini 6,8 milliard dollarga baholadi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha xolding korxonalarida umumiy ishlab chiqarish hajmi 18,2 trln so‘mni tashkil etdi. Kutilishicha, yillik hajm taxminan 38 trln so‘mga teng bo‘ladi. «Bu juda kam. O‘ylaymanki, bizda 90-100 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Kompaniyalar past ko‘rsatkichlar qayd etilgan hisobotlarni taqdim etadi. Korxonalar esa kuniga 24 soat ishlayapti. Qolgan mahsulotlar qayerga ketyapti? Bozorga chiqarilmoqda, masalan, «O‘rikzor»ga, naqd pulga. Albatta, bularning barchasi hech qayerda hisobga olinmaydi»27, - dedi Tohirjon Jalilov. Xolding rahbarining ta’kidlashicha, kompaniya xufiya iqtisodiyotga qarshi kurashni tadbirkorlar yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash orqali amalga oshirmoqchi28. O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot ko‘lamining kattaligini norasmiy iqtisodiyot sektorida band bo‘lgan kishilar sonining kattaligi ham ko‘rsatib turibdi. 2020 yil 18 fevral kuni Toshkentda «O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari B.X.Umrzoqov «[2020 yil 1 yanvar holatiga] band bo‘lgan aholi soni 13 million 541 ming nafar kishini tashkil etadi. Shundan 5 million 7 yuz ming kishi rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. 8 millionga yaqini esa norasmiy. Ya’ni bu toifadagi insonlar har kuni norasmiy ishlab, cho‘ntagini pulga to‘ldirib uyga borishadi. Bolalari, maktab, bog‘chalar va hokazolarga berishadi. Lekin davlatga bular bir tiyin ham soliq to‘lamaydi, to‘lovlarni qilmaydi. Ya’ni davlatimizning qudratiga, quvvatiga hissa qo‘shmaydigan 8 million aholimiz bor»29, – deb ma’lumot berdi. U president murojaatnomasida ayni shu toifadagi insonlarni rasmiy sektorga o‘tkazish masalasi qo‘yilganini ta’kidladi. B.X.Umrzoqovning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi ishlar 2019-yilning aprel oyida boshlangan. Har bir norasmiy fuqaro ishlayotgan korxona, muassasa, tashkilotlarga ogohlantirish berilgan. 2019-yil 1-sentyabriga qadar ana shu toifadagi insonlarni rasmiylashtirish, rasmiy jihatdan to‘lovlarni belgilash masalasi qo‘yilgan. 2019 yili qisqa muddatda 480 ming kishini norasmiydan rasmiyga o‘tkazildi. Norasmiy band bo‘lgan aholini rasmiy bandga o‘tkazish tezlik bilan hal bo‘ladigan masala emas. Buni 3-4 yilda, ko‘rsatkichlarni asta-sekin oshirgan holda amalga oshirish mumkin. Shu boisdan 2020-yilda taxminan 550 ming, keyingi 2021-yili 1 millionga yaqin kishini [rasmiy sektorga] o‘tkazish tadbirlarini belgilab qo‘yilgan30. Bundan ko‘rinib turibdiki, norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan kishilarni rasmiy sektorga o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish asosida xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kamaytirishga erishiladi. Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi unga qarshi kurash masalalarining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. XULOSA
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning darajasi biror xalqaro reytinglarda aks etmagan. Bu bizda yashirin iqtisodiyot yo‘qligidan emas, balki uzoq yillar davomida mamlakatimizda bunga mas’ul idoralarning xalqaro reytinglarda qatnashmaslikni afzal bilganidadir. Xuddiki muammoni inkor qilsak, u o‘z-o‘zidan bartaraf bo‘lib qoladigandek. Umuman, O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi ishtiroki keyingi to‘rt yilda amalga oshirilayotgan davlat siyosati mahsulidir. Ana shu siyosat doirasida 2018-2019 yillarda ilk bora yashirin iqtisodiyotning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siriga oid tadqiqotlar o‘tkazildi. Tahlillar yashirin iqtisodiyot darajasi YaIMga nisbatan 40-50 foiz atrofida ekanini ko‘rsatdi. 2019-yilning sentyabrida hozirgi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot: vaziyatga baho, sabablari va uni qisqartirish yo‘llari” mavzusida davra suhbatining o‘tkazilishi va unda muammoning ochiq muhokama qilinishi ko‘plab xalqaro ekspertlarni hayron qoldirgan va bugungi kundagi O‘zbekistonning ilgari tilga olinmagan ko‘plab muammolarini endilikda ochiqcha muhokama etishga tay yorligini ko‘rsatadigan muhim signal bo‘lgan edi. E’tiborli jihati, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu muammo ochiq o‘rtaga tashlanganligi ushbu masalaga yondashuvlarda ikkilanish yoki orqaga chekinishga yo‘l yo‘qligini ko‘rsatdi. Albatta, O‘zbekiston YaIMida yashirin iqtisodiyotning hozirgi darajasi bir yilda, besh yoki o‘n yilda shakllanib qolmagani aniq. Balki sobiq ittifoq davridan buyon davom etib kelayotgan illatdir. Lekin o‘tgan davrda muammoni tizimli ravishda kamaytirishga doir amaliy choralarga e’tibor qaratilmadi. Faqatgina keyingi yillarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar tufayli o‘tgan 5 yil ichida sanoatda norasmiy sektor ulushi 20 foizdan 6 foizga tushganligini bu borada erishilgan katta natija sifatida e’tirof etish lozim. Bugungi kunga kelib, bevosita Prezidentimiz tomonidan ushbu muammoning kun tartibiga qo‘yilayotganligi yurtimizda bu masalani kechiktirmasdan bartaraf etmoqqa fursat yetganini ko‘rsatmoqda. Yashirin iqtisodiyot — ijtimoiy muammo. Aynan shuning uchun ham u bilan faqatgina davlat imkoniyatlari bilan kurashish yetarli bo‘lmaydi. Jamiyatdagi boshqa kuchlar, birinchi navbatda, tadbirkorlar, keng jamoatchilik bu muammoga o‘z muammosi sifatida qarasagina, uni hal qilishda sezilarli natijalarga erishish mumkin. Demak, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot orqali bugun ularning ishiga xalaqit berayotgan muammolar nimadan iboratligini aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini beradi. Bu jarayonlarda barcha, xususan, siyosiy partiyalar, mas’ul idoralar, biznes sub’yektlari va keng jamoatchilik o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot maydonlarini shakllantirishlari lozim. Ushbu maydon mavzuga doir og‘riqli muammolarni qo‘rqmasdan ko‘tarib, ularga mos yechimlarni taklif qila olsa, davlat rahbari ilgari surgan muammolarni hal qilishda o‘zlarining real hissalarini qo‘shgan bo‘lar edi. Albatta, g‘oyat mashaqqatli va tinimsiz kurashish talab etiladigan ishlarning barchasini bajarish mumkin, keng jamoatchilik, ayniqsa, tadbirkorlik sub’yektlarini bu umumxalq ishiga keng jalb qila olsak, yangilanayotgan O‘zbekistonda shu kabi masalalarga yechim topiladi, mamlakatimiz kelajakda yuqoridagi reytinglarda o‘z munosib o‘rnini egallaydi. Download 161.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling