3. O’zbekiston Respublikasining milliy boyligidan foydalanilish holati tahlili
Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo’lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining boshlang’ich va yakuniy holatini ifodalaydi. Milliy boylik hajmining ortishi iqtisodiy o’sishning muhim omili hisoblanadi. Shu bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari mujassamlanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to’ldiriladi va yangilanadi.
Mamlakat milliy boyligi – inson mehnati tufayli to’plangan nomoliyaviy va moliyaviy aktivlar va tabiat in’omlarining yig’indisidan tashkil topadi.
Milliy boylik - iqtisodiy statistikaning tayanch ko’rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) - mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori esa -mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.
O’zbekiston Respublikasi milliy boyligining hajmi 1991 yil 1 sentyabrdan hisoblana boshlandi. U yaratilish manbi bo’yicha 2 qismdan iborat:
milliy mulk - inson mehnati tufayli shu davrgacha to’rlangan boyliklar;
tabiat in’omlari - boyliklari.
Umuman, yevropada qo’llanadigan MXT kontseptsiyasiga asosan O’zbekiston Reslpublikasi milliy boyligi quyidagilardan tashkil topadi (3,4,5-rasmlar):
A. Yil boshida
3-rasm. Yil boshida milliy boylik14
B. Yil davomida qilingan operatsiyalar
4-rasm. Yil davomidan qilingan operatsiyalar bo’yicha milliy boylik15
C. Yil ohirida
5-rasm. Yil ohirida milliy boylik16
1. Tabiiy resurslar;
A - foydalanishga kiritilmagan;
B-ishlab chiqarishda foydalaniladigan;
2. Inson mehnati tufayli yig’ilgan moddiy boyliklari;
V-asosiy fondlar;
G - moddiy aylanma mablag’lar va zahiralar;
D - aholnning shaxsiy mulki;
E - boshqa moddiy boyliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |