O’zbekiston iqtisodiy o’sishida milliy boylikning ahamiyati


-rasm. Tovarning ikki xil xususiyati va milliy boylikning ikki jihati4


Download 122.86 Kb.
bet3/11
Sana30.04.2023
Hajmi122.86 Kb.
#1407196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'zbekiston-iqtisodiy-o\'sishida-milliy-boylikning-ahamiyati

1-rasm. Tovarning ikki xil xususiyati va milliy boylikning ikki jihati4
Shu narsani ta’kidlash joizki, tabiat kuchlari va ashyolari juda katta miqyosda va keng bo’lib, ularning hammasini milliy boylik tarkibiga kiritib bo’lmaydi. Chunki ularning juda ko’p qismi inson tomonidan o’zlashtirilib, foydalanishga tortilmagan.
Tabiat kuchlari va ashyolarining inson tomonidan foydalanishga tortilgan qisminigina milliy boylik tarkibiga kiritish mumkin.
Demak, milliy boylik uzoq tarixiy yillar davomida to’plangan nafliliklar va qiymatlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Milliy boylikning ikki tomonlama tabiatini bilish ko’pgina noaniq savollarga javob berish imkonini yaratadi. Masalan, boylikning manbai nima, u qanday va qaerda yaratiladi, degan savollar bo’yicha olimlar o’rtasida uzoq vaqtlar davomida izlanishlarga, tortishuvlarga sabab bo’lgan masalalarni hal qilish imkonini beradi (2-rasm).
Merkantelizm oqimining boylik puldan iborat, u savdoda ko’payadi, fiziokratlarning boylik faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi, deyishgani hamda ko’pgina olimlarning (masalan, A.Smit va boshqalarning) milliy boylikning manbai faqat mehnat, boylik esa to’plangan qiymatlardan tashkil topadi, degan bir tomonlama nazariyalari to’g’ri emasligini bilish mumkin bo’ladi.
Milliy boylik tushunchasiga mamlakatimizning bir qator iqtisodchi olimlari tomonidan ham ta’riflar berilgan. Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalardan va ko’pgina olimlar tomonidan berilgan ta’riflardan kelib chiqib, milliy boylik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: “Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan naflilik va qiymatlarning birligidan iborat bo’lgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir”.


2-rasm. Milliy boylikning ikki manbai5
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismga ajratish mumkin:
1. Moddiy-buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishda qatnashgan unumli aniq mehnat va abstrakt mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi6.
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lar edi. Chunki bu yaratilgan mahsulotlarning asosiy qismi har yili ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol hamda boshqa tomonlar uchun foydalaniladi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi ichki mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg’arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o’sishi yil davomida yaratilgan yalpi ichki mahsulotning bir qismi hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo’lib, tarkibiy tuzilishi bo’yicha quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
– noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
– aylanma kapital (fondlar);
– tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;
– moddiy zaxiralar va ehtiyot fondlar;
– aholining uy xo’jaligida jamg’arilgan mol-mulk.
Moddiy-buyumlashgan boylik o’sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
– mehnat unumdorligining o’sishi;
– ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
– milliy daromadda jamg’arish normasining ortishi.
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan, yaratilgan mahsulotdan milliy boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko’payishi ro’y beradi. Boshqa tomondan, milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o’sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog’liq bo’ladi.
Milliy boylikning boshqa bir muhim qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili bo’lib, naflilikni yaratishda to’liq ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi, lekin qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo’lib, uning vujudga kelishi tabiat qonunlari asosida ro’y bersa-da, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham bog’liq bo’ladi. Foydali qazilma boyliklar, o’rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan mavjud bo’lsa-da, inson mehnatisiz ular o’lik ashyolardir, faqat insonning unumli mehnati yordamida ishlab chiqarishda faol qatnashadi.
Tabiat in’omlari o’zlarining dastlabki ko’rinishida tabiiy boylik bo’lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real boylikka aylanadi.
To’g’ri, tovarlarni mehnat yaratadi, lekin mehnat tabiat ashyolarisiz va tabiat kuchisiz hyech narsa yarata olmaydi. Demak, tabiat va mehnatning birgalikdagi harakati boylikni yaratadi.
Milliy boylikning manbai mehnat va tabiat ekanligini aniqladik. Lekin boylik bir miqdorda, bir joyda qotib turmaydi, u miqdor jihatdan ko’payadi va sifat jihatdan yaxshilanib, o’zgarib boradi. Unga bo’lgan talab ham borgan sari oshadi.
Ikkinchi tomondan, fan-texnika taraqqiyoti avj olib yangi texnika-texnologiyalar kirib keladi, energiyaning, xomashyo materiallarining yangi turlari, tabiatning turli yangi kuchlari ishga solinadi. Bularning natijasida boylikni yaratish va ko’paytirishning imkoniyatlari, omillari kengayib boradi (2-rasm). Endi boylikni ko’paytirish omillari ham ikki tomonlama tus olib, bir tomonda aniq mehnat, tabiat va ishlab chiqarish vositalari tursa, ikkinchi tarafda abstrakt qo’shimcha mehnat turadi. Uning birinchi tarafi boylikning buyumlashgan ashyoviy tomoni nafliligini ko’paytiruvchi omil sifatida harakat qilsa, ikkinchi tarafi qo’shimcha abstrakt mehnat, boylikning qiymat tomonini ko’paytirish tomonda harakat qiladi.
Yuqorida aytganimizdek, tabiat, aniq mehnat va ishlab chiqarish vositalari boylikning naflilik tarafini, ya’ni buyumlashgan–ashyoviy tomonini ko’paytirsa, qo’shimcha abstrakt mehnat uning qiymat tarafini ko’paytiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy boylik, uni ko’paytirish masalalari bozor iqtisodiyoti sharoitida bevosita tovar va uning ikki tomonlama xususiyati bilan bog’liqdir.


Download 122.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling