O’zbekiston iqtisodiy o’sishida milliy boylikning ahamiyati
O’zbekiston tabiiy boyliklari umumiy hamda ishlab chiqarish hajmi
Download 122.86 Kb.
|
O\'zbekiston-iqtisodiy-o\'sishida-milliy-boylikning-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy boyliklar O’lchov birligi Zaxirasi
O’zbekiston tabiiy boyliklari umumiy hamda ishlab chiqarish hajmi
(2018 yil holatiga)17
O’zbekistonda uranning mineral xom ashyo bazasi vujudga keltirilgan, uning negizida Navoiy kon metalurgiya kombinatining bir qator korxonalari ishlab turibdi. Uranning qidirib chamalangan zahiralari qumtoshga taalluqli bo’lib, ularni yuqori samarali va ekologik jihatdan muxofazalangan yer ostida ishqorini yuvish usuli yordamida qazib olish mumkin. Respublikamiz Uchquloch va Xondiza konlarida jamlangan qo’rg’oshinning ko’plab zahiralariga ega. Xondizada qo’rg’oshin va ruh bilan birga mis, kumush, kadmiy, selen, oltin ham mavjud. Markaziy Qizilqumda fosforit konlari qidirib topilgan bo’lib, ular kimyo va boshqa iqtisodiyot tarmoqlari uchun qimmatli xom ashyo, qishloq xo’jaligi uchun o’g’it ishlab chiqarish imkonini beradi. Bugungi kunda O’zbekistonning neft zaxiralari hajmi 178,1 million tonnani tashkil etadi. Qimmatbaho metal, jumladan oltin zahirasi 5990,5 tonnaga, kumush zahirasi 21559,9 tonnaga teng. 2018 yilda 89,9 tonna oltin, 232,3 tonna kumush qazib olingan (1-jadval). Mavjud ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak, O’zbekistonning neft zaxiralari 594,0 million (0,6 mlrd) barrelni tashkil qiladi. Qiyoslash uchun, bu ko’rsatkich Venesuelada - 300,9, Saudiya Arabistonida – 266,5, Kanadada - 169,7 milliard barrelga (million emas) teng. Yana bir ma’lumotga ko’zim tushib qoldi. Bu qanchalik haqiqat bilmadimu, lekin bugungi kundagi neft mahsulotlariga bo’lgan iste’molimizni o’zimiz mavjud aniqlangan neft zaxiralarimiz bilan qondiradigan bo’lsak bu bizga 33 yilga yetar ekan. Xullas, hechqanday neft mahsulotlarining importisiz biz o’zimni 33 yil neft mahsulotlari bilan ta’minlay olarkanmiz. O’zbekistonda mavjud milliy boyliklar yurtimizning iqtisodiy darajasini oshirishga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Iqtisodiy ko’rsatkichlarda erishilinayotgan ijobiy jarayonlarda ham aynan ushbu milliy boylikni ahamiyati juda yuqori. Shu sababli milliy boyliklarimizdan oqilona foydalanish barchamizning oldimizda belgilanga ustivor vasifa sifatida qaralishi lozim. Mavjud zaxiralardan samarali foydalanish hisobiga mamlakatimiz asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarida ham o’sish darajasi birmuncha yuqori bo’ldi. Jumladan, 2019-yilda yalpi ichki mahsulot 5,6 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari 19,0 foizga, chakana savdo aylanmasi 5,0 foizga, xizmatlar 5,1 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 foizga, boshqa xizmatlar 5,0 foizga oshdi (2-jadval). 2-jadval Download 122.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling