O’zbekiston iqtisodiy o’sishida milliy boylikning ahamiyati


-2019-yillarda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’sish sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan % da)18


Download 122.86 Kb.
bet8/11
Sana30.04.2023
Hajmi122.86 Kb.
#1407196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'zbekiston-iqtisodiy-o\'sishida-milliy-boylikning-ahamiyati

2017-2019-yillarda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’sish sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan % da)18




2017-yil

2018-yil

2019-yil

1. YalM, jami

104,5

105,4

105,6

shu jumladan










Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati

104,3

105,4

105,6

Mahsulotlarga sof soliqlar

105,7

105,9

105,6

II. Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati

104,3

105,4

105,6

Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

101,2

100,3

102,5

Sanoat (qurilishni qo’shgan holda)

105,4

111,5

108,9

sanoat

105,2

110,8

106,6

qurilish

106,0

114,3

119,0

Xizmatlar

106,4

105,5

105,1

savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar

102,1

105,4

105,0

tashish va saqlash, axborot va aloqa

111,3

106,9

105,6

boshqa xizmat tarmoqlari

105,9

104,8

105,0

2017-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining qiyosiy tahlili sanoat tarmog’i ulushining 30,0 % gacha oshishi (2018-yilda - 26,5%, 2017-yilda - 22,2 %) va qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi tarmog’i ulushining 28,1 % gacha (2018-yilda - 31,5 %, 2017-yilda - 34,0 %) kamayishi bilan bog’liq bo’lgan tarkibiy o’zgarishlarni qayd etish imkonini beradi (3-jadval).


Shuningdek, hisobot yilida YaIM (YaQQ) tarmoqlari tarkibida qurilish tarmog’i ulushining 6,4% gacha o’sishi (2018-yilda - 6,1 %, 2017- yilda - 5,7%) va xizmatlar sohasi ulushining 35,5 % gacha pasayishi (2018-yil - 35,9%, 2017-yilda - 38,1%) kuzatildi.
3-jadval
2017-2019-yillarda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha YaIMning tarkibi (jamiga nisbatan % da)19




2017-yil

2018-yil

2019-yil

I. YalM, jami

100,0

100,0

100,0

shu jumladan:










Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati

88,5

88,8

90,9

Mahsulotlarga sof soliqlar

11,5

11,2

9,1

II. Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati

100,0

100,0

100,0

Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

34,0

31,5

28,1

Sanoat (qurilishni qo’shgan holda)

27,9

32,6

36,4

sanoat

22,2

26,5

30,0

qurilish

5,7

6,1

6,4

Xizmatlar

38,1

35,9

35,5

savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar

8,0

7,4

6,9

tashish va saqlash, axborot va aloqa

9,5

8,5

7,7

boshqa xizmat tarmoqlari

20,6

20,0

20,9

2019-yildagi iqtisodiy o’sish sur’ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog’liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 90,9 % ini tashkil etdi va 5,6 % ga o’sdi (YaIM mutloq o’sishiga ta’siri 5,0 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 9,1 % ni tashkil etdi va mos ravishda 5,6 % darajasida o’sish qayd etildi (YaIM mutloq o’sishiga ta’siri 0,6 f.p.).


2019-yil yakunlariga ko’ra, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida 2,5 % darajasida ijobiy o’sish qayd etildi. Mazkur tarmoqning YaIM mutloq o’sish sur’atiga ta’siri 0,7 f.p.ni tashkil etdi. Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida ijobiy o’sish sur’atlari dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 3,7 % ga va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 1,7 % ga o’sishi bilan bog’liq.
2019-yilda sanoat tarmog’ining qo’shilgan qiymatida 6,6 % ga o’sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutloq o’sish sur’atiga ijobiy ta’siri 1,6 f.p.ni tashkil qildi. Sanoat tarmog’idagi ijobiy dinamika asosan ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog’i qo’shilgan qiymatining 9,4 % (2018-yilda - 7,9 %, 2017-yilda - 4,2 %) ga o’sishi hisobiga ta’minlandi. O’tgan ikki yil davomida sezilarli o’sishdan so’ng, taqqoslama narxlarda tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog’i qo’shilgan qiymati hajmining 1,0 % ga pasayishi kuzatildi (o’sish 2018-yilda - 26,5 %, 2017-yilda - 17,6 %).
Shunday qilib milliy boylikning bugungi holati hamda uning mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida tutgan o’rni asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarimizda kuzatilayotgan o’zgarishlar natijasida namoyon bo’ladi.


Download 122.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling