O’zbekiston iqtisodiy o’sishida milliy boylikning ahamiyati
Iqtisodiy o’sishni ta’minlashda milliy boylikni yaratish va undan samarali foydalanish yo’nalishlari
Download 122.86 Kb.
|
O\'zbekiston-iqtisodiy-o\'sishida-milliy-boylikning-ahamiyati
4. Iqtisodiy o’sishni ta’minlashda milliy boylikni yaratish va undan samarali foydalanish yo’nalishlari
Har qanday mamlakat milliy boyligining ko’payishi uning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan moddiy boyliklar va ularni ishlab chiqarish hamda oltin-valyuta zahiralari hajmining o’sishi bilan bog’liq. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlanishicha, “Iqtisodiyotda pozitiv o’zgarish kuzatilmoqda. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 4,2 mlrd. dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o’sdi. Investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 37%ga yetdi. Iqtisodiy o’sish 5,6%ni tashkil etdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6%ga, eksport 28%ga ko’paydi, oltin-valyuta zaxiralarimiz 2,2 mlrd dollarga ortib, 28,6 mlrd dollarga yetdi”20. O’tgan 2019 yilda erishilgan ijobiy natijalar mamlakat milliy boyligining o’sishiga bevosita ta’sir ko’rsatishi tabiiy hol, albatta. Bu esa, o’z navbatida, milliy boylikning tarkibiy qismlarini chuqur tahlil qilishni taqozo qiladi. Milliy boylik tarkibiy qismlarini tahlil qilish uchun ularni ma’lum bir mezonlar bo’yicha tasniflash zarur bo’ladi. Milliy boylik tarkibiy qismlarini tasniflashda eng avvalo, uning hajmi va tarkibi to’g’risidagi tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Iqtisodchilar milliy boylik unsurlarini guruhlarga ajratish va tasniflashda iqtisodiy aktivlar, ularning shakllanish manbalari, maqsadi va foydalanish yo’nalishlari, daromad darajasi, kapitalning moddiy va nomoddiy turlarga bo’linish hususiyatlari, foydalaniladigan resurslar turlari, mulkchilik shakllari, ijtimoiy foydali mehnat sohalari (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish), mamlakat hududlari, iqtisodiy hududlar, ishlab chiqarish jarayonidagi o’rni va roli, mikro va makro darajalarda shakllanish hususiyatlari bo’yicha alohida belgilarga e’tibor qaratishni ta’kidlashadi21. Bizning fikrimizcha, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda miilliy boylik unsurlarini quyidagi tartibda guruhlash maqsadga muvofiqdir: - geografik belgilar bo’yicha (hudud va mintaqalar darajasida); - shakllanish darajalari bo’yicha (mikro, mezo va makro darajalar); - ishlab chiqarish jarayoni bosqichlari va turlari bo’yicha (takror ishlab chiqarish jarayonidagi o’rni va rolidan kelib chiqqan holda). MHT nuqtai-nazaridan milliy boylik deganda, mamlakatda muayyan davrda mavjud bo’lgan barcha iqtisodiy aktivlar, ya’ni, nomoliyaviy va sof moliyaviy aktivlar yig’indisi tushuniladi (4-jadval). Milliy boylikni shakllanish manbalari bo’yicha guruhlash uni moddiy va nomoddiy ne’matlar yig’indisi sifatida qarash imkoniyatini beradi. Ya’ni, iqtisodiy aylanmagan jalb qilingan va jamg’arilgan mehnat mahsullari (bino-inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo, kiyim-kechak va x.k.) hamda nomoddiy ne’mat hisoblangan boshqa boyliklar (patent, mualliflik huquqi, litsenziya va h.k.)22. 4-jadval Download 122.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling