O’zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti Raqamli Media va Internet Jurnalistika Kafedrasi
Ziyo.uz milliy internet segmentida yetakchi ma'rifiy resurs sifatida
Download 113.5 Kb.
|
O\'zbek internet segmentida ilmiy ommabop va ma\'rifiy kontent, tarqalish1
2.2. Ziyo.uz milliy internet segmentida yetakchi ma'rifiy resurs sifatida
Eng birinchi milly kontentlarimiz qatorida ZiyoNet.com bo’lib, u o’z ichiga ko’plab marifiy va ilmiy-ommabop xarakteristkalarni olgan. Uning tarixi ZiyoNET („ziyo“ soʻzi arabcha soʻzdan olingan boʻlib, „nur“, „shuʼla“ maʼnosini, „NET“- NETworkning qisqartmasi boʻlib — inglizchadan „toʻr“, „tarmoq“ maʼnosini bildiradi. ZiyoNET" — nur, ziyo tarqatuvchi tarmoq maʼnosini bildiradi.) Oʻzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʻi 2005-yil 28-sentyabrda tashkil etilgan. ZiyoNET axborot taʼlim tarmogʻi resurslarini yaratish boʻyicha asosiy masʼul etib „Yagona integrator UZINFOCOM“ MCHJ belgilangan. ZiyoNET jamoat axborot taʼlim tarmogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ning 2005-yil 28-sentyabrdagi PQ-191-sonli „Oʻzbekiston Respublikasi-ning jamoat taʼlim axborot tarmogʻini tashkil etish tơgʻrisida“gi Qaroriga muvofiq tashkil topgan. ZiyoNET tarmogʻining asosiy maqsadi taʼlim oluvchilar uchun taʼlim olish tizimida keng koʻlamli axborot-kommunikatsiya xizmatlarini joriy etishdan iborat. ZiyoNET tarmogʻi yoshlar, murabbiylar, shuningdek barcha portal foydalanuvchilari uchun kerakli axborotlarni jamlash bilan bir qatorda, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli maʼlumotlarni berish, oʻzaro muloqot qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berish vazifasini ham oʻz zimmasiga oladi. ZiyoNET portali — sayt, ZiyoNET tarmogʻining asosiy resurslari ziyonet.uz manzilida joylashgan. Portal imkoniyatlari ID.UZ tizimidan roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarga ZiyoNET portali oʻz imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan: uchinchi darajali „zn.uz“ domenida sayt-satellitlarni yaratish; guruhlar yaratish, yaratilgan guruhlarda mavzular yaratish, guruhlarga qatnashchilarni taklif qilish va boshqa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan mavzularda ishtirok etish; „Savollar va javoblar“ boʻlimida oʻz savollarini berish va boshqa foydalanuvchilar bergan savollarga javob berish; „Oʻyinlar“ boʻlimining foydalanuvchilari reytingida ishtirok etish; ZiyoNET axborot resurs tarmogʻining turli tanlovlarida qatnashish Uning vazifasi Internet tarmogʻida mahalliy axborot taʼlim resurslarini yaratish va shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim jarayoniga singdirishga koʻmaklashishdan iboratdir. Yoshlar uchun uzoq yillardan beri eng ommaviy marifiy kontent hisonlangan bo’lib, vazifasi: ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirishga; oʻsib kelayotgan yosh avlodning Vatanga muhabbat tuygʻusini, Oʻzbekistonning boy tarixi, xalqning milliy anʼanalari va maʼnaviy qadriyatlarini bilishga asoslangan yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlashga; faol hayotiy mavqega ega boʻlgan barkamol shaxsiy voyaga yetkazishga qaratilgan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish; Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, yoshlarning maʼnaviy, aqliy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashadigan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tahliliy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-taʼlim hamda boshqa axborotdan keng koʻlamda foydalanishni taʼminlash; Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, har xil sport turlarini ommalashtirish; Respublika oʻquvchilari va yoshlari uchun masofaviy taʼlim usullarini, boshqa axborot-kommunikatsiya xizmatlarining keng kompleksini taʼlim tizimiga joriy etishda koʻmaklashish. Ushbu marifiy kontent o’zining hozirgi mukammal holatiga kelishiga qadar bir necha davrlarni boshidan o’tkazgan bo’lib xususan, 2006-yilda — ZiyoNET tarmogʻi Resurs markazi portalining birinchi talqini ishlab chiqildi va www.ziyonet.uz manzili boʻyicha ishga tushirildi. 2007-yil avgustda — ZiyoNET portali tubdan oʻzgartirildi va uning 2-talqini yaratildi. Uning bosh sahifasida oxirgi maʼlumotlar va Kutubxonada joylashtirilgan materiallar hamda muhokama uchun mavzular koʻrsatila boshlandi. 2007-yil oktyabrda — ZiyoNET barcha foydalanuvchilar uchun bepul sayt-satelitlarni yaratish imkoniyatini yaratdi. 2008-yilda — saytning asosiy sahifasi takomillashtirildi va bosh sahifada sayt-satelitlarlarda nashr etilgan maʼlumotlar berila boshlandi. 2009-yil yanvarda — ZiyoNet Portalining oʻzbek tilidagi talqini ishga tushirildi. 2009-yilda — Uz milliy domeni Internet-festivalida „Fan va taʼlim sohasidagi eng yaxshi sayt“ nominatsiyasida 3-oʻrinni egalladi. 2009-yil oktyabrda sayt-satellitlar uchun bepul xostingni yaratish va qoʻllab-quvvatlash tizimi ishga tushirildi. 2010-yilda — Portalning 3-talqini ishga tushirildi. Tegishli boʻlimlar va loyihalarda resurslarning yangilanishini koʻrishda qulayliklar yaratish uchun barcha yangi materiallar bosh sahifaning bloklarida chiqarilishi boshlandi. Portalda quyidagi boʻlimlar mavjud edi: „Taʼlim“, „Abituriyent“, „Muassasalar“, „Saytlar“, „Imkoniyatlar“, „Aksiyalar“. 2011-yilda — Portalning asosiy sahifasida Fikr.uzdan eng yaxshi „Hafta yangiligi“ va uTube.uzdan eng yaxshi „Hafta videosi“ berila boshlandi. 2013-yil — „Xorijiy tillar“ va „Rivojlantiruvchi oʻyinlar“ boʻlimi yaratildi. 2014-yil 8-may ZiyoNET.uz portalining navbatdagi talqini yaratildi. Yangi logotip va yangi interfeys ishlab chiqildi: — ijtimoiy tarmoq ishlashni boshladi, ijtimoiy mavzuli guruhlarni yaratish imkoniyati yaratildi. Guruhda mavzularni muhokama qilish, izohlash, medifayllarni joylashtirish, fotoalbomlarni yaratish mumkin. Sinflar va taʼlim muassasalari uchun guruhlar ham yaratish mumkin. — „Savol-javoblar“ servisi yaratilib (2014-yil 31-may), unda savollar berib, boshqa foydalanuvchilarning savollariga javob berish mumkin. Bir yildan kamroq vaqt oraligʻida, yaʼni 2015-yilda, „Savol-javoblar“ boʻlimidagi savollar — 3 392 dan oshgan boʻlsa, 2016-yilda savollar 5 880 taga yetdi. — „Kutubxona“ boʻlimi interfeysi yangilandi, kutubxonadagi resurslar oʻqiladigan formatda matnli va grafik shaqlda taqdim etildi. — Portalda roʻyxatdan oʻtish ID.UZ tizimi orqali amalga oshiriladi. — Tashrif buyuruvchilar uchun, foydali saytlar tavsiya etiladi. — 2015-yil yanvar oyida asosiy sahifaning dizayni oʻzgartirildi va ZiyoNET portalining boʻlimlariga yoʻnaltirilgan vidjetlar namoyish etildi. — 2015-yil iyunda ZiyoNET Portalining barcha sahifalarining chap tomonida „Translit“ boʻlimi yaratildi. — 2015-yil iyulda „ZiyoNET“ taʼlim tarmogʻiga 1069-sonli AOKAning litsenziyasi berildi. — 2018-yilda asosiy sahifaning dizayni yangilandi. ZiyoNET portalining resurslari: — „Abituriyent“ boʻlimida — abituriyentlar uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi OTMga oʻtish ballari, testlar, kvotalar, va h.k.z. toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berib boriladi. — „Armiya va yoshlar“ — Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari, tarixi, muhim sanalari va harbiy maʼlumotlariga bagʻishlangan boʻlim. — „Audiokitoblar“ — turli mavzulardagi (adabiyotlar, ilmiy kitoblar, ertaklar, darsliklar, tarix va boshqalar) rus, oʻzbek va boshqa tillardagi audio materiallar bazasi. — „Kutubxona“ — Portal kutubxonasi Respublika OTM va ularning mualliflari tomonidan taqdim etilgan avtoreferatlar, dissertatsiyalar, bitiruv malakaviy ishlari va boshqa ishlarning manbaidir. 2021-yil 1-iyun holatiga koʻra, 11 6000 dan ortiq oʻquv adabiyotlar mavjud. — „Savol-javoblar“ — Savol-javoblar xizmati. — „Arboblar“ -"Oʻzbekiston arboblari" veb-sayti https://arboblar.uz/ Wayback Machine saytida arxivlandi (2017-10-05). manzilida joylashgan, Oʻzbekiston taraqqiyotiga hissa qoʻshgan taniqli insonlar haqida maʼlumot beradi. Ushbu sayt ilmiy-ommabop, maʼrifiy va taʼlimiy resursdir. — „Oʻyinlar“ boʻlimida mahalliy dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan oʻzbek va rus tillaridagi oʻyinlar bilan bir qatorda, ingliz tilini oʻrganish boʻyicha 400 tadan ortiq taqdim qilingan oʻyinlar joylashtirilgan.Brauzerlarda Flash Player qoʻllab-quvvatlash tugaganligi sababli, oʻyinlar hozirda faol holatda emas. — „Taʼlimiy muassasalar“ — respublikaning barcha taʼlim muassasalari, shuningdek, mutaxassisliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi. — „Iqtidorli yoshlar“ — Oʻzbekistondagi iqtidorli yoshlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtirilgan. — „Saytlar“ (Saytlar reyestri) ushbu boʻlimda foydalanuvchilar taʼlimiy va bilim berishga moʻljallangan saytlar, kutubxonalar, turli xildagi maʼlumotnomalar, ensiklopediyalar, mashhur shaxslarning shaxsiy saytlari katalogi shakllantirilgan va foydalanuvchilarga tavsiya etilgan. — „Sayt-satellitlar“ — taʼlim oluvchilar, oʻqituvchilar va boshqa tashabbuskor foydalanuvchilar oʻzlarining shaxsiy yoki taʼlim muassasalari uchun zn.uz domenida bepul sayt (sayt-satellit) yaratish imkoni yaratilgan. Bundan tashqari, uning resurslari sifatida, Xorijiy tillarni oʻrganish portali Lang.uz- 2016-yilning sentyabr oyida ishga tushirilgan. Portal xorijiy tillarni interaktiv koʻrinishda oʻrganish imkoniyatini yaratadi. Saytda „Elementary“ dan „Pre-Intermediate“ga qadar murakkablikdagi materiallar tematik (mavzuviy) koʻrinishda taqdim etiladi. Sayt foydalanuvchisi har bir darsda yangi soʻzlarni oʻrganishi, oʻrganilgan soʻz va iboralarga biriktirilgan mashqlarni bajarishi, jumlalarni dars jarayonida mustahkamlashi, dialoglarni tinglashi, matnda ochiq qoldirilgan soʻzlarni topishi va toʻldirishi kerak. — Usport.uz — sportga oid yangiliklar sayti. -Oʻzbekiston madaniy merosi — portal ZiyoNET taʼlim portali doirasida 2015-yilning may oyida „Oʻzbekistonning tarixiy madaniy merosi“ boʻlimi sifatida tashkil etilib, 2016-yilda alohida meros.uz portaliga aytlantirilgan. Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy, madaniy, meʼmoriy va boshqa obyektlari bazasi. uTube.uz — taʼlimiy video portali 2009-yilning yakunida ishga tushirilgan boʻlib, unda oʻzbek va rus tillarida ilmiy-taʼlimiy, maʼnaviy-maʼrifiy, va turli mavzularda oid videomateriallar joylashtirilgan. — Tanlov.uz — sayti 2010-yilning mart oyida ishga tushirilgan boʻlib, bu yoshlar, mutaxassislar, manfaatdor shaxs va tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilayotgan tanlovlar, grantlar, stipendiyalar kabi tadbirlar toʻgʻrisidagi axborot malumot saytidir. — Fikr.uz — shaxsiy va jamoaviy bloglar sayti, kabilar kiradi. Download 113.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling