O‘zbekiston milliy universiteti horijy filologiyasi fakulteti O‘zbek


Download 1.12 Mb.
bet5/7
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#196919
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5260717793749241225

.


Vokalizm-lot.vocalis-unlilar tizimi

Konsonantizm-lot.consonans,consonantis-undosh tovush.Undoshlar tizimi


Tilshunoslikda fonologik oppozitsiyalar tasnifining yana bir necha korinishlari bor. Shulardan biri taniqli fonolog N.S. Trubetskoyga mansubdir. U fonologik oppozitsiyalarni uch asosga ko’ra tasnif qiladi:

Oppozitsiyala-(lot.opposition-qarama-qarshi qo’yish). Ikki yoki undan ortiq bir turdagi til hodisalarini qarama-qarshi qo’yish, qarama-qarshilik holati. Mas., jarangli va jarangsizlar oppozitsiyasi

.


Uchinchi asos oppozitsiya a’zolarining ma’no ajratish kuchiga va shu a’zolarning turli pozitsiyadagi xizmatiga tayanadi

Ikkinchi asos oppozitsiya a’zolari o‘rtasidagi munosabatga tayanadi.

birinchi asos oppozitsiya bilan sistema o’rtasidagi munosabatga ko‘ra belgilanadi.

Tilning fonologik tizimida korrelatsiya hodisasi borligini aniqlagan olimlardan biri (ehtimol, birinchisi) bizning yurtdoshimiz

Abu Ali ibn Sino bo‘lgan. U o‘zining fonetikaga doir bir risolasida «dol» «to» ga qanday munosabatda boisa, «zod» «sin» ga shunday munosabatda bo‘ladi»,— degan edi. Qiyos qiling: «dol» (jarangli «d») — «to» (jarangsiz «t»), «zod» (jarangli «z») — «sin» (jarangsiz «s»). Bunda jarangli va jarangsizlik belgilari asosida d-t, z-s oppozitsiyalari bir korrelatsiyaga uyushayotganligi nazarda tutilganligi shubhasiz.

Korrelyatsiya(lot.correlanto-o‘zaro aloqa, maunosabat).Ikki yoki undan ortiq til (nutq) birligining o‘zaro bog‘liqligi,munasabatdorligi

Ottenka, variant va variatsiya tushunchalari ortasidagi munosabatlar

Fonema ottenkalari tushunchasiga

Lev Vladimirovich Shcherba asos solgan. Bu tu-

shuncha Moskva fonologiya maktabida fonema

variatsiyalari nomi bilan, Praga funksional tilshu-

nosligi maktabida esa fonema variantlari nomi bilan ataladi.

Ottenka, variant va variatsiya tushunchalari ortasidagi munosabatlar

Tilshunoslikda ottenka va variatsiya atamalari bir tushunchani — fonemaning nutqdagi real ko‘rinishlarini ifodalaydi. Ottenka atamasi S.-Peterburg fonologiya maktabiga, variatsiya atamasiMoskva fonologiya maktabiga ko‘proq xosdir. Masalan, «d» ning odam va ozod so‘zlaridagi ikki xil ko‘rinishi (jarangli «d» va jarangsiz «t») bir fonemaning ikkita ottenkasi (S.-Peterburg) yoki ikkita variatsiyasi (Moskva) hisoblanadi.



Variant atamasi tilshunoslikda ikki xil ma’noda qo‘llanmoqda: Moskva maktabi vakillari ishlarida variant bir fonemaning ikki xil pozitsiyadagi ikki xil ko‘rinishi emas, balki ikkita fonemaning kuchsiz pozitsiyada mo`tadillashuvidan yuzaga kelgan bir xil ko‘rinishidir: tub va tup kabi. Bunda «d» va «t» ning so‘z oxirida neytrallashuvi sodir bo‘lgan, natijada bu ikki fonema bitta «t» ko‘rinishiga ega bo‘lgan. Bu ko‘rinish variant deb nomlangan, u «d» va «t» fonemalariga aloqador bo‘lganligi uchun «d» va «t»laming ikkalasi giperfonema («fonemalar guruhi») deb nomlanadi

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling