Tayanch tushunchalar:
Fonema - so'zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig'ini, binobarin, ma’nolarini ham farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik.
Fonemalarning differensial belgilari - o'zaro qarama-qarshi qo'yilayotgan ikki fonemaning farqlanadigan belgilari.
Fonemalarning integral belgilari — o'zaro qarama-qarshi qo'yilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari.
Fonologik oppozitsiya — differensial belgilar asosida ikki fonemaning bir-biriga qarama-qarshi qo'yilishi (fonologik zidlanish).
Korrelatsiya — bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori.
Artikulatsiya o‘rni — talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi yoki shu a’zoning faol ishtirok etayotgan qismi.
Kombinator ottenka - fonemaning so‘z tarkibidagi tovushlar ta’sirida yuzaga kelgan ko‘rinishi.
Jaranglilik-jarangsizlik belgilariga asoslangan oppozitsiyalar — undosh tovushlarning jaranglilik va jarangsizlik belgilari asosida zidlanish hosil qilishi.
Lablanish va lablanmaslik oppozitsiyasi — unli fonemalarning lablar ishtirokiga ko‘ra zidlanishi.
Tilning uch darajali ko‘tarilishi — unli fonemalarning hosil bo‘lishida tilning tanglay tomon ko‘tarilish darajasi: quyi ko‘tarilish, o'rta ko‘tarilish, yuqori ko'tarilish kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |