. - F.de Sossyur shunday deydi: “Tovushlar fiziologiyasi ko‘p hollarda fonetika deyiladi.Bu termin ,bizningcha, nomuvofiq ko‘rinadi.Biz buni fonologiya termini bilan almashtiramiz,chunki fonetika azaldan tovushlar evolutsiyasi haqidagi ta’limot bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaverishi kerak.Fonetika tarixiy fandir: u voqeliklarni ,o‘zgarishlarni tahlil etadi, zamonda harakat qiladi;fonologiya zamondan tashqaridir, chunki artikulyatsiya mexanizmi doimo o‘ziga o‘zi o‘xshashligicha qolaveradi. ” (Ф де Соссюр .Труды по общему языкознанию.-М., 1977.-С.70.)
Fonologiya segmental fonologiya va supersegmental fonologiyaga ajratiladi
Segmental fonologiyaning asosiy predmeti fonemadir, shunga ko‘ra u fonematika, fonemika nomlari bilan ham ataladi.
Supersegmental fonologiyaning predmeti esa sillabema, aksentema va intonemadir, shunga ko‘ra u prosodika deb ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |