O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet26/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Lingvistik o‘zgarishlar

Bir simvol obyektlarning kengroq sinfini ifodalashga o‘tishi va bu bilan avvalgi maxsus narsani aniq ifoda etishini tugatishi mumkin. Masalan, “qog‘oz” avvallari papirusni bildirgan, keyinchalik yozuv materialini ifoda etadigan bo‘lgan. Xuddi shunday «ministr», «tabib» va «musavvir» so‘zlari ham hozirda yangi ma’nolar kasb etishgan2.



Maxsus simvollarning ahamiyati:

Birinchidan, simvollar turli ma’nolarni farqlab, keyinchalik esa, almashtirib yubormaslikka imkon beradi

Ikkinchidan, qulay simvol berilgan kontekstda muhim hisoblangan narsaga diqqatni jamlashga xizmat qiladi.

Uchinchidan, mulohaza shaklini qisqa va aniq namoyon qiladi. Masalan, Maksvell tenglamasini tabiiy tilda so‘zlar yordamida tasvirlash bir qancha betni egallagan bo‘lar edi, bu esa turli elementlar o‘rtasidagi muhim munosabatlarning mohiyatini yashiradi. Adekvat bo‘lgan simvollarni kiritish, mulohazada qaysi qiymatning doimiy, qaysinisining o‘zgaruvchan ekanligini aniqlashtirishga yordam beradi.

To‘rtinchi va jiddiy ustunligi – bu simvollarning jismoniy va fikriy kuchlanishni qisqartirishidan iborat.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling