O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet27/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Mantiqning formallashgan tili

Umumiy mantiq o‘zining ilmiy, formallashgan maxsus tiliga ega. U inson tafakkurining tuzilishini aniq va ravshan holda ifoda qilish maqsadida yaratilgan. Buning mohiyatini tushunish uchun formallashtirishning o‘zi nima ekanligini aniqlab olish zarur.



Formallashtirish konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlarni simvollar bilan almashtirish, ya’ni propozitsional funksiya hosil qilish, formulalar kiritish, mantiqiy qoidalarni yaratish orqali tafakkurning (fikrning) tuzilmasini ifoda qilish demakdir. Tafakkurning tuzilmasi bilan mantiqning tilda ifoda qilinishi tuzilmasi o‘rtasida o‘zaro muvofiqlik mavjud, ya’ni har bir konkret fikr tuzilmasiga ma’lum bir til tuzilmasi muvofiq keladi. Buni propozitsional funksiya hosil qilish misolida ko‘rishimiz mumkin. «Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti» degan fikrdagi «Toshkent» tushun-chasini – S, «O‘zbekistonning poytaxti» tushunchasini – R bilan almashtir-sak, S–R ko‘rinishiga ega bo‘lgan propozitsional funksiya hosil bo‘ladi. Propozitsional funksiya o‘zgaruvchi qiymatga ega ifoda bo‘lib, bu qiymat argument bilan almashtirilganda konkret mazmunli fikr hosil bo‘ladi.

Formallashgan til quyidagi talablarga javob berishi kerak:



  1. Asosiy belgilar aniq ifoda qilingan bo‘lishi kerak. Bu belgilar asosiy tushunchalar, atamalarni ifodalaydi.

  2. Ta’riflashning barcha qoidalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu qoidalarga asoslangan holda mavjud belgilar yordamida yangi, qisqaroq belgilar hosil qilinadi.

  3. Formulalarni tuzishning barcha qoidalari berilgan bo‘lishi kerak. Bunga misol qilib tushunchalardan gap hosil qilish qoidalarini ko‘rsatish mumkin.

  4. Xulosa chiqarish qoidalarining barchasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu qo‘llaniladigan belgilarning (so‘z, gap, simvollar) grafik usul bilan ifodalanishiga tegishlidir.

  5. Qo‘llaniladigan belgilarning ma’nosini talqin qilish qoidalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Formallashgan tilga ega bo‘lgan mantiq chin fikrni ifoda qiluvchi bir formula yordamida xuddi shunday chin fikrni ifoda qiluvchi boshqa formulani keltirib chiqara oladi. Bunda berilgan fikrning konkret mazmuni e’tiborga olinmaydi.

Formallashgan tilning ustunligi shundaki, unda mantiqiy xulosa chiqarishda ko‘zda tutilmagan asoslarning qatnashib qolishi mumkin emas. Matematika va mantiqning ko‘p masalalari faqat mana shu yo‘l bilan yechilishi mumkin.

Nihoyat, formallashgan tilning yana bir qimmatli tomoni shundaki, unda bir sohada yaratilgan formallashgan tildan boshqa bir sohaga oid masalalarni yyechishda foydalanish mumkin. Masalan, mantiqda sinflar bilan bo‘ladigan amallarda matematika tilidan (qo‘shish, ko‘paytirish, to‘ldirish kabi atamalardan hamda ularni ifoda qiluvchi belgilardan) fikr tuzilishini ifoda qilish uchun foydalanish mumkin. Bunda, albatta, foydalanilayotgan belgilarga maxsus ma’no beriladi.

Formallashgan tilning kamchiligi esa shundaki, u tabiiy tilga qaraganda obyektni yuzaki holda ifoda qiladi. Hozirgi davrda mavjud formallashgan tillar borliqning va bilishning juda kam sohalarini qamrab olgan. Bilishning qaysi sohalarida formallashgan tilni yaratish mumkinligini oldindan aytish qiyin.

Shuningdek, formallashgan til empirik tadqiqotlarning o‘rnini bosa olmaydi. Ana shuning uchun ham ilmiy til formallashgan tildan foydalanish bilan chegaralanib qolishi mumkin emas.

Shunga qaramasdan, formallashgan til hozirgi paytda ilmiy bilishda va amaliy hayotda muhim ahamiyatga ega. U, ayniqsa, fikrning tuzilishini o‘rganishga, uning mantiqiy qiymatini, ya’ni chin yoki xatoligini aniqlashga to‘liq qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun mantiqning formallashgan tilini yaratishga va uni chuqurroq o‘rganishga qiziqish katta.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling