O’zbekiston milliy universiteti
Ta’lim muassasalarining shaxsda fahm-farosat va aql uyg‘unligini
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
fahmfarosataql birligining shaxs tarbyasidagi ahamiyati.
2.2. Ta’lim muassasalarining shaxsda fahm-farosat va aql uyg‘unligini tarbiyalashdagi o‘rni
Inson ma‟naviyatini shakllantirish va kamol toptirishda ta‟limning roli benihoya kattadir. Yoshlarga axloqiy va estetik qadriyatlarni singdirishda ta‟lim muassasalari xususan o„rta maktablarning o„rni muhim. Maktabdagi asosiy faol subyektlar – o„qituvchilardir. Ta‟lim tizimi barkamol yoshlarni tarbiyalovchi asosiy vosita. Unda o„tilayotgan tabiiy va gumanitar fanlarda axloqiy-estetik
1 Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. - 106 b. 2 Husayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muhsiniy”, O‟zbek Milliy insklopediyasi; Davlat ilmiy nashriyoti; - 2011 yil, 279- 280-betlar.
39
bilimlarning xalq hayot tarzining muhim ifodasi bo„lgan xalq donishmandligi merosi bilan boyitilsa, uning tarbiyaviy samaradorligi ham shunchalik yuqori bo„ladi. Boshqacha qili aytganda, yoshlarda axloqiy-estetik madaniyatni shakllantirish gumanitar fanlar yutuqlari va kundalik empirik bilimlar xalq donishmandligi bilan to„ldirilsa yanada samarali bo„ladi. “Endi insonga xos bo„lgan xususiyatlarga axloqiy va estetik jihatdan yondoshadigan bo„lsak, uni avvalo - aql, farosat va didning, tafakkur, tasavvur va xotiraning mavjud bo„lishi, fazilat, xislat va tarbiyaning mustahkamligi, nafosat, go„zallik va ulug„vorlikni his eta bilishi kabilar bilan belgilash mumkin.” 1
maktablari, akademik litsey va kasbhunar kollejlari, oliy o„quv yurtlarida amalga oshiriladi. Ta‟lim jarayonining sifati, ya‟ni ta‟limning qay darajada berilishi, unda ishtirok etuvchi murabbiy va o„qituvchilarning ma‟naviy dunyosi, bilimi, iqtidori, muallimlik iste‟dodi bilan bevosita bog„liq. Bu haqda yurtboshimiz I.Karimov shunday yozadi: “Tarbiyachi - ustoz bo„lishi uchun, boshqalarning aql - idrokini o„stirish, ma‟rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o„zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo„lishi kerak” 2 . Bu
esa ta‟lim muassalari hodimlariga katta mas‟uliyat yuklaydi. Ulardan o„z bilimlarini doimiy, uzviy ravishda boyitib borish, zamon bilan hamqadam bo„lish, tashabbuskorlik, yangilikni oldindan ko„ra olish va qabul qilish, pedagogik mahoratini oshirib borish, asosiysi bola shaxsini hurmat qilish va albatta tushunishni talab etadi. Aslida ta‟lim va tarbiyani bir - biridan ajratib bo„lmaydi. Ta‟lim tizimida bu ish dialektik uyg„unlikda olib boriladi. Ya‟ni o„quvchi yoshlarni ahloqiy, estetik, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, jismoniy tarbiyalash, ta‟lim berish orqali amalga oshiriladi. Ayni paytda bu bolaning yoshi, qabul qilish darajasi, dunyoqarashi va hatto ruhiy holatini hisobga olgan holda olib boriladi. Barkamol
1 Nurmatova M. Shaxs ma‟naviy kamolotida estetik va axloqiy qadriyatlar uyg„unligi muammosi. Dis. fal.fan.dok. Toshkent 2011-y. 32-bet. 2 I.Karimov. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. T., 1993-y.,27-28-betlar. 40
avlod tarbiyasini bugun ijtimoiy-gumanitar fanlarsiz tasavvur etib bo„lmaydi. Yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ma‟naviyatini yuksaltirish, bilim va saviyalarini oshirish mana shu fanlarning bosh maqsadidir. Mamlakatimiz mustaqilligining qo„lga kiritilishi ta‟lim va tarbiya tizimida ulkan islohotlarni amalga oshirish imkonini berdi. O„tgan yillar davomida ta‟lim tizimda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz I.A.Karimov jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim islohotlar haqida to„xtalganda, ta‟lim tarbiyaga alohida urg„u berib: «Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma‟rifatdir» 1 , deya ta‟kidladi. Chunki, yoshlarni mustaqil, erkin tafakkurini shakllantirishda ta‟lim-tarbiyaning o„rni beqiyosdir. O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 1997 yilda qabul qilingan “Ta‟lim to„g„risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi va hayotga tadbiq qilinishi ushbu muhim sohada chuqur islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta‟lim taraqqiyotining shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik hamda madaniy ehtiyojlarini ta‟minlaydigan ustuvor sohasi sifatida qonunan belgilab qo„yildi. Mazkur qonun hujjatlarida inson manfaatlari, ya‟ni uning o„z ijtimoiy mohiyatini, o„zligini anglashi, muntazam rivojlanib borishi, imkoniyatlarini to„liq ishga solishi va farovon hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish ustuvorlik kasb etdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning "o„zbek modeli" - ya‟ni o„zbek xalqi tanlagan taraqqiyot yo„lining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Mustaqillik yillarida ta‟lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo„yicha miqyosi va ko„lamiga ko„ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko„rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangidan qurildi, kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o„quv-laboratoriya va asbob-uskunalari bilan
1 KarimovI. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‟q. – T.: O‟zbekiston. 1998. –B. 7. 41
jihozlandi. O„quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo„yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Prezidentimiz rahnamoligida Milliy dasturda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, respublikamizda yangi o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi tizimi shakllantirildi. Uning ulkan moddiy texnik ba‟zasiga asos solindi. Hozirgi zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlariga moslasha oladigan, raqobatbardosh kichik mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Shuni alohida ta‟kidlash joizki, mazkur akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining deyarli barchasi mustaqillik yillarida barpo etildi yoki ta‟mirdan chiqarildi. Ta‟lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy o„quv yurtlari muhim o„rin egallamoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat ko„rsatayotgan 70 dan ortiq oliy o„quv yurtlari va ularning filiallari qatorida Vestminister universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti shuningdek, Moskva Davlat Universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti kabi xalqaro obro„-e‟tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo„lgan Evropa va Osiyoning yetakchi oliy o„quv yurtlari filiallari ham faoliyatko„rsatib kelmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy modeli maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda ta‟lim mazmuni, ta‟lim turlarining uzviylik va uzluksizligi, ta‟lim standartlari, mutloq yangi bo„lgan, ularni zamon talablariga mos o„zgaruvchanlikni ta‟minlaydigan mexanizm va tashkiliy asoslari model muallifi I.Karimov tomonidan ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi. Shu bois davlatimiz rahbari O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq IX sessiyasida so„zlagan nutqida ta‟lim tizimidagi islohotlar xususida so„z yuritar ekan: «Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‟limi va tarbiyasini ko„rgan shaxslar kerak» 1 , deb ta‟kidlaydi. Ta‟lim tizimini «yuksak ma‟naviyat» tomon qaratish, o„sib kelayotgan yosh avlod qalbida ma‟naviyatning milliy va umuminsoniy xususiyatlarini kamol
1 Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‟lida. 6-jild,-Toshkent: O‟zbekiston, 1998. – 331 b. 42
toptirish, ularning ma‟naviy-axloqiy tasavvurini buyuk shaxslar estetik tafakkuri, falsafiy dunyoqarashi bilan boyitish dolzarb masala bo„lib bormoqda. Ta‟lim tizimi bu jarayonlarning uzluksizligiga amal qilgan holda mustaqillikning har bir yilida katta yutuqlarga erishmoqda. 2008 yil may oyida bo„lib o„tgan Toshkentdagi 42- xalqaro Mendeleev olimpiadasida 9 yosh kimyogar – oltin, 15 ishtirokchi – kumush va 28 nafar ishtirokchi – bronza medaliga sazovor bo„ldi. 29 o„quvchi esa maxsus diplom bilan taqdirlandi. Xalq ta‟limi tizimida amalga oshirilayotgan bunday islohotlar barcha fanlar bo„yicha amalga oshirilmoqda. Xalqimizning orasidan etishib chiqayotgan yosh avlod bugungi kunda O„zbekistonning ilm-fani va madaniyatini butun jahonga namoyon qila olishga qodir ekanligini ko„rsatmoqda. Milliy istiqlol, mustaqillikni mustahkamlash g„oyasiga asoslangan yangi ta‟lim dasturi va ushbu hujjat asosida yaratilgan Davlat ta‟lim standartlarida asosiy e‟tibor shaxsning kamolotiga qaratildi va ijtimoiy-gumanitar fanlarning mas‟uliyati yanada kuchaytirildi. Bu esa o„qituvchi va ustozlarga katta mas‟uliyat yuklamoqda.Ilmiy - nazariy bilim berish asosida yoshlarda insonparvarlik, sadoqat, qanoat, mehr- oqibat, muxabbat, adolatparvarlik, nafosat, e‟tiqod, mehnatsevarlik, burch va huquqni anglash kabi yuksak ma‟naviy fazilatlar shakllanadi. «Ta‟lim to„g„risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg„unlashtirish, o„quvchi shaxsi asosida yuksak ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o„z Vatani va xalqiga sodiq fuqarolarni shakllantirishga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlaridan biri bo„lgan Ma‟naviy-axloqiy tarbiya va ma‟rifiy ishlarda «Yosh avlodni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy
madaniy-tarixiy an‟analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta‟minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni
43
oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma‟rifiy ishlar takomillashtirib boriladi»,-deb ko„rsatiladi 1 . Shuning uchun
bog„chadayoq bolada
tashabbuskorlik, faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik, mas‟uliyatlilik xislatlarini qaror toptirishga e‟tibor beriladi. Masalan, uyushtirilgan bayram tadbirlarida har bir bolaning she‟r aytishi, qo„shiq kuylashi yoki raqsga tushishi ularda mas‟uliyat va faollikni tarbiyalasa, amaliy mashg„ulotlarda plastilin, qog„oz va loydan turli shakllar yasash, rasm chizish ijodkorlik, izlanuvchanlikni sport musobaqalari maqsadga intilishni, navbatchilikni yo„lga qo„yish, tozalik kunlarini o„tkazish tashabbuskorlik, mehnatga munosabatni qaror toptiradi. Umumta‟lim maktablarida shaxs ma‟naviyatini shakllantirishni oila – mahallam – maktab tizimi orqali amalga oshirish juda muhim. Chunki, ma‟naviyatning rivojlanishida sog„lom ma‟naviy muhit - oila muhiti, mahalla va maktab muhiti va ular o„rtasidagi doimiy aloqa zarur. Unda bolaning faoliyati (aqliy bilimi, mehnat, ijtimoiy, estetik, axloqiy, jismoniy faoliyati) namoyon bo„ladi, uning o„z - o„zini anglashi jarayoni sodir bo„ladi. Demak umumta‟lim maktablarda o„quvchilarga fan asoslarini o„rgatish bilan birga, ularning ma‟naviy extiyojlarini qondirish, talablariga javob berish, kiziqishlarini hisobga olish, o„z - o„zini anglashlariga yordam berish lozim. O„quvchi yoshlarda ma‟naviy - ahloqiy fazilatlarni qaror toptirish dars va darsdan tashqari tadbirlar (ilmiy amaliy konferensiyalar, bilimdonlik musobaqalari, bayram tantanalari, badiiy - kompozitsion kechalar), to„garak mashg„ulotlari orqali ham amalga oshiriladi. Shaxsda axloqiy-estetik madadaniyatni rivojlantirish ta‟lim tizimining keyingi bosqichlari – akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy o„quv yurtlarida uzluksiz davom ettiriladi. Kasb-hunar kollejlarida ta‟lim-tarbiya jarayonida talabalarga bilim berish bilan birga, ularni kasbga yo„naltirish, o„zlari tanlagan kasb bilan shug„ullanishlari uchun imkon yaratishga, akademik litseylarda
1 Barkamol avlod O‟zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. “Sharq” nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahriryati. 1998. 55-bet. 44
esa fan sirlarini yanada chuqur egallashga ko„proq e‟tibor qaratiladi. Talabalarda fikr va harakat mustaqilligi faoliyat erkinligi, ijodkorlik, izlanuvchanlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik kabi ma‟naviy fazilatlar yanada rivojlantiriladi. Oliy ta‟lim muassalarida olib boriladigan ta‟lim - tarbiya jarayoni ham aynan shu maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan. Ma‟lumki sobiq Sho„rolar davlati ta‟lim sohasida bir tomonlama, siyosat olib bordi. Milliy respublikalarda jahon andozalariga javob bera oladigan o„quv muassalarining kamligi, mavjudlarida esa moddiy texnik bazaning qashshoqligi, milliy mutaxassis qadrlarga nisbatan befarqlik ilm-fanda davlat monopoliyasining o„rnatilganligi, uning mafkuralashtirilishi bunga yaqqol misol bo„la oladi. Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ta‟lim tizimini jadal isloh qilish, mafkuradan holi qilish, rivojlangan davlatlar talabi darajasida modernizatsiya qilishga kirishildi. 1997 yil avgustda "Ta‟lim to„g„risida"gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining qabul qilinishi, o„quv yurtlarining o„rta maxsus ta‟lim tizimida akademik litsey va kasb hunar kollejlarining tashkil topishi, muhim ixtisoliklar bo„yicha yangi shu paytgacha bo„lmagan oliy o„quv yurtlari - Harbiy akademiya, Ichki ishlar akademiyasi, Soliq akademiyasi, Bank - moliya akademiyasi, Islom Universiteti, Jahon iqtisodiyati va diplomatiya universitetining tashkil topishi bu islohotlar natijasidir. Shuningdek, oliy o„quv yurtlariga qabul qilishning yangi tizimi test sinovlarining o„tkazilishi, oliy ta‟limning ikki pog„onali o„qish tizmiga o„tishi (bakalavriat va magistratura) ta‟lim tizimidagi xalqaro hamkorlikning yo„lga qo„yilishi (xalqaro Vestminister Universitetining ochilishi, Aksels, Ayreks, Tinchlik Korpusi, Tatsis kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik) bu sohada keng qamrovli ishlar qilinganligini ko„rsatadi. Zero inson ruhiyatiga ta‟sir etish, uning ma‟naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda ta‟lim tizimining roli beqiyos. Pedagogik jarayonlarda amaliy samaradorlikni axloqiy-estetik madaniyat yutuqlari bilan tanishtirish orqali amalga erishish mumkin. Bu borada talim jarayonida maruza va seminar mashg„ulotlarining an‟anaviy shaklidan voz kechmagan holda, yangi g„oyalar bilan isloh etish ko„zda tutilgan. O„quv
45
jarayonida dars mashg„ulotlari, davra suhbatlari, konferensiyalar, maruza va seminar mashqlarida amaliy tajribalar metodlarini tadbiq etish orqali aniq ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Yoshlarning atrof-muhitdagi hodisalarga nisbatan o„z mulohazalarini erkin bildira olishi, keng ko„lamda fikr yurita bilishi va tanqidiy nazar bilan xulosa chiqarishi davr talabidir. Ta‟lim tizimining barcha subyektlari o„z faoliyatlarini qay darajada mukammal egasi bo„lsalarda, shu qatorda milliy qadriyatlarimizni ham mukammal tadbiq eta olishlari zarur. O„z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mashg„ulot jarayonida talabalarga ham fanning mazmunini va fanning mazmuniga bog„lagan holda o„z qadriyatlarimizdan boxabar etmoqlari lozim. Bu ikki jarayonni bir vaqtning o„zida amalga oshirish oson kechmasa–da, pedagog o„zining tajribasidan kelib chiqqan holda yondoshish talab qilinadi. Globallashuv jarayoni nafaqat ijobiy taraqqiyot mahsuli, balki shu qatori yoshlar dunyoqarashida kemtiklik, ojizlik, begonalashuv kabi illatlarni paydo bo„lishiga, milliy qadriyatlardan chekinishga, urf-odatlarga nisbatan eskilik sarqiti deb qaraydigan fikrlarni paydo bo„lishiga tasir ko„rsatadi. Shu nuqtai-nazardan yoshlarning axloqiy-estetik kamolotga erishuvi mafkuraviy immunitetni yanada mustahkamlaydi, jamiyatdagi manaviy-aqliy muhitni sog„lomlashtiradi, milliy mentalitetni boyitadi. Mustaqillik tufayli ta‟lim sohasiga joriy etilgan, ma‟naviyat asoslari, odobnoma kabi fanlar yoshlar tafakkurini kengaytirishda, mustaqil dunyoqarashini shakllantishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Falsafa, etika va estetika, tarix, iqtisod, adabiyot, huquq kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali olimlarimiz yoshlarga faqat ilm beribgina qolmay, ularni komil inson bo„lib etishishlarida katta hissa qo„shib kelmoqdalar. Zero, bu fanlar orqali g„oyaviy tarbiya amalga oshiriladi, yoshlarning axloqiy, estetik, huquqiy, falsafiy, ilmiy dunyoqarashlari yuksaladi. Yoshlarda mustaqillikni qadrlash, tarixiy
qahramonlarimiz, mutafakkirlarimizdan o„rnak olish, ular bilan faxrlanish tuyg„usi shakllanadi. Ayniqsa, bugungi ma‟naviy, g„oyaviy, mafkuraviy tahdidlar, turli xil ko„rinishdagi axborot xurujlari jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlarni chuqur 46
o„rgatilishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, ma‟naviyat asoslari, etika, estetika kabi fanlar oldida yoshlarimizning ongini egallashga qaratilgan har qanday
xatti-harakatlarga, milliy
manfaatlarimizga rahna
solishga, ma‟naviyatimizga tajovuz qilishga, umrimiz mazmuni bo„lgan tarixiy xotiramizning buzilishiga urinayotgan g„arazli kuchlarga qarshi yoshlarimizda immunitetni shakllantirish vazifalari turibdi. Bular talabalarda: -mustaqil falsafiy dunyoqarash, voqea va hodisalarning mohiyatini anglash hamda baholash qobiliyatini shakllantirish; -tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga ongli munosabatda bo„lish va ularni ravnaq toptirish yo„lida astoyidil faoliyat olib borish ko„nikmalarini hosil qilish; -“ommaviy madaniyat”ni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, milliy va insoniy qadriyatlarga zid axloqsizlikka, ma‟naviyatsizlikka undovchi vosita va usullarga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga va milliy o„ziga xoslikka nisbatan yashirin tahdidlarga qarshi kurashish; -o„tmish ma‟naviy me‟rosimizga hurmat hissini uyg„otish, milliy g„urur, milliy iftixor tuyg„ularini shakllantirish uchun zamin yaratish, milliy-ma‟naviy tarbiya va ma‟naviy-axloqiy qadriyatlarga sodiq qolishni insonning barcha faoliyat turlarida ustuvor bo„lishini ta‟minlash kabilardan iboratdir. Ta‟limning barcha bosqichlari uchun zamon talablariga javob beradigan yangi davlat ta‟lim standartlari, o„quv dasturlari shu jumladan, multimediali o„quv dasturlari hamda ko„plab nusxada nashr qilinayotgan darsliklar va o„quv qo„llanmalari ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Ta‟lim shakllarini va mazmunini samaradorligini oshirishga qaratilgan, inson omillari va texnik vositalardan oqilona foydalanilgan o„qitish va o„zlashtirishning tizimli uslubiyati bo„lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo„llash bugun o„z ijobiy samaralarini bermoqda. Shu jihatdan qaraganda, bugun “inson-jamiyat” muammosini hal qilish, butun insoniyatni “insoniylashtirish”, 47
millatni insoniyatning ulkan qadriyatiga aylantirish, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalarida mavjud bo„lgan muammolarni oqilona hal etishda ta‟lim va tarbiyaning roli g„oyat yuksak. 2012 yilning 16-17 fevral kunlari Toshkentda bo„lib o„tgan "Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti" mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan yirik xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi dunyoning 48 davlati ta‟lim tizimi
rahbarlari, olimlar
hamda mutaxassislar chiqishlarida O„zbekistonning ta‟lim sohasini chuqur ilmiy asosda tubdan isloh qilish mamlakat iqtisodiyoti o„sishiga xizmat qilayotgani, jamiyatga foyda keltirayotganini alohida ta‟kidlashdi. Mazkur Dastur o„z mohiyatiga ko„ra ta‟lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasida yaqin kelajakda, istiqbolda bajariladigan vazifalarnigina emas, balki mamlakatimiiz taraqqiyotiga molik muhim iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni ham qamrab olganligi bilan katta ahamiyatga ega. Ushbu dasturdan kelib chiqib belgilangan vazifalarning amalga oshishi yoshlar axloqiy-estetik kamolotini yuksaltirish masalalari bilan bevosita bog„liqdir. Ta‟lim – tarbiya oldida turgan asosiy vazifa ajdodlarimiz tajribasini yosh avlodga yetkazish insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, Vatan, xalq oldidagi mas‟uliyatni xis qilishga o„rgatish kabi xislatlarni qaror toptirishdan iboratdir. Bu borada xalqimiz tomonidan ko„p asrlar davomida yaratilgan va avloddan-avlodga o„tib kelayotgan qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, o„sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo„lib rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ilm-fanga qiziqish jaholatdan ma‟rifatga intilish, odob – axloq qoidalariga to„la rioya qilish, dunyoqarash, did va ehtiyojlarni o„stirish maqsadida shaxs zehnini o„tkirlab, tafakkurni chuqurlashtirish – bularning hammasi xalqimiz milliy xarakteriga xos xususiyatlaridir. 48
Bugungi kunda ana shunday qadriyatlar zaminida yoshlarni tarbiyalash - o„zlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy fan va texnika yutuqlari bilan bir qatorda milliy ma‟naviy boyliklarni o„zida mujassamlashtirgan, yuksak ma‟rifatli, insonparvar buyuk davlatning yoshlari bo„lib shakllanishlariga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichida ta‟lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga erishishda uzluksiz ta‟lim tizimidagi ma‟naviy-axloqiy muhitni yanada takomillashtirish dolzarblashib bormoqda. Shuning uchun ham jamiyat ayniqsa ta‟lim tizimidagi ma‟naviy muhit bevosita yoshlarning axloqiy kamoloti va madaniyatiga daxldor masaladir. Aslida har qanday muhit kishilar o„rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning majmuini ifoda etadi. Ushbu tushuncha etika va psixologiya qonuniyatlariga daxldor tushunchalardan biri bo„lib, u inson o„zaro hamkorlikda mehnat qiladigan holat va joyni anglatadi. Uzluksiz ta‟lim tizimida esa aynan maktabgacha, o„rta, o„rta maxsus, kasb- hunar, oliy, oliy o„quv yurtidan keyingi ta‟lim hamda kadrlar malakasini oshirish va
ularni qayta
tayyorlash, maktabdan tashqari ta‟limdan iborat tarbiyalanuvchi↔tarbiyalovchi, ta‟lim oluvchi↔ta‟lim beruvchi, ustoz↔shogird o„rtasida o„zaro hamkorlikda mehnat qiladigan holat va joy mikro muhit tashkil etadi. Demak, inson hayoti davomida yon-atrofidagi, jamiyat va davlat ichidagi voqeiylik, hodisayu holatlar jarayoni muayyan muhitda amalga oshadi. O„zbekistonda bevosita o„zimizga xos bo„lgan, takrorlanmas, buyuk tariximiz, an‟analarimizga asoslangan va shu bilan birga hozirgi davr talablariga javob bera oladigan Kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi. Mazkur model faqat mavjud yutuqlarni avaylab, saqlabgina qolmay, ayni paytda ta‟limni yaxshilash yo„lidagi faoliyatini izchil davom ettirishga qaratilgan. Ayniqsa, to„qqizinchi sinfdan keyingi uch yillik majburiy-ixtiyoriy ta‟lim alohida e‟tiborga sazovordir. Milliy dasturda o„z aksini topgan o„rta maxsus, kasb-hunar o„quv yurtlarining o„ziga xos yangi namunasi hayotga kirib kelayotgan yoshlarning kamida ikki-uch zamonaviy kasbni puxta egallab chiqishiga imkoniyat yaratadi. 49
Ana shu kasblarni munosib egallashning muhim garovi puxta bilim va ijodkorlik, mehnatsevarlik tufayli erishiladi. Yoshlarga befarq bo„lmaslik, ularning qiziqishlari va dunyoqarashlarini o„rganib borishi, bolalarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olishi, turli zamonaviy axborot va texnik omillardan to„g„ri va o„rinli foydalana olish, o„z millati, Vatani uchun fidoyi insonlar bo„lib etishishiga ko„mak bermoq, hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Bu borada, ayniqsa, oila, maktab va jamotchilikning hamkorlikda faoliyat yuritishi muvaffaqiyat garovidir. Shubhasiz, bu qilinayotgan ishlar millatimizning ravnaqi, bo„lajak avlodning ertangi kunga bo„lgan ishonchini yanada orttiradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan yurtimizda 1140 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji bunyod etildi, 2004-2009 yillarga mo„ljallangan maktab ta‟limini rivojlantirishning davlat umummilliy dasturiga binoan hozirga qadar 8 milliard so„mdan ziyod mablag„ sarflanib, minglab zamonaviy maktab binolari qad ko„tardi,eng so„nggi rusumdagi kompyuterlar va o„quv-laboratoriya jihozlari bilan ta‟minlandi. O„tgan yillar davomida 711 ta sport inshooti qurilib, bolalar ixtiyoriga topshirildi,ularning 161 tasi yangidan bunyod etildi, qurilish-tiklash ishlariga 9,8 milliard so„m,ularni zamonaviy asboblar bilan jihozlashga 1,7 million AQSH dollari miqdorida mablag„ ishlatildi 1 . Birgina 2008 yilning o„zida kasb-hunar va akademik litseylar qurish uchun 382,4 mlrd so„m sarflandi” 2 .
Respublikamizdagi ta‟lim muassasalari kompyuter texnikasi, o„quv-laboratoriya jihozlari bilan ta‟minlanadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi oliy o„quv yurtlari “ZiyoNET” milliy ta‟lim tarmog„i hamda yuqori tezlik bilan ishlaydigan internetga ulangan. Ishga tushirilgan axborot-kutubxona tizimida darslik, qo„llanma va boshqa o„quv adabiyotlariga doir bibliografik ma‟lumotlar kiritilgan va ular to„ldirilib, kengaytirilib borilmoqda. Hayotimizning barcha sohasini jadal rivojlantirish mutaxassislar tomonidan zamonaviy bilim, qobiliyat va
1 Saidov H. Hayot dasturi //Ma‟naviyat yuksalish yo‟lida.-Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 111-113 b. 2 Abdullayeva Sh. Yoshlarni har tomonlama qo‟llab-quvvatlash – ustuvor maqsadimiz.//Pul, bozor va kredit, 2008, № 8. –B.20.
50
ko„nikmalarni tizimli asosda o„zlashtirishni taqozo etmoqda. Shunga muvofiq joriy yilda “Ta‟lim grantlari dasturi”, “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi” tanlovlarini o„tkazish davom ettirildi. Shuningdek, Sog„lom turmush tarzini targ„ib qilish, sportni yanada kengroq ommaviylashtirish maqsadida 2013 yilda qishloq aholisi, ayniqsa, yoshlar o„rtasida “Alpomish” va “Barchinoy” hududiy musobaqalari, “Milliy qadriyatlar – beqiyos boyligimiz” shiori ostida milliy sport va xalq o„yinlari respublika festivali, Navro„z, Mustaqillik bayramlariga bag„ishlangan umummilliy marafonlar tashkil etildi. Shuningdek O„zbekiston Milliy universiteti ham talabalarning axloqiy- estetik kamol toptirishda o„z hissasini qo„shib kelmoqda. Universitet miqyosida o„tkazilayotgan ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirlar, sporot musobaqalari fikrimiz dalilidir. Darhaqiqat, bugungi kunda O„zbekiston innovatsion taraqqiyot yo„lidan jadal rivojlanib bormoqda. Chunki millatning oltin zahirasi – intellektual rivojlangan va har tomonlama yetuk, yangicha fikrlaydigan yosh avlodni o„stirish strategik vazifadir. Buning uchun dunyoning ilg„or tajribasini o„rganish hamda bu tajribani milliy xususiyatlarimiz bilan boyitish muhimdir. Barkamol avlodni tarbiyalashning bosh vositasi bo„lgan ta‟lim tizimini isloh qilish jarayonida milliy ta‟lim mazmuni va sifatini zamon talablariga ko„tarish bilan bir qatorda, yoshlarni taraqqiy topgan davlatlardagi o„quv markazlarida o„qishi, professor-o„qituvchilarning xorijda malakasini oshirishi hamda ta‟lim sohasi bilan bog„liq xorijiy mablag„ va grantlarni respublikaga jalb etilishiga katta e‟tibor qaratilib kelinmoqda. Ta‟lim-tarbiya haqida gap ketganda, Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan fikrlarini eslash kifoya, deb o„ylaymiz. Yurtboshimiz aytganlaridek, “Buyuk ma‟rifatparvar bobomizning bu so„zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo„lgan bo„lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko„ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.”
51
Yosh avlodda yuksak ma‟naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an‟analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g„oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Insonlar o„zligini chuqur anglashi, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishi, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvi, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg„onishini ta‟minlash ma‟naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylandi. Shu bois, mustaqillik yillarida buyuk allomalarimizning butun jahonda hayrat bilan o„rganilayotgan me‟rosini yangidan o„rganish hayotiy ehtiyojga aylandi. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burxoniddin Marg„inoniy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Ahmad Farg„oniy, Az- Zamaxshariy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug„bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmudxo„ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho„lpon va boshqa ko„plab buyuk siymolarimiz ilmiy-adabiy me‟rosini o„rganish mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining milliy-ma‟naviy negizlarini tashkil etmoqda. Umuman, o„tgan davrda, milliy ta‟lim, jumladan, badiiy ta‟lim tizimida hozirgi kunga qadar intellektual salohiyatini oshirish, yetuk mutaxassislar tayyorlash, yangi avlod o„quv adabiyotlarini yaratish borasida bir qancha yutuqlarga erishildi. Biroq istiqbolda qilinadigan ishlar hali ko„p ekanini ham alohida ta‟kidlash kerak. Hamkorlik, hamjihatlik, yuksak ilmiy-ijodiy salohiyat va sog„lom raqobat asosiy mezon bo„lsa, soha mutaxassislari har doim mamlakatimiz ravnaqini belgilab beruvchi yuksak malakali kadrlarni tayyorlashga, mustaqil Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi mavqei bundan ham yuksalishiga o„zlarining munosib hissalarini qo„shadilar. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi va har tomonlama yetuk komil insonni shakllantrishda estetik omillar hamda ta‟lim-tarbiyaning o‟rni muhim va samaralidir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling