O’zbekiston milliy universiteti
II-Bob bo’yicha xulosa
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
fahmfarosataql birligining shaxs tarbyasidagi ahamiyati.
- Bu sahifa navigatsiya:
- III-BOB. AXLOQIY-ESTETIK JIHATLARNING SHAXS MA’NAVIY KAMOLOTIDAGI AHAMIYATI
52
Birinchidan, shaxsning estetik kamoloti uning o„z mehnatiga, ijtimoiy mas‟uliyatiga insoniy munosabatni qaror toptiradi, axloqiy me‟yorlarni gumanistik-estetik e‟tiqodga aylantiradi, uning ijtimoiy ahamiyati esa emotsional va intellektual fazilatlarni, ijodiy salohiyatni yuqori ko„taradi. Ikkinchidan, ta‟lim taraqqiyotining shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik hamda madaniy ehtiyojlarini ta‟minlaydigan ustuvor sohasi sifatida shaxsning kamolotiga e‟tibor qaratadi. Uchinchidan, mamlakatimiz istiqboli va millatimiz kelajagi hisoblangan yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni rag„batlantirish, ularning intellektual imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ilm-fan, madaniyat va ma‟naviyatga bo„lgan intilishlarini rag„batlantirish ham bevosita axloqiy munosabatlarni takomillashtirishni taqozo etadi. To„rtinchidan, inson kamolotiga ta‟sir etuvchi omillar ta‟lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirishda, komil insonni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
53
KAMOLOTIDAGI AHAMIYATI 3.1. Fahm-farosat va estetik didning shaxs ma’naviy kamolotidagi o‘rni Har bir jamiyatning ma‟naviyati kamoloti inson aql va tafakkuri, axloq- odobi, tajriba va malakasiga bog„liq. Prezident I.A.Karimov “Ma‟naviyat insonning qon – qoni, suyak – suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o„giti, Vatan tuyg„usi, bu xayotning ba‟zida achchiq, ba‟zida quvonchli saboqlari bilan qatra – qatra bo„lib singib boradi... Umuman olganda, insoniyat tarixi ma‟naviyat – insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch – qudrat manbai ekanini, bu hayotda ma‟naviyatsiz hech qachon odamiylik va mehr – oqibat, baxt va saodat bo„lmasligini yaqqol tasdiqlaydi.” 1 deb ta‟kidlaydi. Darhaqiqat, insonning insoniyligi uning fahm-farosati, aql-idroki, o„z- o„zini axloqiy anglash - mavjud vaziyatni axloqiy jihatdan tahlil qilishni, ya‟ni qalban o„zi bilan gaplashish, o„zicha baholash, o„zini nazorat qilish, o„zini o„zi takomillashtirish, har bir vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilishi bilan belgilanadi. Bunda fahm-farosat muhim o„rin tutadi. Fahmlash, idrok etish o„rganiladigan obyekt yoki sohaning insoning maqsadi va idialiga muvofiqligini izohlash (interpretatsiya) demakdir.Fahmlash, idrok etish insoniylik mohiyatini aniqlash bilan bog„liq bo„lgan jarayondir. Birinchi bobda fahm-farosatning falsafiy mazmuni, sharq va g„arb mutafakkirlari ta‟limoti misolida tahlil etishga harakat qilingan edi. Ushbu bobda esa fahm-farosat va didning shaxs ma‟naviy kamolotida qanday ahamiyat tutishini tadqiq etishga harakat qilamiz. Zero, olim
idrok, fahm, farosat kabi ildizi aqlga borib taqalsa, ikkinchidan, o„zining ehtiros, his-hayajon, subyektiv baholash xususiyati bilan ulardan ajralib turadi. Yoki, boshqacha qilib aytganda, biz ongning, birinchi hodisada – haqiqatga, keyingisida– ezgulikka, uchinchisida – go„zallikka munosabatini uchratamiz. Har uchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Fahm – aqliy, farosat –axloqiy, did–
1 Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 29 b. 54
estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Uchala qobiliyatning ham ibtidosi, tabiiy- tug„malikka borib taqalsa-da, ular o„zlarini asosan tarbiya, ijtimoiy munosabatlar orqali ro„yobga chiqaradi.” 1 deb ta‟kidlaydi. Demak fahm-farosat, did o„zaro uzviy aloqador bo„lib tarbiya jarayonida shakllanib boradi. Did – insonning aqliy, axloqiy va madaniy darajasiga qarab hayotiy voqealarga, san‟at asarlariga va kishilarning xulq-atvoriga estetik baho berish qobiliyatidir. Did muammosining murakkabligi shundaki, har bir kishining voqelikka estetik baho berishda (tafakkur ishtirokisiz bo„lmasa ham) ko„proq hissiy tomonlar hal qiluvchi rol o„ynaydi 2 . Jamiyatimizda shaxs ma‟naviyatini shakllantirish miqiyosi, birinchi navbatda oiladan boshlanadi. Umuman, oilada tarbiya, jumladan, estetik tarbiya, ya‟ni nafosat tarbiyasi masalasi dolzarb, ayni chog„da o„ziga xos va ko„p qirrali muammodir. Shuni aytish kerakki, o„zbek oilasida estetik tarbiyaning shakillanishida estetik didning o‟rni beqiyos. Tadqiqotchilar estetik didning darajalari haqida to„xtalganda nafosatni zavqlanish uchun emas, balki o„zining boshqalardan madaniyatliligini, o„qimishliligini ko„rsatish uchun bir vosita deb biladigan ikkinchi darajali-estetlar haqida ta‟kidlashadi. Estetik ong tizimida o„ziga xos o„rin tutuvchi estetik did eng nozik, ziddiyatli, murakkab shuningdek qiziqarli va dolzarb masalalardandir. Kant ta‟kidlagani kabi did haqida bahslashish ham mumkin va aksincha baxslashmaslik ham mumkin. Shuning uchun uning atrofidagi bahs bugun ham davom etayotir. Ammo “ommaviy madaniyat” deb nomlangan turfa rangda, turfa ohangda kirib kelayotgan ayrim san‟at asarlari yoshlar didining tubanlashuviga olib kelishi hech kimga sir emas. “Ommaviy madaniyat” “o„rtacha” iste‟molchiga mo„ljallangan bo„lib, tijorat, moddiy foyda ko„rish maqsadida original ma‟naviy mahsulotni ko„paytirish va tarqatish imkoniyatlarini anglatadi. 3
“Ommaviy madaniyat” yoshi, ijtimoiy va milliy toifasi jihatidan o„z iste‟molchisini aniq belgilab oladi, shunga mos badiiy-estetik usullar va qadriyatlar
1 Abdulla Sher, Bahodir Husanov Estetika/- Toshkent O zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 2010 94 b. 2 Mahmudov T. Estetik did haqida. T.,O‟zbekiston, 1964. –B.-23. 3 Большой энциклопедический словарь: философия, социология, религия, эзотеризм, политэкономия.– Минск, УП «Минская фабрика цветной печати»,2002. - С.483 55
tanlaydi, moddiy manfaat yo„lida turli vositalarni ishga soladi. Buning natijasida go„zallikka loqaydlik yoki uni buzib idrok etish, pastkashlikdan zavqlanish paydo bo„ladi. Binobarin, “estetik did insonning fikr-mulohazalarida, xulq-atvorlarida, xatti-harakatlarida, moddiy va ma‟naviy ijodi mahsulotlarida o„z ifodasini topadi“
1 , did bahosining umumiy yo„nalishini esa insonning ideallari va dunyoqarashi belgilaydi. Shunday ekan, did muammosi shaxsning kamoloti bilan uzviy bog„langan bo„lib, uning estetik madaniyati tarkibini tashkil qiladi. Mamlakatimizning 63 foizini tashkil qiladigan yoshlarni o„z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o„tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog„lom dunyoqarashga, estetik did, boy ma‟naviyatga ega, har qanday mafkuraviy taz‟yiq va ma‟naviy tahdidlarga zarba berishga tayyor etib tarbiyalash vazifasi dolzarb bo„lib hisoblanadi. Shuning uchun Prezidentimiz I.A.Karimov «Insonning yuksalishida ma‟naviyat olamining qanday ta‟sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma‟naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e‟tiborini bu masalalarga yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma‟naviy sog„lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog„liq vazifalarni aniq belgilab olish» 2 ,-zarurligini ko„rsatib o„tadilar. Yoshlarda estetik didni shakllantirish, ularning ma‟naviy olamida bo„shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog„lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg„usini shakllantirishga ehtiyoj sezilmoqda. O„zbekistonda har tomonlama rivojlangan, yetuk, estetik madaniyatli shaxsni tarbiyalash, barkamol inson qilib voyaga yetkazish, bilimli, malakali, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni kamol toptirish davlatimiz siyosatining ustuvor masalasidir. Bu jihatlar bevosita xalqimizning o„tmishini chuqur idrok etish, milliy qadriyatlarni e‟zozlash, jamiyatda demokratik tamoyillarni mustahkamlash, zamon bilan hamnafas yashashni talab etadi. Har bir shaxsning estetik madaniyatida
1 Falsafa. Qomusiy lug‟at.-Toshkent: Sharq, 2004. – 464 b. 2 Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 16-17 b. 56
milliylik va umuminsoniylikning birligini ta‟minlash va unga erishish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Zero, «ma‟naviy barkamol inson va jamiyat estetik qadriyatlarga befarq qaramaydi, aksincha, ularning rivojlanishi va ravnaq topishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi. Estetik madaniyati, estetik didi, fahm-farosati past inson hech qachon ma‟naviylikning cho„qqisiga chiqa olmaydi». 1
Estetik did shaxsning san‟at asarlarini go„zallik jihatidan baholashda muhim rol o„ynaydigan ko„rsatkichlardan biridir. Shaxsning estetik didi uning haqiqiy badiiy asardan zavqlanish va xunuklik va tubanlikka tanqidiy munosabati, shuningdek, mehnat faoliyatida go„zallikni idrok etish va yaratish jarayonida ko„zga tashlanadi. Shu nuqtai nazardan shaxsda estetik didni shakllantirish uchun uni tizimli olib borish ya‟ni, ijodiy faoliyatga yo„naltirilgan layoqat va qobiliyatlarni rivojlantirish ham taqozo etiladi. Bu esa insonda ijodkorlik, bunyodkorlik fazilatlarini yuzaga chiqaradi. Ma‟lumki haqiqiy san‟at asarlari, inson estetik didini rivojlantirish, axloqini poklantirishga xizmat qiladi. Hayotda estetik tasavvur va tuyg„ulardan ma‟lum darajada xabardor, adabiyot va san‟atdan muayyan bilimga ega, lekin xulq-atvori axloqiy talabga javob bermaydiganlar uchrab turishi ehtimoldan yiroq emas. Va, aksincha, axloqan yuksak, lekin estetik did-farosati va qarashlari o„ta sodda yoki rivoj topmaganlar ham yo„q emas. Axloq va nafosat inson ma‟naviy olami va faoliyatining ikki qirrasidir. Shuning uchun shaxsda sog„lom estetik didni, san‟atni tushunish qobiliyatini tarbiyalash, undan ma‟naviy bahra olish imkoniyatlarini kengaytirish axloqiy tarbiya bilan uyg„un olib borilishiga katta ehtiyoj sezilmoqda. Bugungi ma‟naviy-madaniy islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan. “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”da ta‟limning ijtimoiylashuvi, ta‟lim subyektining estetik dunyoqarashi, yuksak ma‟naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashini shakllantirish ayni shu maqsadlarni ko„zda tutadi. Zero estetik bilim va didning e‟tiqod va xatti-harakat normalariga aylanishi natijasida har bir insonda, uning hayotda va dunyoni “go„zallik qonunlari bo„yicha” o„zgartirishda
1 Umarov E, Abdullayev M. Ma‟naviyat asoslari. –Toshkent: Sharq, 2005. – 10 b. 57
uchraydigan xunuklik va tubanlikka qarshi faol kurashuvchanlik namoyon bo„ladi. Bunda, didsiz, badiiy sayoz va g„oyaviy jihatdan tuturuqsiz asarlarga qarama- qarshi tarzda yoshlarni vatanparvarlik, rostgo„ylik, haqsevarlik, xushmuomalalik, sharqona axloq va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalashga qodir adabiyot va san‟at erkin so„z, erkin fikr va ozod inson dunyoqarashini, uning badiiy-estetik madaniyatini shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega bo„ladi. Shuning uchun mamlakatimizda san‟atga, badiiy adabiyotga katta e‟tibor qaratilmoqda. Ma‟lumki yoshlarning estetik didi kundalik amaliyotda, jamoat va mehnat amaliyotida, xilma-xil ijtimoiy-tarixiy omillar ta‟sirida shakllanib, rivojlanib boradi. Estetik faoliyatning ham subyekti, ham obyekti hisoblangan shaxsning estetik ehtiyoji va didi u mansub millatning tarixiy shakllangan an‟ana va mezonlari, shuningdek, o„ziga xos tabiiy-hududiy, geografik va ijtimoiy hayot sharoitlariga bog„liq bo„ladi. Bugun globallashuv jarayonida esa internet va televideniyaning yoshlar ma‟naviyati, didiga ta‟sir kuchi ortib bormoqda. Mana shu o„zgarib borayotgan jamiyatda kompyuter, internet, uyali aloqa vositalari va boshqa zamonaviy texnika-texnologiyalarni rivojlanib, takomillashib borishi natijasida, yoshlarimiz zamonaviy texnologiyalarni boshqarish, ulardan samarali foydalanish sirlarini o„rganib o„z bilim salohiyatlarini oshirib bormoqdalar. Keyingi yillarda respublikamizda xalqaro tarmoqdan foydalanuvchilar soni bir necha barobarga oshdi. Xususan, 2011 yil iyul oyi holatiga ko„ra, 7,7 mln.ni (shundan 4,27 mln.i mobil internet foydalanuvchisi) tashkil etdi, bunda har 1000 ta odamga-261 ta foydalanuvchi to„g„ri keladi. 1 Albatta, bu foydalanuvchilar auditoriyasida yoshlar ham mavjud. Bugungi kunda dunyo bo„ylab o„z manfaatlarini keng yoyishning eng maqbul usuli - axborot xurujlari bo„lsa, eng samarali vosita-axborot tizimlari va vositalari hisoblanadi. Bu yerda asosiy axborot iste‟molchilari sifatida yoshlar namoyon bo„ladi. Ularning ongini va dunyoqarashini yot mazmundagi g„oyalar bilan zaharlashga qaratilgan ma‟lumotlar Internet kontentning katta qismini tashkil etadi. Turli ijtimoiy tarmoqlar, forumlar, tanishuv saytlarining faoliyat yuritishi yoshlarni o„ziga tezda jalb qiladi.
1 Итоги деятельности в сфере связи и информатизации за первое полугодие 2011 года. www.aci.uz. 58
Bugungi kunda o„z joniga qasd qilishning oson yo„llarini targ„ib qiluvchi 9 mingga yaqin, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod, 12% pornografik xarakterga ega saytlar mavjud, 42% bolalar va o„smirlar onlayn pornografiya ta‟siriga tushmoqda, 49% kompyuter o„yinlari zo„ravonlik va yovuzlik ruhida, 41% o„ta jangari (beshavqat urushlar, o„ldirishlar, otishmalar, portlashlar va hokazo) ekanligi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Shunday ekan, milliy tarmoqda yoshlarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning dunyoqarashi, qiziqishlaridan kelib chiqib, bevosita yosh avlod manfaatlari va muammolarini qamrab oluvchi ma‟nan mazmunli, yoshlarda estetik did va dunyoqarashni shakllantirishga hissa qo„shadigan zamonaviy mavzulardan iborat internet saytlari yaratish nihoyatda muhimdir. Estetik did tarbiyasi inson shaxsi kamolotida katta rol o„ynaydi, uning asosiy vositalari sifatida bugun san‟at bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari va dizayn ham namoyon bo„lmoqda. Ushbu vositalardan unumli foydalanish jamiyat estetik didining rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Insonning jamiyatdagi o„rni estetik ongi va didining darajasiga ham bog„liq bo„lib, estetik didi qanchalik yuqori bo„lsa mehnati shunchalik mazmunli, unumli va foydali bo„ladi, o„z mehnatidan bahra oladi. Estetik did masalasi shaxs, jamiyat va millat madaniyati uchun katta ahamiyatga ega ekani ravshan bo„lib turibdi. Estetik ongning eng faol va muhim unsuri estetik did tarbiyasiga shuning uchun ham katta e‟tibor qaratiladi. Estetik did insonni o„rab turgan muhit orqali shakllanadi. Inson go„zal buyumlar va narsalar olamida yashasa, g„oyaviy-estetik jihatdan yetuk badiiy asarlar bilan muloqotda bo„lsa, go„zallikdan zavqlanishni o„rganadi. Shunday ekan mavjud texnik imkoniyatlardan, audio-videoroliklar, multimedia kabi zamonaviy vositalardan maqsadli va unumli foydalanish, odamlarda atrofga daxldorlik, bunyodkorlik va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga e‟tibor har qachongidan ham muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Zero, jamiyat madaniy muhitini barqarorlashtirish uchun badiiy-estetik muhitni yuzaga keltirish va rivojlantirishda nafaqat ijtimoiy hayotning yaxlitligi, shu bilan birga, har bir insonning estetik
59
qobiliyatlarini shakllantirish, uning jamiyat estetik qadriyatlarini ko„paytirishdagi faolligini ta‟minlash muhim ijtimoiy vazifa sanaladi. Estetik did har kimda har xil bo„lishini, unda subyektiv mushohada kuchli ekanini yaxshi bilamiz. Ayni paytda shuni ham nazarda tutish lozimki, did yagona, mutlaq estetik hodisa emas, u ham muayyan nisbiylik tabiatiga ega. Tadqiqotchilar ta‟kidlaganidek, uning to„rt xil darajasi haqida fikr yuritish mumkin, bu darajalar odamlarning mavqei, saviyasi, madaniylik toifasi bilan bog„liq. Birinchisi, estetik obyektni qanday bo„lsa, shundayligicha, aniq bir reallik tarzida idrok etuvchi subyektiv fikri ojiz, biror obyektni hamma zo„r desa, zo„r ekan deb qaraydigan faqat jo„n idrok etishga asoslangan did. Ikkinchisi, uning aksi – nafosatni zavqlanish uchun emas, balki o„zining boshqalardan madaniyatliligini, o„qimishliligini ko„rsatish uchun bir vosita deb biladigan, zavqlanishni murakkab tahlil bilan almashtiradigan did egalari. Ularni odatda, nafosatbozlar-estetlar deb ataymiz. Uchinchisi, bejamadorlikdan, yaraqlab turadigan narsa-hodisalardan hayratlanadigan, modaparast did egasi. To„rtinchisi, milliy va umumbashariy estetik qadriyatlardan zavqlanadigan, ularni, baholay oladigan, badiiy soddalikni anglay biladigan kishilar didi. Estetik ong tizimida o„ziga xos o„rin tutuvchi estetik did eng nozik, ziddiyatli, murakkab shuningdek qiziqarli va dolzarb muammolardan biridir. Estetik didning o„ziga xos xususiyatlaridan biri uning voqelikka, narsa yoki hodisaga ilk ko„rgan holatda beriladigan bahoda namoyon bo„ladi. Ilk bor ko„rib turgan san‟at asari, mutoala qilingan kitobga mushtariy yoshi, kasbi, ma‟lumoti darajasiga ko„ra “yoqadi yoki yoqmaydi” deya baho beradi. Bu oddiygina «yoqadi yoki yoqmaydi» so„zlari orqali ifodalansada bizning estetik didimiz, dunyoqarashimiz, madaniyatimizni namoyon etadi. Did shunchaki baho emas, narsa - hodisa estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish orqali yuzaga keladigan xulosadir. Ammo did yagona, mutlaq estetik hodisa emas, u har kimda har xil bo„lib, subyektiv mushohada kuchli. Shuning uchun ingliz faylasuflarida biri Devid Yum did haqida bahslashmaydilar, ya‟ni har kimning didi har xil degan fikrni ilgari surgan. Ammo shunday estetik qadriyatlar borki, ular idrok etilganida
60
bahslashish mumkin emas. Masalan buyuk musavvirlar Botichellining «Veneraning tug„ilishi», Rafaelning “Konestabil madonnasi”, yuz minglab yoki millionlab shaxslar va qator zamonlar tan olgan. Bu kabi qadriyatlarni «menga yoqmaydi», deyish didsizlik belgisidir. Mana shu jihatning o„zi uning faqat alohida insonga xos bo„lgan, ammo, jamiyat uchun ham muhim ekanligini, ya‟ni «shaxsiy masala» emasligini ko„rsatadi. Did haqida olmon faylasufi Kant did haqida bahslashish ham mumkin va aksincha baxslashmaslik ham mumkin degan antinomiyani o„rtaga tashlaydi. Darhaqiqat, bu uch xil did o„ziga xos subyektiv kechinmalarga asoslansa-da, ularning umumiy obyektiv ildizlari bir, ular gullardagi go„zallikni turli xil shaklda ko„radilar va bu holat tabiiy. Shu sababli har uch did ham hurmatga, e‟tiborga loyiq. Shunday ekan didning turli darajasi haqida fikr yuritish mumkin, bu odamlarning mavqei, saviyasi, madaniylik toifasi bilan bog„liq bo„lib ushbu baho orqali inson tajribasi, u yashayotgan jamiyat, davr qarashlari ham ma‟lum ma‟noda aks etadi. “Estetik did his-tuyg„u va tafakkur birligi, inson o„zligini ifodalovchi, bir vaqtning o„zida ham uning, ham unga berilgan baho hamdir. Bugun har bir shaxsning yuksak estetik didga erishishi zamon talabidir. Chunki estetik did egasigina haqiqiy erkin fikrlash salohiyatiga, go„zallikni ko„rish va uni yaratishga qodir bo„ladi. Shuning uchun ham estetik tarbiyaning muhim vazifalaridan biri insonda estetik didni shakllantirishga qaratilganidadir. Chunki insonning jamiyatdagi o„rni estetik ongi va didining darajasiga ham bog„liq bo„lib, estetik didi qanchalik yuqori bo„lsa, mehnati shunchalik mazmunli, unumli va foydali bo„ladi, o„z mehnatidan bahra oladi.” 1
Estetik did fahm-farosat, idrok qobiliyat kabi insoniy qobiliyatlarni o„z ichiga oladi. Ammo bu qobiliyat tarbiyalab borilmas ekan u estetik did darajasiga chiqa olmaydi. Inson did bilan kiyinishi, uyi zamonaviy jihozlar-yu, jahon adabiyotining nodir namunlari bilan to„la bo„lgani uchungina estetik didi yuksak deb baho berish doim ham to„g„ri bo„lavermaydi. Ba‟zi kishilar borki nafosatni zavqlanish uchun
1 Abdullayeva N. Estetik did tarbiyasi. Yoshlik 2010-y. 14 b. 61
emas, balki o„zining boshqalardan madaniyatliligini, o„qimishliligini ko„rsatish uchun bir vosita deb biladi. Shunday ekan ularning mohiyatini anglab yetishi, san‟at asarlarini o„qib baholay olishi, haqiqiy san‟at asarini qadrini bilgani uchun yuksak did sohibi deyish to„g„riroq bo„ladi.To„g„ri, badiiy did estetik didga nisbatan xususiy, tor qamrovli, lekin shuning barobarida estetik didning asosini tashkil etishini nazarda tutganda insonning san‟at asarlarini tahlil qila olish va to„g„ri baho berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik did masalasi shaxs, jamiyat va millat madaniyati uchun katta ahamiyatga ega. Negaki jamiyatda yuksak didli kishilar qancha ko„p bo„lsa uning madaniyat darajasi yuksaladi, jamiyat farovonlashadi. Alohida insonning estetik didi shu jamiyat madaniyati darajasida namoyon bo„ladi. Shu sababli estetik did tarbiyasiga doim e‟tibor qaratilgan. Estetik tarbiya inson ma‟naviy kamolotida muhim o„rin tutuvchi omillardan biri bo„lib, biror kishining xoxish - istagi tufayli emas, jamiyatning qonuniy ehtiyojlaridan kelib chiqadigan zaruriyatdir. “Ayniqsa estetik did murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg„unlashgan umumiylikdan iborat”. 1
Estetik did tarbiyasining uch asosiy ildizi mavjud bo„lib bular go„zallik, san‟at va badiiy ijoddir. Inson go„dakligidanoq go„zalikka oshno bo„ladi. Endi dunyoga kelgan, hali ijtimoiylashmagan go„dak beshikda yotar ekan, beshikka osig„liq rangli o„yinchoqdan zavqlanadi, ona allasini eshitib orom oladi. Keyinchalik tabiat go„zalliklarini anglay boshlaydi. Oila estetik tarbiyaning ilk maskanidir. Sharqning buyuk pandnomalarida biri “Qutadg„u bilig”da O„g„il-qiz tug„ilsa, yaxshi bilki , bas, uyda tarbiya qil, boshqa yerdamas deyiladi. Bola estetik didi, fahm-farosatini shakllanishida oila ayniqsa ota-onaning alohida o„rni bor. Unda go„zallikni anglash, san‟atdagi go„zallikni his qilish va ijodkorlik qobiliyatini oila tarbiyalaydi. Negaki estetik did ta‟lim-tarbiya maskanlari bilan birga san‟at vositasida takomillashib boradi. Aynan badiiy adabiyot estetik did tarbiyasida o„ziga xos xususiyatlarga egadir. Go„dak ilk dunyoni tanigandanoq alla eshitadi, keyinchalik
1 Abdulla Sher, Bahodir Husanov Estetika/- Toshkent O zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 2010 94 b. 62
ertaklar olamiga oshno bo„ladi. Ertakdagi ijobiy qahramonlarning hatti-harakati, kiyinishi, yurish- turishiga taqlid qiladi, ularga o„xshashga harakat qiladi. Milliy mentalitetimizga to„g„ri kelmaydigan badiiy asarlar, multfilm yoki kinofilmlar estetik didni takomillashtirishga qodirmi? Bu eng dolzarb masalalardan bo„lib prezident Islom Karimov bu xususda: “Biz uchun axloqiy jihatdan noma‟qul, milliy qadriyat va qarashlarimizga yot bo„lgan, lekin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib kelayotgan mana shunday ko„rinishlarni bamisoli yuqumli kasallik deb qabul qilishimiz lozim. Va ayni shu asosda bunday xurujlarning o„ta xavfli holat ekanini anglashimiz zarur. Nega deganda, agar insonning qulog„i yengil-yelpi, tumtaroq ohanglarga o„rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma‟naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi hech gap emas” 1 deb ta‟kidlab o„tdi. Bu esa san‟atkorlardan juda katta mas‟uliyat talab etadi. San‟atkorning didi qanchalik yuqori bo„lsa, faoliyatining kishilar ongida aks-sado berishi samarali bo„ladi. San‟atkor jamiyatning faol a‟zosi sifatida asarlarida o„zini namoyon etadi va o„quvchiga estetik ta‟sir etadi. Shuning uchun bugun ijodkorlarimiz estetik didga ega bo„lishi, milliy san‟at, urf-odat va an‟analarni bilishi va milliy qadriyatlarimizni asarlarida aks ettirishi orqali ma‟nan yuksak, axloqan barkamol avlodni tarbiyalashda muhim hissalarini qo„shishlari lozim. Zero, musiqa, badiiy adabiyot, kino san‟ati estetik did tarbiyasida muhim o„rin tutadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni idrok etish, avvalambor, shaxsda shakllangan estetik did mazmuni va darajasiga bog„liq bo„ladi. Binobarin, did estetik hayrixohlik va yoqtirmaslikning muayyan barqaror tizimidir. Did hukmi predmet, hodisa va jarayonlarni go„zallik yoki xunuklik, mukammallik yoki nouyg„unlik, muvofiqlik yoki nomuvofiqlik nuqtai nazaridan baholashdir. Inson o„ziga yoqqan narsalar bilan atrofini to„ldirishga harakat qiladi. Estetik did muloqotning muayyan muhiti va xulq-atvorni tanlab olishga ta‟sir ko„rsatadi,
1 Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 143 b. 63
muayyan me‟yor (norma) tariqasida gavdalanadi. Bu esa uning bevosita fahm- farosat bilan bog„liqligini ko„rsatadi. Estetik did, ayniqsa, shaxsning tabiiy, ijtimoiy hodisalar hamda san‟at asarlarini go„zallik jihatidan baholashda muhim rol o„ynaydi, bar-kamollik ko„rsatkichlaridan biridir. Estetik did haqiqati subyektiv bahoning obyektiv estetik hodisalarga muvofiq kelishiga bog„liq bo„ladi. Shaxsning estetik didi uning haqiqiy badiiy asardan zavqlanish va xunuklikka emotsional-tanqidiy munosabati, shuningdek, mehnat, xulq-atvor, turmush, san‟atdagi go„zallikni idrok etish, kechirish va yaratish ehtiyojida ko„zga tashlanadi. Yomon estetik did go„zallikka loqaydlik yoki uni buzib idrok etish, pastkashlikdan zavqlanishda namoyon bo„ladi. Binobarin, “estetik did insonning fikr-mulohazalarida, xulq-at-vorlarida, xatti-harakatlarida, moddiy va ma‟naviy ijodi mahsulotlarida o„z ifodasini topa- di”
1 , did bahosining umumiy yo„nalishini esa insonning ideallari va dunyoqarashi belgilaydi. Shunday ekan, did muammosi shaxsning kamoloti bilan uzviy bog„langan bo„lib, uning estetik madaniyati tarkibini tashkil qiladi. Respublikamizda yoshlarning fahm-farosta va estetik didini yuksaltirish orqali ma‟naviy kamolotini ta‟minlashga qaratilgan keng ko„lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning bevosita yoshlarning badiiy-estetik didini tarbiyalashga oid “Yuksak ma‟naviyat-engilmas kuch”, “Adabiyotga e‟tibor- ma‟naviyatga, kelajakka e‟tibor” kabi asarlarida fuqarolik jamiyati va demokratik davlat sharoitida yuksak estetik madaniyatni qaror toptirishning konseptual masalalari o„z ifodasini topgan. O„zbekistonda teatr va musiqa san‟atini, milliy raqs va xoreografiya san‟atini rivojlantirish, musiqiy ta‟lim, madaniyat va san‟at o„quv yurtlari faoliyatini yaxshilash, xalq badiiy hunarmandchilik va amaliy san‟atni ravnaq toptirish, 2009-2014 yillarda bolalar musiqa va san‟at maktablari- ning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini yaxshilashga mo„ljallangan ko„plab rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi avvalambor yoshlarda badiiy-estetik didni tarbiyalash masalasiga qaratilgandir. Lekin bu sohada
1 Falsafa. Qomusiy lug‟at. –Toshkent: Sharq, 2004. – 464 b. 64
fundamental ilmiy tadqiqotlar, konkret-sotsiologik izlanishlar yetarli emasligi o„z- o„zidan ravshan. Shunday ekan, shaxsda fahm-farosat, estetik didni tarbiyalash, san‟atni tushunish qobiliyatini tarbiyalash, undan ma‟naviy bahra olish imkoniyatlarini kengaytirish, ezgulik, go„zallik fazilatlarini ma‟naviy-axloqiy qiyofasida shakllantirishda estetik madaniyat ta‟sirining ortib borishiga katta ehtiyoj sezilmoqda. Hozirgi zamon estetikaning turli nazariya va kategoriyalari ya‟ni estetik tajriba, estetik ong, estetik tarbiya, estetik qadriyat va ideal bilan birgalikda ayniqsa, estetik did singari tushunchalar keng qo„llanilmoqda. Bu esa o„z navbatida estetik didning shakllanish jarayonlariga ta‟sir etuvchi omillarni tadqiq etishni taqozo qiladi. Estetik did shakllanish darajasi doimiy va uzluksiz ta‟lim tizimiga bog„liq bo„lib, u shaxsning o„z ruhiy holati va harakati haqida fikr yuritishida shakllanadi. Estetik did inson faoliyatining aniq bir maqsadga qaratilishini ifodalab, eng yaxshi natija beradigan yutuqlarga yo„naltirilganligi bilan ham ahamiyatlidir. “Menga yoqadi” va “Menga yoqmaydi” bu ikki so„z bilan ba‟zan juda sezgir, tafakkuri uzoqni ko„ruvchi va tajribakor kishi asl estetik mohiyatini bayon etib qo„yishi ham ehtimol. Lekin odatda har kim o„z didini himoya qilishga va o„z yuragi ovoziga, hissiyotiga quloq solishga majbur bo„ladi. Estetik did – estetik afzal ko„rish va mo„ljal tizimi bo„lib, shaxsning madaniyati asosida hamda estetik taassurotlarni ijodiy qayta ishlash jarayonidir. Insonning estetik tajribasi qanchalik boy bo„lsa, uning didi shunchalik o„tkir bo„ladi va o„ziga nima yoqishi-yu, nima ma‟qul kelmasligini biladi. Ammo estetik did har kimda har xil bo„lishini, unda subyektiv mushohada kuchli ekanini yaxshi bilamiz. Buyuk ingliz faylasufi Devid Yum shundan kelib chiqib, did haqida bahslashmaydilar, ya‟ni har kimning didi har xil degan fikrni ilgari surgan. Lekin shunday estetik qadriyatlar borki, ular muayyan zamon, ijtimoiy hayot, umummilliy, umuminsoniy madaniy daraja bilan shartlanadi. Ular idrok etilganida bahslashish mumkin emas.Chunki bunda bir-ikki odamning yoki guruhning didi
65
o„zgacharoq bo„lsa, xususiylikka nisbatan maxsus e‟tiborini qaratish shart emas ularning fikri sukut saqlash yo„li bilan inkor etiladi. Chunki yuz minglab yoki millionlab shaxslar va qator zamonlar tan olgan qadriyatni “bu menga yoqmaydi”, deyishga hech kimning ma‟naviy haqqi yo„q, agar shunday deydiganlar topilsa, ularning didi, aytilganidek, e‟tiborga noloyiq. Shuning uchun ham Kant o„zining did haqida bahslashish ham mumkin va aksincha bahslashmaslik ham mumkin, degan mashhur qoidasini, o„ziga xos antinomiyani o„rtaga tashlagan holda, bu dunyo o„z “jamolini” hamisha insondan sir tutadi degani emas 1 , degan tushunchani ham ilgari surgan. Kantning haqligini quyidagi misolda yaqqol ko„rish mumkin. Masalan ikki insonga ikki xil avtomobil rusumi yoqadi. Bu holatda ularning birortasini tanqid qilib bo„lmaydi, chunki har ikki did o„ziga xos subyektiv kechinmalarga asoslansa-da, ularning umumiy obyektiv ildizlari bor, ular avtomobillardagi go„zallikni ikki xil shaklda ko„radilar va bu holat tabiiy. Biri undagi foydalilik asosini, ikkinchisi esa shakl bilan bog„liq go„zallikni ko„rishi mumkin. Shu sababli har ikki did ham o„ziga xosdir. Shunday qilib, umumbashariy yoki umuminsoniy estetik qadriyat sifatida tan olingan estetik obyektlar haqida bahslashilmaydi, ular barcha rasmona did egalari tomonidan yuksak baholanadilar. Ishlab chiqarishning o„ziga xosligi va madaniy qadriyatlarga bo„lgan ehtiyoj natijasida madaniyatshunos olimlar tomonidan madaniyatning ikki sotsial, jumladan, ommaviy va elitar madaniyat shaklini ajratish imkoni paydo bo„ldi. Ommaviy madaniyat madaniyat mahsulining shunday turiki, har kuni katta hajmda ishlab chiqariladi. Ommaviy madaniyatni barcha kishilar, yashash joyi va davlatidan qati‟y nazar iste‟mol qilishiga mo„ljallanadi. Bu madaniyat kundalik hayotda turli ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalari orqali keng auditoriyani qamrab
olishi bilan
xarakterlanadi. M.Quronov va F.Esonboboevlarning «Gibrid olmadan gibrid odamgacha yoxud “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi g„arazli maqsadlar haqida» deb nomlangan risolasida ta‟kidlaganlaridek: «Xayolini “ommaviy madaniyat” vasvasasi band etgan odamdan “Ro„zi Chorievning “Tong” asari qanday?” deb so„rasangiz “Zo„r” deydi.
1 G‟arb falsafasi. –T.:Sharq, 2004. B. -468. 66
“Nimasi zo„r?” desangiz u yelka qisib qo„ya qoladi. Nega deganda, u kartinaga qaraydi, lekin hech narsani sezmaydi. Boshqalar nimani “zo„r” desa, o„shani “zo„r” deb yuraveradi. Shu tariqa “ommaviy madaniyat” shaxsning didini o„ldirib, millionlab odamlarni mustaqil fikrdan, shaxsiy munosabatdan, demak, o„zligidan, “men”idan judo qiladi» 1 deyiladi. Demak, bundan ko„rinib turibdiki, shaxsning ommaviy madaniyat ta‟siriga tushishning asosiy sababi unda yetarli darajada estetik didning shakllanmaganligidadir. Bundan ko„rinib turibdiki, estetik did murakkab va bahs talab kategoriya sifatida turli davrlarda faylasuf, san‟atshunos va jamiyatshunos olim hamda mutaxassislar tomonidan turli nuqtai nazardan talqin etib o„rganilib kelingan. Xususan, XVIII asr G„arb olimlari tafakkurida did haqida ko„pgina fikrlar ilgari surilgan. Jumladan, san‟at nazariyotchisi Sh.Bate did insonning tug„ma xususiyati bo„lib, tabiat va san‟atdagi go„zallikka yo„naltirilgan zavqlanish asosini berishda namoyon bo„ladi. U ishonadiki, “jamiyatda faqat birgina yaxshi did mavjud bo„lib, lekin xususiy savollarda bir-biridan farq qiladigan didlar bo„lishi mumkin” 2 .
fahmlilik, ozuqalarning xususiyatini farqlay olish qobiliyati bo„lib, hamma biladigan majoziy tilni keltirib chiqardi. Qayerda “did” so„zi bo„lsa, san‟atdagi go„zallik va xunuklikning ma‟nosini anglatib, badiiy did esa sifatiga mulohaza qilib, til va tanglaydek, qancha hissiyotli va yaxshilikka o„ch bo„lsa, shuncha xunuklikka toqatsizdir...” 3 . O„xshashligiga ko„ra did ozuqasini u badiiy did, yoqimsiz did va buzuq didlarga ajratadi. Ingliz faylasufi D.Yumning fikricha, did tabiat va san‟atdagi go„zallik va xunuklikni farqlash ekan, asarlar ta‟sirida hissiy reaksiya estetik baho shaklida tilimizda ifodalanadi. XVII asrdan XIX asrgacha did muammosi bo„yicha estetikada bahslar kechdi: did ratsional xarakterga egami yoki irratsional. U aqlga tayanadimi yoki
1 M.Qurbonov va F.Esonboboyev “Gibrid olmadan gibrid odamgacha yoxud “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi g‟arazli maqsadlar haqida”. T., “Muharrir”, 2010, 16 b. 2 История эстетики. Памятники мировой эстетической мысли. Т.2. – М., 1964. – С.389. 3 Вольтер. Эстетика. Статьи. Письма. Предисловия и рассуждения. – М., 1974. – С.267- 268. 67
hissiyotgami, did tug„mami yoki tarbiviy qobiliyatga egami. Fransiyada Bualo, Bate, Monteske, Volter va boshqalar asarlarida did ratsional yechimini topdi. Bualo Dekart ratsionalistik falsafasining mazmuni ta‟siri ostida did asosan qadimgi san‟at asarlarini o„rganish va fahm, idrokka tayanib asoslanishi lozim. “Yaxshi did” chinakam san‟at va go„zallikning mezoni hisoblanadi. Didga ratsionalistik sharh berishda fransuz estetikasi haqiqatga o„xshashlik, fahm, idrokni va aniqlik kabi asosiy belgilari sifatini e‟tirof etgan 1 .
ma‟naviy mazmun kasb etib Sheftsberi, Xomlar haqiqiy did aql va bilimga emas, balki insonning fe‟li, xarakteri va turli affektlarga bog„liq bo„lishini isbotlashdi. Did tanglik qoidasi bilan ergashish bo„lmay, haqiqat hissi borliq, tabiat bilan mos kelishida namoyon bo„ladi. Xetcheson keyinchalik esa Byork ommaviy estetik didni o„rnatishdi, busiz did haqidagi fan, ya‟ni estetika mavjud bo„lmas edi. Subyektiv did tafovutiga qaramay, barcha kishilar psixofiziologik tuzilishga ega. Ularning fikricha, did turli kishilarning yagona fikridan kelib chiqadi. Did subyektivligini davom ettirgan yo„nalish shuni ta‟kidlaydiki, Yum uni absolyutlashtirib, did haqida bahslashmaydilar deb tasdiqladi (“Did mezoni”, 1757). Germaniyada did muammosi Vinkelman, Zulser, Gottshed va boshqalarning asarlarida o„z ifodasini topdi. Kant o„zining “Muhokama qobiliyatining tanqidi” (1790) asarida did nazariyasining asosiy qiyinchiligini belgilab berdi. Did bir vaqtning o„zida va jamoatchilik, individual tomonidan e‟tirof etilgan, hamma uchun bajarilishi shart bo„lgan, ayni vaqtda individninggina xarakteriga bog„liq bo„lgan, hech qanday aql-idrok qoidasiga bo„ysunmaydigan bo„lishi kerak. Hech qanday isbot va dalil insonning go„zallikni tan olishiga, unga nima yoqmasligini majbur qila olmaydi. Yuqorida e‟tirof etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo„lsak, estetik did masalasi shaxs, jamiyat va millat madaniyati uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ko„rishimiz mumkin. Shu sababli estetik did tarbiyasi har doim ham muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Ayniqsa, mustaqil diyorimizda
1 Дидро Д., Собр. соч., т. 6, М., 1946, с. 539. 68
halqimizning tenglar ichida teng bo„lib, jahonga rosmana chiqishi uchun estetik did tarbiyasi alohida ahamiyatga ega. Biz qurayotgan erkin fuqarolik jamiyati va unda har bir shaxsning yuksak estetik didga erishishi bugungi davr talabidir desak mubolag„a bo„lmaydi. Chunki faqat yuksak estetik did egasigina haqiqiy erkin fikrlash salohiyatiga, dunyoni, Vatanni, hayotni go„zallik prizmasi orqali ko„ra bilish qobiliyatiga ega bo„la oladi.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling