O’zbekiston milliy universiteti
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
fahmfarosataql birligining shaxs tarbyasidagi ahamiyati.
3.2. Shaxsni axloqiy-estetik jihatdan kamol toptirish jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida Mustaqilligimiz e‟lon qilinishi bilan jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini isloh etish bilan bir qatorda yosh avlodni tarbiyalash, mustaqillik g„oyalarini chuqur idrok etib, uni mustahkamlash ishiga jalb etish muhim masalalardan biri sifatida kun tartibiga qo„yildi. Yoshlarni siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga jalb qilish, ularning islohotlardagi faol ishtirokini ta‟minlash orqali ularning demokratik yangilanish jarayonlarining ishtirokchisi sifatidagi roli yanada ortdi. Negaki aholimizning 64 foizini yoshlar tashkil etadi. Shunday ekan yoshlar endi nisbatan ustuvor ahamiyatga ega shaxsdan jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan, uni amalga oshiradigan etakchi kuchga aylanmoqda. Yoshlarning intellektual qobiliyatlari, kasbiy malakasi, ma‟nan va ruhan barkamollik kabi ijtimoiy sifatlari butun jamiyatning rivojlanish darajasiga ijobiy ta‟sir ko„rsatmoqda. Bunday tendensiyalar yoshlarning alohida ijtimoiy demografik qatlam sifatida siyosatning faol subyektiga aylanib borayotganini ko„rsatadi. Xuddi mana shu omillarni nazarda tutib, Prezidentimiz I.A.Karimov: «Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e‟tiborni talab qiladi. Bugun yoshlarning jamiyat hayotidagi o„rni va mavqeini yanada yuksaltirish o„ta muhim masaladir», deb ta‟kidlagan edilar. Shu munosabat bilan hozirgi davrda o„sib kelayotgan avlodning muammolarini o„rganish, tahlil qilish va shu asosda ularning yechimini topish ehtiyoji tobora ortib bormokda. “Faqat ana shunday asosda yoshlarni o„z fikriga
69
ega, turli ma‟naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo„lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin”. 1
Darhaqiqat, mamlakatimiz ijtimoiy-ma‟naviy hayotini tubdan yaxshilash, madaniyat, ma‟rifat, axloq, ayniqsa estetika bilan bog„liq muammolarning ilmiy- nazariy yechimini topish masalalari bevosita va bilvosita ta‟lim-tarbiya jarayonlariga, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalash ishlarini takomillashtirishga bog„liq. Bu esa shaxsda axloqiy-estetik fazilatlarni shakllantirish masalasiga bevosita bog„liq. Shunday ekan, ayniqsa, yoshlar axloqiy-estetik tarbiyasiga alohida e‟tibor berish-zamonning dolzarb talabi bo„lib bormoqda. Shu bois “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da uzluksiz ta‟limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillaridan biri: “Ta‟limning ijtimoiylashuvi – ta‟lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma‟naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish”, deb aniq belgilab qo„yilgani bejiz emas. S huningdek insonga xos bo„lgan xususiyatlarga axloqiy va estetik jihatdan yondoshadigan bo„lsak, uni avvalo - aql, farosat va didning, tafakkur, tasavvur va xotiraning mavjud bo„lishi, fazilat, xislat va tarbiyaning mustahkamligi, nafosat, go„zallik va ulug„vorlikni his eta bilishi kabilar bilan belgilanishi ta‟kidlash lozim. Zero bu sifatlar obod turmushning asosiy axloqiy va estetik asoslarini tashkil qiladi. S haxsda ushbu sifatlarni tarbiyalashda ta‟lim va tarbiyaning roli g„oyat yuksakdir Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinib, uning negizida avvalo akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini barpo etishga alohida e‟tibor qaratilib, o„tgan vaqt oralig„ida 1500 dan ziyod litsey va kollejlar qad rostladi. Yurtboshimiz tomonidan 2004-2009 yillarga mo„ljallangan «Maktab ta‟limini rivojlantirish umummilliy dasturi»ning qabul qilinishi natijasida maktablardagi ta‟lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Ushbu dasturga muvofiq, yurtimizda mavjud bo„lgan o„nmingga yaqin umumta‟lim maktabining moddiy-texnik
1 Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 127 b. 70
baz‟asini mustahkamlash, ta‟lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, o„qituvchilarning mehnatini moddiy va ma‟naviy rag„batlantirish bo„yicha kata ishlar qilinmoqda. Ta‟lim tizimini isloh qilish nafaqat shahar, balki avvalo qishloq va tumanlardan boshlanishi ko„zda tutildi. Natijada, xalqimizning boy tarixi, manfaati va istiqboli ma‟naviyati, madaniyati, qadriyatlari va urf-odatlarini o„rganish va e‟zozlash, yurtimizni yanada obod va go„zal etish maqsadida olib borilayotga nishlar o„z samarasini bermoqda. O„zbekistonda olib borilayotgan barcha islohotlar inson manfaatiga, barkamol, sog„lom avlodni tarbiyalash va unima‟naviy-axloqiy jihatdan yetuk va ijtimoiy faol qilib voyaga etkazish, obod turmush tarziga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta‟kidlaganlaridek, «Biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma‟naviyat va axloqiy qadriyatlarga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e‟tibor qaratadi. Bu jarayon milliy istiqlol g„oyasi va mafkurasiga, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga asoslanadi. Jamiyatni ma‟naviy yangilishdan ko„zlangan bosh maqsad - yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligiga va farovonligiga erishish komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag„rikenglik kabi ko„p-ko„p masalalardan iborat». 1 dir Shaxsni bilimli, mas‟uliyatli, siyosiy jihatdan idrokli, huquqiy, savodxon, axloqan pok va ma‟naviy barkamol bo„lib o„sishida estetik taffakur va estetik ma‟daniyat ravnaqining ahamiyati katta. Yuksak estetik didli bo„lish, nafosatni fahmlay bilish va qadrlay olish, badiiy madaniyatni tushunish, o„z hayotini nafosat qonunlariga ko„ra bilish – har bir insonning eng zaruriy fazilatidir. 2
Mustaqillikni mustahkamlashda, kelajagi buyuk davlatni barpo etishda ana shunday barkamol avlodni, estetik madaniyati yuksak bo„lgan shaxsni tarbiyalashdek ma‟suliyatli vazifa qo„yiladi. Estetik tarbiyaning eng asosiy vazifasi shaxsni yot ta‟sirlardan himoya qilish, zavq - shavq bilan yashashga o„rgatish,
1 Karimov I. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. –T.: O‟zbekiston. 2000 y-10-bet. 2 Yusupov E., Ismoilov F. Odamiylik saboqlari. P T.: “Qomuslar bosh tahririyati”, 1997,45 – b. 71
boshqalarga o„rnak bo„lib, hayotda ularning havasini keltiradigan darajada ma‟naviy ruhiy kamolotga erishishdan iboratdir. Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz o„g„il qizlarini “yer yuzining eng go„zal, eng latofatli va nafosatli, oqila ayollari, suluv va dilbar qizlari, pahlavon yigitlari, chiroyli yoshlari” 1 sifatida ta‟riflar ekan, bunday yoshlarni voyaga yetkazish va tarbiyalash vazifasi bugungi kunning eng zarur va dolzarb ilmiy amaliy muammosi ekanligini ta‟kidlaydi. Tarbiyaning bosh vazifasi inson borlig„ini kamol toptirishdan iborat bo„lib, zero huquqiy, ahloqiy, iqtisodiy, siyosiy kabi qator tarbiya shakllarining barchasida inson masalasi yotadi. Estetik tarbiya jamiyatda ma‟naviy muhitni paydo qilishga ko„mak beruvchi muhim unsur bo„lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Nafosatli tarbiyaning vazifasi shundan iboratki, u insonlarni yangiliklar yaratishga undabgina qolmay, ayni paytda ularni nafosat tamoyillari, go„zallik talablari asosida rivojlantirishga o„rgatadi. Yoshlarda axloqiy va estetik fazilatlarni shakllantirish insonda hayot va san‟atdagi go„zalliklardan bahramand bo„lish, ularni baholay bilish, hamda o„zi ham go„zalliklar yaratish tuyg„ularini shakllantirishga ko„mak beradi. Ammo, bu jarayon o„z-o„zicha emas, balki bir qator omillar va vositalar ishtirokida amalga oshiriladi. Jumladan, oila, mahalla, maktabdan tashqari muassasalar, badiiy havaskorlik to„garaklari, oliy o„quv dargohlari, hamda jamoalari nafosatli tarbiyani shakllantiruvchi asosiy omillar bo„lib sanaladi. Estetik madaniyatning ijtimoiy mohiyati insoniyatni jipslashtirishda, uning tarbiyasida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Masalan, komil inson tarbiyasida estetik ong, go„zallikni his qilish va tushunish ona allasidan boshlanib, Vatan madhiyasigacha katta ijtimoiy ma‟no kasb etadi. Estetik zavqlanish inson ruhi, ongi va irodasiga qanot baxsh etadi, insonni tabiat, jamiyat va millat bilan chambarchas bog„lik ekanligini doimo eslatib turadi. Estetik madaniyat taraqqiyoti va sog„lom estetik immunitetni hosil qilish barkamol avlod tarbiyasidagi muhim omillardan biridir. Sog„lom estetik madaniyatning
1 Karimov I. Biz kelajagimizni o‟z qo‟limiz bilan quramiz. 7 – jild. – T.: “O‟zbekiston”,1999, 333 –b. 72
shakllanishi inson hayoti va uning turli-tuman faoliyatiga o„z ta‟sirini kursatadi, insonni komillik sari yetaklaydi. Estetik madaniyat bir odamning turmush tarzida, nafosat va oliyjanob fazilalarini barkamol etishga olib kelsa, boshqa odam uchun ijobiy va ijodiy kuch-qudrat manbaiga aylanadi, uchinchi shaxs uchun esa milliy g„urur va iftixor tuyg„ularini ifoda etish ramzi sifatida ko„zga tashlanadi. Boshqa bir o„rinda estetik madaniyat rivoji badiiy-ijodiy faoliyatga turtki bo‟luvchi, yoshlarni badiiy obrazlar dunyosiga yetaklovchi tuyg„ular mavji sifatida ko„zga tashlanadi. Chunki tabiat, jamiyat va odamlar hayoti, taqdiridan zavqlanish pirovard oqibatga, yosh ijodkorlarga badiiy asarlar syujetini yaratish, qahramonlar xarakterini ifodalash, ma‟lum bir ijtimoiy muammolar atrofidagi to„qnashuvlarni hal etishga zamin hozirlaydi. Ana shu tarzda yaratiladigan badiiy asarlar yoshlar ongidagi hayoti va odamlar haqidagi tasavvurlarni to„ldiradi, boyitadi, yangicha estetik tafakkurni shakllantiradi. Bu jarayon madaniyat, san‟at va ta‟limni rivojlantirish, komil insonni shakllantirish bilan bevosita bog„liqdir. O„rta asr tasavvuf ilmi va amaliyotida ham komillik g„oyasi asosiy masalalardan biri edi. XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo„lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy bo„lib, “Yassaviy” tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo„lmish “Hikmat”da mufassal bayon etilgan. “Hikmat” asarida “Yassaviya” ta‟limotidagi poklik, halollik, to„g„rilik, mehr – shafqat, o„z qo„li kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, insonni har tomonlama takomillashtirish kabi ilg„or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan, bo„lib, bugungi kundagi asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanishi komil insonni tarbiyalashdek muhim maqsadlarimizga mos tushadi. Haqiqatdan ham bugungi kunning asosiy maqsad komil inson g„oyasini kishilar ongiga singdirishdan iborat ekan bu ma‟naviy hayotimizning zamirigina bo„lib qolmay, estetik ideal darajasiga chiqdi. Komil inson g„oyasi azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, ma‟naviyatning uzviy bir qismi bo„lib kelgan. Jismonan sog„lom, ruhan tetik, ahloqan pok, vijdoni sof odamgina ma‟naviy uyg„oq, estetik jihatdan madaniyatli, go„zallik qonuniyatlari asosida hayot qurishni o„zining ijtimoiy va milliy burchi deb biladi.
73
Yoshlarning madaniyati, ma‟lumoti va ma‟naviy qiyofasiga qarab bugungi O„zbekiston va uning kelajagi qaday bo„lishi to„g„risida ma‟lum xulosaga kelish mumkin. Agar bugungi yoshlarimiz ilm-fan cho„qqilarini egallash, ma‟naviy- axloqiy va badiiy-estetik madaniyat jihatdan zaif bo„lib, orqada qolsa, komillik sari eltuvchi sog„lom avlod masalasi oqsab qolgan bulur edi. Har qanday jamiyatning asosiy boyligi insondir. Dunyo xalqlarini jaholat va vahshiylik, diniy va milliy ekstremizm, etnik qarama-qarshilik, mintaqaviy majoralar qanchalik bir-biridan ajratsa madaniyat, ma‟rifat, ahloq va odob, nafosat va insonparvarlik shunchalik ularni yaqinlashtiradi. Ana shu ma‟noda yoshlarning estetik ongi, tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish komil inson tarbiyasida muhim omil hisoblanadi. Zotan, biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining a‟zosi har jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo„lmog„i lozim. Sharq axloqiy-estetik tafakkuri rivojida muhim o„rin tutgan mashhur badiiy didiaktik asarlar – pandnomalar o„zida aynan ibratlilikni aks ettiradi. Ularda chuqur nazariy konseptual jihat bilan bir qatorda keng xalq ommasiga ham tushunarli bo„lishi uchun ibratli badiiy hikoyalar mujassam etilgan. Yoshlar tarbiyasini mustahkamlashda ayrim axloqiy me‟yorlar voqelikka munosabat shakliga ko„ra axloqiy tamoyil maqomiga ham ko„tariladi. Yoshlarni tarbiyalashda mehnatsevarlik muhim ahamiyat kasb etib, mehnatsevarlik tarbiya jarayoni uchun umumiylik xarakteriga egadir. Shuningdek, mehnatsevarlik – hayotning mazmunini ifodalovchi muhim axloqiy qadriyat sifatida mehnat estetikasini vujudga keltiradi. U insonning odamiylik qiyofasini, tub mohyatini ifodalovchi axloqiy mezon bo„lib, faqat mehnat orqali erishilgan ne‟matgina insonga rohat bag„ishlaydi. Mehnatsevarlik tushunchasi nafaqat qadim-qadimda, balki bugungi kunda ham shaxs ma‟naviy barkamolligining ajralmas qismi sanaladi. Mehnatsivarlikning axloqiy mazmuni shundaki, u boqimandalik kayfiyatini bartaraf etilishiga ko„maklashadi. Buning uchun yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan xayrli ishlarni o„zida aks ettirgan mazmun mohiyatiga ko„ra halollik, mehnatsevarlik kabi axloqiy me‟yorlarni o„zida mujassam etgan san‟at 74
asarlarini yaratish maqsadga muvofiq. Bu esa barkamol shaxs qiyofasiga chizgilar beruvchi zamonamiz qahramonlari obrazini yuzaga keltirishda juda muhim. Bugungi kunda farovonlikka erishish faqatgina tinimsiz hamda halol mehnat orqali amalga oshadi. Insonning asosiy axloqiy qiyofasi uning har qanday ishni xushfe‟llilik bilan amalga oshirmog„ini, shirinsuxanlilik bilan muomala qilmog„ini, har qanday holatda ham kamtarinlik va bosiqlik bilan belgilangan vazifani bajarmog„ini taqazo etadi. Shunday ekan, ushbu axloqiy xatti-harakatlar me‟yoriylik nuqtai nazaridan g„oyat muhimdir. Jamiyat ma‟naviy qiyofasi darajasini belgilovchi tarbiya jarayoni ma‟lum ma‟noda muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe‟l, shirinsuxan inson o„zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojia sifatida qaramaydi, alam yoki g„azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o„tkazishga intilmaydi, atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o„ziga ham, o„zgalarga ham ko„tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o„tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag„ishlaydi. Jamiyat doimo o„shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o„rnak olishga intiladi. Xushfe‟llik va shirinso„zlik ana shu faoliyatning asosiy mezonini tashkil etadi. Bu borada axloqshunos olimlarimizdan B.Husanov va V.G„ulomovlar shirinso„zlikning ayrim shartlarini taxlil qilib: 1.
Xushtabassum bo„lish; 2.
So„zni obdon mushohada qilib, oxirini o„ylab, manmanlikka berilmay fikr qilib so„zlash; 3. So„z qo„llash maqomini bilmoq; 4. Shirinso„z mas‟uliyatini anglamoq; 5. Shirinso„zlik va muloyimlikning shartlaridan biri – ovozni pastlatib, mayin gapirish; 6.
So„z aytishdan avval, har daqiqada so„z ortidan keladigan oqibatni o„ylash kerakligini muomala madaniyatining muhim shartlari ekanligini bayon qilishgan.
75
Ayni paytda, ayrim odamlar uchun hayotiy unsurga aylanib qolgan illatlar ham borki, ular haqida to„xtalib o„tish maqsadga muvofiqdir. Bu borada hudbinlik va shuxratparastlik-ma‟naviy illatlarning dastlabki pog„onalarida turadi. O„z individual ehtiyojlarini hamma narsadan yuqori qo„yadigan axloqiy sifat, illatni anglatuvchi tushunchalardir biri bu xudbinlikdir. Biror - bir insonning moddiy - maishiy manfaatlarining boshqalarnikidan ustun qo„yilishini bildiruvchi manfaatparastlikdan va o„z
shaxsini mutlaqlashtirishiga qaratilgan shaxsiyatparastlikning ba‟zi unsurlaridan iborat, salbiy xatti-harakatlar majmu‟idir. U sharqona jo„mardlik axloqiy tamoyili va insoflilik me‟yorining aksi bo„lib, biror shaxs, jamoa yoki jamiyat baxti, farovonligi yo„lida kishining hatto o„ziga eng zarur bo„lgan narsalardan ham voz kechishiga tayyor turishini anglatsa, xudbinlik o„z manfaatlari yo„lida, hech kimni, hech bir jamoani, hech qanday jamiyatni tan olmaydigan salbiy me‟yor egasining bo„rtib ko„zga tashlanadigan xususiyati.
Xudbinlikni inson shaxsining o„ziga bo„lgan muhabbati bilan chalkashtirmaslik lozim. Biz Imom G„azzoliy muxabbatning besh turi haqida so„z yuritib, insonning o„ziga, o„zining a‟zolariga, salomatligiga bo„lgan muhabbatini birinchi o„rniga qo„yadi. Uningcha, bu muhabbat Alloh, ota-ona, qarindosh-urug„, do„st-birodar, muhtoj-ehtiyojmandlar xizmatida bo„lishga imkon yaratuvchi vosita hisoblanadi. 1
Xudbinlik esa muhabbat hissiga emas, nafsga, hirsga, rujuga asoslanadi, o„zini adolatsizlik, insofsizlik va berahmlik xislatlarida namoyon etadi. Shuni afsus bilan qayd etish keraki, “xudbinlik” tushunchasi bugungi jamiyatda ayrim insonlar faoliyatida ko„payib borsa-borayaptiki, kamaymayapti. Chunki, jamiyatda qonun- qoidalarning mustahkamlanib borishi, fuqarolarga demokratik imkoniyatlarni yaratib berilishi ayrim xudbin odamlar uchun qulaylik tug„dirib, ular qonunning ruhini - mohiyatini bir chetga surib, uning jumlalaridan-shaklidan foydalanish orqaligina qonun ijrosini ta‟minlashga harakat qilmoqdalar. Bunda milliy o„zligimizga xos bo„lgan an‟anaviy urf-odatlar, axloqiy me‟yorlar hamda
1 Абу Хамид ал-Газали. Воскрешение наук о вере. -М.: “Наука”, 1987.- Б. 65 76
qadriyatlar hukumron davrda xudbin odamni jazolanishi - bir chetga chiqarib qo„yilishi, jamoadan, mahalladan haydalishi mumkin edi. Endilikda bunday munosabat erkin shaxs huquqlarini paymol qilish, noqonuniy yondashuv deb hisoblanadi. Demak, xudbinlikni yo„qotishning faqat bir yo„li bor, u ham bo„lsa jamiyatda axloqiy tarbiyani zamonaviy tarzda keng joriy etish, ta‟lim-tarbiya jarayonida yoshlarni estetik bilimlarini kompleks boyitib borish va uni amaliyotga keng tadbiq etish orqali amalga oshadi. Yoshlar tarbiyasida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg„ularini mustahkamlash muhim axloqiy talab hisoblanadi. Bunda vatanparvarlik tushunchasi muhim ahamiyatga ega. Ma‟lumki, vatanparvarlik – tug„ilgan tuproq, yashagan makon, dunyoga keltirgan ota-ona, tarbiyalagan ustozlar, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan bebaho moddiy va ma‟naviy boyligimiz, tinchimizni qo„riqlagan davlatimiz, baxtli-saodatli yashash uchun hayrixox bo„lgan xalqimizni hurmatlash, qadrlash va sevish tuyg„usidir. Umuman olganda, yoshlarni mehnatsevarlik, vatanparvarlik va boshqa axloqiy qadriyatlar to„g„risidagi qimmatli va ibratomuz fikrlar, asrlar davomida kishilarni ezgulikka, xayrli ishlar qilishga, kamtar va sofdil bilim va ma‟rifatli bo„lishga da‟vat etib kelgan g„oyalar asosida tarbiyalash o„zining samarali natijasini beradi. Shuni alohida ta‟kidlash zarurki, axloqiy me‟yorlar biri ikkinchisini to„ldiradi ular bir-biri bilan o„zaro bog„lik holda rivojlanadi. Bizning fikrimizcha, san‟at asarlarida namoyon bo„luvchi axloqiy me‟yorlarining e‟tiborga loyiq tomoni yana shundaki, u axloqiy qadriyatlarni ham diniy, ham dunyoviy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Bugungi kunda yosh avlod tarbiyasi, ma‟naviy- axloqiy kamolotida, fuqarolik jamiyatini qaror toptirishda axloqiy qadriyatlarning o„rni e‟tiborlidir. Bugungi fan - texnika rivoji, axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining beqiyos darajada taraqqiy etishi axborot almashinuv jarayonlarini tezlashtirib yubordi. Ijtimoiy hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan globallashuv o„z ortidan ba‟zi bir salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotganidan ham ko„z yumib bo„lmaydi. 77
Bu borada Prezidentimizning "Yuksak ma‟naviyat – engilmas kuch" kitobida bugungi murakkab globallashuv davrida ma‟naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma‟naviyatini asrash va yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g„oya va mafkuralar ta‟siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e‟tibor qaratilgan. Bugun mamlakatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri yoshlarda yetakchilik va tashabbuskorlik mahoratini oshirish, sog„lom fikr va sog„lom ongni shakllantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik hissini rivojlantirish, loqaydlik, beparvolik asoratlarini yo„qotish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli kuchli fuqarolik jamiyatining negizlarini barpo etish, aholi turmush darajasini eng taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga ko„tarishga ko„maklashish, mamlakatning jahon hamjamiyatida munosib o„rin egallashiga munosib hissa qo„shishda faol ishtiroklarini ta‟minlash asosiy maqsadlarimizdan hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatni modernizatsiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yoshlarning faolligini oshirish, hukumat tomonidan ma‟naviy-ma‟rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyot yo„nalishlarida olib borilayotgan ishlarni, ming yillar davomida shakllangan milliy qadriyatlarimizni targ„ib qilish, yoshlarda muqaddas tariximizga bo„lgan muhabbat, buyuk ajdodlarimizga nisbatan hurmat va ularga munosib avlod bo„lish tuyg„ularini rivojlantirish va yuksaltirishga alohida e‟tibor qaratishdan iborat. Insonning hayot tajribasi, faoliyati, bilimi, ilmi, odob-axloqi, xatti-harakati bilan o„zining ma‟naviy olamini boyitib boradi. Inson aqlan va axloqan boyigan sari o„z oldiga ulug„vor vazifalarni qo„yadi va unga erishish uchun harakat qiladi. Inson o„z faoliyatini barchasini odatda aql bilan, o„ylab amalga oshiradi. Inson xulosalari, rejalarining mohiyatini belgilashda axloqiy mezonlarning o„rni va ahamiyati kattadir. To„g„ri yo„l ko„rsatuvchi aql fazilatli tuyg„ular harakati bilan hamohang bo„lganida axloqiy fazilat paydo bo„ladi. Aql va tuyg„ularning bunday hamohangligida doimo aql yaxshilikka buyuradi, to„g„ri va pokiza tuyg„ular 78
oqilona buyruqlarga oson va tez bo„ysunaveradi. Arastu bu xususda shunday deydi: “Agar tuyg„ular pokiza bo„lsayu, ularga hukm o„tkazayotgan aql yo„ldan ozdiruvchi bo„lsa, fazilatga o„rin qolmaydi. Chunki fazilat yaxshilikka boshlovchi aql bilan pokiza tuyg„ulardan kelib chiqadi. Shuning uchun agar insonda fazilat bo„lsa, uni yovuz niyatda ishlatish sira mumkin emas”. 1
jamiyat ravnaq topadi, fuqarolarning baxt-saodat haqidagi orzu-umidlari ro„yobga chiqadi. U o„zining paydo bo„lish tabiatiga ko„ra ijtimoiy-tarixiy hodisa hisoblanadi. Odamzod ijtimoiy mavjudot sifatida shakllana boshlagan kundanoq axloq paydo bo„lgan. Aniqrog„i, odamzodning o„zi ular o„rtasidagi axloqiy munosabatlarning hosilasi sifatida shakllana borgan. Odamlar o„rtasidagi axloqiy munosabatlar negizida jamiyatning axloqiy hayoti ijtimoiy borliqning tarkibiy qismi sifatida qaror topgan. “O„zbekiston milliy ensiklopediyasi”da esa “Axloq kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo„lgan munosabatlarida namoyon bo„ladigan xatti – harakatlari, odoblari majmui”
2 , - degan ta‟rif berilgan. insonga xos bo„lgan xususiyatlarga axloqiy va estetik jihatdan yondoshadigan bo„lsak, uni avvalo - aql, farosat va didning, tafakkur, tasavvur va xotiraning mavjud bo„lishi, fazilat, xislat va tarbiyaning mustahkamligi, nafosat, go„zallik va ulug„vorlikni his eta bilishi kabilar bilan belgilash mumkin. Shu ma‟noda “Inson” tushunchasida ijtimoiy mohiyat, xususan odamdagi axloqiy-ma‟naviy xususiyatlar ko„proq o„z aksini topganligi uchun “insoniylik”, “insonparvarlik” degan tushunchalar alohida axloqiy- estetik ma‟no kasb etadi. “Jamiyatning axloqiy hayoti deb, kishilarning ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan munosabatlar-ularning xulq-atvori,
1 Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. T., Yangi asr avlodi. 160 b. 2 O‟zbekiston milliy insklopediyasi. 12 tomlok. – Toshkent. O‟zbekiston milliy insklopediyasi Davlat nashryoti, 2000. T.1. - 530 b.
79
yurish-turishi, adolat, sadoqat, burch, baxt kabi bir qator tushunchalarda ifodalangan munosabatlarining majmuiga aytiladi. Shundan kelib chiqqan holda, jamiyatning ko„p qirrali va murakkab axloqiy hayotini aks ettiruvchi “axloq” tushunchasini kategoriya sifatida ta‟riflash mumkin” 1 ,- deb yozadi. Mustaqillik yillarida barkamol avlodni tarbiyalash umummilliy vazifaga aylandi. Prezidentimiz Islom Karimovning farzandlarimiz bizdan ko„ra bilimli, kuchli, dono va albatta, baxtli bo„lishi shart, degan teran ma‟noli so„zlarida mamlakatimizda yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati o„z ifodasini topgan. Zero, o„z oldimizga qo„ygan buyuk maqsadlarga erishishimiz, yurt kelajagi, avvalo, yoshlarimizga bog„liqdir. Barkamollik – insonning azaliy va hech qachon dolzarbligini yo„qotmaydigan, hamisha ustuvor va maftunkor orzu, intilishlar manbaidir. Bugungi O„zbekiston yoshlari ana shu barkamol siymolarning vorislaridir. Ma‟lumki, har bir oliy ta‟lim muassasasida “Odob-axloq qoidalari” ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. Bu qoidalar ichiga talabaning ta‟lim muassasasiga qanday qiyofada kelishi, ya‟ni fahm-farosati, kiyinish tartib- qoidalari ham kiritilgan. Kiyim tanlash va kiyinishda yoshlarimiz O„zbekiston sharoitiga, oliy ta‟lim muassasasi ichki muhitiga mos jihatlarni inobatga olishsa foydadan xoli bo„lmaydi. 2
Bugungi davrning umumiy obyekti yoshlar bo„lib, ularning ongli, aqlli, idrokli hatti-harakatlari, estetik ideallari, yurish-turishlari, turmush tarzi, muomalasi, axloqi, odobi, urf-odatlarida estetik immunitet o„z ifodasini topadi. Bunday ijtimoiy-ma‟naviy jarayon, o„z navbatida, har bir yosh avlodni millatiga, irqiga, nasl-u nasabiga, diniga, e‟tiqodiga qaramasdan shaxs sifatida e‟zozlash lozimligi adolatli tuzumning bosh mezoni hisoblanadi. Chunki adolatli ijtimoiy hayot faqatgina bir millat yoki mamlakat uchun mansub bo„lmasdan, balki bashariyat orzu qilgan ma‟naviy ehtiyojdir.Ana shunday o„z shaxsini millat taqdiri
1 Muhammadiyev N. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb etikasi va estetik madaniyati.-Toshkent: IIB Akademiyasi, 1998. -6 b. 2 I.Karimov. “Yoshlarga ishonch bildirish, ularning tashabbus va salohiyatini ro‟yobga chiqarish – bugungi kunning ustuvor vazifasidir”. Ma‟ruza va maqolalar to‟plami. “O‟zbekiston” nashriyoti. 2006-yil, 19-bet. 80
bilan, millat taqdirini umumbashariyat taqdiri bilan bog„lashga da‟vat etish va shunday yoshlarlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish asosiy vazifadir. O„zbekistonda shaxsda axloq va nafosat aqlni uyg„unlashtirish yuzasidan bir qancha ishlar olib borilmoqda. Shaxsning ijtimoiy mohiyati uning siyosiy saviyasi, ma‟naviy-axloqiy va estetik qiyofasi, madaniyati va takomiliga bog„liqlikda namoyon bo„lmoqda. Jamiyatdagi demokratik islohotlar shaxs ma‟naviyati shakllanishida birlamchi rol o„ynasa, o„z navbatida, shaxsning estetik tarbiyasi jamiyat ma‟naviyati taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda jamiyatimizda yuz berayotgan tub o„zgarishlar har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalab, uni komil inson qilib tayyorlashni talab etmoqda. Zero, mamlakatimizda yoshlari intelektual salohiyatini oshirish, ularning keng dunyoqarash egasi bo„lishlari va milliy o„zliklarini to„la anglagan holda yuksak ma‟naviyatli shaxs bo„lib voyaga etishlariga barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Ayniqsa, o„quv muassasalarida bolalarni turli sport to„garaklariga va boshqa ilmiy faoliyat bilan shug„ullanuvchi guruhlarning mavjudligi yoshlarni milliy-ma‟naviy me‟rosimiz namunalari bilan muntazam ravishda katta hissa qo„shadi.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling