O’zbekiston milliy universiteti
Aql tushunchasining falsafiy talqini
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
fahmfarosataql birligining shaxs tarbyasidagi ahamiyati.
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-Bob bo’yicha xulosa
- II-BOB. SHAXSDA FAHM-FAROSAT VA AQL UYG‘UNLIGINI TARBIYALASHNING VOSITALARI 2.1. Estetik omillarning shaxs tarbiyasiga ta’siri
1.2. Aql tushunchasining falsafiy talqini
Inson bioijtimoiy mavjudot sifatida ayni bir vaqtda ham genetik, ham ijtimoiy dasturni amalga oshiradi: o„z ajdodlaridan turli layoqat, qobiliyat, iste‟dod, xususiyat, xislatlarni hamda bilim, tajriba va madaniyatni meros qilib oladi. Uzoq yillar davomida insonni boshqa mavjudotlardan farqlaydigan muhim sifat aqldir deb kelindi. Insonga berilgan biologik nom «hamo sapiens» (xomo sapiens lotincha «aqlli odam») da ham bu sifat o„z ifodasini topgan edi.In‟kosning oliy shakli sifatida ongning paydo bo„lishi «aqlli odam»ning shakllanish jarayoni bilan bog„lanadi. Aql-insonning fikrlash qobiliyatidir. Boshqa mavjudotlar bunday qobiliyatga ega emasdir. Aql tufayli insoniyat yuksak madaniyat, ko„rkam shaharlar, ulkan inshootlar, zamonaviy texnikalar yaratibgina qolmadi, balki ommaviy qirg„in qurollarini, atom va vodorod bombalarini, sayyoraviy urush qurollarini ham yaratdi: jahon urushlari va ijtimoiy revolutsiyalar ham aqlli insonlar tomonidan amalga- oshirildi. Tabiatni xalokat yoqasiga olib kelgan ham aqlli insonlardir. Binobarin, aql tufayli insoniyat hayvonot olamidan ilgarilab ketishi emas, balki yuz tuban quyiga ketishi ham mumkin ekan. Bunga XX asr oxirlarida butun insoniyat amin bo„ldi. Komil inson faoliyatida bilim va yetuk axloq uzviy ravishda bir-biri bilan bog„langandir: bilim narsalarning mohiyatini, ichki sababiyatlarini bilish imkonini beradi, axloqiy (ma‟naviyat) esa odamni yaxshi fazilatlarga davat etadi. Chunki, kamolotga erishish odamdan o„zining so„nggi maqsadi – baxtga yetish, baxtni qo„lga kiritish uchun foydali narsalarni bilishni talab qiladi. Bu foydali narsalar – turli ne‟matlar, fazilatlar va yaxshi ishlardan iboratdir. Kamol topish jarayonida odam narsalarni bir-biridan ajratishni, yaxshilik bilan yomonlikni, kamolotga
19
erishish yo„lidagi turli hisoblarni – yovuzlikni, reallikni va illatli ishlarni bartaraf etish vositalariga ega bo„ladi. Boshqacha qilib aytganda, ma‟naviy yuksalish, axloqiy – bu amaliy donishmandlik yo„lidir, unda narsalarning mohiyatini, fazilatlarni bilish va ularga erishishning amaliy vositalarini to„g„ri anglash talab qilinadi. Shu yo„l bilan inson ruhini sog„lomlashtirish, uni turli kasalliklar – illatlardan, razolatdan xalos etish axloq ilmining, amaliy donishmandlikning bosh vazifasi hisoblanadi. Ibn Sino, “Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so„zi, tili va aqli, tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Inson aqli turli fanlarni o„rganish yordamida boyiydi” 1 , deb hisoblaydi. Forobiy fikricha, inson o„z tabiatiga ko„ra hayotini tartibga keltirish, mustahkamlash va takomillashtirish uchun boshqa insonlarga muhtoj bo„ladi. Yakka holda hech kim bunnig uddasidan chiqa olmaydi. “Inson shunday maxluqotki, u faqat jamiyatda o„z ehtiyojlarini qondirishi va oliy ma‟naviy darajaga ko„tarilishi mumkin” 2 . Inson o„z hayotining me‟mori, ijodkori bo„lmog„i, o„zida fozila xislatlar, iste‟dodlarni tarbiyalashi lozim. Bunga esa u jamiyatda yashab faoliyat ko„rsatgandagina erishadi. Inson ijtimoiy mavjudod. Yolg„izlik uzlat uni qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va baxtga olib boradigan iste‟dodini yo„qotadi. Ibn Xaldun insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan ijtimoiy mohiyat izlaydi. Inson jonzot sifatida ezgulik va yovuzlik olamidir. Shunga ko„ra, u umrining har daqiqasida yovuzlikdan ko„ra ezgulikka, yomonlikdan ko„ra yaxshilikka, nafratdan ko„ra muhabbatga intilib yashashga mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne‟matdir. Yangi zamon faylasuflari inson borlig„ining asosini aql va erkinlik tashkil etadi, deb hisobladilar. Buyuk fransuz faylasufi R. Dekart tafakkurni inson mavjudligining zarur sharti, muhim belgisi, deb hisobladi: «men fikrlayapman, demak, men mavjudman» degan g„oyani ilgari surdi. Dekart, Gobbs, Spinoza va boshqa mutafakkirlarning fikricha, aql qalbdan ko„ra muhimroqdir: aql xis-tuyg„u va ehtiroslarni boshqaradi.
1 Ибн Сина. Данишнамэ. -Душанбе.: 1957.-С..59 2 Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. – B.69 20
Nemis faylasufi Gegel insonning tarixiyligi g„oyasini ilgari surdi. Uning fikricha, inson o„zida mutlaq ruhni yaqqol namoyon etadi. Inson mutlaq ruh taraqqiyotining mahsulidir. Inson ma‟naviy faoliyat sub‟ekti sifatida madaniyat yaratuvchidir. Karl Marks inson mohiyatini mehnat faoliyati bilan bog„ladi. Uning fikricha, ijtimoiy borliq, ijtimoiy ongni belgilaydi. Freyd insonda onglilik emas, balki ongsizlik hal qiluvchi rol o„ynaydi deb hisobladi. Madaniyat, san‟at, ilm-fanning rivojlanishini insonga xos tug„ma jinsiy maylning cheklanishi bilan izohladi. Ekzistensializm vakillarini ko„proq insonning individual jihatlari qiziqtirdi. Ekzistensialistlar obyektiv idealizm, materializm g„oyalarini inkor etib, inson mohiyatini izohlashda, uning hissiy kechinmalarini tahlil qilishga, hayot va o„lim, yolg„izlik, qo„rquv va boshqa kechinmalarni o„rganishga ko„proq e‟tibor berdilar. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo„lgan biron-bir xususiyatga alohida urg„u beradilar va shu orqali insonning mohiyatni ochishga harakat qiladilar. Insonda fikrlash tarzi, ongli fikrlash layoqati birdaniga paydo bo„lib qolmagan, balki bir necha bosqichlarni bosib o„tgan. Tafakkur va dunyoqarash madaniy jarayonni belgilovchi muhim omillardir. Ong- butun miyaga karaganda umumiy tushuncha emas. Ya’ni ongda inson uzi uchun muxim sanalgan ma’lumotlarni fikrlash, taxlil qilish va mushoxada jarayonlarini boshdan kechirgandan keyin saqlab qoladi. Bir so‘z bilan aytganda ongni zarur ma’lumotlar ombori desak xam bo‘ladi. Odam shunday xususiyatga egaki xar bir ko‘rgan va eshitgan narsani saralab, tanlab qabul kiladi. Ya’ni bu ongning xususiyati. Ong inson qabul qilingan ma’lumotlarni bir joyga tashlab, uziga xos tarzda qayta ishlab, o‘zgartiradigan makondir. Ko‘chada ketayotib bir insonni ko’rib qoldik, Aql bizga shu insonni qayerdadir ko‘rganimizni anglatmoqda. Ongimiz esa tahlilga kirishib ketdi. Eslash qobiliyati yaxshi bo‘lgan odam ongning urinishlaridan keyin odamni qayerda ko‘rilganini topadi. Xulosa shuki, ong- muhim ma’lumotlar saqlash va tahlil qilish
21
jarayonlarini o‘z zimmasiga olgan tushunchadir. Ratsionalizm (aqlga muvofiq, oqilona) hayot bilan bog„langan. Ratsionallik olim hayotining prinsipi, inson pozitsiyasi, olamga munosabati, shaxsiy muammosi bilan chambarchas bog„langan. Tafakkur tarixida ratsionallik tushunchasi («ratsio»- aql) oqilona, ya‟ni insonning olamga ongli munosabati, olam va inson haqidagi fikr, ta‟limot tushunchalari faqat aqldan kelib chiqadi. Aql inson fikrlash qobiliyatining eng yuqori shaklidir. I. Kantning fikricha, aqldan yuqori hech narsa yo„q. Aql insoning bilish qobiliyatidir. Dastlabki mantiqiy asos, mantiqiy belgi har qanday fikr yuritish, mulohaza natijalarining shart- sharoiti, zamini hisoblanadi. Sharq mutafakkirlaridan biri Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni farqlaydi. Insonni tashqi dunyo bilan bog„lovchi sezgilar roliga e‟tiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilar faqat narsaning in‟ikosi narsaning o„ziga mos tushgan holda haqiqiy bo„lishi mumkin
1 deb qayd etadi. Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari Aristotelning «sezmaydigan odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o„xshash. Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni o„zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in‟ikosini o„zida gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va ularning shakllarini bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga ta‟sir ko„rsatuvchi koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb etadi. Aql dunyoning yaralish bosqichlari sifatida inson va birinchi sabab o„rtasida bog„lovchi bo„g„in bo„lib xizmat qiladi, birinchi sabab esa, o„z navbatida, aqlga bevosita ta‟sir ko„rsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bog„lanadi, jon inson tanasidan o„rin oladi, shunday qilib, nodunyoviy hayot jihatlari insonga o„tadi va pirovardida inson mohiyati, bilimlari – uning aqli boqiylik xususiyatini kasbetadi.
1 Qarang: Forobiy. Kitob al-Xuruf. – Dushanbe: Ilm, 1972. – 23-b. 22
Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega bo„lganidek, aqlning ham o„z tegishli tartibi mavjuddir 1 . Birinchi metod tabiiy fanlar (fizika)ga, ikkinchisi – matematikaga mos tushadi. Ikkala metoddan ham faqat fanda narsa va hodisaning u yoki bu jihatini teranroq tushunish maqsadida foydalaniladi. Inson hamisha nimalar haqidadir o„ylaydi. O„ysiz holat ham, psixologlar fikriga ko„ra, amalda hech bo„lmasa hech narsa haqida o„ylamaslikni o„ylash holatidir. Bilishning dialektik yo„li sezgi a‟zolari orqali bilish, dalillarni aniqlashdan mantiqiy tafakkur sari olib boradi. Tafakkur- bu insonning narsalar muhim xossalari va munosabatlarini izchil, bilvosita va umumiy aks ettirishidir. Ijodiy tafakkurlash amaliyot, fan, texnikada yangi natijalar olishga qaratiladi. Tafakkurlash – muammolar qo„yish va ularni yechishga qaratilgan faol jarayon. Tirishqoqlik – fikrlayotgan odamning muhim belgisi. Sezgidan fikrga o„tish zamirida bilish obyektining ichki va tashqi mohiyatning ifodasi, ayrim va umumiyga bo„linishi yotadi. Zotan, ilmiy va falsafiy bilim faqat sezgi va tasavvurlardan iborat emas: sezgi idroki naqadar go„zal bo„lmasin, mazmunan qashshoqdir – u narsaning mohiyatini yoritmaydi. Nemis faylasufi Kant «sezgilar yordamida biz narsalarni bilamiz va faqat bilishgina bizga mushohada yuritish imkonini beradi; narsalarni biz aql bilan idrok etamiz va idrok etish natijasida tushunchalar yuzaga keladi» 2 . Aql mulohazalarining dalil-isboti «faqat shunga asoslanadiki, ular har qanday tajribaning intellektual shaklini tashkil etadi va shu sababli ularning qo„llanilishi doim tajribada ko„rsatilishi mumkin» 3 . Yana bir faylasuf Gegel uch asosiy bosqich: hissiy aniqlik, idrok va aqlni farqlaydi. Hissiy aniqlik anglashning to„g„riligiga, ya‟ni bizning sezgilarimiz narsaning yaxlit obrazini qayd etayotgani va unda hech narsani e‟tibordan chetda qoldirmayotganiga ishonch uyg„otadi. Idrok predmetni o„z xossalariga ega bo„lgan narsa sifatida tushunadi. Aql narsaning hissiy qiyofasi ortida uning ichki mazmuni, mohiyatini topishga harakat qiladi.
1 Qarang: Forobiy. Kitob al-Xuruf. – Dushanbe: Ilm, 1972. – 24-b. 2 Кант И. Соч. Т. 6.М.: АСТ, 1999. – С.127. 3 Кант И. Соч. Т. 6.М.: АСТ, 1999. – С.127 23
Ushbu fikrlardan aqlning inson mohiyati, uning o„ziga xosligi va jamiyatdagi o„rnini belgilovchi hodisa ekanligini tushunish mumkin. Shuning uchun aqliy tarbiya nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. “Aqliy tarbiya- shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya. bilimlarni to„plash, biror narsani taxlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasniflash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi intellektual ko„nikmalar, ya‟ni har qanday fanni o„rganishda qo„llaniladigan umumiy o„quv ko„nikmalari - o„qish, tinglash, o„z fikrini og„zaki bayon etish, yozish, manba bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini, shuningdek biror fanni egallash bo„yicha zarur bo„lgan maxsus ko„nikmalar (chizma, xaritalarni uqiy bilish, ularning natijalarini chiqara olish)ni egallashdan iborat” 1 deyiladi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ya‟ni bolalarga olam ilmiy manzarasi, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushuntirish ham aqliy tarbiyaning muhim vazifalaridan biridir. Bunda bolalar dunyoga kelishi bilanoq atrofini o„rab turgan barcha narsalar bilan tanishtirib o‟tish lozim. Bolalarda aqliy tarbiya ta‟lim, o„yin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan bo„lgan muloqotda ham yuzaga keladi. Mamlakatimizda sog„lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni o„z ijodiy va intellektual salohiyatini ro„yobga chiqarish, Vatanimiz yigit-qizlarini zamon talablariga javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifasi bo„lib qolmoqda. Chunki har qanday mamlakatning qudrati fuqarolarning aql va salohiyati bilan belgilanadi. Bu jarayonning bir jihati ta‟lim sifati va samaradorligiga bog„liq bo„lsa, ikkinchi jihati tayyorlanayotgan kadrlarning ijodkorligi, axloqiy yetukligi va fuqarolik pozitsiyasiga ega bo„lishiga bog„liq. Mustaqillik yillarida o„zbek xalqining ilg„or axloqiy qadriyatlarini tiklash va uni mazmunan boyitish, ilg„or an‟analar asosida zamon kishisining fe‟l-atvoriga
1 O‟zbekiston Milliy insklopediyasi, Davlat ilmiy nashriyoti, Tosh- 2000, 553 bet. 24
yaqinlashtirish masalasiga alohida e‟tibor qaratildi. Ayniqsa, mamlakatimiz istiqboli va millatimiz kelajagi hisoblangan yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni rag„batlantirish, ularning intellektual imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ilm-fan, madaniyat va ma‟naviyatga bo„lgan intilishlarini rag„batlantirish ham bevosita axloqiy munosabatlarni takomillashtirishni taqazo etadi. Ma‟lumki, intellekt individning ma‟lum darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari tizimidan iborat. Yoshlar sohalararo yangiliklarni tezda anglab, tushunib, ularni fahmiga yeta olar ekan, demak ularda intellekt taraqqiy etgan bo„ladi. Bugungi kundagi ilmiy-texnika inqilobi hosilasi bo„lmish axborotlar, ya‟ni g„oyalar to„qnashuvi natijasi o„laroq, xalqimiz tafakkurida yuz beruvchi turli xil o„zgarishlarning keskin salbiy oqibatlari, ya‟ni xilma-xil mafkuraviy tahdidlar va buning natijasida hosil bo„luvchi tafakkur inersiyasi va marginalizmidan himoyalash, qolaversa, shaxs va jamiyat intellektual madaniyatini muqobil yuksaltirishning muhim usul va vositalarini ishlab chiqish, o„ziga xos mexanizmlarni shakllantirish dolzarb vazifalardan biridir. Zero, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov hozirgi zamonda modernizatsiya va yangilanish borasida mamlakatimiz o„z oldiga qo„ygan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo„lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini ekanligini ko„p bora ta‟kidlab o„tadi. Mamlakatimiz murakkab o„tish davrini boshdan kechirayotgan bugungi kunda shaxs va jamiyat, ayniqsa yoshlarning intellektual madaniyatini yuksaltirishga e‟tibor davlat siyosati darajasiga ko„tarilishi ham bejiz emas. Negaki, bugungi kun bozor iqtisodiga o„tish davri muammolaridan biri hisoblangan xalqimizning, asosan shaxsning intellektual madaniyat darajasi bilan jamiyat intellektual madaniyatini o„zaro amal qilish doirasi, bir-biri bilan ta‟sirlashuv xususiyatlarini ijtimoiy-falsafiy va madaniy jihatdan tadqiq etish respublikamizda mutaxassis-kadrlarni zamonaviy ilm-fanning ilg„or yutuqlarini amaliy hayotga qo„llay oladigan yuksak ilmiy salohiyatga ega bo„lgan ziyoli inson 25
sifatida tarbiyalash jarayonida yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan xato-kamchiliklarni oldini olishga yordam beradi. O„zbek xalqi farovon turmush va yuksak taraqqiy etgan fuqarolik jamiyati sari dadil odim tashlab borar ekan bu borada shaxs va jamiyat intellektual madaniyatini oshira borish hamda undan oqilona foydalanish eng dolzarb vazifalarimizdan biri bo„lib qolmoqda. Mustaqillik davrida mazkur masalani ijobiy xal etish yuzasidan juda ko„plab an‟anaviy-ma‟rifiy tadbirlar va loyihalar hayotga tadbiq etildi. Bundan tashqari xalq ta‟limida va oliy ta‟limda bir qancha keskin o„zgarishlar xamda dasturlar amalga oshirildi. Ma‟naviy madaniyatdagi ijtimoiy o„zgarishlar jarayoni va uning shaxs intellektual salohiyati rivojiga ta‟siri asosan jamiyatdagi ijtimoiy barqaror ijobiy xolatlarda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shu ma‟noda shaxs va jamiyat intellektual salohiyatini rivojlantirishning o„ziga xos yo„llari sifatida quyidagi omillarni e‟tiborga olish hamda ularni tez va aniq sur‟atlar bilan turmushimizda qaror topdirish maqsadga muvofiqdir. Ma‟lumki fan inson yaratgan ma‟naviy qadriyatlarning eng oliysi bo„lib, u o„ziga xos tarzda taraqqiy etmoqda. O„z navbatida, bu jarayon kishilarning intellektual madaniyatini yanada rivojlantirib, ularning ratsional bilimlarini miqdor va sifat darajalarining tobora oshib borishida vosita sifatida hozirgi davr jahon sivilizatsiyasining yangi bosqichga o„tishi uchun zamin yaratadi. Shuning uchun ham jahonda yuz berayotgan ma‟naviy-madaniy taraqqiyot inson tafakkurida yangicha “umumiy uy”, “umumiy tashvish” va “umumiy taqdir” kabi tushunchalarni yuzaga keltirayotganligini hammadan oldin payqagan G„arb mutafakkiri Arnold Toynbi “XX-asrda yangi jaxon tarixi boshlandi”, - degan edi. Bunday o„zgarishlar bir qancha ijobiy holatlar bilan birgalikda jiddiy muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Shuning uchun xam shaxs intellektual salohiyatini rivojlantirishda ma‟naviy tarbiyaga alohida e‟tibor bermoq lozim. Bunday faoliyat nafaqat ma‟naviyat sohasini, balki jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalariga ham o„zining ijobiy ta‟sirini ko„rsatadi hamda insonni ezgu maqsadlarga asoslangan tub o„zgarishlarning yanada takomil bosqichiga olib
26
chiqadi. Shunday ekan buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib “Kimda aql bo‘lsa, u asl odam bo‘lur” deb bejiz ta’kidlab o‘tmagan. I-Bob bo’yicha xulosa Birinchidan, o„zbek xalqi farovon turmush va yuksak taraqqiy etgan fuqarolik jamiyati sari dadil odim tashlab borar ekan bu borada shaxsni intellektual jihatidan rivojlantirish eng dolzarb vazifalarimizdan biri bo„lib qolmoqda. Ikkinchidan, komil inson faoliyatida bilim va yetuk axloq uzviy ravishda bir- biri bilan bog„langan, bilim narsalarning mohiyatini, ichki sababiyatlarini bilish imkonini bersa, axloq esa odamni yaxshi fazilatlarga da‟vat etadi. Uchinchidan, fahm-farosat-aql birligini tarbiyalash jamiyatda ta‟lim tizimi taraqqiyotini kafolatlovchi mustaqil tafakkurli shaxslar kamolotiga xizmat qilishidan kelib chiqib axloqiy-estetik muhitni barqarorlashtirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi. To„rtinchidan, yoshlarimiz ma‟naviyatini yuksaltirish, har bir voqea- hodisaga teran tafakkur va tahliliy idrok bilan yondoshishga o„rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o„rinda insonning voqelikni asliga muvofiq idrok etish, unga to„g„ri munosabat hosil qilish va voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq eta bilish fazilati bo„lgan fahm va farosatning roli ortib boraveradi.
27
TARBIYALASHNING VOSITALARI
Insonning turmush va estetik hodisalarga subyektiv munosabatini qaror toptirishda fahm-farosat va aql uyg„unligi, sog„lom estetik did ijtimoiy va shaxsiy omillar birligini ta‟minlaydi, voqelikka ijodiy va tanqidiy yondashish ko„nikmalarini shakllantiradi. Bu hodisalar shakllanishi asosida shaxsda hayotga sof ma‟naviy tuyg„ular, yaratuvchan salohiyat kuchayadi, tabiatga, jamiyatga, oila va odamlarga munosabatda axloqiy-estetik me‟yorlar ustuvor bo„ladi. Shuning uchun estetik omillarga tayanish zarurati kundan-kunga oshib bormoqda. Shaxsda fahm-farosat-aql uyg„unligini ta‟minlashning ijtimoiy-ma‟naviy omillari haqida so„z borganda, avvalambor, mustaqillikning ijtimoiy-estetik mohiyati, inson erkinligi tamoyilining kuchayishi, barkamol avlod tarbiyasi, umuman turmushni estetik jihatdan tashkil etish to„g„risidagi masalalarga e‟tibor qaratish taqozo qilinadi. Mustaqillikning ijtimoiy-estetik mohiyati, avvalambor, mamlaka timizda barpo etilayotgan huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining inson manfaatlari ustuvorligiga asoslanishi, insonni eng oliy qadriyat sifatida e‟tirof etish, erkin ijodiy mehnatning ustuvor o„rin egallashi, jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarini rivojlantirishda yuksak ma‟naviyatga asoslanish bilan belgilanadi. Bu jarayonning umumiy yo„nalishi, shu bilan birga, ma‟naviy-ijtimoiy va gumanistik maqsadi, axloqiy-estetik tabiati “islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak” 1 degan konsepsiyada o„z ifodasini topgan. Mustaqillik shaxs tomonidan voqelikni estetik o„zlashtirish ko„lamini kengaytirdi, ijodiy faolligi, estetik madaniyatni yuksaltirish uchun real imkoniyatlar yaratdi. Shu bilan bir qatorda, bozor munosabatlariga o„tish
1 Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 106 b. 28
jarayonida faoliyatning ko„pgina sohalarida fahm-farosat, estetik did va madaniyatning yetishmasligini ham kuzatish mumkin. Istiqlol sharofati bilan ma‟naviy qadriyatlar xalqimizning mulkiga aylandi, mustabid tuzum sharoitida ma‟naviyat xazinasidan chetda qolgan zahiralarni har tomonlama o„rganish yo„lga qo„yildi. Bu davr ma‟naviy-madaniy hayotida keskin burilish va sifat o„zgarishlari yuz berdi: Amir Temur haqida haqqoniy tarixiy, ilmiy-badiiy asarlar yaratildi; “Avesto”ning 2700 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi munosib nishonlandi.Tarixiy me‟morchilik inshootlari nafaqat moddiy-texnikaviy, shu bilan birga, badiiy-estetik jihatdan ta‟mirlanmoqda, Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy-me‟moriy yodgorliklar tiklanmoqda, ziyoratgohlarga aylantirilmoqda. Ajdodlarimiz ma‟naviy-badiiy merosi xorijlik olimlar bilan hamkorlikda tadqiq etilmoqda. Estetik tamoyillarni milliy turmush tarzimizga joriy qilish xalqimiz ongiga go„zallikni singdirish, fahm-farosat, did, aqlni uyg„unlashtirish vazifasi bilan bog„langan. Istiqlol davrida shaxs ma‟naviyatini yuksaltirishda uning estetik ongi, dunyoqarashi va madaniyatini rivojlantirishga katta ahamiyat berilayotganligi bejiz emas. Nega deganda, inson o„z taqdiri sohibiga aylandi, ijtimoiy farovonlik, erkinlik va ijodiy mehnat uchun mas‟ul va javobgar, shu bilan birga, siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy erkin faoliyat yuritish kafolatiga ega bo„ldi 1 .
insoniy munosabatni qaror toptiradi, axloqiy me‟yorlarni gumanistik-estetik e‟tiqodga aylantiradi, uning ijtimoiy ahamiyati esa emotsional va intellektual fazilatlarni, ijodiy salohiyatni yuqori ko„taradi. Estetik kamolot faol hayotiy pozitsiyani shakllantirib, insonning bilimi, xulq-atvori, hissiyoti va burchi, so„z bilan ishi o„rtasidagi nomuvofiqlikka barham beradi. Insonning mehnat va mehnat predmetlariga munosabati tubdan o„zgardi, yaqin o„tmishda inson tabiiy mohiyatidan butunlay begonalashtirilgan xususiy mulkchilik ruhiyati va unga egalik maqomi qaror topdi. Globallashuv va iqtisodiy inqirozlar sharoitida tabiatni muhofaza qilish, uning estetik-tarbiyaviy salohiyatini
1 Mahmudov T. Mustaqillik va ma‟naviyat.-Toshkent: Sharq, 2001. – 37 b. 29
saqlab qolish eng muhim vazifalardan biri bo„lib qoldi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida bunyod etilayotgan yangi jamiyatimiz estetik tarbiyada tabiatga gumanistik yondashishni, uning qonuniyatlaridan boxabarlik va boyliklaridan ratsional foydalanishni taqozo qiladi. Bu ham fahm-farost, aql masalasi bilan uzviy bog„liqligi namoyon bo„lmoqda. Chunki bugungi kunda butun tarbiyaviy tizim, shu jumladan, estetik tarbiya, bir tomondan, insonda tabiat bilan erkin, ya‟ni beg„araz munosabatda bo„lishni shakllantirishi lozim. Holbuki, yurtboshimiz ta‟kidlaganidek, “Tabiatga qo„pol va takabburlarcha munosabatda bo„lishga yo„l qo„yib bo„lmaydi” 1 . Boshqa tomondan, globallashish, industrial va ijtimoiy- demografik jarayon, shuningdek, ma‟rifiy talab va me‟yorlarga e‟tiborsizlik bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiatga ehtiyotkorlik o„ta nozik ma‟naviy masala bo„lib shaxsdan did va farosatni talab etadi. Ma‟lumki, xalqimiz azal-azaldan odob qoidalarini o„rganish, o„zlashtirish va unga amal qilishni komillikka yetishishning muhim yo„li sifatida e‟tirof etadi. Shuning uchun axloq, axloq ilmi, muomala madaniyati va go„zal turmush tarzini shakllantirish masalalariga jiddiy e‟tibor berib kelganlar. Ayniqsa, bugungi globallashuv va axborotlashuv davriga kelib insonlararo axloqiy munosabatlar tizimi yangi ko„rinish oldi. Endilikda odamlarda turmush tarzini go„zallashtirishga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Turmush estetikasi insonning kundalik hayotda odob-axloq, tashqi qiyofa, kiyinish madaniyati, narsa-hodisalar va turar-joylarga munosabatining asosiy sohalaridan biridir. Turli xalq, ijtimoiy guruh va boshqalar turmush madaniyatining moddiy ko„rinishlari kishilarning narsa-predmetlar olami, estetik didi va ijtimoiy ideallari haqidagi tasavvurlari umumiyligi va rang-barangligi bilan uzviy bog„langan. Inson yashash va ijtimoiy muhiti iqtisodiy, ijtimoiy, funksional, estetik me‟yor va shart- sharoitlarini gavdalantiradigan turmush madaniyati olamni estetik idrok etish, uning estetik madaniyati asosini tashkil qiladi.
1 Karimov I.A. O‟zbekiston XXI asr bo‟sag‟asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.- Toshkent: O‟zbekiston, 1997. – 116 b. 30
Turmush estetikasi estetik ongda xususiylik bilan umumiylik, intuitivlik bilan ratsionallik, turli madaniyatlar ta‟siri, turmush tarzi va usuli, an‟anaviylik va yangilik, milliylik va umuminsoniylik, shuningdek, moda namoyon bo„lishi masalalari bilan bog„langan bo„lib, texnika, ekologiya, muhitni jihozlash, tarbiya sohasidagi estetik jihatlarni ifodalaydi, moddiy va badiiy madaniyat integratsiyalashuvining samarali vositalaridan hisoblanadi. Turmush estetikasida yoshlarning butun ichki va tashqi fazilatlari namoyon bo„ladi. Yoshlar fahm- farosatining rivojlanishi, shakllanishi, avvalombor, oilada, oila a‟zolari muhitida, keyinchalik bog„cha, mahalla, maktab, litsey, kollej, oliy o„quv yurtlari va jamoat muassasalarida mukammallashib boradi. Hadisi shariflarda ham bu borada shunday deyiladi: “Yaxshi so„z-jon ozug„i, yomon so„zdil qozig„i”, “Kishining go„zalligi uning tilidan bilinur”, “Inson xatoni ko„proq o„z tili bilan sodir qiladi”, “Muloyimlik hikmatning boshidur”, “Quloqqa yomon eshitiladigan gapdan saqlan” va hokazo. Binobarin, barchamiz ruhiyatimizga ijobiy ta‟sir etadigan so„zlarni yoshlarimizga o„rgatib borishimiz, yashashdan maqsad, yuksak estetik madaniyatli shaxs bo„lib voyaga etishish ekanligini uqtirishimiz lozim. Inson yashar ekan, u xohlaydimi yo„qmi, baribir muomalaga ehtiyoj sezadi. Bu esa undan fahm-farosatli bo„lishni, ya‟ni shirin va samimiy muomalali bo„lish, qizlarimizdan xayoli va iboli, iffatli va maftunkor bo„lish, yigitlarimizdan esa odobli, xushmuomala, mard, jasur, sergak va odamoxun bo„lishni talab etadi. Shaxs estetik kamoloti odatda uning badiiy tarbiya topganligiga bog„lab tushuntiriladi, lekin bunda turmush estetikasi ustuvor o„rin tutadi. Binobarin, turmush shaxs hayoti va kamolotiga muntazam va ko„z ilg„amas darajada ta‟sir o„tkazib turadigan jarayondir. Ko„pincha “insonda hamma narsa go„zal bo„lishi kerak”,-degan so„zlarni eshitishga to„g„ri keladi. Biroq inson bunday mukammal estetik fazilatga faqat umri davomidagi faoliyati natijasida erishishi mumkin, binobarin, uning har lahzasi muhit ta‟sirida, turmush estetikasi ta‟sirida kechadi. 31
Bevosita turmush ta‟sirida insonning dunyoqarashi, e‟tiqodi, g„oyaviy yo„nalishi, hayotni his etishi, kayfiyati, didi, emotsional faolligi, boshqacha aytganda, ijtimoiy-ruhiy holati qaror topadi, ma‟naviy hayotning ayni shu darajasida uning estetik ongi rivojlanadi. Shuning uchun mehnat, ijtimoiy-siyosiy yaratuvchanlikka shaxs hali to„la jalb etilmagan boshlang„ich palladan uning estetik ehtiyoji, did va mo„ljallari, estetik ongi shakllanishiga turmush birinchi va bosh manbai sifatida mazmuniy yo„nalish beradi. Yurtboshimiz I.A.Karimov yozganidek, “Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo„lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta‟sirida ma‟naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo„la boshlaydi” 1 . Inson butun umri davomida bu qobiliyatni saqlab qolishga intiladi, o„z navbatida turmush, bir tomondan, shaxs estetik ehtiyojlarini qondirishga, boshqa tomondan, uni har jihatdan qo„llab-quvvatlash, rivojlantirishga o„z ta‟sirini ko„rsatib turadi. Masalan, zamonaviy modani olib ko„raylik. Moda aksariyat hollarda inson estetik ehtiyojlarini butunlay o„zgartirib yuborishi,uning estetik ongi va estetik madaniyati tadrijiy taraqqiyoti takomilida jiddiy rol o„ynashi mumkin. Shu bois turmush estetikasi shaxs madaniyatini shakllantirishda asosiy ijtimoiy manba va omil bo„lib xizmat qiladi. Inson faoliyatining barcha shakl va mahsulotlariga estetik salohiyat xos bo„lganligi bois turmush uning estetik gavdalanishini mazmundor qiladi va rang- baranglashtiradi. Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyatini tahlil qilish uch narsaga e‟tibor berishni taqozo qiladi. Bular – asosan qurshovida inson hayot kechiradigan rang- barang predmetlar olami; insonning boshqalar bilan muloqotda o„zligini namoyon qilish holatlari; insoniy munosabatlarning odob-axloqda aks etish imkoniyat va xususiyatlari. Muayyan estetik salohiyatga ega bu jihatlar, bir tomondan, shaxs estetik madaniyatining umumiy darajasini ifodalaydi, boshqa tomondan, uning ong-
1 KarimovI.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 53 b. 32
shuuriga estetik madaniyat ko„nikmalarini singdirish vositalari sifatida ahamiyat kasb etadi. Bu jihatlar o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib, birinchi navbatda insonning turli narsa-hodisalar bilan qamrab olingan muhitda umr kechirish masalasi bilan bog„langandir. Bular, avvalambor, “an‟analar, ijtimoiy munosabatlar, ma‟rifiy, diniy va estetik shakllarning xususiy unsurlari” 1 sifatida ahamiyat kasb etadigan kiyim-kechaklar; turmushning texnikaviy-madaniy vositalari(rang-barang informatsion, radio-televizion apparatlar, tikuv va kir yuvish mashinalari, duradgorlik qurollari va h.k.); me‟morchilik san‟ati bilan aloqador mebel mahsulotlari, predmetlari va ularning boy zahirasidan tashkil topadi. Kiyim- kechak, libos nafaqat moddiy, shu bilan birga, badiiy-estetik ahamiyatga ham ega predmetlar majmui bo„lib, insonning tashqi qiyofasi, didi, o„ziga bahosi, ixtisosligi, ijtimoiy mavqeini ham gavdalantiradi; bugina emas, tashkiliy va ruhiy vaziyatni ham ifodalaydi Endi insonga xos bo„lgan xususiyatlarga axloqiy va estetik jihatdan yondoshadigan bo„lsak, uni avvalo - aql, farosat va didning, tafakkur, tasavvur va xotiraning mavjud bo„lishi, fazilat, xislat va tarbiyaning mustahkamligi, nafosat, go„zallik va ulug„vorlikni his eta bilishi kabilar bilan belgilash mumkin. Shu ma‟noda “Inson” tushunchasida ijtimoiy mohiyat, xususan odamdagi axloqiy-ma‟naviy xususiyatlar ko„proq o„z aksini topganligi uchun “insoniylik”, “insonparvarlik” degan tushunchalar alohida axloqiy-estetik ma‟no kasb etadi. Shuni alohida ta‟kidlab o„tish lozimki, ijtimoiy hayotimizga ommaviy tarzda xorij filmlari va nashrlarining kirib kelishi, audio va video kassetalarning keng tarqalishi, milliy o„zligi to„la shakllanib ulgurmagan, dunyoqarashi tor bo„lgan yoshlarimizga o„z ta‟sirini o„tkazayotgani hech kimga sir emas. Bugungi kunda globallashgan davrning eng cho„qqisida turganimizda, “ommaviy madaniyat” niqobi ostida yoshlarimiz ongini zaharlayotgan, ularning maqsad va niyatlarini barbod etayotgan juda ko„plab illatlarning yurtimizga kirib kelishi bizni
1 Sodiqova N. O‟zbek milliy kiyimlari. XIX-XX asrlar. – Toshkent: Sharq, 2003. – 5 b. 33
o‟ylantirib qo„ymoqda. “Hozirgi ommaviy madaniyat-buzg„unchi g„oyalarni, yangi noan‟naviy qadriyatlarni hamda hayotning g„ayri ahloqiy normalarini targ„ib qilishning juda muhim va g„oyat samarali vositalaridan biri” 1 Chunki har bir davlatning asosini yoshlar tashkil qiladi. Agarda yoshlarimizning ong, dunyoqarashi yot g„oyalar bilan zaharlangan bo„lsa, unda davlat va jamiyat taraqqiyoti sekinlashib borishini ko„rishimiz mumkin. Shu sababli yoshlarimizda fahm-farosat, aql uyg„unligi orqali biz ularning bugungi kun tahdidlariga munosib kurashadigan, sog„lom dunyoqarashli, o„zining firkiga ega bo„lgan komil insonni shakllantirishimiz lozim. Shu boisdan taraqqiy etgan mamlakatlarning globallashuvga bo„lgan ta‟sir doirasidan ogoh bo„lib, ularning shaxs ongi va ruhiyatiga asta-sekinlik bilan salbiy ta‟sir etuvchi jihatlaridan, «ommaviy madaniyat»dan ehtiyot bo„lish darkor. Prezidentimiz I.A.Karimov ta‟kidlaganidek «Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma‟naviyatiga qarshi o„rnatilgan, bir qarashda arzimas bo„lib tuyuladigan kichikina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko„zga ko„rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo„lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin» 2 .
ta‟limini rivojlantirish umummilliy dasturi»ning qabul qilinishi natijasida maktablardagi ta‟lim tizimi tubdan isloh qilina boshladi. Ushbu dasturga muvofiq, yurtimizda mavjud bo„lgan o„n mingga yaqin umumta‟lim maktabining moddiy- texnik bazasini mustahkamlash, ta‟lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, o„qituvchilarning mehnatini moddiy va ma‟naviy rag„batlantirish bo„yicha katta ishlar qilinmoqda. Ta‟lim tizimini isloh qilish nafaqat shahar, balki avvalo qishloq va tumanlardan boshlanishi, umumxalq manfaati va istiqboli ko„zda tutildi. Natijada, xalqimizning boy tarixi, ma‟naviyati, madaniyati, qadriyatlari va urf-odatlarini o„rganish va e‟zozlash, yurtimizni yanada obod va go„zal etish maqsadida olib borilayotgan ishlar o„z samarasini bermoqda. O„zbekistonda olib
1 G‟oyibnazarov Sh. Ommaviy madaniyat. Toshkent. O‟zbakiston nashriyoti, 2012, -b 227. 2 Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‟naviyat, 2008. – 115 b. 34
borilayotgan barcha islohotlar inson manfaatiga, barkamol, sog„lom avlodni tarbiyalash va uni ma‟naviy-axloqiy jihatdan etuk va ijtimoiy faol qilib voyaga etkazish, obod turmush tarziga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shaxsda fahm-farosat, aql uyg„unligini ta‟minlashning muhim omillari qatoriga mehnat estetikasi kiradi. Chunki mehnat jarayonida inson bir qancha ijobiy fazilat va xislatlarni, malaka va ko„nikmalarni o„zlashtirib boradi. Zero, mehnat shaxs va jamiyat manfaatlarini uygunlashtiradigan ijodiy qobiliyatlar ifodasidir. Mehnat faoliyati tufayli inson o„zining ijodiy kuch va qobiliyatlarini gavdalantiradi va rivojlantiradi, bunda inson, birinchidan, muayyan obyektiv shart- sharoitlar ta‟siri, ikkinchidan, subyektiv-shaxsiy fazilatlar uyg„unligida faoliyat ko„rsatadi. Bular orasida mehnat kechadigan shart-sharoit, uning tashkillanish holati, ijtimoiy mavqeyi va insoniy qadrlanish darajasi muhim rol o„ynaydi. Bu jarayonda obyektiv shart-sharoitlar bilan bir qatorda subyektiv omil bo„lmish inson mehnatining ijtimoiy ahamiyati, uning shaxsiy mas‟ulligi, ijodkorlik fazilatlari yuzaga chiqadi. Mehnat jarayonida inson ongli faoliyati bilan inson tabiatga maqsadga muvofiq ta‟sir ko„rsatadi, ularni hayotiy va ijtimoiy ehtiyojlar, estetik did talablariga muvofiq qayta ishlaydi. “Mehnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmuun baxsh etish insonni estetik kamol toptirish bilan biga, uning foydali amaliy vazifalarini ham kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi. Natijada estetik mazmun mehnat unumdorligini, samaradaorligini va sifatini oshirishning muhim omiliga aylanadi. Mehnat insonning hayotiy ehtiyoji, uni turmush estetikasini shakllantiruvchi vosita hamdir. Mehnat estetikasining shakllanishidan ishlab chiqarish vositalarining zamonaviyligidan tashqari, mehnat kollektividagi o„zaro axloqiy-estetik muhitning ham o„rni bor. Negaki ahil jamoa, uzaro axloqiy-estetik munosabat ish jarayonining sifati va estetikasiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi” 1 . Darhaqiqat mehnat jarayonidagi estetik jihatlar inson faoliyatning estetik shakli jismoniy va intellektual kuchlarning erkin rivojlanishidan iborat bo„lib moddiy-manfaatli jarayonning estetik jihati sifatida ijodiy ko„tarinkilik, xatti-
1 Abdullayeva N. Dizayn, atrof-muhit va texnika estetikasi. Toshkent 2012 54 b. 35
harakat, o„zgartirishlar amalga oshiriladi. Mehnatning inson ma‟naviyatini yuksaltirishga ham ta‟sir ko„rsatadi. Bu jarayon insonning intilish, xatti-harakat, muayyan amallarni ado etish oqibatida yuz beradi. O„z mehnati muvaffaqiyatidan manfaatdor inson amallarni mukammal bajarishga intiladi. Ayni shunda epchillik, mahorat, fahm-farosat, did, aql uyg„unligi namoyon bo„ladi. Inson ijodiy va yuksak maqsadlarni ko„zda tutib jismoniy va ma‟naviy qobiliyatlarini erkin ishga solganda mehnatidan qoniqish hosil qiladi, zavqlanadi, estetik rohatlanadi. Faoliyat mazmuni va shart-sharoitga bog„liqligidan qat‟i nazar, mehnat erkin bo„lganda, natijalaridan inson bevosita manfaatdor va bahramand bo„lganda, ijodiy qobiliyatlarini yuksak ma‟naviy maqsadlarga yo„naltirganda, estetik xususiyat kasb etadi. G„afur G„ulom “Go„zallik nimada?” she‟rida yozganidek, “go„zallik - ishlayish, manglayni terlatish, go„zaldir ungan ish, maqtansa yarashar!” 1
ko„rinishidan zavqlanish degani emas. U faoliyatda o„yindek ijodiy tus olib, erkin, tabiiy yo„sinda kechgan taqdirda ham, o„zining ijtimoiy o„zgartiruvchanlik ma‟nosini saqlab qoladi, jiddiy va murakkab faoliyat tarzida namoyon bo„ladi. Shuning uchun mehnat jarayonida tug„iladigan estetik zavq uning bu teran, botiniy mohiyatini anglash bilan, hayotiy ijodkorlik ruhi bilan bog„langan bo„ladi. Inson mehnat jarayonida qandaydir sodda, bir qarashda oddiy amallarni ishga solganda ham o„zini ijodkor his etadi, mehnatining qayta yaratuvchanlik ma‟nosini anglab etadi.
Jonli mehnat jarayoni murakkabroq tuzilma - ishlab chiqarishning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o„zaro bir-birlari hamda ishlab chiqarish vositalariga nisbatan muayyan ijtimoiy munosabatda bo„ladi. Tabiiyki, mahsulot tayyorlashda muayyan mehnat qurollari (mashina, dastgoh, aslaha va boshqalar), shuningdek, ularni maqsadga muvofiq joylashtirish va o„zaro ta‟sirini ta‟minlashdek murakkab vazifani ado etishga to„g„ri keladi. Bularning barchasi muayyan sur‟atda kechadigan, o„z funksiyasi, strukturasi, tashkiliy
1 G‟afur G‟ulom. Mukammal asarlar to‟plami. O‟n ikki tomlik. Birinchi tom.- Toshkent: Fan,1983. – 22-b. 36
ko„rinishiga ega bo„lgan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Bu tuzilma yuksak darajada yaxshi yo„lga qo„yilganligi va mukammalligi bilan estetik ifodaviylik kasb etadi. Bu jarayon jamoaviylik shaxsda axloqiy-estetik fazilatlarning rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Yuksak darajada tashkillangan jarayon, uning muayyan sur‟atda gavdalanish va kechish manzarasi kishilarga estetik ta‟sir etadi, faoliyatga ijodiy munosabat uyg„otuvchi emotsional ko„tarinkilikni vujudga keltiradi. Shaxs va jamiyat intellektual madaniyatini rivojlantirishda estetik omillarning o„ziga xos o„rni bor. Bu borada turmush estetikasi, mehnat estetikasining ta‟sirchan kuchini alohida ko„rsatish mumkin. Mazkur omillar ta‟sirida inson ma‟nan yetilish bilan intellektual jihatdan yuksala boradi.
Shaxs-insonning uni qurshagan boshqa odamlar tomonidan qanday idrok etilishi, tavsiflanishi va baholanishini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisa. Shaxs faqat jamiyatda, o„ziga o„xshash odamlar bilan muloqot qilish, o„tgan avlodlar to„plagan tajriba va bilimlarni, o„ziga qadar yaratilgan qadriyatlar va xulq-atvor qoidalarini o„zlashtirish orqali shakllanishi mumkin. Shuning uchun ham shaxs bo„lish – ijtimoiy «qiyofa»ga ega bo„lish demakdir. Bu borada ayniqsa, yoshlarning dunyoqarash va tafakkurini o„rganib borish muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki, davlat va jamiyat kelajagi yoshlarga bog„liq bo„lib, ular har vaqt davlat va jamiyat nazoratida bo„lishgan. Yoshlarning kamol topishi katta avlodning qo„lida bo„lsa, katta avlodning keyingi hayoti va umidi yoshlarga bog„liqdir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach yoshlarga e‟tibor yanada kuchaydi. Ayniqsa, ularning ta‟lim-tarbiyasi borasida davlatimiz tamonidan ko„pgina ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarning davomi sifatida Prezidentimiz tomonidan 2008 yilni “Yoshlar yili”, 2010 yil “Barkamol avlod yili” , 2014-yil Sog„lom bola yili” deb e‟lon qilinishi, yoshlarga bo„lgan e‟tiborning doimiy va davomiyligini ko„rsatdi. Hozirda yoshlarning faolligi, bilim va ko„nikmalarini oshirish hamda ularning faoliyati uchun keng shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro„-e‟tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o„sib, ulg„ayib, qanday inson
37
bo„lib hayotga kirib borishiga bog„liqdir. Biz bunday o„tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak deb Prezidentimiz bir necha bor ta‟kidlab o„tgan. Yoshlarni davlat va jamiyat hayotida ishtirok etishlari uchun ularning qarashlari va xulq- atvorlarini, jo„shqin va maqsadli faoliyatiga ta‟sir etuvchi omillarni aniqlash va o„rganish nihoyatda muhimdir. Inson kamolotiga ta‟sir etuvchi omillarni tahlil qilish natijalari shuni ko„rsatdiki, ta‟lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish uchun biz tanlagan maqsad jamiyatning komil insonni tarbiyalashdek maqsadiga mos kelishi lozim. Zero, jamiyat taraqqiyoti shaxsning kamol topishini ta‟minlaydi. Shaxsning xarakteri, temperamenti, qobiliyati ruhiy jarayonlarni boshidan kechirganda, mehnat faoliyatida, turmushda o„zini namoyon etadi. Demak, shaxs o„z hayotida yuz beradigan o„zgarishlarning, ijtimoiy tarbiya jarayonining natijasi o„laroq yuzaga keladi. Shunga ko„ra, shaxsning jamiyatda tutgan o„rni, insonning kamolot dinamikasi o„rganiladi. Shuning uchun insonning ijtimoiy mohiyatini, uning jamiyat bilan bo„ladigan munosabatlarini e‟tiborga olib, shaxs tushunchasi ishlatiladi. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma‟naviy taraqqiyoti shaxsning har tomonlama kamol topishi bilan o„zaro bog„liqligi tufayli kishilar farovonligini jamiyat taraqqiyotining asosiy omili hisoblanadi. Shaxs va jamiyat o„rtasidagi munosabatlarni ilmiy va amaliy hal qilishda hozirgi sharoitda mamlakatimizda yuz berayotgan demokratik o„zgarishlar muhim rol o„ynaydi. Mustaqillikka erishgandan keyin Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko„lamli ishlarimiz, biz maqsad qilib qo„ygan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati, erkin va obod Vatan qurishga qaratilgan, yurtimizning qiyofasi va hayotimizning ma‟no-mazmunini mutlaqo o„zgartirib yuborgan tom ma‟nodagi tarixiy o„zgarishlar va hayotning o„zi, haqiqatan ham, to„g„ri yo„l ekanini yaqqol tasdiqlab bermoqda. Mustaqillikning ijtimoiy-estetik mohiyati, avvalambor, mamlakatimizda barpo etilayotgan huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining inson manfaatlari ustuvorligiga asoslanishi, insonni eng oliy qadriyat sifatida e‟tirof etish, erkin ijodiy mehnatning ustuvor o„rin egallashi, jamiyat taraqqiyotining
38
barcha sohalarini rivojlantirishda yuksak ma‟naviyatga asoslanish bilan belgilanadi. Bu jarayonning umumiy yo„nalishi, shu bilan birga, ma‟naviy-ijtimoiy va gumanistik maqsadi, axloqiy-estetik tabiyati “islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak” 1 degan konsepsiyada o„z ifodasini topgan. Xulosa qilib aytganda, fahm, farosat va aql axloqiy tarbiyaning asosiy me‟zoni hamda axloqiy madaniyatning muhim omilidir. Har ko‟ngilkim, bo‟lur ul Haq nazarig‟a manzur, Jilvagoh o‟lg‟usidir ayni farosatda davom. ***
Farosatdin ko‟ngilga ko‟z ochilg‟ay, Hamma holatni ul ma‟lum qilg‟ay. 2
keng ko„lamli ishlarimiz, biz maqsad qilib qo„ygan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati, erkin va obod Vatan qurishga qaratilgan, yurtimizning qiyofasi va hayotimizning ma‟no-mazmunini mutlaqo o„zgartirib yuborgan tom ma‟nodagi tarixiy o„zgarishlar va hayotning o„zi, haqiqatan ham, to„g„ri yo„l ekanini yaqqol tasdiqlab bermoqda.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling