O’zbekiston milliy universiteti
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
fahmfarosataql birligining shaxs tarbyasidagi ahamiyati.
1
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Qo’lyozma huquqida UDK 152.2.16.1(09)17.(584.4) SUNATOV DILSHOD HOSHIMOVICHNING FAHM–FAROSAT–AQL BIRLIGINING SHAXS TARBYASIDAGI AHAMIYATI. 5A120503–Etika va estetika Magistr akademik darajasini olish uchun DISSERTATSIYA Ilmiy rahbar: f.f.n. Abdullayeva N. TOSHKENT-2014 2
Fahm-farosat tushunchasi va uning mohiyati…………………….. 8-16 1.2. Aql tushunchasining falsafiy talqini……………………………… 17-25
27 2.1. Estetik omillarning shaxs tarbiyasiga ta‟siri ……………………… 27-
Ta‟lim muassasalarining shaxsda fahm-farosat va aql uyg„unligini tarbiyalashdagi o„rni………………………………………………
37-51 II bob bo‟yicha xulosa…………………………………………… 51-52 III-BOB. AXLOQIY-ESTETIK JIHATLARNING SHAXS MA’NAVIY KAMOLOTIDAGI AHAMIYATI……………………………. 53 3.1. Fahm-farosat va estetik didning shaxs ma‟naviy kamolotidagi o„rni……………………………………………………………… 53-65
3.2. Shaxsni axloqiy-estetik jihatdan kamol toptirish jamiyat taraqqiyotining muhim omili……………………………………. 66-80
III bob bo‟yicha xulosa…………………………………………… 79-80
3
Mavzuning dolzarbligi. Shaxs ma‟naviyati uning axloqiy sifatlari, odobi, Vatan va xalqqa sadoqati, mehnatga, insonlarga bo„lgan munosabati, aql-zakovati, fahm-farosati va qadr-qimmati bilan o„lchanadi. Bu kabi ma‟naviy axloqiy fazilatlar umuminsoniy va milliy qadriyatlar ta‟sirida o„zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi. O„z navbatida, yuksak ma‟naviyat shaxsning axloqiy jihatdan kamol topishida muhim rol o„ynaydi. Shuning uchun bugun yoshlarimiz ma‟naviyatini yuksaltirish, har bir voqea-hodisaga teran tafakkur va tahliliy idrok bilan yondoshishga o„rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o„rinda insonning voqelikni asliga muvofiq idrok etish, unga to„g„ri munosabat hosil qilish va voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq eta bilish fazilati bo„lgan fahm va farosatning ham o„z o„rni bor. Shundan kelib chiqib tadqiqot mavzuining dolzarbligini quyidagilar bilan belgilash mumkin: Birinchidan, globallashuv sharoitida ulug„ ajdodlarimiz tomonidan ma‟naviy-axloqiy yetuklikka erishishga xizmat qilgan va tajribadan o„tgan, asrlar davomida shakllanib, sayqal topgan fahm-farosat, aql, uyat, andisha, kabi yuksak axloqiy tushunchalar, axloqiy qadriyatlar milliy axloqiy mezonlar majmui – sharqona axloq kodeksining yuqoridagi dialektik birlikni shakllantirishga asoslanadi. Ikkinchidan, ilmiy manbalardagi mavjud fikrlarga tayangan holda fahm va farosat tushunchalarining mazmun-mohiyatini aniqlash, ularning o„zaro aloqasi va falsafiy ta‟riflarini berish, metodologik ahamiyatini yanada chuqurroq tahlil etishda ko„rinadi. Uchinchidan, O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va 1997 yilda qabul qilingan “Ta‟lim to„g„risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishi va hayotga tadbiq qilinishi ushbu muhim sohada chuqur islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakatimizda ta‟lim taraqqiyotining shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik hamda madaniy ehtiyojlarini ta‟minlaydigan ustuvor sohasi sifatida qonunan 4
belgilab qo„yildi va asosiy e‟tibor shaxsning axloqiy, intellektual kamolotiga qaratilishi bilan belgilanadi. To„rtinchidan, shaxs intellektual taraqqiyotini axloq bilan uzviyligining falsafiy jihatdan tadqiq etish bugungi kunda nihoyatda muhim ahamiyatga egadir.
uyg„unligini shakllantirish barcha davrlar uchun o„ziga xos ahamiyatga ega bo„lgan. Tarixiy manbalarga qaraganda «Avesto» inson uning axloqiy xususida ko„plab falsafiy-axloqiy fikrlar e‟tirof etilgan. 1 Shuningdek, “Qur‟oni karim” va Hadisi shariflarda ham insonda fahm-farosat, aql uyg„unligiga oid ko„plab fikrlar uchraydi. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy, «Fozil odamlar shahri» asarida hukumat rahbarida mavjud bo„lishi kerak bo„lgan fazilatlar qatoriga xushbichimlik, fahm-farosatlilik, o„tkir xotira, idroklilik, so„zga chechanlik, ilmga chanqoqlik, xar bir ishda me‟yorni saqlay bilish, halollikka muhabbat va yolg„onga nafrat, olijanoblik, boylikka nafrat, adolatparvarlik, qat‟iylikni ko„rsatib o„tadi. Forobiy fikricha, insonning baxtli bo„lishi uning hatti - harakati, aqli, bilimi, kasb-hunari va fozil, adolatli jamiyatda yashashiga bog„liq. Inson kamolotga erishishi uchun xayrli ezgu ishlarni qilishi, o„zida yuksak insoniy fazilatlarni jamlashi, hayotiy tajribaga ega bo„lishi zarur. “Inson yaxshi tarbiya ko„rmagan va turmushda tajriba orttirmagan bo„lsa, u ko„p narsalarni nazarga ilmaydi va ulardan jirkanadi”. Ibn Sino, fikricha “Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so„zi, tili va aqli, tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Inson aqli turli fanlarni o„rganish yordamida boyiydi” 2 . Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”asarining 34-bobi “Farosat bayonida” deb ataladi. U “Farosat so„zining lug„aviy ma‟nosi biror narsaning yaxshi va yomon xususiyatini ko„rib aniqlashdir. Istilohiy ma‟nosi esa umumiy bo„lib, jonning suratdagi zohir holini mushohada qilib, uning ichki mohiyatidan ogoh bo„lishdir. Farosat hukumat ishining ulug” shartidir. Har bir hodisa, ish yuz bergan bo„lsa huquq ahli uning va orqasiga basirat ko„zi bilan nazar solishi lozim. G„oyatda zohir va bo„lgan voqea xususida, unga shariat hukmi va adolat tariqi bilan hukm
1 Qarang. Avesto. A.Mahkamov tarjimasi. – T. : Sharq, 2001. –B. 248. 2 Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. – T. : 1993. -182 b. Ibn Sino. Danishname.- Dushanbe.: 1957.-S..59 5
chiqarsinlar. Ulug„lar aytishicha, xukumat ziynati farosat zevari bilan go„zaldir deb ta‟kidlaydi 1 . Shuningdek estetik did, fahm-farosat, aql masalalari borasida g„arb faylasuflari Byork, I.Kant, F.V.Gegel, Yumlarning fundamental tadqiqotlari mavjud”
2 . XX asrning boshlarida Mahmudxo„ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi jadid-ma‟rifatchilari inson kamolotida fahm-farosat, aql uyg„unligi muammolarini u yoki bu jihatlariga ta‟lim – tarbiya – ma‟rifatning uyg„unligidan kelib chiqib yondoshdilar 3 . Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so„ng estetika sohasida qator ilmiy tadqiqotlarga qo„l urildi, bu borada yangi avlod o„quv-uslubiy adabiyotlar yaratildi. Ayniqsa, ta‟limni tarbiya bilan uzviyligini ta‟minlashda estetikaning o„rni masalalari yangicha yondoshuvdagi tadqiqotlarni yuzaga keltirdi. Jumladan, axloq va nafosat uyg„unligining shaxs ma‟naviy kamolotiga ta‟siri kabi masalalar bir qator estetik olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Bu borada Tilab Mahmudov 4 , Erkin Umarov 5 , Aknazar Qurbonmamadov 6 , G.Mahmudova, Abdulla SHer, B.Husanov, L.Muhammadjonova, M.Nurmatova, N.Abdullaeva 7 , F.Abidjonova 8
kabi olimlarning ilmiy asarlarini alohida e‟tirof etish kerak. Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya O„zbekiston Respublikasining 2008-yil «Yoshlar yili», , 2010-yil
1 Xusayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muxsiniy”, O„zbek Milliy insklopediyasi; Davlat ilmiy nashriyoti; - 2011 yil. 2 Бѐрк Эдмунд. Философское исследования о происхождение наших людей возвышенного и прекрасного. – Москва: Искусство. 1979. – 234 с.; Нарский И.С. Давид Юм. – Москва: Мысль, 1973. –333 с.; Вольтер Ф. Эстетика. Статьи. Письма. – Москва: Искусство, 1974. – 194 с.; Кант И. Сочинение. В 6 т-х. – Москва: Мысль, 1984; Гегель. Эстетика. В 3 т-х. – Москва: Искусство, 1979; 3 Mahmudxo„ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma‟naviyat, 1996. – 114 b.; Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 tomlik. – Toshkent: Ma‟naviyat, 1996. –88 b.: Abdurauf Fitrat. Oila yoki oilani boshqarish tartiblari. – Toshkent: Ma‟naviyat, 1998. – 112 b. 4 Maxmudov T. Эстетика и духовные ценности. – Toshkent: Sharq, 1993. – 286 s.; Maxmudov T. Mustaqillik va ma‟naviyat. – Toshkent: Sharq, 2001. – 160 b.; Maxmudov T., Петров В. Вопросы методологии эстетического анализа искусства. – Toshkent: Fan, 2006. – 48 s. 5 Umarov E. Estetika. O„quv qo„llanma. – Toshkent: O„zbekiston, 1995. – 246 b.; Umarov E., Abdullaev M. Ma‟naviyat asoslari. O„quv qo„llanma. – Toshkent: Sharq, 2005. – 128 b.; Umarov E. Teatr estetikasi. –Toshkent: CHASHMA PRINT, 2009. – 160 b. 6 Курбонмамадов А. Эстетическая доктрина суфизма. – Душанбе: Дониш, 1984. – 240 с.; Курбонмамадов А. Из истории эстетической мысли Средней Азии. – Ташкент: Университет, 2007. – 168 с.; Курбонмамадов А. Эстетические особенности искусства. // O„zMU xabarlari. – Toshkent, 2009. № 4. –S. 13-15. G. Maxmudova Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti Toshkent Davr –PRESS, 2006 7 Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. – Toshkent: O„zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. – 328 b.; Abdulla Sher, Bahodir Husanov. Estetika. – Toshkent: O‟zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. – 190 b, M.Nurmatova, L.Muhammadjnova Ma‟naviyatnging axloqiy asoslari, Toshkent O„zMU nashriyoti 2013 y,.M.Nurmatova, N.Abdullaeva Axloqiy-estetik madaniyat Toshkent O„zMU bosmaxonasi 2013 8 Hozirgi zamonda inson ongi va qalbi uchun kurashning estetikada namoyon bo„lishi. Toshkent, 2011 y. 6
“Barkamol avlod yili”, “2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yil “Obod turmush yili” va 2014-yil “Sog„lom bola” Davlat dasturlari hamda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasidagi ustuvor yo„nalishlarga qo„yilgan talablarga asoslangan. Shuningdek, mazkur tadqiqot ishi Mirzo Ulug„bek nomidagi O„zbekiston Milliy universiteti, xususan Falsafa fakulteti Etika va estetika kafedrasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga kiradi, ularning asosiy yo„nalishlarini o„zida aks ettiradi.
shaxsda
fahm-farosat, aql
uyg„unligini tarbiyalashning omil va vositalarini takomillashtirish yo„llarini falsafiy tahlil etish. Tadqiqotning vazifalari: -fahm – farosat tushunchalarining axloqiy-estetik mohiyatini tahlil etish; -ilmiy manbalardagi mavjud fikrlarga tayangan holda, fahm-farosat va aqlning o„zaro aloqadorligi va o„ziga xos xususiyatlarini ko„rsatish; -shaxsda fahm-farosat va aql uyg„unligini takomillashtirishning muhim omil va vositalarini tavsiflash; -yoshlarda fahm-farosat va aql uyg„unligini tarbiyalashning zamonaviy ahamiyatini tadqiq etish. Tadqiqotning obyekti. Fahm, farosat va aql uyg„unligining shaxs tarbiyasiga ta‟siri masalalari Tadqiqotning predmeti. Shaxs ma‟naviy kamolotida fahm-farosat va aql uyg„unligining tarbiyalashning ijtimoiy-ma‟naviy omillari. Tadqiqotning metodologik va nazariy asosi. Dissertatsiyada O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mavzuga doir normativ xujjatlar, qabul qilingan qonunlar O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan manba sifatida foydalanildi. Tadqiqotning nazariy asoslarini O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovning asarlari va tadqiqotchi olimlarning nazariy konsepsiyalari tashkil etadi. Tadqiqotning metodlari sifatida tizimlilik, dialektik yondashuvlar, shuningdek, tarixiylik va mantiqiylik, analiz va sintez, ob‟ektivlik va vorisiylik, 7
qiyoslash va umumlashtirish, milliylik va umuminsoniylik kabi tamoyillardan foydalanildi. Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar: -fahm tushunchasi va uning mazmuni; -farosat tushunchasining axloqiy-estetik mohiyati; -fahm-farosat, did tushunchalarining uyg„unligi masalasi; -fahm-farosat, aql tushunchalarining o„zaro aloqadorligi muammosi.
-fahm va farosat tushunchalariga ta‟rif berildi; -fahm-farosat-didning o„ziga xos xususiyatlari va dialektik aloqadorligi tahlil etildi; -shaxsda fahm-farosat va aql uyg„unligini tarbiyalashning estetik omillari tavsiflandi; -shaxsda fahm-farosat va aql uyg„unligini ta‟minlashda ta‟lim va tarbiya tizimining ahamiyati ko„rsatib o„tildi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. shaxs tarbiyasida fahm-farosat va aqlni uyg„unlashtirish yo„nalishlarini belgilash va falsafiy tahlil qilinishi uning ilmiy ahamiyatini belgilaydi. Tadqiqotda keltirilgan materiallar ba‟zi ilmiy xulosalar, istiqboldagi dissertatsiya ishlari va tadqiqotlar uchun muayyan asos bo„lishi mumkin. O„zbekistonda shaxs ma‟naviy kamolotida fahm-farosat va aql uyg„unligini uyg„unlashtirish borasidagi islohotlarning ahamiyatini tushunish va tushuntirishda, yoshlarda axloq va nafosat tarbiyasini to„g„ri yo„lga qo„yishga oid targ„ibot ishlarida foydalanish mumkin. Shuningdek, tadqiqotdan “Etika”, ”«Estetika”, “Axloq falsafasi” ,“Nafosat falsafasi”, “Falsafa”, “Ijtimoiy falsafa”, “Mantiq”, “Ma‟naviyat asoslari” kabi fanlardan axloqiy anglash va uning tizimi, estetik anglash va uning tizimi, axloqiy tarbiya vositalari, estetik tarbiya vositalari mavzulari bo„yicha ma‟ruza va amaliy mashg„ulotlar o„tkazishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. 8
respublika miqyosda o„tkazilgan konferensiyalaridagi ma‟ruzalarida foydalanildi.
O„zbekiston milliy universitetining Falsafa fakulteti “Etika-Estetika” kafedrasida bajarilgan va muhokama etilib (-----, bayonnoma №2), himoyaga tavsiya etilgan.
ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar muallif tomonidan nashr etilgan jami 6 ta 5 ta respublika ilmiy-nazariy konferensiyalaridagi ma‟ruzalari, 1 ta O„zMU xabarlari” jurnalidagi maqolasida o„z aksini topgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya «Kirish», uch bob, olti qism, «Xulosa» hamda «Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati»dan iborat bo„lib, umumiy hajmi 91 bet.
9
TALQINI
Jamiyatning ma‟naviy va axloqiy sog„lomligi bebaho boylik hisoblanadi. Negaki, sog„lom muhit ma‟nan yetuk, axloqan yuksak shaxslarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun allomalar insonga xos go„zal axloqiy fazilatlar, ya‟ni har bir inson o„zi yashayotgan muhitdagi turmush tarziga, oilaga, qo„ni-qo„shnichilik va yoru- birodarlikka, jamoat joylaridagi munosabatlariga, boshqalar bilan bo„ladigan aloqasi, yurish-turishi, muomalasi, kiyinishi, did-farosati va boshqa shu kabi fazilatlarni tarbiyalash xususida ko„plab o„git va nasihatlar qoldirib ketishgan. Bu borada ma‟naviyatimizning buyuk va bebaho merosi Hadisi Shariflarda ham “Qo„shningizga yaxshilik qiling– tinch bo„lasiz”, “O„zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko„ring - salomat yurasiz”, “Inson xatoni ko„proq o„z tili bilan sodir qiladi”, “Tashqi ko„rinishlaringiz yoki molu-dunyolaringizga emas, balki dillaringizga va ishlaringizga baho beriladi” kabi fikrlar ko„plab uchraydi. Ushbu hikmatlarda umuminsoniy qadriyatlar, kishilarning yurish-turishi, atrofdagilar bilan munosabatining axloqiy asoslari, inson go„zalligining umumiy mezonlari to„g„risida olam-olam ma‟noni uqib va o„zlashtirib olish mumkin. Kim qaysi lavozimda va vazifada ishlashidan qat‟iy nazar, o„zining serzavq, sermazmun mehnati, yaxshi kayfiyati, boshqalarga yordami va saxiyligi, kamtarinligi, madaniyligi, qadr-qimmati va xulq-odobi bilan, hamjihat ish yuritishi va odamlarga foyda keltirishi bilan go„zaldir. Shuni ham ta‟kidlash lozimki, shaxs ma‟naviyati uning axloqiy sifatlari, odobi, Vatan va xalqqa sadoqati, mehnatga, insonlarga bo„lgan munosabati, aql-zakovati, fahm-farosati va qadr-qimmati bilan o„lchanadi. Bu kabi ma‟naviyat axloqiy qadriyatlar, xususan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ta‟sirida o„zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi. O„z navbatida, yuksak ma‟naviyat shaxsning axloqiy jihatdan kamol topishida muhim rol o„ynaydi. Shuning uchun bugun yoshlarimiz ma‟naviyatini yuksaltirish, har bir voqea-hodisaga teran tafakkur va tahliliy idrok bilan yondoshishga o„rgatish
10
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o„rinda insonning voqelikni asliga muvofiq idrok etish, unga to„g„ri munosabat hosil qilish va voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq eta bilish fazilati bo„lgan fahm va farosatning ham o„z o„rni bor. Fahm-farosat borasida mutafakkirlarimiz ko„plab fikrlar bildirishgan. Xususan Sharqning buyuk mutafakkiri Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” asarining 34-bobi“Farosat bayonida” deb ataladi.“Farosat so„zining lug„aviy ma‟nosi biror narsaning yaxshi va yomon xususiyatini ko„rib aniqlashdir. Istilohiy ma‟nosi esa umumiy bo„lib, jonning suratdagi zohir holini mushohada qilib, uning ichki mohiyatidan ogoh bo„lishdir. Farosat hukumat ishining ulug” shartidir. Har bir hodisa, ish yuz bergan bo„lsa, huquq ahli uning va orqasiga basirat ko„zi bilan nazar solishi lozim. G„oyatda zohir va bo„lgan voqea xususida, unga shariat hukmi va adolat tariqi bilan hukm chiqarsinlar. Ulug„lar aytishicha, xukumat ziynati farosat zevari bilan go„zaldir.” 1
Faxima fe‟lidan “tushundi” ma‟nosi bilan hosil qilingan bo„lib, tushunish, anglash, idrok qilish qobiliyati degan ma‟nolarni anglatadi. Ko‟rib turganimizdek fahm farosat so‟ziga juda yaqin. Ammo oradagi tafovut shuki farosat-to„g„ri fahmlashni anglatsa, fahm-umuman olganda idrok qilishni va tushunishni bildiradi. Bu yerda anglash va tushunish sodir bo„lsa bo„ldi, u fahmni keltirib chiqaraveradi. Faqat to„g„ri anglagan odamni farosatli, noto„g„ri anglaganni esa farosatsiz deymiz. Fahmsiz so„zi esa o‘sha anglashni ham tuzuk eplay olmay, chala tushunadigan odamga nisbatan ishlatiladi. Farosat islom falsafasida Haq (pok va oliy)ning mo„min bandaga bergan nuridir. Bunga ushbu hadis mazmuni dalolat qiladi: “Qo„rkinglar mo„min farosatidan, u Xudo nuri bilan qarab har narsaning zamiriga etaoladi”). Shuning uchun hech narsa farosat ahlidan yashirin emas. Koshifiy farosatni ikki qismdan iborat: sha‟riy farosat va hukmiy farosatdan iborat ekanligini aytadi. Sha‟riy farosat shuki, pok va sof ko„ngilli (mo„min) kishining ko„zidan ko„tarilib, farosat nuri bilan haqiqatni anglab yetadi. Bu
1 Koshifiy (Husayn Voiz Koshifiy) “Axloqi Muhsiniy”, O‟zbek milliy insklopediyasi; Davlat ilmiy nashriyoti; 2011- yil. 278-b. 11
xususida bir qancha rivoyatlar ham mavjuddir. Xabarda kelishicha, imom Ja‟far va imom Muxammad Bokir (alayxumar - rizvon) Ka‟ba xarami oldida o„tirgan ekan, bir kishi masjid eshigidan kirdi. Imom Ja‟far: “Bu kishi duradgor ko„rinadur”, - dedi. Imom Muxammad Bokir esa: “Temirchiga o„xshaydi”, - dedi. Keyin u kishidan so„radilar, u esa javob berdi: “Men burun temirchilik qilar edim, hozir duradgorman”. Ulug„lar farosatining to„g„riligi shundan ma‟lum bo„lib turibdi. Hukmiy farosat esa shundayki, donishmandlar uni tajriba bilan topadilar va dalillarning kishining shakli va shamoyilidan mushohada qilib, aniqlaydilar va buning aksari to„g„„ri chiqadi. Shunday ekan, inson aksar ish binosini farosat dalillariga qo„yish kerak va o„zining pok zehni, tafakkuri, mulohazasiga ham murojat qilishi kerak. Chunki tashqi ko„rinishlarida yomonlik nishonasi bor toifa ichidagi kishilar o„z ahvolini o„zgartirganlaridan voqif va ogoh bo„lishiga harakat qilishi zarur. Koshifiy asarlarida barcha o„gitlar yuqoridagi kabi rivoyatlar bilan boyitilib kishida ishonch uyg„otadi, pand-nasihatlar esa hayotiylik kashf etadi. Bu yoshlar axloqiy-estetik tarbiyasida bugun ham muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa “ommaviy madaniyat” ta‟siriga berilgan ayrim yoshlarga fahm-farosatdan saboq berish bilan birga kattalarga hurmat va kichiklarga izzatli bo„lish, sharqona odob qoidalarini o„zlarining hayotiy me‟yoriga aylantirishga yordam beradi. “Aql-farosatdan mahrum holda baxtli yashagandan, aql-farosat bilan badbaxt bo„lgan a‟loroqdir” – degan edi buyuk faylasuf Epikur. Insoniylikning asosiy qon-tomiri o‟lchovi aql-zakovat, axloqiy-ma‟naviy komillik bo‟lib hisoblanadi. Biz bilamizki, inson jonli aqliy mavjudod sifatida faoliyat ko‟rsatishi uchun yeyish- ichishi qanchalik zarur bo‟lsa, ijtimoiy burchini ado etishi uchun fahm-farosati, aqliy odobi va zakovati ham shunchalik shakllangan bo‟lishi darkor. Xalqimizda “Bilagi zo‟r birini yiqar – bilimi zo‟r mingini” degan hikmat bor. Demak bilimli bo‟lish uchun albatta kishi aqlan yetuk bo‟lishi kerak. Bu o‟z-o‟zidan farosatlilikni keltirib chiqaradi. Chunki, aqlli kishilarda yuksak did, farosat kuchli darajada shaklangan bo‟ladi. Ya‟ni: Fahm-farosat – inson ichki olamini ko‟rsatuvchi tashqi ko‟zgudir,
12
Tashqi ko‟rinish esa, inson ichki olamni yashiruvchi ridodir .
Inson hayotiy tajribasi, faoliyati, bilimi, ilmi, odob-axloqi, xatti-harakati bilan o„zining ma‟naviy olamini boyitib boradi. Inson aqlan va axloqan boyigan sari o„z oldiga ulug„vor vazifalarni qo„yadi va unga erishish uchun harakat qiladi. U o„z faoliyatini barchasini odatda aql bilan o„ylab, amalga oshiradi. Fahm-farosat estetik hissiyot va estetik ong bilan bog„liqdir. U o„z-o„zini estetik anglash – mavjud vaziyatni estetik jihatdan tahlil qilishni, ya‟ni qalban o„zi bilan gaplashish, o„zicha baholash, o„zini nazorat qilish, o„zini o„zi takomillashtirish, har bir vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilishni taqozo etadi. Farosat – voqelikni asliga muvofiq idrok etish, unga to„g„ri munosabat hosil qila bilmoqlik, shu bilan birga voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq eta bilishdir. Buning uchun inson, avvalo, o„z holini to„g„ri idrok etishi, ikkinchidan, o„zgani tushunish, o„zgalarning ehtiyoji, xohishi, imkoni haqida to„g„ri tasavvur hosil qila bilishi kerak. Husayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muhsuniy” asarida: “Farosat Haqning mo‟min bandaga bergan nuridir. Bunga ushbu hadis mazmuni dalolat qiladi: “Ittaku farosatal – mo‟mini fa–innahu yanzuru bi nurillahi taolo” (ya‟ni, “Qo‟rqinglar mo‟min farosatidan, u Xudo nuri bilan qarab har narsaning zamiriga yeta oladi”). Shuning uchun hech narsa farosat ahlidan yashirin emas…” 1 degan jumla keltirilgan. Shuningdek, faylasuf Sitseron “Men o„tkir aql-farosatli yoki ahmoq, kuchli yoxud ojiz bo„lib tug„ilmoqlik o„z ixtiyorimizda emasligini tan olaman. Ammo bundan hatto o„tirish yoki sayr qilish kabi oddiy xatti-harakatlar ham bizga bog„liq emas ekan-da, degan xulosa yasovchilar qattiq yanglishadilar” 2
Shu o‟rinda fikrimiz isboti uchun Abulqosim Firdavsiyning bir hikmatini esga olamiz. “Aqlli so„z dur-javohirlar-u toj-taxtdan ham qimmatliroqdir. Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo„riqchi: til,
1 Husayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muhsiniy”, O‟zbek Milliy insklopediyasi; Davlat ilmiy nashriyoti; - 2011 yil, 279- bet. 2 “100 Mumtoz faylasuf”, “Yangi asr avlodi” Toshkent-2013-yil, 148-149-betlar 13
ko„z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a‟zo orqali qalbga kirib boradi” 1 deb aytadilar. Bu hodisalar shakllanishi asosida shaxsda hayotga sof ma‟naviy tuyg„ular, yaratuvchan salohiyat kuchayadi, tabiyatga, jamiyatga, oila va odamlarga munosabatda axloqiy-estetik me‟yorlar ustuvor bo„ladi. Shuning uchun estetik omillarga tayanish zarurati kundan-kunga oshib bormoqda. Farosat masalasida buyuk shoir Muhammad Rizo Ogahiyning quyidagi bayti keltiriladi: Bo‟lg‟usi har muddao, xotir aro qilg‟ach xutur, Ta‟big‟a maxsus aning , fahm-farosat ko‟rmisham. Ko„p hollarda fahm va farosat birga ishlatiladi ammo ularning har biri o„ziga xos xususiyatga ega bo„lib fahm, tushunish, anglash, idrok qilish qobiliyati bo„lsa, farosat-to„g„ri fahmlashni bildiradi. Bu yerda anglash va tushunish sodir bo„lsa, u fahmni keltirib chiqaradi. Biz to„g„ri anglagan odamni farosatli, noto„g„ri anglaganni esa farosatsiz deymiz. Fahmsiz so„zi esa o„sha anglashni xam tuzuk eplay olmay, chala tushunadigan odamga nisbatan ishlatiladi. Demak fahm- farosatli inson barcha masalani, muhokama va munozarani tezda va to„g„ri tushuna oladigan, uning ma‟nosini anglay oladigan, so„zlovchining maqsadi, aytilgan fikrlarning chinligini tezda payqay oladigan bo„ladi. Zero buyuk mutafakkir Forobiyning fikricha oqil inson o„zida 12 xislatni jamlashtirgan bo„lishi lozim. Ular orasida o„tkir farosat, o„z fikrini aniq va ravshan bayon etish, nafsni tiya olish, kamtarlik, bir so„zlik, qat‟iyatlilik va jasurlikni ham aytib o„tadi. Alloma hukumat rahbarida mavjud bo„lishi kerak bo„lgan fazilatlar qatoriga xushbichimlik, fahm-farosatlilik, o„tkir xotira, idroklilik, so„zga chechanlik, ilmga chanqoqlik, xar bir ishda me‟yorni saqlay bilish, halollikka muhabbat va yolg„onga nafrat, olijanoblik, boylikka nafrat, adolatparvarlik, qat‟iylikni ko„rsatib o„tadi. 2
(xohish), - deb yozadi Forobiy, - agar inson yaratilishining maqsadi bo„lmish
1 “100 Mumtoz faylasuf”, “Yangi asr avlodi” Toshkent-2013-yil, 190-bet. 2 Forobiy. Fozil odamlar shahri. T., Xalq me‟rosi. 1993. 186-187-betlar. 14
barkamollik insonga faqat tabiatan xos bo„lganida va faqat yaxshi niyat bilan amalga oshirilganida edi, u holda barkamollikka yetishuvchi faoliyat va hayot tarzi faqat chin insoniy fazilat, ezgu ishlar va faoliyatlar, go„zal hayot tarzi bo„lur edi. Ammo insonni ushbu barkamollikdan mahrum etadigan holatlar ham bor, ular inosniy bo„lmagan faoliyatlar va hayot tarzi bo„lib, ular maraz, hunuk va yomon ishlar hamda yomon faoliyatlardir”. Bu xususda inson oldida turuvchi asosiy vazifa nima yaxshi-yu, nima yomonligini ajartib olish va nimani qabul qilib, nimadan saqlanmoq lozimligidan iborat. Bu vazifani inson faqatgina ilm bilan hal eta olishini Forobiy qayta-qayta ta‟kidlaydi. Forobiy ta‟limotida axloqiy barkamollik talablari: 1. Salomatlik 2. Nozik farosat 3. Yaxshi xotira 4. Zukkolik 5. Shirinsuxanlik 6. Ilmga chanqoqlik 7. Nafsni tiya olishlik 8. Haqiqatparvarlik 9. Olijanoblik 10. Kamtarlik 11. Adolatparvarlik 12. Qat‟iyatlilik Buyuk mutafakkirlaridan biri Husayin Voiz Koshifiy ham bu haqida shunday deydi”Farosat so„zining lug„aviy ma‟nosi biror narsaning yaxshi va yomon xususiyatini ko„rib aniqlashdir. Istilohiy ma‟nosi esa umumiy bo„lib, jonning suratdagi zohir holini mushohada qilib, uning ichki mohiyatidan ogoh bo„lishdir. Farosat hukumat ishining ulug„ shartidir. 1 “Bundan har bir shaxs narsalarning mohiyatini chuqur bilish bilan birgalikda o„ziga xos aql-farosatga ham
1 Koshifiy (Husayn Voiz Koshifiy) “Axloqi Muhsiniy”, O‟zbek milliy insklopediyasi; Davlat ilmiy nashriyoti;- 2011-yil. 278-279-betlar. 15
ega bo„lishi kerakligi haqidagi xulosani anglash mumkin. Shuningdek insonga xos bo„lgan xususiyatlarga axloqiy va estetik jihatdan yondoshadigan bo„lsak, uni avvalo - aql, farosat va didning, tafakkur, tasavvur va xotiraning mavjud bo„lishi, fazilat, xislat va tarbiyaning mustahkamligi, nafosat, go„zallik va ulug„vorlikni his eta bilishi kabilar bilan belgilanishi ta‟kidlash lozim. Zero, bu sifatlar obod turmushning asosiy axloqiy va estetik asoslarini tashkil qiladi. Farosat -voqelikni asliga muvofiq idrok etish, unga to„g„ri munosabat hosil qila bilmoqlik, shu bilan birga voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq eta bilishdir. Buning uchun inson, avvalo, o„z holini to„g„ri idrok etishi, ikkinchidan, o„zgani tushunish, o„zgalarning ehtiyoji, xohishi, imkoni haqida to„g„ri tasavvur hosil qila bilishi kerak. Yana biri farosat bo„lsa, boshqasi - insonni tushunish. E‟tiqod bozorda insof ko„rinishida namoyon bo„ladi. “Faqat o„zim bo„lay”, degan odam bu yerda uzoqqa borolmaydi. “Insof sari baraka” - ma‟naviyatini yo„qotmagan millatning bozoridagi bosh qonundir. Bozor ma‟naviyatidagi milliy an‟analarimizning tiklanishi, birinchi navbatda, insof va diyonatni insonlar ko„nglida qayta uyg„otish zarurati bilan bog„liq. Insof va diyonat, halollik, xaridorga munosabatda samimiylik va hilm (yumshoq muomala, halimlik) xaridor ko„nglini topishga intilish, uning ehtiyojlarini tushunish - tadbirkor sarmoyasiga Allohning barakatini yog„diruvchi ma‟naviy fazilatlardir. Xaridor haqqiga xiyonat, tovlamachilik - hech qachon bozorga aralashgan odamga omad keltirgan emas. Buni bizning ajdodlarimiz yaxshi bilganlar. Bugungi jahon bozorining muhim jihati - uning ilmiy asosga qo„yilganligi. Marketing fani, ya‟ni bozorni o„rganish ilmi ilgari asosan savdogar yo kosibning farosatiga bog„liq bo„lgan bo„lsa, bugun jiddiy tadqiqotlar asosiga tayanmoqda. Ilgari bir mintaqani qamragan bo„lsa, bugun jahon miqyosida yaxlit fikrlashni taqozo qilmoqda. Manfaatlar to„qnashuvi, raqobat bozor iqtisodi uchun xos narsa. Ammo raqobatni kurashdan farqlash kerak. Agar raqobatni kurash deb tushunib, uni faqat raqibni moliyaviy sindirish yo„llarini izlash sifatida talqin etilsa, tadbirkorlarning
16
raqobati bir-biriga ziyon yetkazish, ishidan ishkal chiqarishga qaratilsa, bunday yondoshuv nizo va buzg„unchilikka, millat va jamiyatning zarariga qarab yuradi. Agar raqobat deganda bir-biridan sifatliroq, xaridorgirroq, o„zgalar molidan arzonroq, inson ehtiyojiga yaroqliroq buyum, mahsulot chiqarish orqali bozorda oldingi o„rinlarni egallashga intilish, buning uchun yangi texnologiyalar, unumli ish usullarini izlash yo„lidan borish tushunilsa, ya‟ni u ijobiy va ijodiy yo„nalish kasb etsa, jamiyat farovonligi, inson kamolotiga xizmat qiladi. Har kim ekkanini o„radi, birovga qilinadigan yaxshilik ham, yomonlik ham bir kun albatta insonning o„ziga qaytadi, deb ishonamiz. Birov foyda ko„rishi uchun, albatta, ikkinchi odam zarar ko„rishi shart emas. Demak, farosat masalasiga nafaqat ma‟naviyat balki iqtisodiy sohada ko„proq ahamiyat kasb etmoqda. O„z holimizni to„g„ri idrok etib, o„zgani ham tushunishga intilib, voqelik haqida to„g„ri tasavvur hosil qilmas ekanmiz, o„zimizga ham, jamiyatga ham, millatga ham tayinli foydamiz tegmaydi. Bozor iqtisodi insonni o„ylashga, farosatini ishlatishga majbur qilishi bilan qimmatlidir. Tasavvuf vakillaridan biri Jaloliddin Rumiy masnaviylarida yuksak estetik madaniyatning jamiyat ravnaqi va xalq farovonligi uchun qaratilgan axloqiy me‟yor, ma‟naviy barkamollik, jismoniy sog„lom va ko„rkamlik, aqlan teranlik bilan bog„liqligini e‟tirof etadi. Bundan har bir shaxs narsalarning mohiyatini chuqur bilish bilan birgalikda o„ziga xos aql-farosatga ham ega bo„lishi kerakligi haqidagi xulosani anglash mumkin. Rumiy shaxsning komillik sifatlarini go„zal ezgulik va baxt g„oyalari bilan bog„laydi. O„zining tasavvufiy qarashlarida estetik madaniyatning nafaqat shaxs uchun, shuningdek, jamiyat uchun ham muhim ekanligini tushuntiradi. Rumiy insonni buyuk bir mo‟jiza sifatida ko„radi. “Ichindagi ichindadur” fikri orqali insonning ichida hamma narsa yozilgan. Biroq zulmat va pardalar borki, ular yozuvlarni o„qishga imkon bermaydi. Zulmat va pardalar turli-tuman mashg„ulotlar, insonning dunyo ishlari borasida olgan tadbirlari va ko„ngilning so„zsiz orzularidir. Rumiy insonning qalb amri doimo yangilanib va yuksaklik sari 17
intilib borishini, erishgan yutuqlar yangi-yangi estetik olam sari yetaklovchi ma‟naviy kuch ekanligini ta‟kidlaydi. Tasavvufiy mutafakkirlarning barchasi insonning ollohning mo‟jizasi ekanligi va uning go„zalligi xulq go„zalligi ekanligini ta‟kidlab o„tishgan. Tasavvuf estetikasida real moddiy olam go„zalligi inkor etilmaydi, balki bu olamdagi barcha narsalar Ollohning mevasi va undan hamma o„z ulushini olib foydalanishi aytib o„tiladi. Inson estetik kamoloti nafaqat estetik tuyg„u, ehtiyoj, shu bilan birga, barcha shaxsiy fazilatlari yaxlit birligida qaror topadi va ular bilan uzviy bog„langandir. Shuning uchun shaxs kamolotining muhim estetik omillari, bir tomondan, uning tarkibiy-strukturaviy qismlari, boshqa tomondan, estetik kamolotning o„ziga xosligi, ijodiy faoliyat shakllanishiga ta‟siri bilan birga qarab chiqilmog„i lozim. Boshqacha aytganda, insonning qobiliyati estetik tuyg„u mohiyati, ya‟ni hissiy- ma‟naviy zavq, mamnuniyat yoki jirkanishning tabiati bilan birgalikda namoyon bo„ladi. Negaki, shaxs estetik kamoloti nafaqat estetik fazilat, shu bilan birga, uni shaxs sifatida shakllantiradigan boshqa ko„plab omillar bilan ham uzviy bog„langandir. Lekin ma‟naviyat yuqoridagilarning mexanik yig„indisidan iborat emasligi o„z-o„zidan ayon. Tadqiqotchi Z. Sobirova ta‟kidlaganidek, “sof axloqiy, sof estetik, sof intellektual, sof ekologik ma‟noda olinganda ulardan hech biri alohida holda ma‟naviylik mohiyatini to„la ifodalay olmaydi 1” . Shunday qilib, ma‟naviylik insonning yuksak axloqiy, estetik, aqliy, ruhiy, jismoniy bar-kamolligini anglatuvchi umumiy tushunchadir. Demak, shaxs ma‟naviyligi tarkibida estetik barkamollikning o„z o„rni bordir. Estetik faoliyatning ham sub‟ekti, ham ob‟ekti hisoblangan shaxsning estetik ehtiyoji va didi u mansub millatning tarixiy shakllangan an‟ana va mezonlari, shuningdek, o„ziga xos tabiiy-hududiy, geografik va ijtimoiy hayot sharoitlariga bog„liq bo„ladi. Inson haqidagi fanlar ning vazifasi tasvirlash, tushuntirish bilan birga, yana muhimi, fahmlashdir. Fahmlash, idrok etish o„rganiladigan
1 Sobirova Z. Jamiyat yangilanishi va badiiy estetik omillar. – Toshkent: Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2007. – 43 b. 18
ob‟ekt yoki sohaning insoning maqsadi va idialiga muvofiqligini izohlash (interpretatsiya) demakdir.Fahmlash, idrok etish insoniylik mohiyatini aniqlash bilan bog„liq bo„lgan jarayondir.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling