O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
ُألْاِب َنُذُ ألْا َو ِفأنَ ألْاِب َفأنَ ألْا َو ِنأيَعألاِب َنأيَعألا َو ِسأفَّنلاِب َسأفَّنلا َّنَأ اَهيِف أمِهأيَلَع اَنأبَتَك َو
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
DIPLOM ISH (1)
ُألْاِب َنُذُ ألْا َو ِفأنَ ألْاِب َفأنَ ألْا َو ِنأيَعألاِب َنأيَعألا َو ِسأفَّنلاِب َسأفَّنلا َّنَأ اَهيِف أمِهأيَلَع اَنأبَتَك َو
َحو ُرُجألا َو ِ نِ سلاِب َّنِ سلا َو ِنُذ ٌصاَصِق 79 “Biz unda (Tavrotda) ularga jonga-jon, ko‘zga-ko‘z, burunga-burun, quloqqa- quloq, tishga-tish va jarohatlarga qasos (olinur) deb bitib qo‘ydik.” 80 Hanafiy ulamolari, baʼzi molikiy va shofeʼiy ulamolari ham modomiki bizga qissa qilingan bo‘lsa, shariatimizda uni bekor qilinganiga dalil bo‘lmay, payg‘ambarlar tilidan ular ilohiy hukm ekanligi aytilgan bo‘lsa, bizlar uchun ham shariat bo‘lib itoat etishimiz, uni hayotga tatbiq qilishimiz lozim deganlar. 81 Shunga asosan hanafiy mazhabida, agar musulmon kishi zimmiyni 82 o‘ldirsa, qasos tariqasida musulmon qotil o‘ldiriladi; shuningdek, erkak kishi bir ayolni o‘ldirsa qasosga ko‘ra qotil kishi o‘ldiriladi. Chunki oyatda “jonga-jon” deb hech qanday ajratishsiz 76 Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 8. 77 Nodir Nabijon o‘g‘li. Usulul fiqh haqida saboqlar. –Toshkent: Toshkent islom universiteti Nashriyot matbaa birlashmasi, 2008. B. 20. 78 Abul Barakot an-Nasafiy. Manor al-anvor. –Istanbul: Hanafiya matbasi, II- juz. B. 99. 79 Moida surasi. 45-oyat 80 Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 115. 81 Ahmad ibn Abu Said. Kashful-asror fi sharhil manor. –Istanbul: Hanafiy matbaasi, 2008. II-juz. 82 Musulmonlar yurtida jizya to‘lab yashovchi g‘ayri din odam. 23 mutlaq kelgan. Bizdan avvalgilarning shariati bizga ham shariat bo‘lishi uchun aytib o‘tilganidek dalillar lozimdir. 83 Oltinchi manba: sahobaning yo‘li: Sahoba kim degan savolga usul ulamolari quyidagicha javob berganlar: “Sahoba deb, Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ni ko‘rgan, uzoq vaqt u bilan birga bo‘lgan va undan ilm o‘rgangan odamdir. Muhaddislar esa, Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida musulmon bo‘lib, Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) bilan ko‘pmi ozmi birga bo‘lgan odamdir , 84 deydilar. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) vafotlaridan so‘ng, u zot bilan birga bo‘lgan, Qurʼon va hadis hukmlarini yaxshi fahmlagan, odamlar orasida ilmli deb tanilgan sahobalar musulmonlarga shariy fatvolar bera boshladilar. Ulardan turli munosabatlarga bog‘liq bo‘lgan bir qancha fatvolar sodir bo‘ldi. 85 Mazkur fatvolar sharʼiy manba hisoblanib, nasslarga qo‘shimcha manba bo‘ladimi ? Yoki ular yakka shaxsning ijtihodiy fikrlari bo‘lib, musulmonlar uchun hujjat emasmi? Ulamolar o‘rtasidagi ixtilof aynan shu borada. Lekin aql va tafakkur ila bilib bo‘lmaydigan narsalarda sahobalarning aytgan so‘zlari musulmonlar uchun hujjat ekanligida ulamolar o‘rtasida ixtilof yo‘qdir. 86 Chunki sahoba aytgan so‘zini albatta Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) dan eshitgan bo‘ladi. Masalan: 87 نيتنس نم َرثكا هما نوطب ىف ُلمحلا ثكميلا “Homila, ona qornida ikki yildan ortiq turmaydi”deganlar. Bunday fikrlarni ijtihod yo‘li bilan bilib bo‘lmaydi. Agar uni sahihligi aniq bo‘lsa manbasi Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bo‘ladi. U xolda sahobaning so‘zi sunnatdir. 88 Shuningdek bir sahoba bir gap aytsa, uning gapiga boshqa sahobalar 83 O‘sha manba. B. 99. 84 Vahbatuz-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul -fikr, 2008. II-juz. B. 150. 85 Salohiddin Muhiddin. Usulul-fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 125. (217 bet) 86 Abul Barakot an-Nasafiy. Manorul-anvor. –Istanbul: Hanafiya matbasi, B. 100. 87 Muhammad ibn Abduhalim. Qomarul-aqmor sharh al-manor. –Istanbul: Hanafiy matbaasi, B. 100. 88 Ahmad ibn Abu Said. Kashful-asror fi sharhil- manor. –Istanbul: Hanafiy matbaasi, 2008 II -juz. B. 101. 24 eʼtiroz bildirmagan bo‘lsalar, unday gap ham hujjatligi borasida ixtilof yo‘qdir. 89 Chunki sahobalar Rasulullohga zamondosh, shariat sirlaridan xabardor, bir qancha masalalarda turli fikrda bo‘lganliklariga qaramay, bir sharʼiy hukmda ittifoqqa kelganlari unda biror qatʼiy dalilga suyanganlaridandir. Ulamolar o‘rtasidagi ixtilof, sahobaning o‘z ijtihodi, shaxsiy fikri bilan aytgan so‘zi ustidadir. Abu Hanifa (rohima-hulloh) va u kishiga hamfikr bo‘lganlar, agar bir masala hukmini Allohning kitobidan, Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatidan ham topa olmasam, unday holda o‘zim ixtiyor etgan sahobaning so‘zini olib, ixtiyor etmagan sahobaning so‘zini olmayman, lekin ularning so‘zidan chiqmayman deganlar. Abu Hanifa sahobalar ichidan muayyan bir sahobaning shaxsiy fikrini hujjat deb bilmaydilar. 90 Abu Hanifaning hujjatlari: 1) Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling