O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
ُّلَص اوُنَمَآ َنيِذَّلا اَهُّيَأ اَي
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
DIPLOM ISH (1)
ُّلَص اوُنَمَآ َنيِذَّلا اَهُّيَأ اَي
اًميِلأسَت اوُمِ لَس َو ِهأيَلَع او “Ey, mo‘minlar, unga (Muhammad s.a.v. ga) salovat va salom aytinglar”. 135 Oyatdagi “او لص” kalimasi duo maʼnoda ekanligiga hech ixtilof yo‘q. 136 So‘ng bu kalima islomning beshta farzidan biri, maʼlum arkonlarga va muayyan vaqtlarga ega bo‘lgan ibodatga ism qilindi. Agar bir odam, mening zimmamda Alloh uchun “Solat” bor desa, bu odamga duo qilish emas, namoz o‘qish shart bo‘ladi. Haj kalimasining ham lug‘aviy maʼnosi qasd qilmoqdir. So‘ng bu ham Makka, Madina shaharlarida qilinadigan maʼlum arkonlarga sharʼiy ism qilindi. Urf va ijmoʼ o‘rtasidagi farq: Usulul fiqh ulamolari urf va ijmoʼ o‘rtasidagi farqni quyidagicha izohlaydilar. 133 ] Muhammad Kamoliddin ar-Roshidiy. al-Misboh fi rasm al-muftiy va manohij al-ifto. –Devband: B.533. 134 Ahzob surasi 56-oyat. 135 Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. –B. 426. 136 Ahmad ibn Abu Said. Kashf al-asror fi sharh al-manor. –Istanbul: Hanafiy matbaasi, 2008. 42 Birinchidan; Urf odamlar o‘rganib qolgan gap yoki ish u xoh umumiy bo‘lsin xoh xos bo‘lsin, odamlar uni o‘z o‘rtalarida doimo bajarib kelayotgan bo‘lishlari shart. Ijmoʼ esa, buning aksidir, unda musulmonlardan bo‘lgan mujtahidlarning sharʼiy bir masalaga o‘zaro kelishuvlari bo‘lsa bas. Ijmoʼda mujtahidlik darajasiga yetmagan odamlar bo‘lmasligi kerak. Ikkinchidan; Urfga binoan chiqarilgan hukm, zamon va makon yoki urf - odatlarning o‘zgarishi ila o‘zgarib turadi. Ijmoʼda esa bunday emas, ijmoʼ yo‘li bilan chiqarilgan hukm urf – odatlar o‘zgarsa ham u o‘zgarmay doimiy bo‘ladi va u nass darajasida bo‘ladi. Uchinchidan; Urf bir davlat, shahar yoki bir qishloq aholisi o‘rtasida keng tarqalgan odat bo‘lib, unda shahar aholisining barchasi bu odatga barobar amal qilishlari shart emas. Ijmoʼda esa, Payg‘ambar (sollollohu alayhi vasallam) vafotlaridan so‘ng, biror davrda ijtihod ahlidan bo‘lgan odamlar sharʼiy bir hukmga barchalari barobar ittifoq qilishlari shart. To‘rtinchidan; Urf goho shariatga zid bo‘lishi mumkin. Bunday zidlik agar nassga barcha jihatidan zid bo‘lsa, uni hargiz qabul qilinmaydi. Ijmoʼning esa, hech bir qismi nasga zid bo‘lmaydi. Balki u nasga asoslangan bo‘ladi. Beshinchidan; Urf ijtimoiy ahvol, zarurat yoki odamlardan bir mashaqqatni ketgazish uchun paydo qilingan bo‘ladi. Ijmoʼ esa, yangi paydo bo‘lgan zamonaviy masalaning yechimi yuzasidan bo‘ladi. 137 137 Muhammad Kamoliddin ar-Roshidiy. al-Misboh fi rasm al-muftiy va manohij al-ifto. –Devband: B.518. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling