O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
Urf bilan sobit bo‘lgan sharʼiy hukmlar
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
DIPLOM ISH (1)
2.3. Urf bilan sobit bo‘lgan sharʼiy hukmlar
Fosid urfga amal qilinmaydi. Chunki, u sharʼiy dalillarga va shariatning ahkomlariga tamoman zid narsa. Shuning uchun, urf qanday urf bo‘lishidan qatʼiy nazar dasturga, umumiy nizomga muxolif bo‘lsa, uni qonun deb eʼtibor qilinmaydi. Shuningdek, shariat nuqtai-nazaridan, riboga oid muomalalar, g‘arar – aldamchilik yoki noaniqlik asosidagi muomalalar hech vaqt mumkin deb aytilmaydi. Chunki, bu narsalar shariatda kelgan nasslarga xilofdir. Ammo, urf sahih – to‘g‘ri bo‘lsa, bu qonunchilikda ham, qozichilikda ham, ijtihodda ham eʼtiborga olinadi. Chunki, sahih urf shariat ahkomlariga xilof emas va u shariat asllarining birortasi bilan to‘qnashmaydi. Shuning uchun ham, ulamolar, odat muhkam shariatdir va urf bilan sobit bo‘lgan narsa xuddi shariatdagi dalil, nasslar bilan sobit bo‘lgan narsadekdir, deyishgan. Sahih urfni eʼtiborga olish dalili shuki, bu urf insonlarning hojatlariga munosib keladi, ulardan tanglikni ko‘taradi, mashaqqatni qaytaradi. Agar sahih urfni eʼtiborga olinmaydigan bo‘lsa, insonlar tanglik va torlikka tushib qoladilar. Haqiqatda, shariat arablarning baʼzi urflarini eʼtirof qilgan. Agar ular shariat asoslariga teskari bo‘lmaydigan, umumiy qoidalaridan chiqmaydigan bo‘lsa. Misol uchun, birov birovni xato tariyqasida o‘ldirib qo‘ysa, uning xuni qotilning ota tarafdan bo‘lgan qarindoshlarining zimmasiga tushadi. Arablar avvaldan shuni qilib kelgan. Islomdan oldin ham qilishgan. Islom ham shu urflarini tasdiqlab, iqror qilgan. Uylanishda er-xotin o‘rtasida kufuv-tenglik bo‘lishini yo‘lga qo‘yish maʼnosi ham shunga o‘xshash. Bu ham urf asosida bo‘lgan narsalardan. Valiy bo‘lish, hamda meros olish masalasida asaba – ota taraf qarindoshlik eʼtiborga olingan. 138 Yaʼni, nasl jihatidan ota tarafdan bo‘lgan qarindoshlarning valiy bo‘lish va meros olish haqqlari bo‘lgan. Ammo, fosid va zararli urflarni shariat qabul qilmagan. Ribo, qimor, qizlarni tiriklayin ko‘mib yuborish va ayollarni merosdan 138 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Usulul fiqh. –Toshkent: Sharq nashriyoti, 2010. B. 202.\ 44 mahrum qilish kabi zararli urflarni shariatimiz qabul qilmagan, bularni botilga chiqargan. Urf o‘zi mustaqil dalil hisoblanmaydi. Ko‘pincha u maslahatul mursalaga amal qilish orqali yuzaga chiqadi. Urfni nasslar, oyat-hadislarni tafsir qilishda ishlatish mumkin, rioyasi eʼtiborga olinishi mumkin. Urf bilan ommni xos qilish mumkin, mutlaqni muqayyad qilish mumkin. Gohida urfni qoldirib, qiyosni tark qilishga ham to‘g‘ri kelib qoladi. Ijtihod paytida yangi paydo bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun urfga suyanish ham mumkin. Shuning uchun ham, faqihlar: shariatda mutlaq – qaydsiz kelgan barcha narsalar, agar uni zabt qilib turuvchi narsasi bo‘lmasa, lug‘atda ham bir tayin qiluvchi narsasi bo‘lmasa, urfga qaytiladi, deganlar. Misol uchun, o‘g‘rilikni qayd qilish uchun harzni – qo‘riqlashni shart qilingan. Harz – molni egasi berkitib-to‘sib, o‘g‘irlanishini qiyinlashtirib qo‘yishidir. Birov do‘konning eshigini yopgan edi-yu, eshikning teshigidan bir narsa dumalab tashqariga chiqib qolibdi. Shuni olgan odam o‘g‘ri hisoblanmaydi va uning qo‘li kesilmaydi. Chunki, bu yerda harz yo‘q. Agar uning eshigini yopib, qulflab, “yopiq“ degan yozuvni osib qo‘yganda, qo‘l tiqsa olib bo‘lmaydigan holatda oynani sindirib olsa, o‘g‘ri hisoblanadi va qo‘li kesiladi. 139 Urfda harzsiz turgan molni olgan odam “o‘g‘ri” deyilmaydi. Yaʼni, egasi tomonidan yaxshilab berkitib qo‘yilmagan mol-mulkni o‘g‘irlagan odam qo‘li kesiladigan darajadagi o‘g‘ri deb ayblanmaydi. Shuningdek, ikki kishi oldi-sotdi qilib, tarqalib ketishdi. Ajrashish bilan savdo bitdi. Keyin aynib qolsa, narigi taraf “Yo‘q, og‘ayni, savdo oxiriga yetgan. Aynishga haqqing yo‘q”, desa, u haqq bo‘ladi. Agar bu yerda xiyorni shart qilmagan bo‘lsa, albatta. Hayzda ham, urfga binoan, har bir xotinning o‘zining holati, odati bor. 139 O‘sha asar. B. 202. 45 Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish. Qurib yotgan, hech kim qaramaydigan yerni birov borib suv chiqarib, daraxt ekib, o‘rab olsa, o‘ziniki bo‘ladi. Bu ham urf bilan sobit bo‘lgan. Birov boshqaning molini g‘asb qilgan edi. Mol egasi g‘asb qilgan odamni topib, molini kuch bilan olsa ham, urfda o‘z molini qaytarib olgan bo‘ladi. Faqihlar urfning taqozosiga bir necha masalalarda amal qilganlar. Shulardan biri, istisnoʼning muboh deb eʼlon qilinishidir. Chunki, odamlar bu narsaga o‘rganib qolgan, ular shu amalga muhtoj. Shu asarlarining birortasi bilan to‘qnashmaydi. Shuning uchun ham, ulamolar, odat muhkam shariatdir va urf bilan sobit bo‘lgan narsa xuddi shariatdagi dalil, nasslar bilan sobit bo‘lgan narsadekdir, deyishgan. Sahih urfni eʼtiborga olish dalili shuki, bu urf insonlarning hojatlariga munosib keladi, ulardan tanglikni ko‘taradi, mashaqqatni qaytaradi. Agar sahih urfni eʼtiborga olinmaydigan bo‘lsa, insonlar tanglik va torlikka tushib qoladilar. Haqiqatda, shariat arablarning baʼzi urflarini eʼtirof qilgan. Agar ular shariat asoslariga teskari bo‘lmaydigan, umumiy qoidalaridan chiqmaydigan bo‘lsa. Misol uchun, birov birovni xato tariyqasida o‘ldirib qo‘ysa, uning xuni qotilning ota tarafdan bo‘lgan qarindoshlarining zimmasiga tushadi. Arablar avvaldan shuni qilib kelgan. Islomdan oldin ham qilishgan. Islom ham shu urflarini tasdiqlab, iqror qilgan. Uylanishda er-xotin o‘rtasida kufuv-tenglik bo‘lishini yo‘lga qo‘yish maʼnosi ham shunga o‘xshash. Bu ham urf asosida bo‘lgan narsalardan. Valiy bo‘lish, hamda meros olish masalasida asaba – ota taraf qarindoshlik eʼtiborga olingan. 140 Yaʼni, nasl jihatidan ota tarafdan bo‘lgan qarindoshlarning valiy bo‘lish va meros olish haqqlari bo‘lgan. Ammo, fosid va zararli urflarni shariat qabul qilmagan. Ribo, qimor, qizlarni tiriklayin ko‘mib yuborish va ayollarni merosdan mahrum qilish kabi zararli urflarni shariatimiz qabul qilmagan, bularni botilga chiqargan. Urf o‘zi mustaqil dalil hisoblanmaydi. Ko‘pincha u maslahatul mursalaga amal qilish orqali yuzaga chiqadi. Urfni nasslar, oyat-hadislarni tafsir qilishda ishlatish mumkin, rioyasi eʼtiborga olinishi mumkin. Urf bilan ommni xos qilish 140 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Usulul fiqh. –Toshkent: Sharq nashriyoti, 2010. B. 202. 46 mumkin, mutlaqni muqayyad qilish mumkin. Gohida urfni qoldirib, qiyosni tark qilishga ham to‘g‘ri kelib qoladi. Ijtihod paytida yangi paydo bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun urfga suyanish ham mumkin. Shuning uchun ham, faqihlar: shariatda mutlaq – qaydsiz kelgan barcha narsalar, agar uni zabt qilib turuvchi narsasi bo‘lmasa, lug‘atda ham bir tayin qiluvchi narsasi bo‘lmasa, urfga qaytiladi, deganlar. Misol uchun, o‘g‘rilikni qayd qilish uchun harzni – qo‘riqlashni shart qilingan. Harz – molni egasi berkitib- to‘sib, o‘g‘irlanishini qiyinlashtirib qo‘yishidir. Birov do‘konning eshigini yopgan edi-yu, eshikning teshigidan bir narsa dumalab tashqariga chiqib qolibdi. Shuni olgan odam o‘g‘ri hisoblanmaydi va uning qo‘li kesilmaydi. Chunki, bu yerda harz yo‘q. Agar uning eshigini yopib, qulflab, “yopiq“ degan yozuvni osib qo‘yganda, qo‘l tiqsa olib bo‘lmaydigan holatda oynani sindirib olsa, o‘g‘ri hisoblanadi va qo‘li kesiladi. 141 Urfda harzsiz turgan molni olgan odam “o‘g‘ri” deyilmaydi. Yaʼni, egasi tomonidan yaxshilab berkitib qo‘yilmagan mol-mulkni o‘g‘irlagan odam qo‘li kesiladigan darajadagi o‘g‘ri deb ayblanmaydi. Shuningdek, ikki kishi oldi-sotdi qilib, tarqalib ketishdi. Ajrashish bilan savdo bitdi. Keyin aynib qolsa, narigi taraf “Yo‘q, og‘ayni, savdo oxiriga yetgan. Aynishga haqqing yo‘q”, desa, u haqq bo‘ladi. Agar bu yerda xiyorni shart qilmagan bo‘lsa, albatta. Hayzda ham, urfga binoan, har bir xotinning o‘zining holati, odati bor. Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish. Qurib yotgan, hech kim qaramaydigan yerni birov borib suv chiqarib, daraxt ekib, o‘rab olsa, o‘ziniki bo‘ladi. Bu ham urf bilan sobit bo‘lgan. Birov boshqaning molini g‘asb qilgan edi. Mol egasi g‘asb qilgan odamni topib, molini kuch bilan olsa ham, urfda o‘z molini qaytarib olgan bo‘ladi. 141 O‘sha asar. B. 202. 47 Faqihlar urfning taqozosiga bir necha masalalarda amal qilganlar. Shulardan biri, istisnoʼning muboh deb eʼlon qilinishidir. Chunki, odamlar bu narsaga o‘rganib qolgan, ular shu amalga muhtoj. Shu narsa bo‘lmasa, qiynalib qolinadi. Aslini olganda, bu narsa yo‘q narsani sotishdan iborat. Yo‘q narsani sotish esa, shariatda mumkin emas. Lekin, bu yerda farq bor. Yo‘q narsa osmondagi qush emas, daryodagi baliq emas, balki qilinishi lozim bo‘lgan deraza romi yoki eshik. Usta ozroq pul olib turmasa, xom-ashyo topa ololmaydi. Pulning bir qismini oldindan olib, qolganini bitirib bergach oladi. Bu ish urf bo‘lib qolgan. Bu yerda xiyonat yo‘q, aldash yo‘q, umumiy qoidadagi kabi, butunlay yo‘q narsa ham emas. Xom- ashyosi bor, endi shu narsalarni olib, yasab bersa, ortiqcha gapga hojat yo‘q. 142 Unashib qo‘yib yurgan paytda uy uchun tayyorlangan narsalarning hammasi kelinning sepiga aylanishi ham urf bilan sobit bo‘lgan. Birov bir uyni sotdi. Uyning tepasida boloxona bor. Boloxoni aytmasdan savdo qilishdi. Keyin uyning egasi kelib, “Boloxonasini aytmabmiz, bu meniki bo‘ladi, o‘zim kirib-chiqib turaman”, deyishga haqli emas. Urfda mana shu boloxona ham manzilga qo‘shilib ketgan. Shuningdek, meva, sabzavot va ko‘katlarni, shakli ko‘rinib qolgan bo‘lsa, sotsa bo‘lar ekan. Qovun, anjir, uzum, baqlajon, oshqovoq kabilar ham shunga o‘xshash. Urfda zarurat yuzasidan bu amalga ruxsat berilgani uchun. Aslida esa, yo‘q narsani sotishdan iborat bo‘lgani uchun, bu ishga ruxsat yo‘q. Shariat bo‘yicha, savdo qilayotganda ustiga shart qo‘yib bo‘lmaydi. Xaridor “Sendan sotib olgan narsam bir yil ichida buzilib qolsa, tuzatib berasan”, deb shart qo‘ya olmaydi. Lekin hozirgi paytda baʼzi bir uyda ishlatiladigan asbob-uskunalar: muzlatgich, soat, radio, kir yuvish mashinalari va boshqalarni sotayotganda bir yillik yoki uch yillik kafolati bilan sotiladi. Shu muddat ichida buzilib qolsa, sotuvchi tomon tuzatib beradi. Urf shuni qabul qilgan, o‘rganilgan, kafolat degan narsa bor. Bo‘lmasa, tez buziladigan narsalarni sotib, odamlarni aldash ko‘payib ketishi mumkin. Shu taraflarini eʼtiborga olib, bunga ruxsat berilgan. 142 O‘sha asar. B. 203. 48 Vaqf qilishning lafzlari ham o‘zining zamonasida tarqalgan gap-so‘zlar bilan bo‘ladi. Hanafiylardan Muhammad ibn Hasan (rahmatullohi alayhi) ko‘char mulkni ko‘chmas mulkdan alohida vaqf qilsa bo‘ladi, deganlar. O‘zi, aslida, hanafiylar abadiylikka vaqf qiladi, deydilar. Bu yerda faqat ko‘chmas mulkni vaqf qilish kerak, degan gap chiqadi. Lekin odamlar o‘rganib qolgani uchun, Muhammad ibn Hasan, ko‘char mulkni ham vaqf qilsa bo‘ladi, deganlar. Urf o‘zi mustaqil dalil hisoblanmaydi. Ko‘pincha u maslahatul mursalaga amal qilish orqali yuzaga chiqadi. Urfni naslarni, tafsir qilishda urfga suyanish mumkin. Shuningdek, goho ijtihod paytida yangi paydo bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun urfni eʼtiborga olish mumkin. Agar urf va qiyos barobar kelib qolsa, ulamolarning ittifoqiga ko‘ra, urfga amal qilinadi, agar u urfi umumiy bo‘lsa. Chunki bunday urf ko‘pincha zarurat yuzasidan paydo bo‘lgan bo‘ladi. 143 Hanafiy mazhabi ulamolarining taʼkidlashicha, har bir davlatning diniy rahbarlari, qozilari o‘z xalqining urf-odatlarini yaxshi bilishi, hukm chiqarishda mazkur urf-odatlarga muvofiq hukmlar joriy qilishi kerak. Aks holda, chiqarilgan hukm odamlar o‘rtasida manfaatdan yiroq bo‘lishi yoki ular o‘rtasida turli ixtiloflarni keltirib chiqarishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, urfga asosan bino qilingan hukmlar zamon va makon o‘zgarishi ila o‘zgarib turuvchi hukmlardir. Chunki asos o‘zgarsa uning qismlari ham o‘zgaradi. Shuning uchun faqihlar bunday o‘zgarishni zamon va makon o‘zgarishi, hujjat va dalil o‘zgarishi emas deydilar. 144 Masalan: Imom Molik ko‘p masalalarini Madina ahlining urf – odatlariga binoan hal qilganlar. Abu Hanifa bilan shogirdlari o‘rtasidagi baʼzi hukmlarda ixtilof chiqishi urfga asosan turlicha hal qilinganidadir. Imom Shofeʼiy Misrga kelganlaridan so‘ng Bog‘dodda aytgan baʼzi hukmlarini urf o‘zgarganligi sababli o‘zgartirganlar. 145 143 Vahbat az-Zuhayliy.Usulul-fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. II-juz. B. 129. 144 Muhammad Amin Obidin. Majmuat Rasailu ibn Obidin. –Damashq: Usmoniya matbaasi, 1919. B. 125. 145 Salohiddin Muhiddin. Usulul fiqh. –Toshkent: Adolat, 1997. B. 115. 49 Masalan: Ikki daʼvogar o‘z daʼvolarida hujjatlari yo‘qligi sababli kelisha olmasalar, urf qaysi birini quvvatlasa hukm shuning foydasiga bo‘ladi. Shuning uchun, bir mazhabning imomlari ham urf-odatning o‘zgarishini eʼtiborga olib bir masalada turli hukmlar chiqarganlarini ko‘ramiz. Shuningdek, keyingi ulamolar oldingilariga xilof qilganlarining shohidi bo‘lamiz. Bu kabi ixtiloflarni ulamolarimiz asr va zamon ixtilofi, hujjat va burhon ixtilofi emas, deydilar. Mazkur ixtiloflarga baʼzi misollar keltirib o‘tamiz: 1. Imom Abu Hanifa (r.a) hadd va qasosdan boshqa masalalarda guvohlarning sirtqi adolatlariga qarash bilan kifoyalanar va ularni tekshirib o‘tirmasdan, guvohligini qabul qilishni maʼqul ko‘rar edi. Sharʼiy istiloh bilan aytganda, “tazkiya“ni shart qilmas edi. “Tazkiya”dan murod qozi yaxshi tanigan shaxs vositasida guvohning adolatini aniqlash va uning ahvolini o‘rganishdir. Keyingi ulamolardan baʼzilari tazkiyaning o‘rniga guvohga haq ila guvohlik berish haqida qasam ichirish haqida fatvo berganlar. Abu Haniyfa (rahmatullohi alayhi)ning davrlarida odamlarda ahli solihlik ustun bo‘lgani uchun, guvohlarning gapini tazkiyasiz qabul qilishga ruxsat bergan edilar. Ammo, imom Abu Yusuf va Muhammad (rahmatullohi alayhimo)ning davriga kelganda odamlarning holatlari o‘zgarib, ularning ichida yolg‘onchilik tarqalib, ko‘pgina huquqlar zoye bo‘la boshlagani uchun, Abu Hanifa aytganidek, guvohning zohiriy adolatini eʼtiborga olib, tazkiyasiz guvohligini qabul qilish zarar keltiradigan bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham, ikkovlari mazkur zararni dafʼ qilish uchun barcha huquqlarda guvohlarning tazkiyasini shart qilib qo‘ydilar. 146 2. Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) sultondan boshqadan majburlash yuzaga chiqmaydi, der edilar. Yaʼni, bir nosharʼiy ishga sulton majburlasa, majburlangan shaxs uzrli hisoblanadi. Boshqa odamning majburlashi uzrga o‘tmaydi, der edilar. Abu Yusuf va Muhammad (rahmatullohi alayhimo)lar: 146 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Usulul fiqh. –Toshkent: Sharq nashriyoti, 2010. B. 205. 50 sultondan boshqadan ham majburlash sodir bo‘ladi, deyishdi. Abu Hanifa (rahmatullohi alayhi)dan bu gapning chiqishi u kishining davrida sultondan boshqada kuch-qudrat bo‘lmagani sababli edi. Abu Yusuf va Muhammad (rahmatullohi alayhimo)ning davrlariga kelib holat o‘zgardi va sultondan boshqadan ham majburlash sodir bo‘ladigan bo‘ldi. Ular o‘z vaqtlaridagi holatni eʼtiborga olib, majburlash sultondan ham, undan boshqadan ham sodir bo‘ladi, deyishdi. 3. Hanafiy mazhabi bo‘yicha, zo‘ravon birovdan zo‘rlik bilan tortib olgan narsasiga uning qiymatini orttiradigan narsani ziyoda qilsa, narsaning egasi ikki ishdan birini ixtiyor qilish haqqiga ega ekaniga qaror qilingan edi. Istasa, tortib olingan narsasini qaytarib olib, ziyodaning qiymatini berar yoki tortib olingan narsani zo‘ravonda qoldirib, o‘zi uni to‘latib olar edi. Shunda, egasining ham, zo‘ravonning ham haqqi saqlangan bo‘lardi. Agar zo‘ravon tortib olingan narsaga nisbatan uning qiymatini pasaytiradigan ish qilsa, egasi nuqsonni to‘latib olish haqqiga ega bo‘ladi. So‘ngra imom va ikki sohibi, agar bir shaxs kiyimni zo‘ravonlik bilan tortib olsa va uni qoraga bo‘yab qo‘ysa, degan masalada ixtilof qildilar. Abu Haniyfa (rahmatullohi alayhi): Bu uning qiymatiga nisbatan nuqsondir, dedilar. Abu Yusuf va Muhammad (rahmatullohi alayhimo)lar: Bu xuddi sariq yoki qizilga bo‘yagan kabi uning qiymatiga ziyodadir, deyishdi. Ushbu ixtilofning sababi urfga qaytadi. Abu Hanifa (rahmatullohi alayhi)ning davrlarida Baniy Umayya hukmdorlari qora kiyim kiyishmas va u narsa qoralanar edi. Ikki sohibning davriga kelganda esa, Abbosiy hukmdorlari qora kiyim kiyishar va bu rangni o‘zlariga shior qilib olishgan edi. Shuning uchun, bu rangdagi kiyim maqtalar edi. Bas, ikki taraf ham o‘z davridagi urfga munosib hukm chiqargan edi. 147 147 O‘sha asar. B. 205. 51 4. Hanafiy mazhabi ulamolarining ittifoq qilishlaricha, Qurʼon taʼlimi uchun haq olish joiz emas. Chunki, bu ish toat va ibodat bo‘lib, boshqa toat va ibodatlarga haq olib bo‘lmagani kabi bu ishga ham haq olib bo‘lmaydi. Ushbu hukm uni chiqargan ulamolarning zamoniga munosib edi. O‘sha paytlarda Qurʼon muallimlariga rasmiy ravishda maosh berilar edi. Ammo, vaqt o‘tishi bilan vaziyat o‘zgardi. Qurʼon muallimlariga rasmiy maosh berilmay qo‘ydi. Endi muallimlar Qurʼon taʼlimi bilan mashg‘ul bo‘lsalar, och qoladigan, maosh kasbiga urinib ketishsa, Qurʼon zoye bo‘ladigan bo‘ldi. Bu ikki holat ham Qurʼon taʼlimi uchun haq olishni man qiluvchi hukmdan kelib chiqqan zararga aylanib qoldi. Keyingi ulamolar bu holatni ko‘rganlaridan keyin mazkur hukmdan qaytdilar va Qurʼon taʼlimi, imomlik, azon va boshqa toatlar uchun haq olish joizligi haqida fatvo chiqardilar. Chunki, ularning zamonida, katta imomlar zamoniga xilof ravishda, urf o‘zgargan edi. 5. Hanafiy mazhabi imomlarining ittifoqiga binoan, sotilayotgan hovlini ko‘rishda uning sirtini va baʼzi hujralarini ko‘rish kifoya qiladi. Xuddi shu ko‘rish, hanafiy mazhabi bo‘yicha, xaridorga berilgan ko‘rish ixtiyorini soqit qiladi. Ammo, keyingi ulamolar bu fikrdan qaytdilar va hovlining barcha hujralarini ko‘rish shart, dedilar. Chunki ularning zamonida hovli qurish urfi o‘zgarib ketgan edi. Avvalgi paytlarda hujralarni bir xilda qurish odati bor edi. Shuning uchun, ulardan baʼzisini ko‘rish hammasi haqida ilm hosil qilish uchun kifoya qilar edi. Keyingi ulamolar davrida hovli qurish urfi o‘zgardi. Bir hovlida turli hujralar qurish urf bo‘ldi. Shuning uchun, barcha hujralarni ko‘rish ehtiyoji tug‘ildi. Ko‘rib turibmizki, urf shariat, qozilik va fatvoning sermahsul manbalaridan biridir. Shariatda urfni eʼtiborga olishning o‘zi islom fiqhining barcha zamon va makonlarga salohiyatli ekani, sermahsulligi, hamisha naqironligining yorqin dalilidir. 52 XULOSA Hanafiy mazhabi fiqhining rivojlanishida urfning ahamiyati mavzusini o‘rganish va tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarga keldik: - hanafiy mazhabining boshqa mazhablarga nisbatan o‘ziga xos jihatlaridan biri, islom huquqining birlamchi manbalaridan tashqari, ikkinchi darajali manbalarini ham eʼtiborga olgan va uni hayotga tatbiq etganidir. Bu esa hanafiy mazhabining boshqa mazhablarga qaraganda turli xalqlar, millatlar o‘rtasida kengroq tarqalishiga sabab bo‘ldi. Bu borada islom huquqining ikkinchi darajali manbalaridan hisoblangan urfning o‘ziga xos o‘rni mavjuddir; - mujtahid Qurʼon va hadisni o‘z urfiga ko‘ra tushunganligi, fatvo berishda har bir xalqning, davlatning yoki maʼlum bir kasb egalarining urf odatlarini eʼtiborga olib hukm chiqarishi, urfning nechog‘lik muhimligini ko‘rsatadi. Yuqorida aytib o‘tdikki, hanafiy mazhabi ulamolari, “urf ila sobit bo‘lgan hukm, nass ila sobit bo‘lgan hukm kabidir”, deganlar. Bundan ko‘rinib turibdiki, hanafiy mazhabi ulamolari urfni eʼtiborga olishni nassga amal qilish bilan teng darajada ko‘rmoqdalar; - hanafiy mazhabi ulamolarining fikricha, har bir davlatning diniy rahbarlari, qozilari o‘z xalqining urf-odatlarini yaxshi bilishi, hukm chiqarishda mazkur urf- odatlarga muvofiq hukmlar joriy qilishi kerak. Aks holda, chiqarilgan hukm odamlar o‘rtasida manfaatdan yiroq bo‘lishi yoki ular o‘rtasida turli ixtiloflar keltirib chiqarishi mumkin; - hanafiy usul ulamolari, urf-odatlarni, hayotdagi o‘zgarishlarni ham eʼtiborga olganlar va odamlar hayotidagi o‘zgarishlarni ham qonuniy manbalardan deb hisoblaganlar. Bu esa hanafiy mazhabining, xususan, Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatli tarqalishiga sabab bo‘lgan omillar sirasiga kiradi, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Chunki Hanafiy mazhabi qaysi diyorga kirib bormasin, u yerdagi mavjud diniy, ijtimoiy, siyosiy qadriyatlar va urf-odatlarni butkul yo‘q qilib tashlamay, ularga islom diniga xos bo‘lgan yangi talqin bergan. Bu esa, 53 Hanafiy mazhabining muayyan tarixiy davr va jug‘rofiy muhitga bog‘lanib qolmaganligini, doimo zamon va makon bilan hamnafas bo‘lib kelayotganini ko‘rsatadi. Hanafiy mazhabi ulamolarining urfni sharʼiy manba sifatida qabul qilishlari, bu mazhabning odamlar hayotiga tez singishi va tarafdorlari sonini ko‘paytira olish qobilyatini paydo qildi; - yuqorida aytib o‘tganimizdek, urfga asoslangan hukmlar zamon va makon o‘zgarishi ila o‘zgarib turuvchi hukmlardir. Chunki usul al-fiqh qoidasiga ko‘ra, asos o‘zgarsa uning qismlari ham o‘zgaradi. Shuning uchun ulamolar bunday o‘zgarishni zamon va makon o‘zgarishi deb tushunishga chaqirib, hujjat va dalil o‘zgarishi deb tushunmaslikka undaydilar. Bu mavzuni o‘rganishimiz jarayonida shu narsa maʼlum bo‘ldiki, urf, mustaqil sharʼiy dalil emas. Balki u ko‘proq maslahatu mursalaga to‘g‘ri keladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, islom huquqining ikkinchi darajali manbalaridan hisoblangan urf, shariat, qozilik va fatvoning sermahsul manbalaridan biri bo‘lib, shariatda urfni eʼtiborga olishning o‘zi islom fiqhining barcha zamon va makonlarga salohiyatli ekani, sermahsulligi, hamisha navqironligining yorqin dalilidir. Shuning uchun ham urf, hanafiy mazhabi ulamolari nazdida o‘ziga xos muhim o‘ringa ega bo‘lib, jiddiy eʼtibor ila o‘rganilgan. Bu esa yuqorida aytib o‘tganimizdek Islom dinining keng tarqalishiga va zamonlar, makonlar osha bizgacha yetib kelishiga sabab bo‘lgan. Urfning fiqhshunoslikdagi o‘rnini o‘rganish esa, hayotni o‘rganish, o‘z urf-odatlarimiz, tariximizni o‘rganish demakdir. Bizda urfni o‘rganishga ehtiyoj bor edi, mana nihoyat uni o‘rgandik. Bildikki, urf juda muhim manba ekan. Urfni eʼtiborga olmasdan turib musulmonchilikni to‘g‘ri anglab yetish, uni hayotga asosli tatbiq etish mushkul ekan. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling