O’zbekiston musulmonlari idorasi jo`ybori kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana30.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1416965
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
DIPLOM ISH (1)

1.3. Urfning turlari va shartlari 
Urfning turlari. Urfga berilgan yana bir boshqa taʼrifga ko‘ra, u – biror sharʼiy 
nassga zid bo‘lmasligi sharti bilan aql qabul qilib, ko‘ngillarda o‘rnashgan, 
sog‘lom tabiat qabul etgan narsadir.
106
Urf turli holatlarga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. 
1. Mavzusiga ko‘ra , “qavliy va amaliy urf”. 
2.Umumiyligiga ko‘ra, “umumiy va xos urf”. 
3.Shariatga ko‘ra, “sahih va fosid urf”.
107
Birinchi turiga taʼrif: Qavliy (so‘zdagi) urf deb, odamlar o‘z o‘rtalarida bir 
so‘zni lug‘aviy maʼnosini qo‘yib, ko‘chma maʼnoda ishlatishlariga aytiladi, yaʼni 
lug‘atning eʼtiboridan tashqari holatda, bir so‘zni maʼlum bir maʼnoda ishlatish urf 
bo‘lib qoladi. Eshitganda eshituvchining hayoliga undan boshqa narsa kelmaydi.
Masalan: arablar “valad” (farzand) so‘zini faqat o‘g‘il bolaga ishlatishga 
o‘rganishgan. Aslida, “valad” so‘zi o‘g‘il-qiz ikkovini ham jamlaydi. O‘zining 
bolasini “valad” deydi, o‘g‘ilmi, qizmi farqi yo‘q. Lekin arablar o‘g‘ilni “valad”, 
qiz bolani “valiyda” deydi. samak“ (baliq) deyilaveradi, lekin hech kim “baliq 
go‘shti“ demaydi.” 
Urfda shunday bo‘lib qolgan, “baliq“ desa ham go‘shti tushunilaveradi.
108
Go‘sht lafzi mol va qo‘y go‘shtiga nisbatan ishlatiladi, baliqqa nisbatan esa yo‘q. 
Qurʼonda esa baliq go‘sht deb zikr qilingan.
لا َوُه َو
ا ًّي رَط اًمْحَل ُهْن م اوُلُكْأَت ل َرْحَبْلا َر خَس ي ذ
109
106
Muhammad Kamoliddin ar-Roshidiy. al-Misboh fi rasm al-muftiy va manohij al-ifto. –Devband: B.512
107
Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr, 2008. II-juz. -B. 160. 
108
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Usulul fiqh. –Toshkent: Sharq nashriyoti, 2010. B. 199. 


31 
“U (Alloh) dengizlarni musaxxar qildi toinki yangi-yangi go‘shtdan isteʼmol 
qilinglar deb”.
110
Otni “Faras“ yoki “Dobba“ deyishadi. “Rokibtu dobba” desa, “otni mindim”
degani ekan. 
Amaliy (ishdagi) urf deb, Odamlar o‘rganib qolgan ish-amal bo‘lib, uni ulamolar
“odat” deb ataydilar
111
, yaʼni odamlar bir ishni qilishga o‘rganib qolgan va uni o‘z 
o‘rtalarida doimiy bajarib kelayotgan odatlariga aytiladi. Masalan: Har bir 
xalqning o‘ziga xos hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi, dehqonchilik qilishi, 
haftani turli kunlarida dam olishlari, turli davolash usullaridan foydalanishlari 
misoldir. Shuningdek, odatda, mahrning qanchaligini so‘ralaveradi-yu, lekin 
odamlar o‘rganib qolishgan – bir bo‘lagini oldin, qolganini keyin berishadi. 
Ikkinchi turiga taʼrif: Umumiy urf deb, maʼlum bir bosqichda odamlarning ko‘pi 
o‘rganib qolgan narsalarga, yaʼni bir davlat aholisining ko‘prog‘i yoki 
barchasining odatiga aytiladi. Misol uchun, istisnoʼ aqdi bor, yaʼni bir narsaning 
hunarmand tomonidan yasab berilish shartnomasi. Mana puling, menga ikkita 
deraza romi yasab ber deydi. Urfda shunday bo‘lib qolgan. Pulini avvaldan 
bermasa, ustalar yasab bermaydi. Aslida esa, yo‘q narsaga pul berib bo‘lmaydi. 
Arablarda er-xotin orasidagi muomalada harom so‘zini taloq o‘rnida ishlatish urf 
bo‘lib qolgan ekan. Falonchi xotinini harom qilibdi desa, taloq qilibdi degan bo‘lar 
ekan. 
Qadimda hammomga borilsa, “biz hammomga keldik”, deyilsa, 
“Kiringlar”, deb kirgizib yuboriladi. “Qancha puling bor, bir soati shuncha so‘m” 
deyilmas ekan. Yarim soat, bir soat o‘tirib, yuvinib chiqib, ataganini tashlab 
ketavergan. Ana shu urfga kirgan.
112
109
Nahl surasi. 14-oyat. 
110
Abdulaziz Mansur. Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. B. 268. 
111
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Usulul fiqh. –Toshkent: Sharq nashriyoti, 2010. B. 199. 
112
O‘sha manba. B. 200 


32 
Xos urf bu muayyan bir shahar, qishloq, qabila, guruh yoki maʼlum bir kasb 
egalariga tegishli bo‘lgan odatdir. Masalan: Iroqliklar otni dobba deyishar ekan. Bu 
qovliy urfga misol. Tojir odam daftariga yozib borgan narsani hujjat qilsa bo‘lar 
ekan. “Mana daftarimga yozib qo‘yibman, sen falon vaqtda ikkita ko‘ylak olib 
ketib pulini bermagan ekansan”, desa, gapi inobatga olinar ekan.
113
Tijoratchilar 
o‘rtasida molning pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash, nasiyaga savdo qilish yoki har bir 
xalqning o‘ziga xos mehmondo‘stligi turli bayram va marosimlarda mehmonlar 
oldiga har xil taomlarni tortiq qilishi kabi urf-odatlar kiradi. 
Uchinchi turiga taʼrif: Sahih urf deb, odamlar orasida tanilib qolgan, lekin 
haromni halol, halolni harom qilmaydigan urfdir, yaʼni kishilar odatlanib qolgan 
sharʼiy dalilga zid bo‘lmagan, haromni halol qilmaydigan, bajarish lozim bo‘lgan 
ishni bajarishdan to‘xtatmaydigan narsaga aytiladi. Masalan: Hunarmandchilik 
buyumlari kabi. Buyurtma berayotganda buyurilgan narsa hali mavjud emas, lekin 
zargar buyurilgan narsani tayyor qilmay turib pulni kelishib qo‘yadi, baʼzan olib 
ham bo‘ladi. Istisnoʼ aqdi bo‘lganda xaridor “bayboshi“ berishi. Bizda hozir 
odamlar buni rus tilidan olib “zaklad“ deb o‘rganishgan. Arabchada “Urbun” 
deyiladi, bizda “bayʼ boshi”, yaʼni bayʼning boshidan berib turiladigan mablag‘. 
Ana shuni berish sahih urf ekan.
114
Shuningdek, ayol mahridan bir qismini olmaguncha eri tayyorlab qo‘ygan uyga 
bormasligi ham sahih urf hisoblanadi. Nikoh bo‘lgan bo‘lsa ham, otasinikida 
o‘tiraveradi. “Borgin” desa, “oldin mahrini bersin”, deydi. Mahrini bermaguncha, 
er ayoliga bir yoqqa yur deyishga, nafsini xohlashga yoki boshqa ish qilishga haqqi 
yo‘q. Faqat, ayol o‘zi rozi bo‘lsa, haqqi bor. Yo‘q desa, gunohkor bo‘lmaydi, itoat 
mahr bergandan keyin bo‘ladi. 
Sovchi qo‘yib turgan tomon kelinga oldindan, kelinlikka nomzod sifatida 
bergan narsalar hadya hisoblanishi, mahr o‘rniga o‘tmasligi ham sahih urf 
hisoblanadi. 
113
O‘sha manba. B. 200 
114
O‘sha manba. B. 201 


33 
Fosid urf bu odamlar odatlanib qolgan, biroq u shariatga xilof, haromni halol 
qiluvchi, lozim bo‘lgan ishni qilishdan to‘xtatuvchi narsadir. Misol uchun, ribo 
tarqalgan bo‘lishi mumkin. Odamlar qilayapti-yu, deb o‘sha ishni qilishga 
moʻmin-musulmon kishining haqqi yo‘q.
115
Shirkka olib boruvchi ishlar, ayollarni nosharʼiy kiyinishi, ichkilikbozlik, 
narkotik, tamaki mahsulotlarni isteʼmol qilishlari kabi ishlar kiradi.
116
Urfning shartlari. Urfni turli – tuman ishlatishlik shartlari bo‘lib ularning 
har birida o‘ziga xos yo‘nalishda urf hukmlardan qay biri hukm uchun poydevor 
bo‘la olishi mumkinligi haqida quyida qisqacha keltirishib o‘tamiz. 
1 – Urfni biror bir hukmni joriy qilishda urfni dalil sifatida ishlatish, yoki biror 
dalilni xoslovchi hujjat sifatida ishlatish. Misol uchun: Muzorobani joizligiga urf 
bilan dalil keltirish yoki baʼzi ulamolarning nazdida ko‘chirib bo‘ladigan yoki 
tashish mumkin bo‘lgan narsalarni vaqf qilishlikni joizligiga urf bilan dalil qilish, 
mebellarni yoki zebu – ziynatlarni oldindan pul berib tayyorlatishni urf bilan 
joizligiga dalil keltirish, Imom Molikning shart xiyorini joiz emasligiga Madina 
ahlining urfini dalil qilishlari.
2 – Urfdan foydalanishda qozi yoki muftiy biror bir umumiy bo‘lgan hukmni 
tadbiq qilishda unga qaytishlik-meʼyor bo‘lishligi. Ular odamlarning odatlari va 
manfaatlariga qarab o‘zgarib turadi. Shoreʼ umumiy hukmlarni joriy qilib qo‘yadi, 
lekin qozilar va muftiylar esa o‘sha hukmlarni urf bo‘yicha tadbiq qilishadi. 
3 – Lug‘aviy lafzlarning ishlatilishi. Bu qavliy urfning turkimidandir. Har bir 
gapiruvchining so‘zi urfga ham tadbiq qilinadi.
115
O‘sha manba. B. 201 
116
Vahbat az-Zuhayliy.Usulul fiqh al-islamiy. –Damashq: Darul-fikr., 2008. II-juz. B. 109. 


34 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling